Jahon tajribasi
Download 279.11 Kb. Pdf ko'rish
|
investitsiyad
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17.2. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi Beliz erkin iqtisodiy biznes markazining rivojlanish xususiyatlari
- 17.7. Janubiy Koreyada erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish xususiyatlari
1 17-MAVZU. ERKIN IQTISODIY HUDUDLARNI TASHKIL ETISHNING JAHON TAJRIBASI 17.1. Jahon xo’jaligida EIHlar 17.2. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi Beliz erkin iqtisodiy biznes markazining rivojlanish xususiyatlari 17.3. Bermud, Britan-Virgin va Nauru erkin iqtisodiy hududlarining rivojlanish xususiyatlari 17.4. Tunis erkin iktisodiy hududini rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning roli 17.5. Panama erkin iqtisodiy hududlarini rivojlanishining o’ziga xos jihatlari 17.6. Malta erkin iqtisodiy hududi 17.7. Janubiy Koreyada erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish xususiyatlari
XX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab erkin iqtisodiy hudud (EIH) xalqaro iqtisodiyotning ajralmas qismi bo’lib kelmoqda. Jahon xo’jaligi aloqalarida erkin iqtisodiy hudud xalqaro
tovaralmashinuvining faollashuvi, investitsiyalar mobilizatsiyasi, ish bilan bandlik darajasini o’sishi hisobiga iqtisodiy o’sish ko’rsatkichini tezlashtiruvchi omil sifatida qaralmoqda. Jahon xo’jaligida erkin iqtisodiy hududlar qaysi mamlakatda tashkil etilishidan qat’iy nazar shu mamlakatning makro va mikroiqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Makroiqtisodiy siyosatda EIHlar mamlakatlarning iqtisodiy o’sish dinamikasi va baholash tizimiga, pul muomalasi va emissiyasiga, tovarlar va xizmat ko’rsatish turlarining eksport va importiga, tashqi to’lov balansi holatiga, oltin- valyuta zahiralari miqdoriga, chet el kapitali qo’yilmalarining miqdorlariga, valyuta kursining harakatiga, tashqi savdosiga, shuningdek to’lov mexanizmlarni tashkil etishga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu ta’sir doirasi dasturlarida o’zgaruvchan iqtisodiy holatlar (masalan, ichki kreditlar, davlat sektoridagi byudjet kamomadi, xalqaro rezervlar va tashqi qarzlarni hisobga olish va boshqalar) ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Erkin iqtisodiy hududlarning faoliyat ko’rsatishi uchun eng muhim omillaridan biri bo’lib, mamlakatdagi siyosiy barqarorlik, chet ellik investorlar va shuningdek moliyaviy institutlar hisoblangan Xalqaro Valyuta Fondi (XVF) va Xalqaro rivojlanish va tarakkiyot banki (XRTB) bilan hamkorlik hisoblanadi. Chunki, bu ikki moliyaviy institutlar jahon mamlakatlaridagi moliya va valyuta munosabatlarining umumiy hajmini boshqarib, davlatlarning to’lov balanslarini kamomadlarini o’z kreditlari orqali qoplaydi. Jahon tajribasini ko’rsatishicha, bu ikki moliyaviy institutlar bilan o’zaro aloqadorlikda tuzilmagan EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish birmuncha qiyinchiliklar bilan kechadi. Erkin iqtisodiy hududlarning tashkil etilishi tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, EIHlarning tashkil
2 etilishi bilan tovar ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlarini xalqaro maydonda sotish va o’zlari uchun kerakli bo’lgan mahsulotlarni vositachilarsiz sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Tadbirkorlar uchun berilgan soliq va bojxona imtiyozlari ularning daromadini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda dunyoning 130 ga yaqin davlatida 5 mingdan ortiq EIH bor. Ularda 70 mln.dan ortiq kishi band va tashqi savdo aylanmasi 1,2 trln. AQSh dollaridan ziyod. YuNKTAD ma’lumotlariga ko’ra: eng ko’p EIH AQShda – 240 tani tashkil etadi.
Download 279.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling