Jahon tajribasi


 Panama erkin iqtisodiy hududlarini rivojlanishining o’ziga xos jihatlari


Download 279.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana18.11.2021
Hajmi279.11 Kb.
#175482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
investitsiyad

 

17.5. Panama erkin iqtisodiy hududlarini rivojlanishining o’ziga xos jihatlari 

 

Janubiy Amerikada faoliyat ko’rsatib kelayotgan EIHlarning orasida eng muhim 

ahamiyatga  ega  bo’lgan  hududlardan  biri  Panama  EIHdir.  Panama  EIHning  o’ziga 

xos  jihatlaridan  biri  bu  erdagi  hududlarning  barchasi  tashqi  savdo  zonalari 

xususiyatiga egaligidir. Chunki, bu erda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi eng katta 

Gongkongdan  keyingi  ikkinchi  o’rinda  turuvchi  Kolon  tashqi  savdo  hududi 

joylashgan.  Kolon  tashqi  savdo  hududi    1948  yilda  tashkil  etilgan  bo’lib,  uning 

umumiy  maydoni  485,3  gektarni  tashkil  etadi.  Agar  Panama  kanali  yil  davomida 

mamlakat  byudjetiga  400  mln.  AQSh  dollari  miqdorida  foyda  keltirsa,  Kolon  EIH 

yiliga 10 mlrd. AQSh dollari miqdorida foyda keltiradi. Kolon tashqi savdo hududiga 

Panama mamlakati YaIMning 13-14 %i to’g’ri keladi. Hozirgi kunda ushbu hududda 

15 mingdan ortiq ish joylari mavjud bo’lishi bilan bir qatorda bevosita 100 mingdan 

ortiq kishini ish bilan ta’minlash imkoniyatlari ham mavjud. 

Panama  EIHda  1600dan  ortiq  kompaniyalar  tashkil  etilgan  bo’lib,  ularning 

barchasi  o’z  faoliyatini  boshlashdan  oldin  Panama  mamlakatining  milliy  davlat 

reestrida  qayd  etiladi.  Amerikada  tashkil  etilgan  EIHlarga  kira  olmagan  ko’pchilik 




 

10 

chet  el  firmalar  bu hududdan  vositachi  hudud sivatida  foydalanishadi. Kolon  EIHga 

kelgan  firmalarning  93-95  %i  asosan  savdo  qilish  yoki  tovar  sotib  olish  uchun 

kelishadi.  Shuning  uchun  ham  yil  mobaynida  ushbu  hududddan  120  mingdan  ortiq 

yukli  konteynerlar    tashiladi.  Tovarlar  asosan  Gonkong,  Xitoy,  Tayvan,  Tailand, 

Filippin va Indoneziya mamlakatlaridan import yoki eksport qilinadi. Kolon iqtisodiy 

hududida  nafaqat  tovarlar  savdosi,  balki  ishlab  chiqarish  xizmatlari  (tovarlarni 

bo’yash, o’rash, qutilarga joylash kabilar) ham ko’rsatiladi.

2

  

Kolon  EIH  orqali  realizatsiya  qilingan  tovarlar  bojxona  va  boshqa  soliq 



to’lovlardan  ozod  qilinadi.  Eksport  uchun  soliq  faqatgina  Panamada  ishlab 

chiqarilgan  mahsulotlar  yoki  bo’lmasa  bu  hududda  qo’shilgan  qiymat  uchun 

to’lanadi.  Munitsipial  va  sotishdan  keladigan  tushum  uchun  soliqlar  to’lash  bu 

hududda amal qilmaydi. 1995 yilga qadar daromad solig’ining differentsial stavkalari 

15 ming dollargacha  2,5 %ni, 100 ming dollargacha esa 8,5 %ni tashkil etgan. Ishlab 

chiqarilgan mahsulotning 80  %i eksportga jo’natilgan va 30ta panamalikni ish bilan 

ta’minlagan  kompaniyalar  5  yil  mobaynida  soliqlardan  ozod  etilgan.  1995  yildan 

keyin  Panama  EIHda  daromad  solig’i  8,5  %dan  15  %gacha  ko’tarildi.  Bundan 

tashqari  8,5  ming  dollardan  yuqori  amalga  oshirilgan  har  bir  operatsiya  uchun 

oldindan  mablag’  to’lovi  (soliq  to’lovi)  joriy  etildi.  Biroq,  ushbu  chora-tadbirlar 

kichik  firmalarning  faoliyatiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatib,  ularning  moliyaviy  jihatdan 

sinishiga  va  iqtisodiy  hududdan  ketib  qolishiga  sabab  bo’lgan  edi.  Shuning  uchun 

mamlakat  parlamenti  Kolon  iqtisodiy  hudud  ma’muriyatiga  1997  yildan  boshlab 

iqtisodiy  hududdagi  xo’jalik  sub’ektlarini  barchasini  soliq  to’lovlaridan  ozod 

qilinganligini  ma’lum  qildi.  Albatta,  bu  tadbir  mamlakat  byudjetiga  yiliga  40  mln. 

AQSh  dollari  miqdorida  yo’qotish  keltirsa  ham,  hududdagi  barqarorlikni  saqlab 

qolish maqsadida hukumat mazkur yo’lni tanlashga majbur bo’lib, 1948 yilda qabul 

qilingan Kolon EIH to’g’risidagi kodeksga o’zgartirishlarni kiritgan edi. 

Panama EIHda o’sish dinamikasi tovar aylanmasi bo’yicha 1993-1995 yillarda,  

90-  yillarning  boshiga  nisbatan  ko’proq  bo’lganligi,  ya’ni  1,0  mlrd.  dollarga 

ko’paygan bo’lsa, 1995-1997 yillarda esa 0,3 mlrd. dollarga ya’ni 1993-1995 yillarga 

nisbatan  0,7  mlrd.  dollarga  kamayganligini  ko’ramiz.  Bunday  kamayishning  asosiy 

sabablaridan  biri  1995  yildan  boshlab  kiritilgan  daromad  solig’i  va  to’lovlarning   

birmuncha ko’payganligidir, chunki bu davrda korxonalarning tovar aylanmasi biroz 

kamayib, boshqa EIHlarga o’tib ketishi holatlari ham  kuzatilgan. 

Panamada  nafaqat  erkin  savdo  hududlari,  balki  zamonaviy  texnika-texnologiya 

asosida  ishlaydigan  erkin  ishlab  chiqarish  hududlarini  tashkil  etish  to’g’risida  ham 

chora-tadbirlar  ko’rilmoqda.  Ana  shunday  tadbirlar  jumlasiga  1993  yilda  San 

Migelito shahrida erkin ishlab chiqarish hududini tashkil etilganligini ham ko’rsatib 

o’tishimiz mumkin.  

Panama EIHning yana bir xarakterli xususiyati shuki, chet el kemalarini Panama 

mamlakati  registridan  (ro’yxatdan)  o’tib,  mamlakat  bayrog’i  ostida  yuk  tashish 

ishlariga jalb etilishidir. Bu ko’rsatkich bo’yicha  Panama  jahon mamlakatlari ichida 

birinchi o’rinni egallaydi. 90-yillarning oxirida mamlakatda 13541 kema ro’yxatdan 

o’tkazilgan  bo’lib,  ular  tomonidan  tashilgan  yuklarning  umumiy  hajmi  95  mln. 

                                                 

2

 http/ www.fias.net/conference/EcozonesIndiadocs/KRao.pdf 




 

11 

tonnani  tashkil  etgan.  Mamlakat  byudjetiga  esa  50  mln.  AQSh  dollari  atrofida    sof 

foyda kelib tushgan.  

Mavjud  kemalarning  36  %i    yaponiyalik  ishbilarmonlarga  tegishli  bo’lgan. 

Chunki bu erda   olingan daromad soliqdan  ozod qilinadi. Bundan tashqari  Panama  

geografik  jihatdan  juda  qulay  joyda  joylashgan.  Ya’ni,  ushbu  hududda  Tinch 

okeanini  Atlantika  okeani  bilan  bog’lovchi  Panama  kanali  joylashgan.  Ushbu  

kanaldan jahonning barcha mamlakatlarining yuk tashuvchi kemalari  o’tadi. Shuning 

uchun ham bu portlarda yuklarni o’rash, saqlash, markirovka qilish va ortib jo’natish 

kabi xizmatlar ko’rsatish   infratuzilmasi yuksak darajada rivojlangan. Ushbu  kanal 

orqali  hoziri kunda yiliga 1337000 netto tonna yuk olib o’tiladi. 

Mamlakatda  kemalarni  ro’yxatdan  o’tkazish  asosan  dengiz  kemalari 

to’g’risidagi xalqaro konventsiyalar asosida amalga oshiriladi.    Panamada kemalarni 

ro’yxatdan o’tkazish, kemalarning yuk ko’tara olish va tashish qobiliyatlari hisobga 

olinmasdan,  balki  ularning  eskirish  qobiliyati      ro’yxatga  olinadi.  Masalan,  20  yil 

muddatga xizmat qiluvchi kemalar umumiy o’tkazilib, ulardan kamrog’i esa maxsus 

muttaxasislar ko’rigidan o’tadi. 

Shunday  qilib,    Panama  davlatida  joylashgan  EIHlar    va  moliyaviy  bank 

markazlari,  savdo  hududlari    va  yuk  tashish  xizmatlari  mamlakat  iqtisodiyotida 

muhim  vazifalarni  amalga  oshirib  kelmoqda.    Ushbu  mamlakatda  yaratilgan  qulay 

imtiyozlar  alatta    xalqaro  maydonda  keng    faoliyat  ko’rsatib  kelayotgan  

tadbirkorlarni  e’tiborini  o’ziga  tortmasdan  qolmaydi.  Shuning  uchun  ham  jahon 

xo’jaligiga  kirib  boruvchi  ko’plab  davlatlar  Panama  EIHlari  tajribasidan  samarali 

foydalanib, o’z iqtisodiyotini rivojlantirib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. 




Download 279.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling