Jahon ma’naviy merosining shakilanishida Zahiriddin Muhammad Bobur


Download 130.86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.03.2023
Hajmi130.86 Kb.
#1295354
Bog'liq
2 5210731431055074159



Jahon ma’naviy merosining shakilanishida 
Zahiriddin Muhammad Bobur
Xolmurodova Moxichexra Baxtiyor 
qizi
Xalqaro Nordik universiteti 
iqtisodiyot va pedagogika fakulteti 
boshlang’ich ta'lim yo'nalishi talabasi.
moxichehraxolmurodova920@gmail.com
Anotatsiya: Ushbu maqolada Zahiriddin Muhammad Boburing 
hayoti va ijodi haqida so’z yuritiladi.
Kalit so`zlar: tarixga nazar,g’azal va ruboyilar,asarlar,davlatlar.
Kirish: Bobur (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn 
Umarshayx Mirzo; 1483-yil 14-fevral – 1530-yil 26-dekabr) — 
oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, geograf, 
davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar
sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda.
[1]
Bobur oʻz davrining buyuk 
shaxslaridan biridir. Uning sheʼrlari,ruboiylari oʻz vaqtida va hozir 
ham sevib oʻqilmoqda.
Hayoti va ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, 
onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent 
hokimi Yunusxonning qizi edi. Bobur ota tomondan Amir 
Temurning uchunchi o'g'li Mironshoh mirzo naslidan bo'lsa, ona 
tomonidan Tug'luq Temurxonning o'g'li Xizr Xo'jaxon naslidan edi 
uning yettinchi avlodi edi.
Adabiyot sharxi: Boburning onasi oʻqimishli bo'lgan va 
oqila ayol boʻlib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol 
koʻmak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. 
Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar 
edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo boʻyida, Axsida, yilning qolgan 
faslini Andijonda oʻtkazardi. Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan.


Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik
fozil-u ulamolar ustozligida harbiy taʼlim, fiqx ilmi, arab va 
fors tillarini oʻrganadi, koʻplab tarixiy va adabiy asarlar 
mutolaa qiladi, ilm-fanga, sheʼriyatga qiziqa boshlaydi. 
Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan „Bobur“ („Sher“) 
laqabini oladi.
Bobur otasi yoʻlidan borib, mashhur so'fiy — Xoja Ahrorga ixlos 
qoʻyadi va uning tariqati ruhida voyaga yetadi, umrining oxiriga 
qadar shu eʼtiqodga sodiq qoladi.
Keyinchalik, „Boburnoma“ asarida Bobur Xoja Ahror ruhi bir necha 
bor uni muqarrar halokatdan, xastalik va chorasizlikdan xalos 
etganini, eng ogʻir sharoitlarda rahnamolik qilganligini taʼkidlaydi. 
Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning 
katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi
(1494-yil iyun). Movarounnahr taxti uchun kurash[tahrir | 
manbasini tahrirlash] Zahiriddin Muhammad Bobur lirik sheʼrlari 
va tarixiy “Boburnoma”-sidan tashqari, islom qonunshunosligi va 
tasavvufda yaxshi asarlar yaratgan. Zahiriddin Muhammad Bobur 
oʻrta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida oʻziga xos 
oʻrin egallagan adib, shoir, olim boʻlish bilan birga yirik davlat 
arbobi va sarkarda hamdir. Bobur keng dunyoqarashi va 
mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga 
asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi 
qolgan boʻlsa, serjilo oʻzbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari 
bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy 
oldi. Uning nafis gʻazal va ruboiylari turkiy sheʼriyatining eng nodir 
durdonalari boʻlib, “Mubayyin” (“Bayon etilgan”), “Xatti Boburiy”, 
“Harb ishi”, Aruz haqidagi risolalasi esa islom qonunshunosligi, 
sheʼriyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa boʻlib 
qoʻshildi.
“Boburnoma”ni varaqlarkanmiz, koʻz oldimizdan Markaziy Osiyo, 
Afgʻoniston va Hindiston xalklariga xos boʻlgan fazilat va 
nuqsonlar, ularning tafakkur olamini kengligi va murakkabligi bilan 
birga, oʻsha davrdagi hayot muammolari, Bobur davlatidagi 
siyosiy va ijtimoiy hayotning toʻliq manzarasi namoyon boʻladi. 
“Boburnoma”da keltirilgan bu tarzdagi maʼlumotlar Bobur davrida 
yozilgan boshqa tarixiy manbalar: Mirxond, Xondamir, 


Muhammad Solih, Binoiy, Muhammad Haydar, Farishta, Abul-Fazl 
Allomiy va boshqa tarixchilarning asarlarida bu darajada aniq va 
mukammal yoritilgan emas. Muallif “Boburnoma”da Alisher 
Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Behzod, Ulugʻbek Mirzo va boshqa 
allomalar haqida oʻzining eng yuqori fikr va mulohazalarini 
bildiradi.
“Boburnoma” – Movarounnahr, Xuroson, Hindiston, Eron 
xalqlarining XV asr oxiri – XVI asrning birinchi yarmidagi tarixini 
oʻzida aks ettirgan boʻlsa ham, shu bilan birga juda koʻp dolzarb 
iqtisodiy, ijtimoiy masalalar, yuqorida nomlari keltirilgan 
viloyatlarning oʻzaro siyosiy-iqtisodiy va savdo munosabatlari, 
jugʻrofiy mavqei, iqlimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi, togʻlari, 
daryolari, xalqlari, qabila va elatlari va ularning yashash sharoitlari, 
urf-odatlari, muhim tarixiy inshootlari hindular va 
musulmonlarning ibodatxonalari, toʻy va dafn marosimlari haqida 
nihoyatda nodir maʼlumotlarni oʻziga qamrab olgan shoh asardir. 
Shu bois “Boburnoma” tarixiy va adabiy meros sifatida dunyo 
olimlarini hayratda qoldirib kelmoqda. Xalqimiz oʻzining buyuk 
tarixi va ajdodlari bilan hamisha gʻururlanib keladi. Dunyoning 
qaysi burchiga bormang, ajdodlarimiz merosiga roʻbaroʻ kelasiz. 
Ayniqsa, 14-15 asrlarda Markaziy Osiyoda vujudga kelgan 
ijtimoiysiyosiy muhit, jahon tamaddunida alohida sahifa boʻlib 
qoldi. Sohibqiron Amir Temur barpo etgan buyuk saltanatda 
ilmmaʼrifat, riyoziyot, astronomiya, adabiy muhit yanada ravnaq 
topdi. Temuriy shahzodalarning ilm-maʼrifatga katta eʼtibor 
qaragani tarixdan maʼlum. Astronomiya va falakiyotshunoslikda 
Mirzo Ulugʻbek oʻzidan katta meros qoldirgan boʻlsa, Temuriyzoda 
Zahiriddin Muhammad Bobur oʻzbek mumtoz adabiyoti, jugʻrofiya, 
tarix voqeligini muhrlashda katta mavqega erishdi.
Ulugʻ bobomizning sertashvish hayoti va joʻshqin faoliyati siyosiy 
jihatdan inqirozga uchragan Temuriylar davlatining soʻnggi 
davriga toʻgʻri keldi. Bobur Mirzo chekiga inqirozning barcha 
azobuqubatlarini boshdan kechirish tushgandi. Uning ruboiy va 
gʻazallarida akslantirilgan holatlarda ham ana shu ruh yaqqol 
bayon etilgan.


Bobur ota-bobolarining ilm-maʼrifat va mamlakat obodligi yoʻlidagi 
ezgu ishlarini davom ettirib, kelgusi avlodlarga katta meros 
qoldirdi.
Hindistonlik tarixchilar Bobur hukmronlik davrini turlicha talqin 
qilsa-da, u asos solgan sulola ushbu mamlakat taraqqiyotiga 
beqiyos hissa qoʻshganini eʼtirof etadi. Bobomiz harbiy yurishlar 
bilan birga, Agra va Dehlida yirik bogʻlar, ariq va hammomlar 
qurdirdi, masjid, maktablar bunyod etdi. Ilm-maʼrifatga katta 
eʼtibor qaratdi.
Bugungi kunda Bobur va Boburiylarga taalluqli koʻplab moddiy 
boylik va asarlar, qoʻlyozmalar dunyo boʻylab keng tarqalgan. 
Masalan, unga tegishli noyob qilich Nyu-Yorkning Metropoliten 
muzeyida saqlanadi. Bobomizga inʼom qilingan Koʻhinur olmosi 
esa Buyuk Britaniya qirollik oilasi tomonidan tasarruf etiladi. 
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Boburning tarixiy ashyolari dunyo 
muzeylari va shaxsiy kolleksiyalardan joy olgan.
Shuningdek, Hindistonda ham Bobur va Boburiylarga tegishli 
buyumlar, tarixiy manbalar juda koʻp. 1528-yilda yozilgan “Devoni 
Bobur”ning asl qoʻlyozmasi va 1640-yilda chizilgan “Shahzoda 
Doro Shukuhning toʻy marosimi” miniatyurasining nusxalari shular 
jumlasidan. Ushbu noyob asarlar nusxalari Oʻzbekiston Tashqi 
ishlar vazirligi koʻmagida mamlakatimizga olib kelindi.
Maʼlumotlarga koʻra, Bobur hayotlik chogʻida ikkita devon tuzgan.
Ularning biriga Movarounnahr va Afgʻonistonda, ikkinchisiga esa
Hindistonda yozgan sheʼrlari kiritilgan. Bu haqda
“Boburnoma”ning milodiy 1519-yildagi (hijriy 925-yil) voqealar 
bayonida shunday deyiladi: “Hofiz Mir kotibning ogʻainisi 
Samarqandtin kelib erdi, bu fursatta Samarqandgʻa ruxsat berib, 
Poʻlod Sultongʻa devonimni yibordim”.
Bobur devoni Sharq mumtoz lirik janrlardagi asarlar majmuasidan 
iborat toʻplam. Hozirgi kungacha dun.yo qoʻlyozma fondlari va 
kutubxonalarida Bobur devonining 9 ta qoʻlyozma nusxasi borligi 
aniqlangan MoxichexrMoxichexra Baxtiyarovna💙: Jump up 
to:1,0 1,1 "Bobur" OʻzME. B-harfi Birinchi jil. Toshkent, 2000-yil 
↑ Lebedeva T. I., O neissledovannykh pogrebeniyakh Guri Amir 
//Arkheologiya, istoriya i kul'tura Sredney Azii. Tashkent, 2002, 
s.68 ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil ↑ Jump up 


to:4,0 4,1 Khafiz-i Tanysh Bukhari. Sharaf -name-yi shakhi (Kniga 
shakhskoy slavy). Nauka. 1983 ↑ The Baburnama in English.Vol.2. 
London, 1922, p.799 ↑ Mansura Haider, Relations of Abdullah 
Khan Uzbeg with Akbar // Cahiers du Monde russe et soviétique, 
Vol. 23, No. 3/4 (Jul. — Dec., 1982), p. 313 ↑ Bobur. Tanlangan 
asarlar. T.: 1958; Bobur. Asarlar. Uch jildlik.-T.: Fan, 1965-66; 
Bobur. Boburnoma. -T.: 1960, 1989; Bobur. Muxtasar. Toshkent, 
1971 Men bu tizesni yozib nima xulosa chiqardim deb uzimga 
savol berib kurdim va shuni bildimki Zahiriddin Muhammad Bobur 
ijodi va hayot haqida ko’proq ma’lumotga ega
Baxtiyarovna💙Moxichexra Baxtiyarovna💙: 
Jump up to:1,0 1,1 “Bobur” OʻzME. B-harfi Birinchi jil. Toshkent, 
2000-yil 
↑ Lebedeva T. I., O neissledovannykh pogrebeniyakh Guri Amir 
//Arkheologiya, istoriya I kul’tura Sredney Azii. Tashkent, 2002, 
s.68 
↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 
↑ Jump up to:4,0 4,1 Khafiz-I Tanysh Bukhari. Sharaf -name-yi 
shakhi (Kniga shakhskoy slavy). Nauka. 1983 
↑ The Baburnama in English.Vol.2. London, 1922, p.799 
↑ Mansura Haider, Relations of Abdullah Khan Uzbeg with Akbar // 
Cahiers du Monde russe et soviétique, Vol. 23, No. ¾ (Jul. — Dec., 
1982), p. 313 
↑ Bobur. Tanlangan asarlar. T.: 1958; Bobur. Asarlar. Uch jildlik.-T.: 
Fan, 1965-66; Bobur. Boburnoma. -T.: 1960, 1989; Bobur. 
Muxtasar. Toshkent, 1971 
Xulosa
Men bu tizesni yozib nima xulosa chiqardim deb uzimga savol 
berib kurdim va shuni bildimki Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi 
va hayot haqida ko’proq ma’lumotga ega boʻlish 
1,0 1,1 "Bobur" OʻzME. B-harfi Birinchi jil. Toshkent, 2000-yil 
↑ Lebedeva T. I., O neissledovannykh pogrebeniyakh Guri Amir 
//Arkheologiya, istoriya i kul'tura Sredney Azii. Tashkent, 2002, 
s.68 ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil ↑ Jump up 
to:4,0 4,1 Khafiz-i Tanysh Bukhari. Sharaf -name-yi shakhi (Kniga 


shakhskoy slavy). Nauka. 1983 ↑ The Baburnama in English.Vol.2. 
London, 1922, p.799 ↑ Mansura Haider, Relations of Abdullah 
Khan Uzbeg with Akbar // Cahiers du Monde russe et soviétique, 
Vol. 23, No. 3/4 (Jul. — Dec., 1982), p. 313 ↑ Bobur. Tanlangan 
asarlar. T.: 1958; Bobur. Asarlar. Uch jildlik.-T.: Fan, 1965-66; 
Bobur. Boburnoma. -T.: 1960, 1989; Bobur. Muxtasar. Toshkent, 
1971 Men bu tizesni yozib nima xulosa chiqardim deb uzimga 
savol berib kurdim va shuni bildimki Zahiriddin Muhammad Bobur 
ijodi va hayot haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’ldim. 

Download 130.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling