Jahon tajribasi


-jadval.  Koreya Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni sanktsiyalash


Download 279.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana18.11.2021
Hajmi279.11 Kb.
#175482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
investitsiyad

12-jadval. 

Koreya Respublikasida erkin iqtisodiy hududlarni sanktsiyalash 

mezonlari 

 

Nomlanishi 

O’z fabrikasi 

Namunaviy fabrika 

Eksport 

1 kv.m.ga  150 dollar 

1 kv.m.ga 180 dollar 

Sof daromad foizi 

20 % va undan yuqori 

20 % va undan yuqori 

Bandlik 

Har  30  kv.m.ga  20  ish 

o’rni (va undan ko’p) 

Har  30  kv.m.ga  25  ish 

o’rni (va undan ko’p) 

Ishlab chiqarish 

texnologiyasi 

Eng ilg’or 

Eng ilg’or 

Investitsiyalar miqdori 

200 ming dollar (va undan 

ko’p) 


100 ming dollar (va undan 

ko’p) 


Maxalliy xomashyo 

Iloji boricha ko’proq 

Iloji boricha ko’proq 

 

Xorijiy  ish  bilarmonlarning  EIHda  ro’yxatdan  o’tgan  korxonalariga  100  % 



egalik  qilish  huquqi  berilgan.  Investorlarga  esa,  Janubiy  Koreyadan  tashqarida 

foydani  va  kapitalni  repatriatsiya  qilish  huquqi  berilgan.  Xududdagi  yuqori 

texnologiyali sanoat korxonalarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq holda biznes bilan 

shug’ullanayotgan  barcha  korxonalar  besh  yil  muddatga  barcha  soliqlardan  ozod 

etilgan. Keyingi ikki yil davomida esa, ularga soliqni 50 %ni to’lash huquqi berilgan. 

Erkin  savdo  hududlari,  erkin  iqtisodiy  hududlar  va  erkin  investitsiyalar  xududida 

joylashgan korxonalar uch yil muddatga barcha soliqlardan ozod etilgan. Keyingi ikki 

yil davomida ular ham soliqni 50 %ni to’lash huquqiga egadir. 

Erkin  iqtisodiy  hududlarda  xorijiy  investorlarning  minimal  kapital  qo’yilmalari 

5  mln.  AQSh  dollarni  tashkil  etadi.  Janubiy  Koreyaning  EIHlarida  erkin  iqtisodiy 




 

16 

hududda  joylashgan  korxonalar  litsenziyalashtirilmagan  holda  eksport-import 

faoliyati  bilan  shug’ullanish  huquqiga  ega,  chunki  ular  tashqi  savdo  to’g’risidagi 

hujjatning amal qilish doirasiga kiradi. 

Janubiy Koreyadagi eng muhim EIHlardan biri “Masan” mamlakatning janubiy 

qirg’og’ida  joylashgan  bo’lib,  umumiy  er  maydoni  814  kv.  km.ni  tashkil  etadi.  

“Masan” EIHi o’z portiga ega. Janubiy  Koreyaning yana bir EIHi  “Iri” Seul shaxri 

atrofidagi Gunsan gavanasi yaqinida joylashgan bo’lib, umumiy er maydoni 319 kv. 

km.ni tashkil etadi. Ushbu EIHlar ishlab chiqarish nuqtai nazaridan olganda ma’lum 

darajada  tarmoq  ixtisoslashuviga  ega  hisoblanadi.  Jumladan,  “Masan”  EIHi  asosan 

kimyoviy  va  eksport  maxsulotlarni,  shuningdek  to’qimachilik  maxsulotlarni  ishlab 

chiqarishga  ixtisoslashgan  bo’lsa,  “Iri”  EIHi  zebu-ziynat  mahsulotlarini  va 

shuningdek qimmatbaxo toshlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bu ikkala xudud 

xam  Koreya  ichki  xududlaridan  ajratib  qo’yilgan  bo’lib,  ularda  ishlab  chiqarilgan 

maxsulotlar  ichki  bozorlarda  sotilmaydi  (ishlab  chiqarish  jarayonida  olinadigan 

chiqindilar  va  yordamchi  maxsulotlar,  milliy  xavfsizlik  uchun  ahamiyatli  bo’lgan 

tovarlar va boshqa eksport tovarlari bundan mustasno). Ushbu xududlarda joylashgan 

korxonalar  ichki  bozorlarda  sotish  bilan  emas,  balki  eksport  qilish  bilan  ham 

shug’ullanadi.  “Masan”  va  “Iri”  EIHlarida  ishlab  chiqarilgan  tovarlar  Koreyaga 

nisbatan  importyor-mamlakatlar  tomonidan  o’rnatilgan  to’siqlarni  aylanib  o’tish 

imkoniyatiga ega hisoblanadi. Bu esa Janubiy Koreya eksportini ko’paytiradi. 

2008  yilning  8  dekabrida  Janubiy  Koreyaning  Innovatsion  iqtisodiyot  vazirligi 

yaqin  yillarda  mamlakatda  to’rtta  yangi  EIHlarni  (mamlakatning  sharqiy 

qirg’oqbo’yidagi  Ulsan  va  Pxoxan  shaxarlarida  Koreya  yarim  orolining  janubidagi 

Kimdje  shaxrida,  shuningdek  mamlakat  g’arbining  Pxetxek-Tandjin  rayionlari 

atrofida)barpo etilishini ma’lum qildi. Yangi EIHlarni tashkil etishdan asosiy maqsad 

mamlakat  iqtisodiyotini  rivojlanishini  rag’batlantirish,  eksport  ko’lamlarini  yanada 

kengaytirish  va  yangi  sarmoyalarni  jalb  qilishdir.  Ushbu  EIHlarni  tez  rivojlantirish 

maqsadida  xorijiy  ishtirokchilarga  turli  soliq  imtiyozlari,  import  bojlaridan  ozod 

qilish  va  sanoat  korxonalarini  xamda  yirik  logistika  bazalarini  barpo  etishda  davlat 

ko’magini ko’rsatish ishlari rejalashtirilgan. 

Koreyalik  mutaxassislarning  fikrlariga  ko’ra,  hozirgi  iqtisodiy  pasayish  va 

moliyaviy  inqiroz  2009  yilda  yalpi  ichki  maxsulot  xajmining  o’sish  sur’atlarini 

3,6  %dan  3  %gacha  pasayishiga  olib  kelgan.  2009  yilning  15  aprelida  Cisco 

kompaniyasi  Janubiy  Koreyada  yangi  EIHni  tashkil  qilishini  bildirdi.  Bu  tashabbus 

Janubiy  Koreyada  mexnat  unumdorligini  oshirish,  novatorlikni  va  intellektual 

urbanizatsion  ishlarni  rivojlantirishga  qaratilgan  edi.    Cisco  kompaniyasining 

intellektual  urbanizatsiya  dasturi  turli  mamlakatlarning  shaxarlarida  kommunal 

xizmatlarni bajarish va shu asosda shaxar xo’jaligini boshqarishni takomillashtirish, 

shaxar  aholisini  moddiy  turmush  darajasini  oshirish  va  iqtisodiy  rivojlanishni 

rag’batlantirishga  qaratilgan  edi.  Cisco  IFEZ  EIHda  intellektual  urbanizatsiya 

tamoyilini amalga oshirish uchun Janubiy Koreyaning Inchxon shaxar munitsipaliteti 

bilan xamkorlik qiladi. 

IFEZ – Janubiy Koreyada birinchi marta tashkil etilgan EIH bo’lib, u Inchxonda 

2003  yilning  avgustida  tashkil  etilgan.  2009  yilning  fevralida  Cisco  va  Inchxon 

munitsipaliteti ishbilarmonlik  xamkorligi to’g’risidagi  memorandumni  imzolashgan. 




 

17 

Cisco  kompaniyasi  hozirgi  kunda  texnologik  soxada  global  lider  xisoblanadi.  Cisco 

jahonda  insonlar  muloqoti,  aloqasi  va  hamkorligi  usullarini  o’zgartiruvchi  tarmoq 

texnologiyalari sohasidagi kompaniyadir.

3

 Cisco va Inchxon IFEZ xududida axborot 



va  kommunikatsion texnologiyalarning keng tarqalishi  bo’yicha  muhim  investitsion 

ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Inchxondagi  EIHni  butun  bir  Osiyo-Tinch  okean 

mintaqasi  uchun  global  tajriba  markaziga  aylantirishni  maqsad  qilib  qo’ygan.  Bu 

loyixada  Cisco  Singapur,  Xindiston,  Malayziya  va  Yaqin  Sharq  mamlakatlarining 

qator  megapolislarida  shunday  dasturlarni  amalga  oshirishda  to’plangan  ilg’or 

tajribadan foydalanadi. 

IFEZ  EIHi  Inchxonni  turli  iqtisodiy  faoliyatlarni  olib  boruvchi  yirik  xalqaro 

markaz xisoblanadi. 2010 yilga kelib bu EIH jaxonning etakchi markazlaridan biriga 

aylanishi  mumkin.  Shu  maqsadda  Inchxonda  unda  nafaqat  Janubiy  Koreya,  balki 

butun  bir  xorijiy  kompaniyalar  faoliyati  uchun  qulay  muxit  yaratilmoqda.  Bundan 

tashqari shaxarning eng ekologik toza va jozibador shaxarlardan biriga aylantirilishi 

ham nazarda tutilgan. 

 

                                                 



3

 www.cisco.ru  



Download 279.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling