Jahon Siyosatida ko'p tomonlama formatlar hakimov ziyodbek dariy Ingliz guruhi 2-kurs talabasi

Download 0.87 Mb.
Sana29.11.2020
Hajmi0.87 Mb.
#155499
Bog'liq
Jahon Siyosatida ko'p tomonlama formatlar Hakimov Ziyodbek

Jahon Siyosatida ko'p tomonlama formatlar

HAKIMOV ZIYODBEK Dariy - Ingliz guruhi 2-kurs talabasi

REJA:

1.Birlashgan millatlar tashkiloti.

2.Yevropa Ittifoqi.

3.Alyanslar, bloklar, ittifoqlar, sherikliklar, koalitsiyalar

Ma’lumki, 1945 yili BMT tashkil topdi. Uning Nizomida yangi davrda mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xalqaro huquqning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi. Xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan mojaroli muammolarni xalqaro huquq, qonun-qoidalari negizida tinch yo‘l bilan hal qilish maqsadida Xalqaro Sud faoliyat ko‘rsatadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti a’zolari — mustaqil davlatlardir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti butunjahon hukumati emas va u qonunlar qabul qilmaydi. Biroq xalqaro mojarolarni bartaraf etishga va bizning barchamizga daxldor bo‘lgan masalalarni hal etish siyosatini ishlab chiqishga yordam bera oladigan mablag‘larga ega bo‘ladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga barcha katta-kichik, boy va kambag‘al, turli siyosiy qarashlar va ijtimoiy tizimdagi davlatlar a’zo bo‘lib, ular ovoz berish va ovoz berishda ishtirok etish huquqiga ega.

Xalqaro siyosiy munosabatlarda amal qilinadigan tamoyillar esa, BMT Ustavi va boshqa hujjatlarda belgilangan asosan quyidagi tamoyillarga tayangan muhokama qilishi kerak:

  • Xalqaro siyosiy munosabatlarda amal qilinadigan tamoyillar esa, BMT Ustavi va boshqa hujjatlarda belgilangan asosan quyidagi tamoyillarga tayangan muhokama qilishi kerak:
  • 1) davlatlarning suveren tengligini hurmat qilish, ularning ichki ishlariga aralashmaslik;
  • 2) tinch-totuv yashash siyosatiga og‘ishmay amal qilish;
  • 3) xalqaro kelishmovchiliklarni siyosiy yo‘l bilan hal qilish;
  • 4) davlatlar chegaralarining daxlsizligi va hududining bir butunligini tan olish;
  • 5) inson huquqlarini hurmat qilish;
  • 6) millatlar va elatlarning o‘z huquqlarini o‘zlari belgilashi;
  • 7) xalqaro majburiyatlarga vijdonan amal qilish .

Birlashgan Millatlar Tashkilotida oltita bosh organ mavjud. Ulardan beshtasi — Bosh Assambleya, Xavfsizlik Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Vasiylik Kengashi va Kotibiyat — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Markaziy qarorgohida, oltinchi organ — Xalqaro Sud esa Niderlandiyaning Gaaga shahrida faoliyat ko‘rsatadi .

Kengash 15 a’zodan tashkil topgan. Ularning beshtasi - Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Birlashgan Qirollik, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Fransiya - doimiy a’zolar hisoblanadi. Kengashning qolgan o‘n a’zosi Bosh Assambleya tomonidan ikki yil muddatga saylanadilar. Keyingi yillarda Birlashgan Millatlar Tashkilotida Kengashning a’zolar tarkibini o‘zgartirish, bu tadbir zamonaviy va iqtisodiy voqelikni yanada yorqinroq aks ettirishi masalasi muhokama qilinayapti. Kengashning qarorlari, uning uchun to‘qqiz a’zo ovoz bergan taqdirdagina qabul qilingan hisoblanadi.

Yevropa Ittifoqining institusional shakllanishi salkam yarim asrlik tarix bilan bog‘langan. Biroq, integratsiyaning mafkuraviy asoslari bir muncha chuqurroq tarixiy ildizlarga ega.

Yevropa Ittifoqining institusional shakllanishi salkam yarim asrlik tarix bilan bog‘langan. Biroq, integratsiyaning mafkuraviy asoslari bir muncha chuqurroq tarixiy ildizlarga ega.

1951 yil 18 aprelda Fransiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya va Belgiya ushbu Yevropada ko‘mir va po‘lat quyish birlashmasi (YeKPB) ittifoqini tashkil qilish borasida kelishuvni imzolaydilar. Bu Yevropa integratsiyasiga qo‘yilgan dastlabki tamal toshi edi.

1984 yil 14 fevralda Yevropa parlamenti tomonidan YeI ni yaratish bo‘yicha Alchido Spinelli boshchiligida Komitet tuzildi. Ushbu ittifoqni yaratishdan asosiy maqsad YeH ga a’zo davlatlarning iqtisodiyot, pul siyosati, sog‘liqni saqlash va tashqi siyosat sohalarining uyg‘unlashtirish maqsadida ushbu vakolatlarni yangi YeI ixtiyoriga o‘tkazish edi.

YeIning hozirgi kunda 25 ta a’zosi bo‘lib, iqtisodiy integratsiyadan siyosiy integratsiyaga qarab intilayotgan tashkilot hisoblanadi. Ushbu tashkilotga a’zo davlatlar aholisi soni 450 milliondan ko‘p bo‘lib, uning asosiy maqsadlari demokratik tomoyillarga asoslangan adolatli va ozod hududda farovon va yuqori sifatli hayot tarzini yaratish maqsadida Yevropa birligini tashkil qilishdir. Ushbu maqsadni yuzaga chiqarish uchun a’zo davlatlar dastlab iqtisodiy, so‘ngra esa siyosiy ittifoqga birlashishni niyat qilganlar.

YeI hozirda ham, kelajakda ham o‘ziga xos muammolarga duch keladi. P.A.Sigankovning fikriga ko‘ra davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik o‘rnatilishi ular orasidagi qarama - qarshiliklarni butunlay yo‘qolishiga olib kelmaydi, faqatgina qarama- qarshilikning eng yomon holatlarini oldini oladi holos2. Demak, har bir ittifoqdosh davlat turli maqsadlarni ko‘zlar ekan, Ittifoqning qachon bo‘lmasin inqirozga yuz tutishi muqarrar.

Sotsialistik tizim va SSSR parchalanganidan sung Markaziy-Sharqiy Yevropa va MDH davlatlari guruhi ayniqsa ajralib turadi. Bu-«demokratik tranzitlar» deb nomlanuvchi utish iqtisodiyotli davlatlardir.

Sotsialistik tizim va SSSR parchalanganidan sung Markaziy-Sharqiy Yevropa va MDH davlatlari guruhi ayniqsa ajralib turadi. Bu-«demokratik tranzitlar» deb nomlanuvchi utish iqtisodiyotli davlatlardir.

Milliy davlatlarning bir-biriga bog’liqligi globalizatsiya sharoitlarida iqtisodiy, moliyaviy va texnologik sohalarda nisbatan tulik holda namoyon bo’lmokda. Bu yerdan xalqaro munosabatlar subyektlarining o’zaro aloqasiga, eng avvalo davlatlar, ularning milliy manfaatlari, xavfsizlikka intilish, dunyodagi farovonlik va barqarorlikka yo’nalishga ehtiyoj kelib chiqadi .

Siyosatshunoslarning xulosalariga ko‘ra, siyosiy nuqtai nazardan umumbashariy muammolarni hal qilish — davlatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro tashkilotlar, jamoat tashkilotlari olib borayotgan nazariy va amaliy harakatlarining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling