Jahon siyosiy-mafkuraviy ta’limotlar fanining ob’ekti, perdmeti, maqsad va vazifalari. Reja


- masala. Buddaviylik ta’limoti va


Download 0.77 Mb.
bet4/16
Sana17.03.2020
Hajmi0.77 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

3- masala. Buddaviylik ta’limoti va uning brahmanizm bilan o’zaro munosabatlari. Konfutsiylik. Daosizm. Maoizm va Legizm taьlimotlari.
Buddizm (Budda nomidan olingan) jahonda keng tarqalgan diniy-falsafiy ta’limot. U dastlab mil.av. VI asrda braxmanizm ta’limotining kichik bir mazxabi sifatida Xindistonda shakllandi. Buddizm tarafdorlari braxmanizm mafkurasiga qarshi xudoning yagona yaratuvchiligi va jamiyat a’zolarining tengligi mafkurasini yaratdilar.

Buddizm g’oyalari uning asoschisi shaxzoda Siddxartxa Gautama (Mil. Av. 567-488 y.) vafotidan so’ng Budda nomi bilan ataldi. Bu ta’limot g’oyalari muqaddas manbalar “Lalitavistara”, (“Budda hayoti”), “Tripitaka” (“Uch savat donolik”) va “Vinoyapitaka” (Axloqiy meyorlar), “Dxammapada” (Budda fikrlari”) da o’z ifodasini topgan.

Buddizm ta’limotiga ko’ra, bizni qurshab turgan dunyodan boshqa ko’rinmaydigan yana ikkita dunyo mavjud. Bu dunyolardan eng yomoni-erdagi dunyodir. Ammo erdagi odamlar “azob-uqubat chekishda” va “bundan xalos bo’lishda” barobar. Chunki bu dunyo faqat azob-uqubatlardan iborat. Insonning azob-uqubatlardan qutilishi to’g’risidagi qarashlar ta’limotdagi “to’rt oliyjanob haqiqat”da qisqacha ifodalangan. Ya’ni:


    1. Turmush azob-uqubatlardan iborat;

    2. Azob uqubatlarning sababi-kishilarning hayot bilan bog’liq istaklari, va nafslari;

    3. Azob-uqubatlardan qutilish uchun kishilar istak va nafslarini tiyishlari kerak;

    4. Azob-uqubatlardan qutilishning najot yo’llarini topish.

Bu azob-uqubatlardan qutilishning najot yo’li sifatida “sakkizlik yo’l” : taqvodorlik e’tiqodi, qat’iyati, so’zi, ishi, turmush tarzi, taqvodorlikka intilish, taqvodorlikni orzu qilish, taqvodorlik fikru xayoli bilan yashash deb ko’rsatiladi. Bu yo’lga amal qilgan odam oqibatda yuksak kamolotga erishadi, ya’ni u arxatga (chin haqiqatni anglab etgan avliyoga) aylanadi va nirovanaga o’tadi. Nirana – mutloq osoyishtalik hukm suradigan olam. Agar inson ana shu Nirvanaga etaolsa, barcha turmush tashvishlaridan xalos bo’ladi, uning hayotiy istaklari ham, tuyg’ulari ham, ehtiroslari ham bo’lmaydi.1 Shuningdek, buddizmda azob-uqubatlardan xalos bo’lishining eng maqbul yo’li rohiblik (monaxlik) jamiyatiga o’tishdir. Rohiblarning mavqei buddistlar o’rtasida juda baland bo’lgan, odamlar ularni hurmat qilar va ularning gapini qonun tarzda qabul qilishgan. Rohiblik hozir ham buddizmni qabul qilgan mamlakatlar xalqlari ijtimoiy hayotida muhim rolь o’ynaydi.

Buddizm ta’limoti g’oyalariga ko’ra, agar odam bu dunyoda hirsiy aldanishlarga berilib ketsa, undan qutula olmasa, uning ruhi bir necha qayta tug’ilishlardan so’ng do’zaxga tushadi. O’lim insonni hayot azob-uqubatlaridan xalos etaolmaydi.2

Buddaviylik ta’limoti g’oyalari braxmanizmdagi kabi odamlarni tabaqalarga ajratib, ular o’rtasidagi o’zaro aloqalarni mutlaqo buzmaydi. Insonning dunyo azob-uqubatlari, tashvishlaridan lazzatlaridan voz kechib yashash oson emas,


1. Falsafa komusiy lugat. T. Shark. 2004y. 62 – bet.

2. M. K Boboeva. R.S. Kurbangalieva. Kadimgi dunyo tarixidan izoxli lugat. T. 1992y. . 13-14-betlar.
ammo bu ta’limot xind xalqi hayotida kastachilikni bekor qilishga olib keldi, odamlar o’rtasidagi tabaqaviy tafovutlar va uning salbiy oqibatlariga barham berdi. Shuningdek, buddaviylik bir tamondan tarkidunyochilikni targ’ib

etsa-da, tarki dunyo qilgan odamlar bilan dunyoviy ishlar bilan mashg’ul odamlar o’rtasidagi munosabatlarni cheklamaydi. Ular o’rtasidagi muno-

sabatlarga keng yo’l ochib beradi. Budda hayotlik chog’ida tashkil topgan Monaxlik jamoasidan iborat “Senaxi” a’zolari dunyoviy kishilarga Budda ta’limotini o’rgatgan bo’lsalar, o’z navbatida dunyoviy hayot kechiruvchilar tarkidunyo qilganlarni oziq-ovqat, kiyim-kechak, hatto boy-badavlat kishilar ularni uy-joy bilan ta’minlab turishgan. Ular bu savobli ishlari bilan kelgusida xozirgidan xam yaxshiroq inson bo’lib tugilishga umid bilan yashashgan.

Buddaviylik ta’limotining insonlarni teng huquqligiga va ezgulikka asoslangan g’oyalari tez orada butun Hindiston bo’ylab tarqaldi va asta-sekin braxmanizm g’oyalarini engib bordi. Bu g’oyalar o’z mohiyatiga ko’ra, dolzarb ijtimoiy-siyosiy mohiyat kasb etdi. Natijada, butun Hindiston bo’ylab buddizm tarafdorlari ko’payib, ularning mavqeyi mustahkamlanib bordi. Asta-sekin budda g’oyalari davlat siyosatiga va qonunchilikka kuchli ta’sir ko’rsata boshladi.

Ta’limotning xalqni azob-uqubatlar, qiyinchiliklar oldida sabr-toqatli, bardoshli bo’lishga, ezgu amallar bilan mashg’ul bulishga undovchi g’oyalari davlat boshliqlari, xukumdorlar manfaatiga mos kelar edi. Hindistonni birlashtirgan hukumdor Ashoki boshqaruvi davrida (milloddan avvalgi 268 – 232 y.) buddizm davlat mafkurasiga aylangai bejiz emas. Buddizm endi Hindiston jamiyatidan braxmanizm g’oyalarini butunlay siqib chiqardi. Hatto vaqt o’tishi bilan bu taьlimot Hindiston chegaralaridan oshib o’tib Janubiy Sharqiy Osiyodagi bir necha mamlakatlarga ham kirib bordi.

Buddizm ta’limoti mil.av. III asr va milodning I ming yilliklarida bevosita Hindistondan Tseylon, Indoneziya, Hindixitoy mamlakatlariga tarqaldi. Shuningdek, millodning II asrida Xitoyga kirib kelgan bo’lsa, IV-VI asrda Xitoy orqali Koreyada, so’ng Yaponiyada, XVI-XVII asrda Mangoliyada, XVIII asrning I –yarmida esa Buryatiyada paydo bo’ldi.

Buddizm ta’limoti bu mamlakatlar ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy – mafkuraviy taraqiyotga bevosita xizmat qildi. Bu mamlakat xalqlari turmush tarzi, urf-odat, an’analarida o’zining muayan g’oyalari bilan ishtirok etib, o’z aqidalarini mahalliy sharoitga moslab qayta tuzdi.

Buddizm ta’limoti Kushonlar davrida O’rta Osiyoga ham kirib kelgan. Kushonlarning (I-III asrlar) Qang’ va Xorazmni bo’ysundirib, Shimoliy Hindiston erlarini egallashlari sabab, buddizmning O’rta Osiyoga tarqalish holati vujudga keldi. Buddizm ta’limoti g’oyalari O’rta osiyoliklar hayotida ma’lum iz qoldirgan. Kushan imperiyasining poytaxti Shimoliy Hindistonga ko’chirilishi munosabati bilan Budda dini davlat diniga aylanadi. Mamlakatimiz xududidan topilgan ba’zi arxeologik topilmalar buddizmning yurtimiz xalqi hayotida bir vaqtlar asosiy mafkuraga bo’lganligidan guvohlik berib turibdi. 1933 yilda Ayritomdan topilgan budda ibodatxonasi, unda topilgan Budda haykalining siniqlarini misol keltirishingiz mumkin.

Budda ta’limotiga doir topilmalar 1967 yilda boshlangan arxologik qazilmalar natijasida Surxandaryodagi Dalvarzintepa Kushan imperiyasining dastlabki poytaxti bo’lganligini tasdiqlaydi. O’sha davrdayoq ilm-fan taraqqiy etganligini bu erda topilgan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalaridan bilish mumkin. Kushonlar davri Shimoliy Baqtriya-Toxariston diyorida antik davr badiiy ma’daniyat yuksak darajada rivojlangan davr bo’ladi... Ayritom, Xolchayon, Dalvarzintepa, Termiz, Fayoztepa va Shimoliy Baqteriyaning boshqa bir qator yodgorliklari, san’at va hunarmandchilik bobida yangi g’oyalar va timsollar bilan boyigan shakllarda namoyon bo’lgan mahalliy o’ziga xoslikning umrboqiyligini etarli darajada aniq-ravshan ko’rsatib turibdi. Budda ta’limoti maydonga kelishi bilan Hindiston jamiyatiga yangi ruh olib kirdi. Yangi g’oya, ilg’or mafkura sifatida braxmanizm aqidalarini siqib chiqardi va mamlakat taraqqiyotini olg’a tamon siljishiga g’oyaviy xizmat qildi. Odamlar o’rtasida munosabatlarni adolat yuzasidan hal etishga, ijtimoiy tenglik g’oyalari orqali adolat tamoyilini amalga oshirishga intildi.

Braxmanizm jamiyat a’zolaridan kimningdir manfaatini ustun quyib, kimgadir past nazar bilan qaragan bo’lsa, buddizm mafkurasi kimligi, ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar hammaning xudoning oldida tengligi va o’z fa’oliyati, harakati tufayli hayotda muvaffaqiyatlarga erishish mumkin, degan ezgu g’oyalarni ilgari surdi. Bu g’oyalar jamiyat a’zolarini fa’ollashuviga, kelajakka umid bilan qarashiga olib keldi, Hindistonning keyingi taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Buddizm ta’limoti diniy-falsafiy ta’limot sifatida ba’zi sharq xalqlari hayotida muayyan iz qoldirdi. Bu xalqlar tarixi, ijtimoiy turmush tarzi va ma’naviy dunyoqarashini boyitdi ezgu mafkura sifatida hamon yashab kelmoqda.

Kadimgi Hindiston kabi kadimgi Xitoy xam uzining buyuk taьlimotlariga ega. Xitoy mifologiyasida dunyo va dastlabki odamzod avlodining paydo bo’lishi haqidagi g’oyalar o’ziga xos tarzda tushuntiriladi. Qadimgi xitoy mifologiyasi diniy ruhda bulib, mil. av. XII – VI asrlarga taьluqli bo’lgan “O’zgarishlar kitobi” dir. Unda birinchi marta dunyo va inson to’g’risidagi dastlabki tasavvurlar bayon etiladi.

Xitoyning qadimgi mafkuraviy taraqqiyotini yorituvchi bir qancha tarixiy manbalar topilgan. Xitoy mafkuraviy dunyoqarashini o’rganish uchun xitoy maьrifatchiligining naьmunasi bo’lmish mumtoz kitoblarga nazar tashlash maqsadga muvofiq. Bunday kitoblar mil. av. I ming yillik va “yuzta maktab” deb atalmish davrda vujudga kelgan. Bu kitoblarda xitoy jamiyatining tarixiga, maьnaviy madaniyati, davlatchiligi, ijtimoiy hayoti, falsafasi va qonunchiligiga oid bilimlar, g’oyalar keng o’rin olgan. Shunday kitoblardan biri “ Qo’shiqlar kitobi ” ( Shi tszin ) mil.av. I ming yillikda yaratilgan bo’lib, kadimgi xitoy xalq poeziyasi naьmunalaridan iborat. “ Tartib kitobi “ ( Lu shu ) esa mil.av. IV – I asrlarda yaratilgan bo’lib, uch qismdan iborat. Kitobda Chjou Li davri tartibi, marosimlar tartibi haqidagi siyosiy – ijtimoiy faьoliyat meьyor va mezonlari bilan bog’liq g’oyalar ilgari suriladi.

Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, mil.av. I ming yillikda Xitoyda yagona davlat tashkil topdi. Xan xonadonidan chiqqan podsholar Xitoyda mil. av. II asrdan eramizning II asrigacha, yaьni to’rt yuz hukumronlik qildilar. Bu davr mobaynida Xitoyda quldorlik tuzumi rivojlandi. O’zga yurtlarga qilingan yurishlar va kambag’al dehqonlarning qulga aylantirilishi oqibatida qular soni ko’payib bordi. Quldorlar hayoti bilan bog’liq qadimgi manbalarda “ Ularning ming – minglab cho’rilari bor. Qimmatbaho buyumlari katta uylariga ham sig’maydi. Otlari, sigirlari, qo’y va cho’chqalari uchun tog’ va vodiylar ham torlik qiladi. “1

Aholining kambag’al qatlami va qullar o’rtasida ularga qilinayotgan adolatsizliklarga nisbatan narozilik kayfiyati vujudga keldi. Xitoy tarixida ro’y bergan “ Qizilboshlilar “ va “ Sariq ro’mollilar “ qo’zg’olonlari xalqning kambag’al qatlamining manfaatlarini ifodalovchi tenglik, ozodlik va adolat g’oyalari bilan sug’orilgan ezgu maqsadlarga karatilgan edi. Qo’zg’alonlar garchi qullarning juda katta talofatlari va mag’lubiyatlari bilan tugagan bo’lsa-da, Xitoy tarixida quldorlik tuzumining emirilishiga olib keldi.

Qadimgi xitoy siyosiy mafkuralari tarixida dunyoning ibtidosi va intihosi bilan bog’liq falsafiy – diniy g’oyalar bilan birga, siyosiy – mafkuraviy qarashlar va tajavvuz nishoni bo’lgan xalqning ko’ngliga g’ul-g’ula solish, raqib jangchilarni ruhiy “ qurolsizlantirish “ maqsadida psixologik urush vositalaridan ham foydalanishga qaratilgan buzg’unchi g’oyalarni ham uchratish mumkin.

Mil. av. VI asrda xitoylik faylasuf va sarkarda Sun Tszi raqib ruhini sindirishning quyidagi usullarini tavsiya etgan edi:


  • raqibingiz mamlakatida nimaiki yaxshi va xosiyatli narsalar bo’lsa, barini buzing.

  • G’animning ko’zga ko’ringan arboblarini turli jinoyatlarga jalb eting.

  • Muxolifingiz rahbarlari nufuziga putur etkazing va kerak paytda jamoat oldida obro’sizlantiring.

  • O’z maqsadingiz yo’lida eng qabih va razil odamlar bilan til biriktiring.

  • Yoshlarni katta avlodgv qarshi gij - gijlang.

  • Buzg’unchilik ishini qiyomiga etkazish uchun suyuq oyoq , engil tabiat fohisha ayollarni safarbar eting.

- O’z maqsadingizga etish uchun aqchani ham, vaьdani ham ayamang.

Qadimgi Xitoy siyosiy – mafkuraviy taьlimotlar tarixini bir necha o’ziga xos yo’nalishlarga ajratish mumkin : konfutsiylik, daosizm, maoizm va legizm. Ularning har birida Xitoy xalqining ijtimoiy hayoti, diniy – falsafiy, siyosiy – mafkuraviy dunyoqarashi bilan bog’liq masalalar




F. P. Karovkin. “ Qadimgi dunyo tarixi “ T. “ O’qituvchi “ 1989 y. 99 – bet.

yoritilgan.

Markazida “ jen “ ( insonni sevish ), “ chjun “ ( podshoga sadoqat ), “ I “

burchga sadoqat ), “syao “ ( farzandlik hurmati ) va boshqa g’oyalar mujassam



Konfutsiylik taьlimoti Xitoy tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi.

Konfutsiylik ta’limotining asoschisi mil. av. 551 – 479 yillarda yashab o’tgan xitoylik mutafakkir, faylasuf alloma va siyosiy arbob Kun Tszidir.

Uni muxlislari Kun Fu – tszi deb atashgan. Bu ism “ Hurmatli ustoz Kun”degan maьnoni anglatadi. Baьzi manbalarda keltirilishicha, XVII asrda Xitoyga kelgan iezuit – missionerlar xitoylik donishmand taьlimoti bilan tanishib, uni Konfutsiy deb atay boshlashgan va shu tariqa fanga faylasuf Konfutsiy nomi bilan kirdi, degan qarashlar mavjud.

U kambag’allashib qolgan aristokrat oilasida dunyoga keldi. Yigirma ikki

yoshida taьlim berish bilan shug’ullanib, Xitoyda birinchi marta xususiy maktab ochadi. U bu maktabda to’rtta fan - axloq, til, siyosat va adabiyotdan bolalarni o’qitgan. Ellik yoshida u siyosiy faьoliyatini boshladi. Lu knyazligida yuqori amaldor bo’lib xizmat qila boshlaydi. Ammo raqiblari tamonidan uyushtirilgan fitna natijasida xizmatdan ketadi. Umrining oxiriga qadar taьlim berish bilan shug’ullanadi. U hech qachon ilm istab kelganlarga rad javobini bermasdi. 3000 ga yaqin shogirdlari, 7 ta eng ko’zga ko’ringan izdoshlari bo’lgan. Uning shogirdlari va izdoshlari orasida obro’li xanadonlardan tortib, kambag’al xonadon vakillari ham bo’lgan. U 72 yoshida vafot etadi. Konfutsiyning siyosiy- axloqiy masalalarga doir qarashlari uning “Lunьyuy “( Suhbatlar va mulohazalar ) asarida bayon etilgan. Bu kitob aslida Konfutsiyning fikrlari va suhbatlari asosida shogirdlari va izdoshlari tamonidan yozilgan. 1.

Konfutsiylik taьlimoti g’oyalari Xitoyda konfutsiylik dinining vujudga kelishiga asosiy omil bo’lib xizmat qildi. Bu falsafiy taьlimot ushbu dinning Xan sulolasi hukumronligi davrida davlat diniga aylantirdi.

Konfutsiylik taьlimotining asosini axloqiy va siyosiy hamda diniy – falsafiy masalalar tashkil etadi.

Konfutsiylikning axloqiy – siyosiy qarashlari uning “ Li – tszi “, “ Men – tszi “, “ Syunьtszi “ matnlarida ham o’z ifodasini topgan. Konfutsiyning maqsadi asarlarida bayon qilingan g’oyalar asosida xalqni jamiyatda mavjud tartib – qoidalarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash bo’lgan. Uning axloqiy qarashlarida esa yoshi va ijtimoiy ahvoliga ko’ra, kichiklar kattalarga qatьiy bo’ysunmoqlari lozim. Konfutsiy otani, amaldorni, samoning erdagi farzandi bulgan podshohni izzat – hurmat qilish, unga xizmat qilish va bo’ysunishni hayotning maqsadi deb tushuntiradi. Jamiyatning qanday bo’lishi, uning fikricha, odamlarning hatti – harakati, faьoliyatiga bog’liqdir. U kamolatga etgan inson ( “tsyun – tszo” ) obrazini yaratadi. U shunday mukammal shaxs bo’lishi kerakki, boshqalar undan o’rnak olishi kerak. Har kim ideal inson bo’lishga intilmog’i zarur. Bu ideal inson




1. A. Xo’jaev. “ Buyuk ipak yo’li “ T. “ O’zbekiston milliy entsiklopediyasi “ 2007 y. 33 – bet.

asosan ikki fazilatga - insonparvar va o’z insonlik burchini bekamu ko’st bajaradigan bo’lishi kerak. Insonparvarlik qonunini ( “ jen “ ) qudratli Osmon xudosi yuboradi. Jamiyat aьzolari uni o’rganib olishlari uchun axloq meyorlari ( “ Li “) ga, qoidalarga, anьanaviy urf – odat, marosimlarga

amal qilishi va o’zining jamiyatdagi darajasiga qarab ish tutishi zarur.

Burchni his etish deganda Konfutsiy bilimga intilish, o’tmish meroslari,

marosimlarini hurmat qilish, sadoqatli, ochiq ko’ngilli bo’lishni tushungan.

Burchni his etish masalasiga axloqiy majburiyat deb qaraydi. Konfutsiy fikricha, ideal inson deganda to’g’ri so’z, samimiy, ko’ngli toza, qo’rqmas va jasur, o’tkir fahm – farosatli, o’z mafaatlaridan ko’ra, o’zgalar manfaatini ustun qo’yaaoladigan, boylik va maishatga berilmaydigan insonlardir. “Odamlar, - deydi Konfutsiy , ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki yuksak bilimi, qobiliyati, odamiyligi, adolatgo’yligi, haqgo’yligi, samimiyligi, burchni his etishi, farzandlik izzat – hurmati kabi yuksak maьnaviy fazilatlarga ega bo’lish orqali kamolatga etishi mumkin. “1 Konfutsiy o’zining ideal inson haqidagi ushbu qarashlari bilan Xitoy jamiyatida xayolan komil inson obrazini yaratdi, desak xato qilmagan bo’lamiz.

Konfutsiyning axloqiy qarashlari taьsirida tarbiyalangan uning ko’plab shogirdlari qadimgi Xitoy podsholiklarida eьtiborli mansablarni egallaganlar. Uning komil inson ( “ tszyun tszi “ ) g’oyasi keng xalq ommasi o’rtasida yoyila bordi. Uning axloqiy – siyosiy qarashlarida inson tarbiyasida bevosita taьsirga ega jamiyatning tuzilishi bilan bog’liq masalalr ham o’z aksini topgan. “ Podsho - podsholigicha, fuqoro – fuqoroligicha, ota – ona - ota – onaligicha, farzand – farzandligicha qolishi kerak “2, - degan fikrlari orqali u jamiyatda har bir fuqoro o’z vazifasini bajarishi kerak, ularning masьuliyatliligi jamiyatda barqarorlik va tinchlikni, tartib – osoyishtalikni taьminlaydi, degan g’oyani ilgari suradi.

Konfutsiy davlatni boshqarish to’g’risida o’zining mustaqil munosabatini bildirib, ideal inson tamoyiliga ko’ra, davlatni ijtimoiy kelib chiqishiga qarab emas, faqat qobiliyatli, bilimli, yuksak axloqli, sadoqatli va vijdonli insonlar boshqarishi kerak, degan fikrni bayon etadi. Uning fikricha, agar davlat boshqaruviga ijtimoiy kelib chiqishi yoki podshoga bo’lgan munosabati yuzasidan xodimlar tanlansa, davlat tanazzulga uchraydi.

Konfutsiy o’zining davlat siyosati bilan bog’liq ezgu qarashlari, g’oyalarini qanchalik ilgari surmasin, ammo uning ko’pchiik takliflari baьzi amaldorlar va hukumdorlar tamonidan qo’llab – quvvatlanmadi. Hatto unga qarshi kuchlar paydo bo’lishiga olib keldi va uni siyosiy faьoliyatdan chetlanishiga sabab bo’ldi.


1. A. Xo’jaev. “ Buyuk ipak yo’li “ T. “ O’zbekiston milliy entsiklopediyasi “ 2007 y. 33 – bet.

2.” Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf “. T. 2007 y. 36 – bet.

Konfutsiyning ajoyib g’oyalaridan biri “ syao “ - insonning o’z ota – onasiga munosib farzand bo’lish g’oyasidir. “ Syao “ taьlimotining “ Li qonunlari “ ga ro’ra , farzand ota – ona hayotlik chog’ida mutloqo ularning inon – ixtiyoridadir. Agar ota - ona vafot etsa, farzand qanday ish bilan mashg’ul bo’lishidan qatьiy nazar, barcha ishini tashlab, uch yil aьza tutishi

shart. Konfutsiylikning « syao “ taьlimoti asrldar davomida Xitoy madaniyati,

amal qilishi va o’zining jamiyatdagi darajasiga qarab ish tutishi zarur.

Burchni his etish deganda Konfutsiy bilimga intilish, o’tmish meroslari,

axloqiy meyorlariga katta taьsir o’tkazib kelgan. Oila, nikoh masalasi ikki yoshning emas, ota - ona roziligi va xoxishi bilan amalga oshgan.

Konfutsiy taьlimotiga ko’ra, tiriklar o’lganlar ruhi oldida qarzdordirlar.

Bu g’oya orqali Konfutsiy ruhlar haqidagi Xitoyda mavjud Chjou davriga xos ruhlar tiriklarga madadkor, degan qarashlarga zid fikrni ilgari surdi. U hatto imperator oldiga quyidagi talabni qo’yadi: “ Agar imperator biror katta maqsadni amalga oshirmoqchi bo’lsa, u albatta ajdodlari ibodatxonasiga borishi lozim. Qilmoqchi bo’lgan ishidan, o’zining maqsadidan ularni xabardor etmog’i kerak. Shu paytda u osmonda yulduzlarning holatiga qaramog’i va ular qulay joylashganligiga ishonch hosil qilganidan so’ng o’zining maqsadini amalga oshirmoqqa kirishmog’i mumkin. “1

Konfutsiy o’z taьlimotida davlatni oqil insonlar boshqarmog’i, yaьni “olijanob erlar “ to’g’risidagi qarashlarini ilgari suradi va davlatni katta bir oilaga, shu davlatda mavjud odamlar o’rtasidagi munosabatni esa oilaviy munosabatlarga qiyoslaydi. U imperatorni oiladagi ota, boshqaruvchilarni esa farzandlarga tenglashtiradi. Mamlakatni boshqarishda imperator va amaldorlardan ezgu g’oyalarga asoslangan qonunlar asosida boshqarish masalasiga diqqat – eьtiborni qaratadi. Uning fikricha, agar rahbar xalqni qonun vositasida boshqarib, jazo yordamida mamlakatda tartib saqlasa, xalq jazodan qochishga harakat qiladi va bundan uyalmaydi. Bordi-yu rahbar xalqni ezgulik vositasida boshqarsa va tartibni saqlasa, u holda xalq uyaladi va o’z kamchiligini tuzatadi.2

Uning fikricha, jamiyat yaxshi, “ yuksak “, “ yuqori martabali “lar va “ past “, “oddiy “, “ kichik “ odamlar tabaqasidan iborat. Quyi tabaqa vakillari yuqori, yaьni davlatni boshqarayotgan tabaqaga so’zsiz bo’ysunishi kerak. Uning fikricha jamiyatda ko’p narsa o’zgarishi mumkin, davlat barqarorligi shu tabaqalarni saqlab qolishda. Konfutsiy aslzodalar tamonidan davlatni boshqarishni yoqlab chiqqan holda, aristokratik boshqaruv tarafdoridir, uning nazarida oddiy xalq davlat boshqaruvida ishtirok etishi shart emas. Oddiy odamlarning taqdiri davlatni boshqarayotgan aqlli odamlarning faьoliyatiga bog’liq, shuning uchun ham davlatni bilimli, o’qimishli, qobiliyatli insonlar boshqarishi shart. U oddiy xalq bilan aslzodalar urtasida o’zaro murosa, kelishuv bo’lishi tarafdori, aslzoda




1 . U. T. Jo’raev. Y. S. Saidjanov. “ Dunyo dinlari tarixi “ T. 2002 y. 71 - bet.

2. F. Muxiddinova, “ Siyosiy va huquqiy taьlimotlar tarixi “ T. 2003 y. 34 – bet.

deganda esa u iqtisodiy mol – mulk egasini emas, maьnaviy boy kishini tasavvur etadi. Shuningdek, u o’z taьlimotida jamiyatning o’ta boy va o’ta kambag’al - qashshoqlanishiga qarshi. U o’rta hol tabaqa soninining ko’payshi tarafdori. Uning fikricha, aholining o’rtacha yashash tarzi mamlakatda muvofiqlik muvozanatini saqlaydi.

Konfutsiy vatanparvarlik g’oyasini ilgari surarkan, yurtni dushmandan himoya qilish har bir xitoylikning burchi ekanligini eьtirof etadi, ammo tashqi urushlar, xitoy podsholarining bosqinchilik yurishlarini qoralaydi. Konfutsiyning o’z taьlimotida diniy qarashlarni inkor etmasa –da, uning

ajdodlarga qurbonlik keltirishni ularni eьzozlashning asosiy ifodasi deb bilsa ham, o’z taьlimotida osmon sirlari muommolarini deyarli tilga olmaydi.

Konfutsiy taьlimotining asosini tashkil etgan ijtimoiy - axloqiy meyorlar uning o’zi aytganidek, eski anьana, udum, urug’ - qabilaviy marosimlarga suyangan holda yaratildi. Uning fikricha, qadimda joriy etilgan marosimlar saqlanmas yoki ular bekor qilinar ekan, unda hamma narsa aralashib ketadi, izdan chiqadi. Nikoh marosimini yo’q qilinsa, unda er – xotinlik bo’lmaydi, bu bilan bog’liq katta – katta jinoyatlarga yo’l ochiladi yoki dafn etish va qurbonlik qilish marosimini yo’q qilinsa, unda bolalar vafot etgan ota – onalar xotirasi to’g’risida o’ylamay, tiriklarga xizmat qilmay qo’yadilar. Pin – Tszin marosimi yo’q qilinsa, unda podsho bilan amaldorlar o’rtasidagi farq yo’q bo’lib ketadi, kichik – kichik knyazchalar o’zboshimchalik qila boshlaydilar, natijada taьqib etish va zo’ravonlik boshlanib ketadi.

Konfutsiy o’z taьlimoti orqali o’tmish bilan kelajakni bog’ladi. O’tmishga, xalq xotirasiga sadoqat uning taьlimoti mohiyatini tashkil etadi. U xalqni davlat rahbarlariga sadoqat, hurmat – izzat ruhida tarbiyalashga harakat qildi. U o’z siyosiy qarashlari bilan imperatorlik manfaatini, saltanatini himoya qilib chiqdi. Shuning uchun ham u yaratgan taьlimot mil. av. II asrda davlat mafkurasiga aylandi.

Konfutsiy qarashlari garchi u tirik payti deyrli tan olinmagan bo’lsa-da,. ammo o’limidan keyin uning shogirdlari va izdoshlari faoliyati tufayli Xitoy jamiyatiga keng yoyildi, ezgu g’oyalari Xitoy jamoatchiligi tamonidan iliq qarshi olindi. Eramizning boshida uning taьlimoti tarkibiga diniy g’oyalar kiritildi va diniy taьlimot sifatida talqin qilina boshlandi. Konfutsiy qabri yoniga ibodatxonalar qurilib, unga atab qurbonliklar amalga oshirish boshlandi. Natijada bu erdagi ibodatxona Xan sulolasi davrida kattagina ziyoratxonaga aylandi. Konfutsiyga esa knyazlik unvoni berildi. U allaqachon bu dunyoni tark etgan bo’lsa ham uning obro’yi kundan – kunga ko’tarilib bordi. Sun sulolasi davrida uni imperator deb atagan bo’lsalar, Yuan va Min sulolalari (XIII – XIV asrlar )davrida esa unga « Haqiqiy donishmand “, “ Millatlarning buyuk ustozi “ degan unvonlar berildi. Dastlab unga atab ibodatxonalar qurilgan bo’lsa, budda dini kirib kelishi bilan uning haykallari o’rnatildi. Konfutsiy nomi tabora ilohiylashtirilib, o’rta asr xitoy podshohlari boshlaridagi tojidan o’rin oldi.

Konfutsiylik mafkurasi Xitoy jamiyatida tabora mustahkamlanib borib, eramizning IX asridan boshlab bu erda buddizm ta’limotining ustidan g’alabaga erishgan bo’lsa, XI asrdan esa daosizmni jamiyatning ma’naviy hayotidan siqib chiqara boshlaydi.

Qadimgi Xitoy tarixida muayyan o’rin egallagan ta’limotlardan yana biri Daotsizm ta’limotidir.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling