Jahon qishloq xo‘jaligi rivojlanishining tarixi


Download 25.48 Kb.
Sana22.04.2020
Hajmi25.48 Kb.
#100684
Bog'liq
1 reja


  1. Jahon qishloq xo‘jaligi rivojlanishining tarixi.

1978-yil oxirida Xitoyda XKP MQ sining 3-Plenumi 11-Chaqirig‘i bo‘lib o‘tadi va unda mamlakatda amalga oshirilayotgan ishlarning og‘irlik markazini sotsialistik modernizatsiyalash va iqtisodiy islohotlar hamda ochiqlik siyosatini olib borishga yo‘naltirildi. Bunda islohotlar Xitoy qishloqlaridan boshlandi. Qishloqlarda oilaviy pudrat tizimi va xo‘jalik yuritishning yangi mexanizmi joriy qilina boshlandi. Xitoy qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda ko‘p ukladlilik tan olindi. Mamlakatdagi mavjud sotsialistik uklad bilan birgalikda, yakka, xususiy, jamoa xo‘jadiklari ham qaror topa boshladi. Kichik va o‘rta korxonalarda ishchi kuchini yollashga ruxsat berila boshlandi. Mamlakatdagi mavjud davlat qaramog‘idagi bekor yotgan yerlar dehqonlarga bo‘lib berildi. Undan tashqari, qishloqlardagi dehqon hovlisi (tomorqasi) ham joylardagi asosiy ishlab chiqarishning xo‘jalik hisobidagi birlik o‘lchovi bo‘lib qoldi.

Xitoydagi agrar isloxotlar Anxoy provinsiyasining Ru uezdidan eksperiment sifatida boshlandi. 1979-yili Den Syaopin islohotlar jarayonining uchta nazariy asosini va uning uchta tamoyillarini e’lon qildi:

1. Ishlab chiqarish kuchlari rivojiga halaqit bermaslik;

2. Reja sotsializmga ekvivalent emas, chunki bozor iqtisodiyotida ham reja kerakli element hisoblanadi ;

3. Insonlar ongiga erkinlik berish va ular farovonligini oshirishga yordam berish.

Islohotlar avval alohida provinsiyalarda va uezdlarda, keyinchalik esa, ya’ni, kishilar islohotlarning samarali ekanligiga ishonch hosil qilgach, ular Xitoyning boshqa mintaqalarga ham keng tarqala boshladi.

Xitoy qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarning asosi - bu oilaviy pudrat bo‘lib, u ijaraning (arendaning) bir shakliga kiradi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun 5 yil (vaqt) kerak bo‘ldi. Yer ko‘pchilik hollalarda dehqon oilalariga, uning soniga qarab, bo‘lib berildi, ba’zi provinsiyalarda esa, uning mehnatga layoqatli a’zolariga qarab taqsimlab berildi. Dehqon oilalariga islohotlarning birinchi yillariyoq, pudrat asosida bitim bilan 1 yildan 3 yilgacha vaqt mobaynida yer uchastkalari bo‘lib berildi. Bitim muddati tugagach, oilalararo yerni taqsimlash tartibi qayta ko‘rib chiqilishi lozim deb topildi. Dehqon oilasi bitimga binoan, ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirish uchun o‘ziga yuklatilgan vazifalarini zimmalariga oladi. Bu esa, davlatga muayyan aniq bir muddat va miqdorda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini muayyan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yetqazib berishni ko‘zlaydi. Bundan tashqari, oila yana qishloq tashkilotlari boshqarmasiga, jamoa fondiga va qishloq xo‘jaligiga soliqlar to’laydi. Bu soliq miqdori bir necha yillardagi ishlab chiqarish darajasi bilan aniqlanadi. O‘z navbatida, qishloq tashkilotlari dehqonlarga yordamlashadi. Ular bitimga binoan, urug‘, ekin ko‘chatlari, o‘g‘itlar bilan dehqonlarni ta’minlaydi.

Bitimda ko‘rsatilgan soliqdardan va yetishtirilgan mahsulot miqdoridan ortib qolgan qismi esa, dehqon oilasi qaramog‘ida qoladi. Dehqonlar bu ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining hohishlariga qarab bozorlarda sotish yoki davlatga yuqori narxlarda (ya’ni sotib olish miqdoridan 50% yuqori narxda) sotishi mumkin.

Qishloqda xo‘jalik tizimi islohotlariga, asosan, shaxsiy yordamchi xo‘jalikning rivojiga katta ahamiyat berilmoqda. Shaxsiy foydalanish uchun Shanxay, Nankin shaharlarida 0,7 mu dan (1 mu =0,067 ga) yer ajratilib berilib, unda har bir oilaga 10 tagacha cho‘chqa va 100 tagacha tovuq-xo‘roz boqishga ruxsat berildi. Bunday shaxsiy xo‘jaliklarda yetishtirilgan mahsulotning bir qismi ichki bozorlarga kelib tushadi.

Xitoy Xalq Respublikasi agrar islohotlarining asosiy maqsadi va xususiyatlari yuqorida ta’kidlaganimizdek, 1978-yil oxirida UXXVK (Umumxitoy Xalq Vakillarining Kengashi) Markaziy Kumitasining P-chaqiriq. 3-plenumida qabul qilingan iqtisodiy islohotlar olib borish dasturiga ko‘ra, Xitoyda islohotlar aynan uning qishloqlaridan boshlandi. U o‘z ichiga oilaviy pudratni joriy qilishda uning turlicha shakllarini tadbiq etishni, umumiy xizmat ko‘rsatish tizimini yaratishni, asta - sekinlik bilan davlatga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini rejali va markazlashgan tarzda yetqazib berishdan voz kechish vazifasini, hamda davlat qishloq xo‘jalik mahsulotlarining va yordamchi xo‘jaliklarda yetishtirilgan mahsulotlarning ahamiyatli qismining narxini erkinlashtirish vazifasini, qishloq xo‘jaligi ichki strukturasini tartibga solish vazifasini, ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarni va poselka-volostlardagi korxonalarni rivojlantirish vazifasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Ulardan eng asosiysi bo‘lib, davlatni iqtisodiy rivojlantirishga yordam berish va birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligiga hamda mehnatkashlar yashash darajasini oshirishga qaratilgan vazifalar qo‘yildi.

Dehqonlarga mustaqillik berilishi, ya’ni shaxsiy moddiy manfaatdorlikning davlat iqtisodiy manfaatlari bilan qo‘shilishi, qishloq xo‘jaligini tez yuksalishiga turtki berdi. Undan tashqari, qayta ishlash sanoatini xom ashyo bilan to‘liq ta’minlash ishlari natijasida, natural xo‘jalikdan tovar xo‘jaligiga o‘tish imkoniyati yaratildi. Buning yaqqol dalili sifatida raqamlarga murojaat qilamiz, ya’ni, 1978-1988 yillardagi qishloq xo‘jaligidagi yetishtirilgan yalpi mahsulotlarning o‘rtacha o‘sish sur’atlarini olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich mana shu 9-10 yillar ichida o‘rtacha 6,5 % ni tashkil etgan.

Agrar islohotlarning yana bir ahamiyatli tomoni shundan iboratki, unda qishloqlarda sanoat ishlab chiqarish faoliyatini olib borishga ruxsat berilganligidir. Shuni aytish kerakki, Xitoyda qayta ishlash korxonalariga, yordamchi sanoat ishlab chiqarilishiga va hunarmandchilikdagi kasb-hunarning rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga muayyan sharoitlar yaratildi. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga va birinchi navbatda, ichki va tashqi bozor uchun, xalq xo‘jalik iste’moli mollarini yetqazib berishga, asosiy e’tibor qaratildi.

Xitoy qishloqlaridagi qishloq xo‘jalik va sanoat ishlab chiqarishdagi integrasion jarayoni hamda sanoat va savdo korxonalarini qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi bilan qo‘shilishi, agrar islohotlarda ko‘zda tutilgan ko‘pgina muammolarni hal yetishni tezlashtirdi:

Birinchidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarilishini moliyalashtirish uchun kerakli kuchli manba topildi. Sanoat ishlab chiqarilishi faoliyatidan tushgan mablag‘ning anchagina qismi, qishloqlarda ijtimoiy muammolarni yechishga, hamda yerga ishlov berishni va chorvachilikni rivojlantirishga yo‘naltirildi.

Ikkinchidan, sanoatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki va tashqi bozorni xalq iste’moli tovarlari bilan to‘ldirish imkonini berdi.

Uchinchidan esa, qishloq territorial sanoat ishlab chiqarish faoliyati qishloqda aholining bo‘sh qismini ish bilan ta’minlash imkonini berdi va shu bilan birga, aholini shaharlarga ketishini (migratsiyasini) to‘xtatdi, natijada esa, mamlakatda ishsizlik darajasi 2 baravarga kamaydi. Islohotlar xorijiy firmalar bilan qo‘shma korxonalar tuzish imkoniyatini yaratdi, ya’ni qishloq iqtisodiyoti yuksalishi uchun chet el sarmoyalarini jalb qilishga ruxsat etildi. Bu esa, o‘z navbatida, nafaqat xorijiy mutaxassislarni Xitoyga jalb etishga, balki bir vaqtning o‘zida zamonaviy texnologiyalarni qishloq fabrika va zavodlariga jalb qilish imkonini berdi. Natijada, kooperativlar va turli hajmdagi firmalarning pul hisoblarida chet el valyutasi paydo bo‘ldi.



Mana shu iqtisodiy islohotlar natijasida, Xitoydagi asosiy muammo 1 milliard 300 millionlik aholini oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati tovarlari bilan ta’minlashga erishildi. Oziq-ovqatni iste’mol qilish darajasi esa, 2 marotabaga ko‘paydi, ammo, lekin, qishloqlardagi dehqon xonadonlarining salmog‘i, aksincha, 8 marotabaga kamaydi. Hozirgi kunda Xitoy aholisining yashash darajasi islohotlargacha bo‘lgan davrdga qaraganda, ancha yaxshilandi.
Download 25.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling