Jahon tajribasi
Tunis erkin iktisodiy hududini rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning
Download 279.11 Kb. Pdf ko'rish
|
investitsiyad
17.4. Tunis erkin iktisodiy hududini rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning roli Tunis Respublikasi 1956 yil 20 martda Frantsiyaning protektoratligidan ozod bo’lib, mustaqillikka erishdi. Tunis sharqda Liviya, g’arbda Jazoir davlatlari bilan chegaralanib, uning shimoliy qismlarini 1300 km.ga cho’zilib ketgan O’rta er dengizining suvlari yuvib turadi. Maydoni 163,6 ming kv. km.ni tashkil etib, poytaxti Tunis shahri (aholisi 1 mln. kishidan ortiq) hisoblanadi. Tunis o’zining geografik joylashuviga ko’ra Afrika materigi va arab davlatlarining ichida joylashgan bo’lib, Evropaning etakchi korporatsiyalari uchun muhim strategik ahamiyatga ega bo’lgan hudud hisoblanadi. 60-yillarda mamlakat Prezidenti bo’lgan Zin Al Abidin Ben Ali o’z nutqlarining birida “...bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan foyda olish uchun biz o’zimizning iqtisodiyotimizni tashqi dunyo investitsiyalari uchun ochiq deb e’lon qildik...” degan edi. 1 Bunda biz mamlakat iqtisodiyotiga chet el investorlarini jalb etishning birinchi omili sifatida katta masofaga (1300 km.dan ortiq) cho’zilib ketgan dengiz chegaralarini ko’rsak, ikkinchi omili sifatida bu erdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ko’ramiz. Tunisda musulmonlar, xristianlar, yaxudiylar istiqomat qiladi. Mamlakatda inson shaxsiga nisbatan hurmat juda yuqori turadi.
1 Холиқулов А.Р. Эркин иқтисодий зоналар: назарий асослари ва жаҳон тажрибаси..., 116-бет. 7 Bunday odat qadimgi Karfagen davlatining hukumronligi davridan beri amal qilib kelmoqda. Chunki, bu davrda birinchi bo’lib “inson huquqlari” degan ibora ishlatilib, unga amal qilingan. Shuning uchun ham Tunisda qonun ustuvorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Agar politsiyachi hujjatlaringizni tekshirib, u to’g’ri bo’lsa, sizga omad tilaydi. Agar biron-bir ish bilan murojaat etsangiz, iloji boricha muammoni hal etishga yordam beradi. Mamlakatda mahalliy va chet ellik kishilarning huquqlari bab-baravar qonun yo’li bilan himoya qilinadi. Agar chet ellik biron-bir jinoyat sodir etsa, shu zahoti hisbga olinib, jinoiy javobgarlikka tortiladi. Tunisda narkotik va psixotrop moddalar, qalbaki pullar va valyuta jinoyatlari, fohishabozlik bilan shug’ullangan kimsalar o’ta havfli jinoyatchi hisoblanib, qonun oldida qattiq javobgarlikka tortiladi. Tunis aholisi (umumiy aholining 1/3 qismi) mamlakatning shimoliy-sharqiy tumanlarida qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish bilan shug’ullanib keladi. Mamlakatning janubiy cho’l tumanlarida yashovchi aholi esa asosan chorvachilik xo’jaligida tuya va echkichilik bilan shug’ullanishadi. 80-yillarga kelib mamlakatning qishloq va shahar aholisi o’rtasidagi nomutanosiblik (disbalans) keskin o’zgardi. Qishloq joylarda yashayotgan kambag’al aholining ko’pchiligi ish qidirib, tirikchilik qilish uchun port shaharlariga kelishdi (hozirgi kunda aholining 54-56 %i shahar aholisi bo’lib hisoblanadi). Mamlakatda urbanizatsiya jarayonlarining kuchayib borishi bilan bir qatorda aholi soni ham o’sib bordi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, mamlakat aholisi 2000 yilda 10 mln. kishini tashkil etgan bo’lsa, 2025 yilda 14 mln. kishiga etishi bashorat qilinmoqda. Mamlakatda aholi sonining tabiiy o’sishi bilan ishsizlar soni ham ortib bormoqda (90-yillarda ishsizlar soni umumiy aholining 15-16 %ni tashkil etgan). Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi asosan makro va mikroiqtisodiyotdagi kooperativ va shaxsiy mulkchilikka asoslangan shakllari bilan uyg’unlashgan holda olib boriladi. Jahonning boshqa davlatlari kabi Tunisda ham iqtisodiyotni tubdan isloh qilish (ishlab chiqarishni zamonaviy texnik-texnologik jihozlash, modernizatsiya va integratsiyalashuvni kuchaytirish) talab etiladi. Bunday muammolarni hal etish uchun mamlakatda makroiqtisodiyotni qayta ko’rib chiqishning iqtisodiy strategiyasini aniqlab olishni talab etiladi. Bu borada tunisliklar o’zlarining avlodlari bo’lmish finikiyaliklarning faoliyatini hisobga olib, savdo ishlarini rivojlantira boshlagan edi. Buning natijasida ko’pgina tunisliklar bugungi kunga kelib tashqi va ichki savdodan keladigan daromadlari hisobiga kun kechirmoqda. Erkin iqtisodiy hududlarning ishtirokchisini faoliyati eksport mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan bo’lsa, ularga nisbatan quyidagi imtiyozlar belgilandi. Birinchidan, eksport qilingan mahsulotdan olingan daromadi 10 yil mobaynida soliqdan ozod etilib, keyingi 11 yildan boshlab esa 50 % miqdorida daromad solig’ini to’lashi ikkinchidan, qaytadan reinvestitsiya qilingan foyda va daromadlar to’lig’icha soliqdan ozod etilishi uchinchidan, xomashyo to’plab, ularni yarimtayyor mahsulotlarga aylantirish bilan shug’ullangan xizmatlar sohasi to’lig’icha soliq va boshqa turli yig’imlardan ozod etilishi to’rtinchidan, aktsiya va boshqa qimmatbaho qog’ozlarni sotishdan olingan foyda to’lig’icha soliqdan ozod etilishi beshinchidan, Nyu-York konventsiyasi tomonidan belgilangan ikkiyoqlama 8 soliqqa tortmasllik, investitsiyalarni va moddiy manfaatdorlikni himoya qilish to’g’risidagi shartnoma va hququiy buzilishlik holatlari ro’y bergan taqdirda arbitraj sudiga murojaat etish imtiyozlari ham belgilandi. Tunisda chet el investitsiyalarini iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri jalb qilish maqsadida xorijiy investitsiyalar bilan shug’ullanuvchi maxsus agentlik (The Foreign Investment Promotion Agency – FIPA -Tunisia) joriy etilgan. Bundan tashqari sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun investitsiya kiritadigan tadbirkorlar uchun esa sanoatni rivojlantirishga yordam berish agentligi (Agency for the Promotion Industry – APL) ham tashkil etildi. Mamlakatga kiritilgan investitsiyalarning asosiy qismi to’qimachilik va terini qayta ishlash sanoat tarmoqlariga, shuningdek elektr va elektron mahsulotlarni ishlab chiqarishga jalb qilinadi. Tunis EIHda faoliyat ko’rsatayotgan 1200dan ortiq kompaniyalarning 1056tasi eksportga mahsulot ishlab chiqarib, ular mamlakatda joriy etilgan barcha imtiyozlardan keng foydalanishadi. Bu kompaniyalar hissasiga 500 mln. AQSh dollaridan ortiq investitsiyalar to’g’ri keladi. Tunis mamlakatida qishloq xo’jaligi asosiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. Tunis iqtisodiyotiga Saudiya Arabistoni (42,2 %), Quvayt (18,9 %), Frantsiya (11,5 % atrofida) investitsiyalar kiritayotgan bo’lsa, boshqa mamlakatlar hissasiga esa 27,4 % investitsiyalar to’g’ri keladi. Tunisda turizm sohasi ham investitsiyalarni jalb qiluvchi asosiy tarmoqlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda turizmni rivojlanishiga hattoki Prezidentning o’zi Ben Ali ham jiddiy e’tibor berib kelmoqda. Arab geograflari ham o’z davrida Tunis, Jazoir va Marokashni “quyosh botayotgan yurt orollari” deb baho berishgan edi. Haqiqatdan ham bu davlatlar shimoldan O’rta er dengizi suvlari bilan, janubdan esa Sahroi Kabirning qumloq cho’llari bilan yuvilib turganligi uchun ham bu mamlakatlar okeandagi orollarga juda o’xshab ketadi. Bundan tashqari bu mamlakatlar ichida Tunis geografik jihatdan juda qulay joylashganligi, yumshoq iqlimi, qadimgi finikiyaliklar, rimliklar, vizantiyaliklar va frantsuzlardan meros bo’lib qolgan moddiy madaniyati turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Turizm sohasidan keladigan mablag’larning miqdori bo’yicha Tunis Afrika davlatlari ichida oldingi o’rinlardan birini egallab turibdi. Tunisda ishlab chiqargan milliy mahsulotlarning 50-55 %i turizm tarmog’iga to’g’ri keladi. Chunki, mamlakatga jahonning turli davlatlaridan yiliga 4 mln.dan ortiq turist keladi. Agar turizmda band bo’lgan kishilar soni 450 ming kishini tashkil etsa, ularning 300 mingga yaqini turizmga aloqador bo’lgan sohalarda xizmat qiladi. Turizmdan keladigan chet el valyutasi Tunis mamlakati eksportining asosini tashkil etadi. Lekin mamlakat fuqarosi yil davomida 500 dinorni dollarga almashtirish huquqiga ega xolos. Turizm sohasida ham davlat mulki bilan xususiy mulkchilik shakllari o’zaro aloqadorlikda faolit ko’rsatadi. Turizm vazirligi bilan turizm bo’yicha milliy departament xalqaro maydonda asosan turizmni reklama qilish masalalari bilan shug’ullanadi. Shuningdek ushbu davlat tashkilotchilari Tunis va Sfaks shaharlarida qo’shimcha muzeylarni qurish va diqqatga sazovor bo’lgan qadimgi yodgorliklarni saqlash va rekonstruktsiya qilish kabi vazifalarni ham bajaradi. Xususiy investorlar esa turistlarga xizmat qilish, yotoqxona va mehmonxonalarni qurish ishlari bilan 9 shug’ullanadi. Ularning yordamida Nabel, Xammamet shaharlarida va shuningdek mamlakatning Jerba orolida zamonaviy damolish zonalari qurilgan bo’lib, ularda dam olayotgan turistlarga servis xizmatlari ko’rsatib kelinmoqda. Mamlakatning ichki hududlariga turizmni kiritish loyihalari ustida ham jadal ishlar olib borilmoqda. Birinchi navbatda turistlarni mamlakatning shimoliy rayonlari bo’lib hisoblangan Tabarka shahriga, yirik diniy markazlari bo’lgan Dugga va Kayruan shaharlariga va Sahroi Kabirning ekzotik rayonlariga (asosan g’orlarda yashovchi trogloditlarning yashash turmush tarzini o’rganishga) jalb etish ko’zda tutilgan. 1989 yilda Tunis davlati EI mamlakatlari bilan erkin savdo hududini tashkil etishni kutib turmasdan chet el investorlarini iqtisodiyotga ko’plab jalb etish maqsadida “Tunis – erkin iqtisodiy hududlari” to’g’risidagi qonunni qabul qildi. Bu qonun asosida turizm, oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida (ayniqsa, baliqchilikda), elektronika, mashinasozlik sanoati va xizmat ko’rsatish sohalarida bir qator imtiyozlar berildi. Tunisda qabul qilingan bu qonun Gretsiya va Iordaniya davlatlarida amal qilayotgan qonunlar asosida ishlab chiqilgan bo’lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmat turlarini eksport qiluvchi xalqaro savdo kompaniyalar ham imtiyozli soliqlardan keng foydalanishga ushbu qonun qabul qilingandan so’ng mamlakat ma’muriyati ikkita EIHlarni tashkil qilinganligini e’lon qildi. Birinchisi mamlakat poytaxtidan unchalik uzoq bo’lmagan yirik xalqaro port Bizert shahrida tashkil qilingan bo’lsa, ikkinchisi esa mamlakatning janubida joylashgan Jarba oroliga yaqin Zarzis shahrida tashkil etildi. 2000-2010 yillarga borib ushbu EIHlarda 8-9 ming ish joylari yaratilib, eksport qilingan mahsulotlardan 140- 142 mln AQSh dollari atrofida foyda olinish rejalashtirilgan. Bizert EIH o’zining rivojlanish darajasi bo’yicha hozirgi kunda Shimoliy Afrikadagi frantsuzlarning Gibraltar EIH bilan bellasha oladigan hududlardan biriga aylanib borayotganligini ko’ramiz. Download 279.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling