Jahon sivilizatsiyasiga dahldor bo`lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini ta`minlash qiyin
Download 14.64 Kb.
|
Nazariya
Jahon sivilizatsiyasiga dahldor bo`lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini ta`minlash qiyin. Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma`naviy poydevorini mustahkamlash ehtiyojini tug`diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi oliyjanob tuyg`ular ruhida tarbiyalash, yyksak fazilatlarga ega, ezgu g`oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga yetkazish, jahin andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir. Son tushunchasi matematikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Son tushunchasi qadim zamonlarda paydo bo`lib, uzoq zamonlar davomida kengaygan va umumlashgan: Sanash uchun ishlatiladigan sonlar natural sonlar deb, natural sonlar, nol soni va manfiy natural sonlar butun sonlar deb, butun, musbat va manfiy kasr sonlar ratsional sonlar deb atalgan. Shuningdek, ratsional bo`lmagan sonlarni sonlarni irratsional sonlar deb, barcha ratsional va irratsional sonlar birgalikda haqiqiy sonlar deb atalgan. Ma`lumki haqiqiy son tushunchasi matematikada bie necha usullarda kiritilgan. Haqiqiy sonlarni Kontor, Dedekind, Veyershtrass, Kolmogorov tomonidan taklif qilingan nazaryalari xamda haqiqiy sonlarning aksiomatik nazariyalari shular jumlasidandir. Hozirgi paytga ( vaqtga ) kelib, ilm fanning intektsiv rivojlanayotgan davrida bu nazariyalarni kengroq, mukammal o`rganish ta`lim tizimi bosqichlarida mos holda qaysi nazariyalardan foydalanish samaraliroq ekanligi o`rganish muhim masalalardan biridir. Mavzuning dolzarbligi ham shundadir. Parametrga bog`liq bo`lgan tenglamalarni yechish bu tenglamani qanoatlantiruvchi noma`lumning berilgan parametrlar orqali ifodalangan qiymatlat to`plamini aniqlash demakdir. Ko`p hollarda bunday masalalarni yechish jarayonida o`quvchi parametriga bog`liq yechimning parametr olishi mumkin bo`lgan qiymatlariga ahamiyat bermaydi yoki masalaning to`liq yechimini aniqlashda qiynaladi. Parametrli matematik masalani to`g`ri hal qila olish uchun o`quvchi muayyan mazmuni chuqur o`zlashtirgan bo`lishi shart. Tadqiqotning obyekti va predmeti. Mavzuga oid o`quv, metodik va boshqa adabiyotlar, haqiqiy sonlar nazariyalari. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi haqiqiy sonlar nazariyasi usullarini mukammal o`rganish va ta`lim tizimi bosqichlarida mos holda qaysi usullardan foydalanishni tavsiya etish va uni asoslash. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ta`lim tizimi bosqichlari uchun haqiqiy sonlar nazariyasining qulay usullari mos holda tavsiya qilingan. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Mazkur dissertatsiyaning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, avvalo haqiqiy sonlar nazariyasi usullarini puxta o`rganish, ta`lim tizim bosqichlari uchun qulay, sodda, tushunish uchun oson bo`lgan usullarni aniqlash ishning farazlari hisoblanadi. Tadqiqot mavzusi bo`yicha adabiyotlar sharhi ( tahlili ) Tadqiqotga qo`llanilgan metodikaning tavsifi. Tadqiqotga haqiqiy sonlar nazariyasini qurishning konstrukti va aksiomatik usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot ishining nazariy ahamiyati: Haqiqiy sonlar nazariyasini kiritish usullarini keng va mukammal o`zlashtirish. Ta`lim tizimi bosqichlaridan o`qitishda bu nazariyalar- usullarning afzalliklarini tanlay olish. Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalaridan, ya`ni tayyorlangan magistrik dissertatsiyasidan o`quvchilar, talabalar va yosh pedagoglar foydalnishi mumkin. Ish tuzilishining tavsifi. Magistrik dissertatsiyasi kirish, 3 ta bob, 9 ta paragraph, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya - bobdan tashkil topgan. Download 14.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling