Jahon tajribasi
Janubiy Koreyada erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish xususiyatlari
Download 279.11 Kb. Pdf ko'rish
|
investitsiyad
17.7. Janubiy Koreyada erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish xususiyatlari
Jahon xo’jaligida yangi industrial davlatlardan biri Janubiy Koreyaning EIHlarni tashkil etish tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. Janubiy Koreya qonunchiligida ushbu mamlakatda ta’sis etiladigan korxonalarda xorijiy mamlakatlarning ishtirok etishi cheklangan. Bank sektori, radiio va televideniya, telekommunikatsiya sohalarda, aviatashuvlar, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish, yadro yoqilg’isini ishlab chiqarish, gazeta va jurnallarni nashr qilish, baliq ovlash, ulgurji go’sht savdosi, chorvachilik, ayrim donli ekinlarini etishtirish xorijiy investorlar uchun taqiqlangan. Janubiy Koreya kompaniyasining aktsioneri bo’lish istagini bildirgan barcha xorijlik investorlar Markaziy Bank yoki vakolatli tijorat banklarining ruxsatnomasini olishi zarur. Koreya Respublikasida EIHlarning paydo bo’lishi 70-yillarning boshlariga to’g’ri kelib, ular yangi industrial mamlakatni barpo etishda ijobiy rol o’ynagan edi. Koreys eksport bazasini rivojlantirish katta xorijiy kapital qo’yilmalar yordamida amalga oshirilgan bo’lib, EIHlar esa shunday kapitallarni jalb qilishda muhim rol o’ynadi. Ushbu zonalar, shuningdek sanoatning ichki raqobatbardosh tarmoqlarini jalb qilish uchun katalizatorlik vazifasini ham bajardi. Xorijiy investitsiyalar nafaqat to’g’ridan-to’g’ri yo’naltirish shaklida, balki tashqi qarzlar, texnologiyalarni o’tkazish shaklida ham kirib kelgan bo’lib, Janubiy Koreyaning ichki bozorlarini iqtisodiy jihatdan o’sishiga olib kelagan edi. Hozirgi kunda quyidagi bir qator EIHlar faoliyat ko’rsatib kelmoqda: - Foreign Investment Zone (FIZ) – xorijiy investitsiyalar hududi; - Free Trade Zones (FTZs) – erkin savdo hududi; - Free Economic Zones (FEZs) – erkin iqtisodiy hududlar; - Jeju Investment Promotion Zone (IPZ) – erkin investitsiyalar xududi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, 50-yillarda Janubiy Koreyaning sanoati etarli darajada rivojlanmagan, taraqqiyot uchun o’z kapitaliga ega bo’lmagan agrar xo’jalikka asoslangan mamlakat bo’lgan edi. Shuning uchun mamlakatga xorijiy kapitalni jalb qilish siyosati amalga oshirib, chet el kapitalini jalb qilishni rag’batlantirish tizimi ishlab chiqildi. U ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1962-1984 yillarni o’z ichiga olib, bu davrda barcha xorijiy sarmoyadorlar quyidagi imtiyozlardan keng foydalanishgan. Jumladan, soliq imtiyozlaridan (bunda daromad solig’i, korporativ va mulk solig’i 50 % kamaytirilgan), bojxona to’lovlaridan, import qilingan uskunalarga qo’shimcha qiymat soliqlaridan ozod 15 qilingan edi. Ikkincha bosqich 1984 yildan to hozirgi kunga qadar davrlarni o’z ichiga olib, bu davrda yuqori texnologiyali tarmoqlarning rivojlanishini rag’batlantiruvchi soliqqa tortish tartibi joriy etildi. Bundan tashqari soliq imtiyozlari qatoriga quyidagi tartiblar ham kiritildi: Dastlabki 5 yil muddat davomida soliqlardan ozod qilinib, keyingi 3 yil mobaynida 50 % miqdorida soliq to’lanadi. Shuningdek, mamlakatda xorijiy investorlar to’liq huquqiy himoyalanib, dividendlarni xorijga to’siqlarsiz o’tkazishi kafolatlangan edi. Janubiy Koreya AQSh bilan imzolagan kafolatlar to’g’risidagi kelishuvga binoan, amerikalik investorlar korporatsiyalarga kiritgan o’z sarmoyalarini, agar bu sarmoyalar Janubiy Koreya xukumati tomonidan ma’qullangan bo’lsa, xorijiy investitsiyalarni himoya qilish bo’yicha sug’urtalash imkoniyatiga ega bo’ladi. BMTning TMKlar bo’yicha materiallariga muvofiq, EIHdagi korxona ijaraga olingan erda (erni sotishga ruxsat berilgan bo’lsada) o’z fabrikasiga ega bo’lishi yoki namunaviy (standart) ishlab chiqarish birligini ijaraga olishi mumkin. Bunda ikkala holatda ham investor ko’rsatilgan mezonlarga to’g’ri keluvchi to’liq xujjatlar to’plamini taqdim etishi shart. Ba’zi hollarda ayrim chetlanishlarga yo’l qo’yilishi ham mumkin (12-jadval). Download 279.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling