Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar Jami 204 Ma’ruza 52
Download 42.74 Kb.
|
Jahon xoâjaligining mohiyati, vujudga kelishi va rivojlanish bos-fayllar.org
davrini o‘z ichiga oladi. Ushbu davr jahon mamlakatlari iqtisodiyotining 1920-yildan
keyingi jadal rivojlanishiga qaramay xalqaro moliya tizimining yuqori darajada beqarorligi, industrial mamlakatlardan uzoq muddatli kapitallarning chiqib ketishi bilan ajralib turadi. Jahon iqtisodiyotining rivojlanishidagi to‘rtinchi bosqich II jahon urushining oxirlaridan boshlanib, 90-yillarning birinchi yarmiga qadar davom etdi. Ushbu davr xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qaytadan yo‘lga qo‘yish yoki yangi xalqaro iqtisodiy tartibni shakllantirish davri sifatida tavsiflanadi. Bu davrda jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatdi: barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari; dunyo mamlakatlarining iqtisodiy hamkorlik va mehnat unumdorligini oshirish sohasida birlashish tamoyillarining kuchayishi; tashqi savdo siyosatini erkinlashtirish; ilmiy-texnik taraqqiyotning jadal rivojlanishi; mustamlakachilik tizimining parchalanishi. Bundan tashqari, bu davrda jahon xo‘jaligi tizimiga rivojlanayotgan mamlakatlarning faol jalb etilishi, jahonning kapitalistik va sobiq sotsialistik xo‘jaliklari o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faollashuvi ro‘y berdi. Milliy xo‘jaliklaming jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish jarayoni faollashib, ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik sezilarli darajada kuchaydi. Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar tizimi yaratildi va xalqaro korporatsiyalar faoliyatining faollashuvi kuzatildi.Bundan tashqari, bu davrda jahon xo‘jaligi tizimiga rivojlanayotgan mamlakatlarning faol jalb etilishi, jahonning kapitalistik va sobiq sotsialistik xo‘jaliklari o‘rtasidagi xalqaro iqtisodiy munosabatlarning faollashuvi ro‘y berdi. Milliy xo‘jaliklaming jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashish jarayoni faollashib, ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik sezilarli darajada kuchaydi. Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar tizimi yaratildi va xalqaro korporatsiyalar faoliyatining faollashuvi kuzatildi.Download 42.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling