1.Dunyo mamlakatlari xo‘jalik hayotining baynalminallashish jarayonining chuqurlashuvi. Jahon xo‘jaligi rivojlanishining dastlabki bosqichlarida tovar ishlab chiqarish ustuvorlik qilgan bo‘lsa, hozirgi davrda jahon xo‘jalik aloqalariga bir milliy ishlab chiqarish natijalarigina jalb etilmasdan, ishlab chiqarish omillari ham jalb etilmoqda. Zamonaviy jahon iqtisodiyotida ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvini intensiv rivojlantirish, texnologiyalarni xalqaro ayirboshlash, xalqaro kapital va ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlari takomillashmoqda. 2. Tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashuvi. Ushbu holat milliy iqtisodiyotning tashqi dunyo uchun ochiqligini bildiradi. Xalqaro tovarlar savdosida bojxona bojlarini pasaytirish, xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi uchun qulay investitsiya muhitini yaratish, davlat tashqi migratsiya siyosatini yanada erkinlashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlar amalga oshirilmoqda.
Hududiy iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi — milliy xo‘jaliklarning
xalqaro mehnat taqsimotiga asoslangan holda iqtisodiy jihatdan birlashish jarayonidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, jahon iqtisodiyotidagi hududiy integratsiya jarayonlarining
xalqaro iqtisodiy munosabatlarga ta’siri ziddiyatlidir. Ushbu jarayon, bir
tomondan, hududiy integratsiya birlashmalari faoliyatiga ijobiy ta’sir etsa, ikkinchi
tomondan, uchinchi dunyo mamlakatlari bilan bo‘ladigan iqtisodiy aloqalarning
rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Natijada jahon xo‘jaligida regionlashish, ya’ni mintaqalashish
jarayoni vujudga keldi.
4. Ishlab chiqarish va kapitalning transmilliylashishi. XIX asr oxiri XX asr
boshlarida vujudga kelgan transmilliylashish jarayoni alohida mamlakatlarga yoki
bir necha mamlakatlarga tegishli xalqaro kompaniyalar faoliyati bilan bog‘liq xalqaro
ishlab chiqarishni yuzaga keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |