hamda ilovalardan iborat.
11
1-BOB. MOLIYA BOZORI VA UNING O’ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
1.1 Moliya bozorining mohiyati.
Iqtisodiy adabiyotlarda jahon moliya bozorini o’rganishda ikki xil
yondashuv mavjud. Qisqacha yondashuvda ushbu bozorning faqat bitta segmenti
bo’lgan – fond bozori o’rganilsa, moliya bozorini o’rganishdagi keng yondashuvda
uni tashkil etuvchi segmentlar – ssuda kapital bozori, valyuta bozori, qimmatli
qog’ozlar bozori, sug’urta bozori hamda oltin bozorining o’zaro aloqadorligi
o’rganiladi. Ushbu yondashuv shakli zamonaviy moliya bozorini o’rganishdagi
samarali usul bo’lib, bu bozorning barcha segmentlari rivojlanish strategiyalarini
ishlab chiqish va ularning o’zaro aloqadorligini tahlil qilish imkonini beradi.
Tizimiy yondashuv asosida, jahon moliya bozorining funksional va
institutsional ko’rinishlarda tahlil qilish yotadi.
Jahon moliya bozori funksional jihatidan, o’zining ko’p sonli segmentlarini
harakatga keltirishdan oldin takror ishlab chiqarish jarayoni rentabilligi va
uzliksizligini taminlash maqsadida mamlakatlar o’rtasida kapitalning qayta
taqsimlanishi va jamg’arilishiga oid bozor munosabatlarini tashkil etadi
3
.
Do'stlaringiz bilan baham: