Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqichlari mundarija: kirish I bob. Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari


I BOB. JAHON IQTISODIYOTINI GLOBALLASHUV OMILLARI


Download 430.83 Kb.
bet2/13
Sana11.11.2023
Hajmi430.83 Kb.
#1766050
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotini globallashuv omillari va rivojlanish bosqic-www.fayllar.org

I BOB. JAHON IQTISODIYOTINI GLOBALLASHUV OMILLARI
1.1. “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti, obyekti, subyektlari va usullari
Globallashuvning kelib chiqishi va zaruriyati. Iqtisodiy taraqqiyot dunyo mamlakatlarining asosiy muammosi hisoblanadi. Har bir mamlakat о‘z milliy iqtisodiyotini rivojlantirish uchun boshqa mamlakatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni yо‘lga qо‘yishi lozim bо‘ladi. Milliy iqtisodiyotning ichki imkoniyatlar hisobiga, yopiq holda rivojlanishi zamonaviy iqtisodiyot sharoitida mumkin bо‘lmagan hol hisoblanadi. Rivojlanish sur’atlari integratsion jarayonlar kо‘lami va faolligiga bog‘liq bо‘lib, turli mamlakatlar guruhiga turlicha ta’sir etadi.
Dunyoning nisbatan kam rivojlangan mamlakatlari fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga, modernizatsiyalashga, innovatsiyani qо‘llash uchun, mavjud resurslardan samarali foydalanish uchun, ishsizlik kabi muammolarni bartaraf etish uchun boshqa taraqqiy topgan davlatlar bilan hamkorlik qilishi foydali hisoblanadi. О‘z navbatida eng rivojlangan mamlakatlar ham о‘zlarida etishmagan resurslarni sotib olish, ortiqcha resurslarni eksport qilish uchun hamkorlikka ehtiyoj sezadilar. Milliy iqtisodiyotning taraqqiy etishi allaqachon milliy doiralardan chiqib, global doirada amal qilmoqda. Mamlakat iqtisodiyoti boshqa mamlakatlar iqtisodiyoti hisobidan foyda olishni о‘z strategiyalariga kiritganlar. Bunday xususiyat tobora ommalashib bormoqda. Masalan, Xitoy iqtisodiyoti va eng rivojlangan yettilik.
Iqtisodiy adabiyotlarda globallashuv darajasini tо‘rtta turga bо‘linadi:
1. Jahon miqyosidagi globallashuv – dunyo mamlakatlari iqtisodiyotlarining о‘zaro chambarchas bog‘lanib ketganligida namoyon bо‘ladi;
2. Mamlakat miqyosidagi globallashuv – biror mamlakatning jahon xо‘jaligi bilan integratsiyalashuvida kо‘rinadi;
3. Tarmoq miqyosidagi globallashuv – mamlakatning biror tarmog‘ining boshqa mamlakatlarning aynan shu tarmog‘iga nisbatan raqobatbardoshligida ifodalanadi; Masalan, avtosanoat, yoqilg‘i-energetika sanoati, harbiy sanoat va boshqalar.
4. Korxona doirasidagi globallashuv – transnatsional (kо‘pmillatli) kompaniyalarning dunyo miqyosida faoliyat yuritishida namoyon bо‘ladi; Masalan, MacDonalds, Coca-cola, Google, Les-Ails, Aliexpress, turizm, transport, savdo va boshqa sohalar.
Fanni о‘rganishning zaruriyati. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda butun dunyo olimlari uchun hozirgi zamon globallashuv nazariyalarini о‘rganish, tahlil qilish va shu asosda strategiyani belgilash masalalari asosiy vazifalardan biri bо‘lib turibdi. Zamonaviy mutaxassis kadrlar tayyorlashda, ayniqsa, iqtisodiyot yо‘nalishi talabalariga bu boradagi ilmlarni chuqur о‘rgatish dolzarb ahamiyatga ega. Respublikamizning kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti aynan shu masalalarning samarali hal etilishiga ham kо‘p jihatdan bog‘liq. Mamlakatimiz iqtisodiy tizimini mustahkam raqobatbardosh darajada saqlash iqtisodchilarning global iqtisodiy rivojlanish nazariyasi va amaliyotini, g‘oyalarini, ularning о‘ziga xos xususiyatlarini mukammal bilishni talab etadi.
Globallashuv, global iqtisodiyotning mohiyati, mazmuni va ahamiyati, uning rivojlanishi, samaradorligi va samaradorligini baholash usullari, yo’nalishlari, tarkibiy qismlari, ta’sir etuvchi omillari, muammolari, yangiliklari, fanning predmetini tashkil etadi.
Fanning obyekti sifatida, jahon iqtisodiyoti, hududlar iqtisodiyoti, qit’alar, materiklar iqtisodiyoti, mamlakatlar guruhi iqtisodiyoti, ularda resurslar, tovar va xizmatlar, xarajatlar va daromadlarning harakati, global iqtisodiy aloqalar va ularni tartibga solinishini olish mumkin.
Fanning subyekti – global iqtisodiyotda ishtirok etuvchi iqtisodiy birliklar (dunyo miqyosida uy xо‘jaliklari, korxona va tashkilotlar, TMKlar, xalqaro va hududlararo tashkilotlar, mamlakatlar) hisoblanadi.
Fanning maqsadi – talabalarda global iqtisodiy rivojlanish bо‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, global iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, global darajada amal qiluvchi iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini о‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish kо‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Fan о‘z predmetini о‘rganishda foydalanadigan usullarni ikki guruhga bо‘lish mumkin. Birinchi guruhga о‘rganishning umumfan usullari kiradi. Bu usullarga: ilmiy abstraksiya, induksiya, deduksiya, qiyosiy tahlil, tarjiba, faraz, kabilar kiradi. Ikkinchi guruhga maxsus usullar kiradi. Bularga: monografik tadqiqotlar, iqtisodiy-matematik modellashtirish, iqtisodiy tahlil va sintez, iqtisodiy taqqoslash, iqtisodiy-statistik, balans, hisob konstruktorlik kabi usullar kiradi.
Fanni о‘rgatish jarayonida о‘qitishning ochiq, muammoli va vizual ma’ruzalar о‘tkazish, insert, klaster va aqliy hujum kabi ilg‘or pedagogik hamda axborot texnologiyalaridan keng foydalaniladi.

Download 430.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling