Jahon lingvistik ekspertologiyasida tarkibiy qismlar
www.scientificprogress.uz
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
jahon-lingvistik-ekspertologiyasida-tarkibiy-qismlar-masalasining-o-rganilishi
www.scientificprogress.uz
Page 334 Qo‘lyozma matnlar lingvistik ekspertizasida muallifning psixologik holati, yoshi, kasb turi kabi turli ma’lumotlarni aniqlash imkoniyati birmuncha yuqori. Qo‘lyozma matnlar kriminalistik tadqiqotida yozma nutqning umumiy va xususiy alomatlari ajralib turadi. Umumiy alomatlar nutq muallifining leksik, grammatik, stilistik imkoniyatlarini aniqlash va baholash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Xususiy alomatlarda noadabiy unsurlar, ortiqcha so‘zlar, iboralarni noto‘g‘ri ishlatish, so‘zlar takrori, leksik so‘z boyligi yetishmasligi kabi unsurlar uchraydi. Bu esa ekspertga muallif haqida umumiy jihatlarni ochishga yordam beradi. Sud jarayonida turli obyektlarni tekshirishda maxsus mutaxassisning malakasiga ehtiyoj tug‘iladi. Quyidagi ziddiyatli holatlarda aynan lingvist-ekspert malakasi zarur bo‘ladi: 1) sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini kamsitish bilan bog‘liq holatlar aniqlanganda; 2) ekstremistik faoliyat bilan bog‘liq holatlar aniqlanganda; 3) tovar belgilari, domen nomlari, savdo nomlari va boshqa intellektual mulk va mualliflik huquqi obyektlarining o‘xshashlik darajasini belgilash; 4) mualliflik huquqining buzilishi (plagiat) bilan bog‘liq holatlar aniqlanganda; 5) reklama mahsulotlarining salbiylik bilan bog‘liq holatlarini aniqlashda; 6) me’yoriy hujjatlar, shartnomalar va boshqalarning mazmunini aniqlash; 7) og‘zaki suhbatlar va yozma matnlarda yashirin ma’lumotlarni oshkor qilish; 8) lingvistning maxsus bilimlarini talab qiladigan boshqa holatlarda. Lingvistik ekspertizani tarkibiy qismlarga ajratishda mutaxassislar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Ushbu soha yigirmanchi asrning so‘nggi o‘n yilliklarida rivojlangan. M.A.Grachev talqinida esa lingvistik ekspertiza alohida turga ajratilgan har xil turdagi tadqiqot materiallari, moddalar, mahsulotlar, shuningdek, materialshunoslik bilan ish ko‘radigan yuridik sohaning tarmoqlaridan biri. 1 Biroq yana bir nuqtai nazar, E.I.Galyashina va E.R.Rossinskayaning so‘zlariga ko‘ra, lingvistik ekspertiza - bu nutq tekshiruvlari sinfiga kiruvchiga ekspertizaning alohida turi 2 . Germaniyalik olim Jurgen Handkie fikrlariga ko‘ra, lingvistik ekspertizada ikki muhim omil mavjud: 1) ovozli xabarlar identifikatsiyasi; 2) yuridik matnlar identifikatsiyasi. Birinchi turda olim ovozning fonetik xususiyatlari, ovoz tempi va uzunligi kabilarga e’tibor qaratish lozimligiga urg‘u bersa, yuridik matnlar identifikasiyasida o‘z joniga qasd qilishga qaratilgan xatlar, talab shakldagi so‘rovnoma matnlari, e-mail xabarlarini ajratib ko‘rsatadi. 3 1 Grachev M. A. Problems of formation and the formation of language minority as a science.//Bulletin of the Nizhny Novgorod state University n. a. N. A. Lobachevsky. – 2010, – No. 4 (2). – S. 499. 2 Galyashina E. And the foundations of judicial received any. – M.: Stance, 2003 3 Handkie Jurgen. Forensic Linguistics - An Overview. https://www.youtube.com/watch?v=n4wZ-O_f5ds.-2014 SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 5 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling