Jahon she’riyatidagi sistemalar O’zbek she’riyatidagi sistemalar: barmoq, aruz, erkin
Download 107.5 Kb.
|
she\'riy sistemalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sarbast she’r
Oq she’rning asosiy alomati – misralardagi bo’g’inlar tartibi (xuddi barmoqdagidek) bir xil bo’ladi, turoqlanishi har xil bo’ladi, o’zaro qofiyalanmaydi; Usmon Nosirning “Yurak” she’ri bu yo’lning namunasidir:
Yurak, sensan/mening sozim, 4+4=8 Tilimni nayga/jo’r etding, 5+3=8 Ko’zimga oyni/bekitding, 5+3=8 Yurak, sensan/ishqibozim. 4+4=8 Senga tor keldi/bu ko’krak 5+3=8 Sevinching toshdi/qirg’oqdan. 5+3=8 Tilim charchar,/ajab, gohi 4+4=8 Seni tarjima/qilmoqdan. 5+3=8 Sen, ey, sen-/uyg’oqi dilbar, 3+5=8 Zafardan izla/yoringni. 5+3=8 To’lib qayna,/toshib o’yna, 4+4=8 Tirikman kuyla/boringni. 5+3=8 Itoat eth/agar sendan 5+3=8 Vatan rozi/emas bo’lsa, 4+4=8 Yoril, chaqmoqqa/aylan sen, 5+3=8 Yorilh Mayli,/tamom o’lsam. 4+4=8 Sarbast she’r – erkin she’rda bo’lgani kabi qofiyalanishga, oq she’rda bo’lgani kabi misralardagi bo’g’inlar sonining teng bo’lishiga asoslanmaydi. U bu “qolip”lardan o’zini tamoman ozod sanaydi. Ana shunday erkinligi tufayli qalbning sirli mo’jizalarini judayam oddiy qilib, qanday tug’ilgan bo’lsa – xuddi shunday, zo’riqishsiz, butun borlig’icha ifoda qiladi: “Qasam” bu yo’lga isbotdir: Shavkat Rahmon degan =6 bir o’jar shoir, =5 bir kuni qaytadan yaraladimi? =9 hayotim ma’nisin juda ko’p o’ylab, =10 sayladim so’zlarning =6 saralarini. =5 har bir so’z =3 yuz so’zning o’rnini bosar – =8 Vatan Xalq Jasorat Kurash Ozodlik. =11 har bir so’z yetajak yuzta umrimga, har biri baxsh etar ruhimga shodlik. hozirlik ko’rarkan buyuk safarga, ushtirang pardali minglab darchadan mo’ralab o’tirgan go’zal so’zlarni, qoldirib ketaman endi barchaga. Aslida atirgul bo’yin taratgan bu o’ynoqi so’zlar menikimasdir. Menga nonday zarur, qilichday keskir, zaharday mard so’zlar bo’lsayoq basdir. Sayladim so’zlarning saralarini, kurashlar shamoli kirdi nazmimga. Yurtimni kezaman, endi har narsa – egilgan narsalar tegar g’ashimga. Endi ishlash kerak bu kengliklarda, tokim suylamasin yolg’onni hyech kim, tokim buyuk tog’lar saltanatida egilgan boshlarni qilichlar kessin. Erkin she’r sistemasi turli xalqlarning she’r sistemalariga (ayniqsa, turk, rus, yapon) qiziqishni ham oshirdi; ularning yetuk namoyandalari (Nozim hikmat, Garsiya Lorka kabi) va janrlari (xokku, tanka) chanqoqlik bilan o’rganila va tarjima etila boshlandi. Aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkin: Erkin she’r sistemasi XXI asr jaxon poeziyasida, jumladan o’zbek she’riyatida ham yetakchilik qilsa ajabmas, chunki u “tezkor” zamona kishilarining murakkab ziddiyatlarga to’la, shiddatkor, betakror ruhiy dunyolarini borlig’icha namoyon etishga qodir kuch – mo’jizadir. Download 107.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling