Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida rivojlangan mamlakatlarda pul-kredit vositalari orqali iqtisodiyotni tartibga solish muammolari


IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING PUL-KREDIT VOSITALARI ORQALI IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI


Download 129.88 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi129.88 Kb.
#1413596
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
пул-кредит

IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING PUL-KREDIT VOSITALARI ORQALI IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH MUAMMOLARI



Pul – umumiy ekvivalent rolini o`ynovchi tovardir. Pul — bu hamma tovarlarni sotish va sotib olish mumkin bo`lgan, umumiy ekvivalent rolini o`ynovchi maxsus tovardir.
Pulning mohiyatini to`laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini ko`rib chiqamiz: 1) qiymat o`lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to`plash vositasi; 4) to`lov vositasi.
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o`lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o`lchovi (masshtabi) deb ataladi. Pul muomaladan chiqarilganda boylik to`plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo`jalik sharoitida boylik to`plash, jam`garish mahsulot jam`garish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo`jaligining rivojlanishi boylik to`plashning pul jam`garish shaklini keltirib chiqaradi.
Tovarlar nasiyaga to`lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to`lov vositasi vazifasini bajaradi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to`lashda ham to`lov vositasi vazifasini bajaradi. Qo`goz pullar, veksel va banknotlar
— pulning to`lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqqan.

Pulning o`z vazifalarini bajarish jarayonidagi to`xtovsiz harakati pul muomalasi deyiladi. Mamlakat pul tizimining muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:


  1. milliy pul birligi (so`m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.);

  2. naqd pul muomalasida qonuniy to`lov vositasi sifatida amal qiluvchi qo`goz, tanga va kredit pullar tizimi;

  3. pul emissiyasi, ya`ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish tizimi;

  4. pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.

Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul muomalasida bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to`lov talabnomalari yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi pul agregati deb yuritiladi. Muomalada mavjud bo`lgan pul massasi naqd va kredit pullarni qo`shish yo`li bilan aniqlanadi.
Muomalani ta`minlash uchun zarur bo`lgan pul miqdori quyidagi omillarga bo`gliq:

  1. Download 129.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling