Jahon tajribasi
-jadval. Koreya Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni sanktsiyalash
Download 279.11 Kb. Pdf ko'rish
|
investitsiyad
12-jadval.
Koreya Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni sanktsiyalash mezonlari Nomlanishi O’z fabrikasi Namunaviy fabrika Eksport 1 kv.m.ga 150 dollar 1 kv.m.ga 180 dollar Sof daromad foizi 20 % va undan yuqori 20 % va undan yuqori Bandlik Har 30 kv.m.ga 20 ish o’rni (va undan ko’p) Har 30 kv.m.ga 25 ish o’rni (va undan ko’p) Ishlab chiqarish texnologiyasi Eng ilg’or Eng ilg’or Investitsiyalar miqdori 200 ming dollar (va undan ko’p)
100 ming dollar (va undan ko’p)
Maxalliy xomashyo Iloji boricha ko’proq Iloji boricha ko’proq
Xorijiy ish bilarmonlarning EIHda ro’yxatdan o’tgan korxonalariga 100 % egalik qilish huquqi berilgan. Investorlarga esa, Janubiy Koreyadan tashqarida foydani va kapitalni repatriatsiya qilish huquqi berilgan. Xududdagi yuqori texnologiyali sanoat korxonalarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq holda biznes bilan shug’ullanayotgan barcha korxonalar besh yil muddatga barcha soliqlardan ozod etilgan. Keyingi ikki yil davomida esa, ularga soliqni 50 %ni to’lash huquqi berilgan. Erkin savdo hududlari, erkin iqtisodiy hududlar va erkin investitsiyalar xududida joylashgan korxonalar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etilgan. Keyingi ikki yil davomida ular ham soliqni 50 %ni to’lash huquqiga egadir. Erkin iqtisodiy hududlarda xorijiy investorlarning minimal kapital qo’yilmalari 5 mln. AQSh dollarni tashkil etadi. Janubiy Koreyaning EIHlarida erkin iqtisodiy 16 hududda joylashgan korxonalar litsenziyalashtirilmagan holda eksport-import faoliyati bilan shug’ullanish huquqiga ega, chunki ular tashqi savdo to’g’risidagi hujjatning amal qilish doirasiga kiradi. Janubiy Koreyadagi eng muhim EIHlardan biri “Masan” mamlakatning janubiy qirg’og’ida joylashgan bo’lib, umumiy er maydoni 814 kv. km.ni tashkil etadi. “Masan” EIHi o’z portiga ega. Janubiy Koreyaning yana bir EIHi “Iri” Seul shaxri atrofidagi Gunsan gavanasi yaqinida joylashgan bo’lib, umumiy er maydoni 319 kv. km.ni tashkil etadi. Ushbu EIHlar ishlab chiqarish nuqtai nazaridan olganda ma’lum darajada tarmoq ixtisoslashuviga ega hisoblanadi. Jumladan, “Masan” EIHi asosan kimyoviy va eksport maxsulotlarni, shuningdek to’qimachilik maxsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lsa, “Iri” EIHi zebu-ziynat mahsulotlarini va shuningdek qimmatbaxo toshlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu ikkala xudud xam Koreya ichki xududlaridan ajratib qo’yilgan bo’lib, ularda ishlab chiqarilgan maxsulotlar ichki bozorlarda sotilmaydi (ishlab chiqarish jarayonida olinadigan chiqindilar va yordamchi maxsulotlar, milliy xavfsizlik uchun ahamiyatli bo’lgan tovarlar va boshqa eksport tovarlari bundan mustasno). Ushbu xududlarda joylashgan korxonalar ichki bozorlarda sotish bilan emas, balki eksport qilish bilan ham shug’ullanadi. “Masan” va “Iri” EIHlarida ishlab chiqarilgan tovarlar Koreyaga nisbatan importyor-mamlakatlar tomonidan o’rnatilgan to’siqlarni aylanib o’tish imkoniyatiga ega hisoblanadi. Bu esa Janubiy Koreya eksportini ko’paytiradi. 2008 yilning 8 dekabrida Janubiy Koreyaning Innovatsion iqtisodiyot vazirligi yaqin yillarda mamlakatda to’rtta yangi EIHlarni (mamlakatning sharqiy qirg’oqbo’yidagi Ulsan va Pxoxan shaxarlarida Koreya yarim orolining janubidagi Kimdje shaxrida, shuningdek mamlakat g’arbining Pxetxek-Tandjin rayionlari atrofida)barpo etilishini ma’lum qildi. Yangi EIHlarni tashkil etishdan asosiy maqsad mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishini rag’batlantirish, eksport ko’lamlarini yanada kengaytirish va yangi sarmoyalarni jalb qilishdir. Ushbu EIHlarni tez rivojlantirish maqsadida xorijiy ishtirokchilarga turli soliq imtiyozlari, import bojlaridan ozod qilish va sanoat korxonalarini xamda yirik logistika bazalarini barpo etishda davlat ko’magini ko’rsatish ishlari rejalashtirilgan. Koreyalik mutaxassislarning fikrlariga ko’ra, hozirgi iqtisodiy pasayish va moliyaviy inqiroz 2009 yilda yalpi ichki maxsulot xajmining o’sish sur’atlarini 3,6 %dan 3 %gacha pasayishiga olib kelgan. 2009 yilning 15 aprelida Cisco kompaniyasi Janubiy Koreyada yangi EIHni tashkil qilishini bildirdi. Bu tashabbus Janubiy Koreyada mexnat unumdorligini oshirish, novatorlikni va intellektual urbanizatsion ishlarni rivojlantirishga qaratilgan edi. Cisco kompaniyasining intellektual urbanizatsiya dasturi turli mamlakatlarning shaxarlarida kommunal xizmatlarni bajarish va shu asosda shaxar xo’jaligini boshqarishni takomillashtirish, shaxar aholisini moddiy turmush darajasini oshirish va iqtisodiy rivojlanishni rag’batlantirishga qaratilgan edi. Cisco IFEZ EIHda intellektual urbanizatsiya tamoyilini amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaning Inchxon shaxar munitsipaliteti bilan xamkorlik qiladi. IFEZ – Janubiy Koreyada birinchi marta tashkil etilgan EIH bo’lib, u Inchxonda 2003 yilning avgustida tashkil etilgan. 2009 yilning fevralida Cisco va Inchxon munitsipaliteti ishbilarmonlik xamkorligi to’g’risidagi memorandumni imzolashgan. 17 Cisco kompaniyasi hozirgi kunda texnologik soxada global lider xisoblanadi. Cisco jahonda insonlar muloqoti, aloqasi va hamkorligi usullarini o’zgartiruvchi tarmoq texnologiyalari sohasidagi kompaniyadir. 3 Cisco va Inchxon IFEZ xududida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning keng tarqalishi bo’yicha muhim investitsion ishlar amalga oshirilmoqda. Inchxondagi EIHni butun bir Osiyo-Tinch okean mintaqasi uchun global tajriba markaziga aylantirishni maqsad qilib qo’ygan. Bu loyixada Cisco Singapur, Xindiston, Malayziya va Yaqin Sharq mamlakatlarining qator megapolislarida shunday dasturlarni amalga oshirishda to’plangan ilg’or tajribadan foydalanadi. IFEZ EIHi Inchxonni turli iqtisodiy faoliyatlarni olib boruvchi yirik xalqaro markaz xisoblanadi. 2010 yilga kelib bu EIH jaxonning etakchi markazlaridan biriga aylanishi mumkin. Shu maqsadda Inchxonda unda nafaqat Janubiy Koreya, balki butun bir xorijiy kompaniyalar faoliyati uchun qulay muxit yaratilmoqda. Bundan tashqari shaxarning eng ekologik toza va jozibador shaxarlardan biriga aylantirilishi ham nazarda tutilgan.
3 www.cisco.ru Download 279.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling