Jahon siyosati


Download 212.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.02.2018
Hajmi212.16 Kb.
  1   2   3

OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIKINSTITUTI

“Jahon siyosati” kafedrasi 

“JAHON SIYOSATI” fanidan 

“MARKAZIY OSIYODA MINTAQAVIY  XAVFSIZLIK MASALALARI”

mavzusidagi

KURS ISHI

Bajardi: 3- kurs ingliz-urdu guruhi talabasi

Sodiqov Y.

« 

» 



______2013

Ilmiy rahbar: Mustapova H. 

« 

» 

_____2013



Toshkent-2013

Mundarija

KIRISH............................................ ............................................... ............................2

1.BOB.  MARKAZIY  OSIYO  MINT AQ ASININ G  AH AMI Y ATI  VA  XAVFSIZLIK 

MASALALARI............................................ ........... ...................... ................ ........... 5

1.1. Markaziy Osiyo mintaqasining geosiyosiy ahamiyati....................... ............. .5

1.2. Xavfsizlik tushunchasi va xavfsizlikning dolzarbligi.............. ....................... 9

2.BOB. 

MARKAZIY 

OSIYODA 

MINTAQAVIY 

XAVFSIZLIK 

VA 

XAVFSIZLIKNI 

TA’MINLASHDA 

O’ZBEKISTON 

RESPUBLIKASINING 

AHAMIYATI.................... .......................................................................................... 13

2.1.  Markaziy  Osiyo  mintaqasining  barqarorligiga  qarshi  mavjud  xavf-xatarlar  va 

xavfsizlikni ta’minlash shartlari................ ,.............................................................. 13

2.2.  O’zbekiston  Respublikasining  mintaqaviy  xavfsizlikni  ta’minlashdagi  o’rni  va 

roli 

......................................................................... 19

XULOSA............................................................................................................... ....... 31

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.............................................. 33

l


KIRISH

XXI  asr  bo’sag’asida  Markaziy  Osiyoning  xalqaro  hayotning  mustaqil 

subyekti  sifatida  qayta  tiklanishi,  shubhasiz,  olamshumul,  o’zida  muxim 

jarayonlami ham ifodaluvchi, ham aks ettiruvchi xodisa bo’ldi.

Bu,  Yevrosiyodagi  geosiyosiy  vaziyatni  tubdan  o’zgarishiga  olib  kelgan, 

jahon miqyosida avj  olayotgan chuqur, tektonik siljishlar xosilasi bo’ldi. Markaziy 

Osiyoning jahon  siyosati  va  iqtisodiyoti  mustaqil  subyekti  sifatida tiklanishi,  o’z 

navbatida, dunyo miqyosida ro’y berayotgan jarayonlarga kuchli ta'sir ko’rsatuvchi 

m n h im  

omilga aylandi. Yuzlab yillar davomida unutilgan, e'tibordan chetda qolgan 

o’lka bo’lib kelgan Markaziy Osiyo jahon hamjiyati tomonidan qayta kashf etildi. 

Dunyo 


bu 

minataqaning 

xalqaro 

iqtisodiy, 

siyosiy 

munosabatlarga, 

sivilizatsiyalararo  aloqalarga  qo’shilishiga  katta  umid  bog’ladi.  Ayni  vaqtda, 

boshidanoq,  Markaziy  Osiyo  dunyo  miqyosidagi  barqarorlikka  tahdid  soluvchi 

xavf-  xatarlar  manbaiga  aylanishi  mumkinligi  ham  ayon  bo’lib  qoldi.  Deyarli 

darhol,  yangi  «Katta  O’yin»  -  mintaqadan  tashqaridagi  kuchlaming  Markaziy 

Osiyoda o’z ta'sirini  o’matish uchun raqobatining turli  variantlari  va ko’rinishlari 

taxlil qilina boshlandi.



Kurs ishining dolzarbligi -  bu hozirgi murakkab siyosiy davrda Markaziy 

Osiyo  davlatlarining  xavfsizligi,  barqarorligini  ta’minlash,  mintaqada  mavjud 

barcha davlatlar aholisining ham jismoniy, ham ma’naviy himoyaga muxtojligidir.

Bugungi  kunda  hayotning  barcha  sohlariga  tahdid  solayotga  turli  xavf — 

xatarlar:  terrorizm,  giyohvandlik  va  narkobiznes,  ommaviy  madaniyat,  ekologik 

muammolar,  yadro  qurollarining  va  yadro  quroliga  ega  davlatlaming  ko’payib 

borayotganligi, turli mafkuraviy tahdidlaming avj  olayotganligi Markaziy Osiyoda 

mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, ayniqsa dolzarb masala bo’lib qolmoqda.



Kurs ishining maqsadlari:

1. 


Markaziy  Osiyoning geosiyosiy  va  geostrategik  ahamiyatini  o’rganib

chiqish;


2. 

Markaziy  Osiyoda  mintaqa  xavfsizligiga  nisbatan  tug’iladigan  xavf- 

xatarlar  ko’lamini  va turlarini  aniqlash  hamda  bartaraf etish  choralarini  ko’rsatib 

o’tish;


3. 

Xavfsizlikka  doir  ishlab  chiqilgan  qonun  hujjatlari  bilan  tanishish 

hamda ulaming mintaqaviy muammolarga daxldorligi darajasini aniqlash.

Kurs ishining vazifasi:

1. 


Mintaqaviy 

xavfsizlikni 

ta’minlashda 

mintaqadagi 

barcha 

davlatlaming o’mi va roli haqida ma’lumot berish;



2. 

Xavfsizlikka  doir  milliy  va  xalqaro  huquqiy  hujjatlami  taqqoslab 

chiqish;

3. 


Mintaqadagi xavfsizlikni ta’minlashga doir tavsiyalami berish.

Kurs  ishining  predmeti  davlatlar va  fuqarolar  xavfsizligini  ta’minlashda 

mintaqaviy  xavfsizlikning  ahamiyati,  o’mi,  mazmuni,  shuningdek,  shu  sohadagi 

qonunchilik  hujjatlarini  takomollashtirish  va  uning  ijrosini  ta’minlash  yo’llarida 

vujudga keladigan munosabatlardadir.



Kurs  ishining  obyekti  davlatlar,  xalqalar,  millatlaming  tahdid  va 

tajovuzlardan holi  istiqomat  qilishlari  uchun  xavfsizlik  sohasi  ustidan  o’matilgan 

nazorat institutlarining maqsad va faoliyatlari yo’naltirilgan masalalardir.

Kurs ishida quyidagi metodlardan foydalanildi:

1. 


Taqqoslash  metodi  -   Xavfsizlik  sohasiga  doir  milliy  va  chet 

mamlakatlar qommchiligi taqqoslab chiqildi.

2. 

Tizimli  metod  -   Mintaqaviy  xavfsizlikni  kompleks  jamiyatning 



instituti sifatida ko'rib chiqishga yordam berdi.

3. 


Tahlil  qilish  metodi  milliy  qonunchilik  bilan  chet  el  qonunchiligini 

taqqoslash  natijasida  milliy  qonunchilikning  kamchiliklari  va  ustunliklarini 

ko'rsatib berishga yordam berdi.

4. 


Sintez  qilish  metodi  yordamida  xavfsizlik  sohasining  yo’lga 

qo’yilganligi  mintaqadagi  muammoli  masalalami  ko'rib  chiqishga  yordam 

berdi.


Kurs  ishi tuzilishi va  hajmi.  Kurs  ishi  ikki bobdan iborat bo’lib,  birinchi 

bobda  Markaziy  Osiyo  mintaqasi  haqida  atroflicha  ma’lumot  berib  o’tish  bilan 

birga xavfsizlik tushunchasiga izohlar keltirib o’tilgan.

Ikkinchi bob Markaziy Osiyodagi mintaqaviy xavfsizlik masalalari va unda 

davlatlaming  tutgan  o’mi,  shuningdek,  mintaqaviy  va  xalqaro  tashkilotlaming 

ishtiroki hamda mintaqaga nisbatan tashqi tajovuzlaming o’mi haqida information 

va  tahliliy  ma’lumotlar  keltirib  o’tilgan.  Shuningdek,  xavfsizlikni  ta’minlashda 

davlatlaming roli haqida tavsiyalar berilgan.

4


2. BOB.  MARKAZIY OSIYO MINTAQASINING AHAMIYATI VA

XAVFSIZLIK MASALALARI

Щ

  Markaziy Osiyo mintaqasining geosiyosiy ahamiyati.

Markaziy  Osiyoning  qaytadan  vujudga  kelishi  insoniyat  oxirgi  o’n-o’n 

besh  yil  mobaynida  boshdan  kechirgan  ko’plab  dramatik  o’zgarishlar  va  keskin 

burilishlar orasida,  shubhasiz, eng muhimlari qatoriga kiradi. Mintaqa asriy siyosiy 

yo’qpikdan qaytdi va yana bir bor xalqaro hayotning muhim tarkibiy hismi sifatida 

namoyon  bo’ldi.  Boz  ustiga,  u  bugungi  kunda  jahon  hamjamiyatining  diqqat 

markazida turibdi.

«Markaziy  Osiyo»  atamasi  birinchi  marta  taniqli  nemis  olimi,  geograf 

Aleksandr  fon  Gumboldt  tomonidan  1843  yili  Parijda  nashr  etilgan  uch  jildli 

«Markaziy  Osiyo  Tog’  tizmalarini  tadqiq  qilish  va  iqlimlami  taqoslash»  asarida 

qo’llanilgan  edi.  Unda  olim  ichki  sug’orish  sistemasini  va  tog’  tizmalarini 

o’rganib, Markaziy Osiyoni alohida, o’ziga xos mintaqa sifatida ajratdi.

Shundan  so’ng  «Markaziy  Osiyo»  tushunchasi  uzoq  vaqt  mobaynida,  to 

so’nggi  davrgacha  geosiyosiy  tushuncha  sifatida  emas,  balki  asosan  tarixiy  yoki 

geografik  atama  sifatida  qo’llanilib  kelindi.  Boz  ustiga,  mintaqaning  chegaralari 

ham, uning tarkibi ham aniq emas edi. Hatto uning nomi xam turli tarixiy davrlarda 

va  xalqlarda  har  xil  atalgan.  Tarixan  olganda,  geografik  omillar  asosiy  mezon 

bo’lib  xizmat  qilgan.  Yunonlar  va  rimliklar  uni  «Transaksoniya»  -  Oxus  daryosi 

(Amudaryo)  ortidagi  yer  deb,  xitoylar  «G’arbiy  o’lka»  deb,  arablar  - 

«Movarounnahr»  yoki  ikki  daryo  oraligi  deb  ataganlar.  Eron  «Turon»dan 

ajratilgan.  Ba'zan  mintaqa  etnolingvistik  asosda  «Turkiston»  deb  atalgan.  Ba'zan 

esa, u «Ichki Osiyo» (Inner Asia) deb kengaytirilgan tarzda talqin qilingan va unga

5


Mo’g’uliston,  G’arbiy Xitoy,  Shimoliy  Hindiston,  Pokiston va Rossiya  Sibirining 

janubiy qismi kiritilgan  .

Markaziy  Osiyo  deganda,  Sovet  Ittifoqi  parchalangandan  keyin 

mustaqillikka erishgan beshta musulmon respublikalar:  Qirg‘iziston,  Qozog‘iston, 

Tojikiston, Turkmaniston va 0 ‘zbekiston nazarda tutiladi.

Sovetlar  davrida  bu  hududga  0 ‘rta  Osiyo  va  Qozog‘iston  atamasi 

qo‘llanilgan.  Lekin,  1991  yilda  mustaqillikka  erishilgandan  keyin,  ham  ushbu 

davlatlar,  ham  horijiy  davlatlar  Markaziy  Osiyo  atamasini  qo‘liana  boshlashdi. 

1992  yilda besh  davlat rahbarlari rasmiy uchrashuvida Markaziy  Osiyo  atamasini 

qabul  qilishdi.  Hozirda,  bu  atama  dunyo  hamjamiyati  tomonidan  qabul  qilingan. 

Aksariyat  halqaro  tashkilot  va  tadqiqot  institutlarida,  Markaziy  Osiyo  bo‘limlari 

ochilgan.

Lekin,  geografik  nuqtai  nazardan  yondoshilsa,  Markaziy  Osiyoga 

Afg‘oniston,  Mo‘g‘uliston  va  Xitoyning  Uyg‘ur  viloyatlari  ham  kiradi.  Bundan 

tashqari  „Greater  Central  Asia“  yoki,  Kengroq Markaziy  Osiyo  atamasi bo‘r.  Bu 

hududga,  bazi  siyosatchilar  va  tadqiqotchilar,  ushbu  zikr  etilgan  davlatlardan

tashqari,  Eron,  Ozarbayjon,  Turkiya,  hatto  Hindistonning  bazi  qismlarini  ham

•  


*2 

qo‘shishadi  .

Hozirgi  kunda  Markaziy  Osiyo  tabiiy  geografik  o'lkasining  chegaralari 

ko'pchilik  tomoniodan  ma'qullangan  va  o'quv  adabiyotlarida  aniq  berilgan. 

O'lkaning eng shimoliy nuqtasi 38,8 gradus shimoliy kenglikda, Ayritov yaqinida, 

bo'lgan  Safedkux  tog'  tizmasi  bilan Nishopur tog'lari  tutashgan joyda -  Xarerud 

vodiysida (34°  shimoliy kenglik)  g'arbiy nuqtasi Kaspiy dengizining Mang'ishloq 

yarim  orolidagi  Tupqarag'ay  bumida  (50,3  sharqiy  uzunlik)  va  sharqiy  nuqatasi 

Savir  tog'larining  etagidagi  Qora  Irtish  daryosi  vodiysida  (85,6  sharqiy  uzunlik) 

jopylashgan.  Shimoldan janubga 2200  km va sharqdan g'arbga 2750 km ga yaqin 

masofaga cho'zilgan. Uning umumiy maydoni 3300000 kv. km atrofida.

1САФОЕВ C.C. МАРКАЗИЙ ОСИЁДАГИ ГЕОСИЁСАТ.  Toshkent,  2005,B.10.

2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Markaziy_Osiyo



Agarda Markaziy Osiyoning tabiiy geografik o'lka sifatida olinsa, uning hududida 

4  ta  Respublika  (O'zbekiston  ,Turkmaniston,  Qirg'iziston,  Tojikiston)  to'liq 

joylashgan.  Qozog'iston  Respublikasining  ma'lum  qismi  shu  tabiiy  -   geografik 

o'lkadir.  Iqtisodiy  geografik  nuqtai  nazardan  5  ta  Respublikani  umumiy  holda 

O'rta osiyo mamlakatlari deb bo'lmaydi,  shuning uchun ham Sobiq Ittifoq davrida 

O'rta Osiyo va Qozog'iston Respublikalari deb nomlanar edi.

Istiqlol  sharofati  bilan  Mustaqil  Respublikalar  tarixiy  aloqalami  qayta 

tiklashga o'tdilar.  Ona zaminni, tabiiy sharoiti, uzoq tarixi, kelib chiqishi, dini, urf- 

odatlari, an'analari, maqsadlari rivojlanish imkoniyatlari, muommolari bir bo'lgan 

qozoq,  o'zbek,  qirg'iz,  tojik,  turkman,  qaraqalpoq va  boshqa  halqlar yangi  hayot

• 





 

t  t 



3

qurishda va o'zaro hamkorlik qilishga kirishdilar.



Respublika  raxbarlarining  1993  yil Toshkent  va Ashqabotda bo'lib o'tgan 

yig'ilishida  Prezidentimiz I.A.Karimov  Respublika nomlarini e'tirof etgan  holda 

ulami umumlashtirib,  “Markaziy  Osiyo  Davlatlari”  deb yurutilishini taklif etdi va 

bunga  barcha  raxbarlar  rozilik  bildirdilar.  Haqiqatdan  ham  ushbu  zamindagi 

davlatlarni  Markaziy  Osiyo  davlatlari  deb  nomlanishi  ham  iqtisodiy  va  ijtimoiy, 

ham tarixiy va siyosiy -ma'muriy jihatdan to'g'ri va asoslidir.

Markaziy  Osiyo  hududida  5  ta  Mustaqil  Respublikalar  joylashgan  bo’lib,  ular 

quyidagiolardir:

Qozog'iston  Respublikasi  Respublika  Markaziy  Osiyoning  shimolida 

joylashgan  bo’lib,  shimolda  Rossiya  Federasiyasi,  janub  va  janubi  -g'arbdan 

Qirg'iziston  ,  O'zbekiston Respublikalari va Turkmaniston bilan  sharq va janubi- 

sharqda  Xitoy  Xalq  Respublikasi 

bilan  chegaradosh.  Uning  maydoni  2,7 

mln.kv.km,  aholisi  16,5  mln  kishi.  U  maydoni  va  aholisining  umumiy  soni 

bo'yicha MDH davlatlari  orasida 2 va 4, hamda MO mamlakatlari orasida  1  va 2- 

o'rinda turadi.



3 G.R.Asanov., M.Nabixonov., LSafarov. “O'zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. Т., “O'qituvchi” 

1994.


7

Tojikiston  Respublikasi  Mamlakat  Markaziy  Osiyoning  janubi-  sharqida 

joylashgan  bo'lib,  u  shimol  va  g'arbda  O'zbekiston,  shimol  va  shimoli-  sharqda 

Qirg'iziston,  sharqda  Xitoy,  janubda  Afg'oniston  bilan  chegaradosh.  Maydoni

143,1  ming kv,km,  aholisi  6,0 mln kishi. MO davlatlari orasida maydoni bo'yicha 

5-, aholisi bo'yicha 3- o'rinda turadi.

Turkmaniston. 

Markaziy 



Osiyoning  janubi, 

janubi- 


g'arbida 

joylashgan.Mamlakat  shimol,  shimoli  sharq  va  sharqdan  O'zbekiston,  shimoldan 

Qozog'iston, janubdan Afg'oniston va Eron bilan chegaradosh.  Turkmanistonning 

g'arbiy  chegarasi  Kaspiy  dengizi  bilan  tutash.  Xududining  maydoni  488,1  ming 

kv,km,  aholisi  4,8  mln  kishi.  (1997)  Markaziy  Osiyo  Respublikalari  ichida 

maydoni bo'yicha 2- , aholisi bo'yicha 4- o'rinda turadi.

Qirg'iziston  Respublikasi.  Resppublika  MO  ning  sharqida  (o'rta  qismida) 

joylashgan  bo'lib  u  shimol  va  shimoli-g'arbdan  Qozog'iston,  g'arb  va  janubiy 

g'arbdan  O'zbekiston,  janubdan  Tojikiston,  sharqdan-  Xitoy  Xalq  Respublikasi 

bilan  chegaradosh.  Maydoni  198,5  ming  kv.km,  aholisi  4,6  mln  kishi  (1997_. 

Markaziy Osiyo Respubliklalari orasida maydoni jihatdan 4-, aholi soni jihatdan 5- 

o'rinda turadi.

O'zbekiston  Respublikasi  Markaziy  Osiyoning  Markaziy  qismida, 

Amudaryo  va  Sirdaryo  kabi  yirik  daryolar  oralig'ida  (katta  qismi)  joylashgan 

bo'lib,  shimoli  va  shimoli-  g'arbda  Qozog'iston,  sharq  va  janubi-  sharqda 

Qirg'iziston va Tojikiston, janubi va janubi- g'arbda  Afg'oniston va Turkmaniston 

bilan chegaradosh.  Umumiy maydoni 448,9 ming kv.km, aholisi 25,1  mln kishi (1 

yanvar  2002).  Markaziy  Osiyo  davlatlari  ichida  maydoni  va  aholisining  soni 

bo'yicha 3 va  1- o'rinda turadi.4

1.2.  Xavfsizlik tushunchasi va xavfsizlikning dolzarbligi

4 G'.R.Pardayev. “Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi”. (Amaliy mashg'ulotlar).

Angren-2003.

8


BMT  Ustavi  (VIII  bob)  mintaqa  miqyosida  xalqaro  tinchlik  va  xavfizlikni 

saqlash uchun mintaqaviy kollektiv xavfsizlik xalqaro tashkilotlari tuzishga ruxsat 

beradi. Bunda quyidagi shartlar albatta bajarilishi lozim:

-  mintaqaviy  asosdagi  harakatlar  BMT  maqsadlari  va  printsiplariga  mos 

kelishi,  faqat  mahalliy  nizolarga  taalluqli  bo‘lishi  va  mazkur  hudud  doirasidan 

tashqariga chiqmasligi kerak;

-  Xavfsizlik  Kengashidan  vakolat  olmay  turib  hech  qanday  majburlov 

choralari ko‘rilishi mumkin emas;

- biron-bir mintaqa davlatlari o‘rtasida yuzaga keluvchi har qanday mahalliy 

nizolar faqat tinch yo‘l bilan hal qilinishi lozim;

-  Xavfsizlik  Kengashi  xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlikni  saqlash  uchun 

mintaqaviy  bitimlar  doirasida  amalga  oshirilgan  yoki  amalga  oshirish 

moijallanayotgan harakatlar haqida hamisha xabardor qilinib turilishi kerak;

-  mintaqaviy  asosdagi  biron-bir  harakat  BMT  xalqaro  xavfsizlik  universal 

tizimi doirasidagi harakatlarga zid kelishi mumkin emas.

Mintaqada qurolli kuch yordamida majburlov harakatlari  faqat sodir etilgan 

hujumni  qaytarish paytida, BMT Ustavining 51-moddasida nazarda tutilgan yakka 

tartibda yoki  kollektiv tarzda o‘zini  o‘zi mudofaa  qilish huquqini  amalga oshirish 

tartibida,  bu  haqda  Xavfsizlik  Kengashiga  darhol  xabar  bergan  holda  amalga 

oshirilishi mumkin.

Bulaming  hammasi  har  qanday  mintaqaviy  kollektiv  xavfsizlik  tizimi 

universal  xalqaro  xavfsizlik  tizimining  tarkibiy  qismi  bo‘lishi  mumkinligi  va 

lozimligidan dalolat beradi.

To‘laqonli  urushga  aylanib  ketishi  mumkin  bo‘lgan  har  qanday  mahalliy 

mojaroning  oldini  olish  mumkinligi  davlatlami  har  xil  darajada  birlashishga 

majbur  qiladi.  Bu  qoida  BMT  Ustavi  52-moddasining  1-bandida  mustahkamlab 

qo‘yilgan:  "Ushbu  Ustav  xalqaro  tinchlik  va  xavfsizlikni  saqlashga  taalluqli 

bo‘lgan  va  mintaqaviy  harakatlarga  mos  keladigan  masalalami  hal  qilish  uchun 

mintaqaviy bitimlar yoki organlar tuzishga aslo monelik qilmaydi, basharti bunday


bitimlar  yoki  organlar  va  ulaming  faoliyati  Tashkilot  Maqsadlari  va  Printsiplari 

bilan hamohang bo‘Isa".

Samarali  mintaqaviy  kollektiv  xavfsizlik  tizimlari  ularda  mazkur 

mintaqaning  barcha  davlatlari,  ulaming  ijtimoiy  va  davlat  tuzumidan  qat'i  nazar, 

ishtirok  etishini  taqozo  qiladi.  Ular  kollektiv  xavfsizlikning  universal  mexanizmi 

bilan bir xil maqsadni - xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashni ko‘zlaydi.

Ayni  vaqtda  ulaming  faoliyat  doirasi  universal  kollektiv  xavfsizlik 

tizimining  harakat  doirasiga  nisbatan  cheklangan.  Birinchidan,  mintaqaviy 

tashkilotlar jahonning  hamma  davlatlari  yoki  boshqa mintaqalarda yoki  bir necha 

mintaqalarda joylashgan  davlatlaming  manfaatlariga  tegishli  masalalar  yuzasidan 

biron-bir qaror qabul qilish huquqiga ega emas.

Ikkinchidan, mintaqaviy bitim ishtirokchilari mintaqaviy harakatlarga hamda 

tegishli  guruh  davlatlarining  manfaatlariga  taalluqli  bo‘lgan  masalalamigina  hal 

qilishga haqlidirlar5.

Mintaqaviy  tashkilotlar  vakolatiga,  awalo,  ulaming  a'zolari  o‘rtasidagi 

nizolami tinch yo‘l bilan hal qilish kiradi. BMT Ustavi  52-moddasining 2-bandiga 

binoan,  mazkur  tashkilotlaming  a'zolari  mahalliy  nizolar  Xavfsizlik  Kengashiga 

oshirilgunga  qadar  ulami  o‘z  tashkilotlari  doirasida  tinch  yo‘l  bilan  hal  qilishga 

erishish uchun bor kuchlarini  safarbar etishlari, Xavfsizlik Kengashi  esa, nizolami 

hal qilishning mazkur usulini rag‘batlantirishi lozim.

Mintaqalaming va ularda yuz berayotgan vaziyatlaming har xilligini hisobga 

olib,  BMT  Ustavi  mintaqaviy  bitimlar  va  organlarga  aniq  ta'rif  bermagan.  Bu 

davlatlar  guruhi  mintaqaviy  harakatlarga mos  keluvchi  masalani  hal  qilish  uchun 

amalga  oshiradigan  tadbirlaming  moslashuvchanligini  ta'minlaydi.  Mazkur  holat 

mintaqaviy tashkilotlar va BMT  o‘rtasidagi munosabatlaming  shakllangan modeli 

hamda  tinchlikni  saqlash  bo‘yicha  rasmiy  "mehnat  taqsimoti"  to‘g‘risida  so‘z 

yuritish imkonini beradi.

5 A.Raxmanov. Xalqaro xavfsizlik huquqi. T. 2009. B.66.

10


Xavfsizlik  Kengashi  o‘z  rahbarligi  ostida  majburlov  harakatlarini  amalga 

oshirish  uchun  mintaqaviy  tashkilotlardan  foydalanishi  mumkin.  Mintaqaviy 

tashkilotlaming o‘zi Xavfsizlik Kengashi ruxsatisiz biron-bir majburlov choralarini 

ko‘rishga  haqli  emas.  Mintaqaviy  tashkilotlar  majburlov  choralarini  mintaqaviy 

kollektiv xavfsizlik tizimi  ishtirokchilaridan biriga sodir etilgan hujumni qaytarish 

uchungina foydalanishga haqlidir6.

Ko’plab rivojlanayotdan davlatlarda avtoritar hukumatlar azaldan demokratik 

harakatlar  va  bu  mafkura jamoat  va  fuqaro  tinchligiga  rahna  soladi  deya  bosim 

o’tkazib  kelgan.  Tarix  guvohki,  demokratiya  buning  aksi:  xavfsizlik  kuehlari 

ustidan  demokratik  nazorat  o’matish  fuqaro  xavfsizligini  taiminlovchi  muhim 

omil. Bunday nazoratsiz inson xavfsizligi aslida tahdid ostida.

Ayrim davlatlarda demokratiyani himoya qiluvchi maxsus qonunlar qabul qilingan. 

Argentinada,  masalan,  1984  yilda  “Demokratiya  Mudofaasi”  nomli  Qonun  N. 

23.077  ma’qullanib, jinoiy  kodeks  o’zgartirilgan.  Unda  demokratik  tizimni  oyoq 

osti  qilish jinoyat deb  belgilangan.  Bu  qonunga binoan demokratiyani  xavf ostiga 

qo’ygan yoki konstitutsiyani hurmatsizlagan kishi jazolanadi.

Ichki xavfsizlik va jamoatchilik orasida tartibni  saqlash to’g’risidagi barcha 

qonunlar tinchlikka rahna solganlami qamoqqa olishni buyuradi.  Asosan ikki turli 

qonunlar bor:

•  Davlat xavfsizligiga haqiqatda tahdid solganlikda ayblab qamoqqa olish 

haqidagi qonunga ko’ra hibsni adliya yoki ba’zi hollarda faqat ijroiya organi 

buyuradi degan qonun;

•  Ijroiya organi nazarida davlat xavfsizligiga tahdid solayotgan har bir fuqaro 

qamoqqa olinishi mumkin va xavfni oldindan bartaraf etish ma’qul deya ijroiya 

organiga bunday vakolat beruvchi qonun.

Britaniya Hamdo’stligiga kiruvchi ko’p  davlatlarda  ikkinchi turga o’xshash 

qonunlami  uchratish  mumkin.  Ularga  muvofiq  ijroiya  organi  konstitutsion

6 A.Raxmanov. Xalqaro xavfsizlik huquqi. T. 2009.  B.70.

7 Xavfsizlik sohasi ustidan parlament nazorati. Tmoyil, mexanizm va amaliyot. Jeneva. 2008. B. 92.



Download 212.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling