Jahon tajribasi


 Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi  Beliz erkin iqtisodiy


Download 279.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana18.11.2021
Hajmi279.11 Kb.
#175482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
investitsiyad

17.2. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi  Beliz erkin iqtisodiy 

biznes markazi va Men erkin iqtisodiy orolning rivojlanish xususiyatlari 

 

Buyuk  Britaniya  territoriyasida  tashkil  etilgan  kompaniyalar  faoliyati  va  soliq 



tizimida  joriy  etilgan  qonun-qoidalar  jahon  iqtisodiyotida  eng    takomillashgan 

tizimlardan  biri  bo’lib,  ushbu  qonun-qoidalar,  ayniqsa,  offshor  hududlarni  tashkil 

topishi va  rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Beliz  Buyuk  Britaniya  qiroligi  tarkibiga  kiruvchi  mustaqil  davlat    hisoblanib, 

shimolda  Meksika  bilan,  janub  va  janubi-g’arbda  esa  Gvatemala  davlatlari  bilan 

chegaralanib  turadi.  Mamlakatning  ichki  qismlari  «kayes»  deb  nomlangan  kichik-

kichik  orolchalardan  iborat  bo’lib,  bu  jannatmakon  orolchalar  suvosti  sayohatida 

muhim rol o’ynaydi. Dunyodagi eng achchiq, kishi organizmini o’tdek kuydiruvchi  

qalampirlar  ham  aynan  shu  orolda  etishtiriladi.  Mamlakatning  janubiy  qismlari 

«Mayya»  tog’lari  va  Kokoskomb  landshaft  tizimlari  bilan  o’ralgan  bo’lib,  bu 

tizimlarning  eng  baland  nuqtasi  Viktoriya  (1120  metrni  tashkil  etadi)  cho’qqisidir. 

Mamlakatning umumiy er maydoni (orollari bilan birga qo’shib hisoblanganda 22923 

kv.km.ni  tashkil  etib,  janubdan  shimolgacha    bo’lgan  uzunligi  280  km.ni,  sharqdan 

g’arbgacha bo’lgan uzunligi esa 109 km.ni tashkil etadi. 

1970  yilda  Beliz  davlatining  poytaxti  Belmapon  shahri  barpo  etildi.  Poytaxt 

asosan  1961  yilda  bo’lib  o’tgan  Xetti  dovuli  oqibatida  vayron  bo’lgan  Beliz-Siti 

shahridan 80 km. janubi-g’arbda qad ko’targan bo’lib, uning aholisi 5000dan ortiqroq 

kishini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda mamlakatda Beliz-Siti, San-Ignasio, Benk-

Viexo, Del Karmen, Manki-River, Punta, Gorda kabi yirik shaharlar mavjud. 

Mamlakat  iqlimi  doimo  subtropik-passat  shamollari  bilan  yumshab  turadi. 

Qirg’oq  bo’ylarida temperatura  + 10,0 gradusdan to + 30-31 gradusgacha o’zgarib, 

issiqlik  harorati  mamlakatning  ichki  qismlariga  borgan  sari  ko’tarilib  boradi. 

Yog’ingarchilik  miqdori  esa  shimolda  o’rtacha  1.295  mm.ni  tashkil  etsa,  janubiy 

rayonlarda 4.445 mm.ni tashkil etadi. Yog’ingarchilik miqdori kam bo’ladigan oylar 

asosan fevraldan may oyigacha qadar bo’lib, ba’zi hollarda bu holat avgust oyigacha 

ham cho’zilishi mumkin. 

Mamlakatning umumiy aholisining soni 216000 kishini (1995 yil) tashkil etadi. 

Aholining  23-24  %i  Beliz-Siti  shahrida  yashaydi.  Mamlakat  aholisining  48  %i 

shaharliklarni tashkil etsa, qolgan 52 %i qishloq joylarida istiqomat qiladi. Aholining 

etnik tarkibi asosan kreollar (Afrikadan kelganlar), metislar (ispanlar va mayyaliklar) 

va garifunlardan (karibliklar) iborat. Bundan tashqari mamlakatda ispanlar va boshqa 

evropaliklar,  shuningdek  hindlar,  xitoyliklar,  arablar  ham  yashaydi.  Mamlakat 




 

aholisining  umumiy  zichligi  1kv.km.  maydonga  9  kishi  to’g’ri  keladi.  Aholining 

80  %i  oliy    va  o’rta  ma’lumotga  ega  bo’lib,  mehnatga  layoqatli    aholi  soni  69720 

kishini  (1995  y.)  tashkil  etadi.  Davlat  tili  bo’lib  ingliz  tili  hisoblanadi.  Mahalliy 

aholining  bir  qismi  garifun,  mayya,  ketchi  va  kreol  tillarida  ham  gaplashishadi. 

Mamlakat    Konstitutsiyasida  din  erkinligi  berilgan  bo’lib,  aholining  62  %ini 

katoliklar,  28  %ini  xristianlar,  qolgan  10  %ini  esa  iudizm  va  islom  diniga  e’tiqod 

qiluvchilar tashkil etadi. 

Mamlakatning  davlat qurilishi Vestminstr tizimidagi parlament  tamoyillariga 

asoslanadi.  Davlatning  ijroiya  mahkamasi  –  Bosh  Vazir  va  uning  Mahkamasidan 

iborat  bo’lib,  qonun  chiqaruvchi  organ  esa  28ta  saylanuvchi  va  8ta  tayinlanuvchi 

a’zosiga ega bo’lgan Umumiy palata hisoblanadi (ya’ni quyi va yuqori palatalardan 

iboratdir).  Davlat  boshlig’i  bo’lib  qirolicha    janobi  oliylari    Elizaveta  II  hisoblanib,  

uning  bu erdagi vakili  esa    General   gubernatordir.  Tayinlangan  General gubernator 

Beliz fuqarosi bo’lishi talab etiladi. 


Download 279.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling