Jahon tajribasi
Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi Beliz erkin iqtisodiy
Download 279.11 Kb. Pdf ko'rish
|
investitsiyad
17.2. Buyuk Britaniya qirolligi tarkibiga kiruvchi Beliz erkin iqtisodiy
biznes markazi va Men erkin iqtisodiy orolning rivojlanish xususiyatlari
Buyuk Britaniya territoriyasida tashkil etilgan kompaniyalar faoliyati va soliq tizimida joriy etilgan qonun-qoidalar jahon iqtisodiyotida eng takomillashgan tizimlardan biri bo’lib, ushbu qonun-qoidalar, ayniqsa, offshor hududlarni tashkil topishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Beliz Buyuk Britaniya qiroligi tarkibiga kiruvchi mustaqil davlat hisoblanib, shimolda Meksika bilan, janub va janubi-g’arbda esa Gvatemala davlatlari bilan chegaralanib turadi. Mamlakatning ichki qismlari «kayes» deb nomlangan kichik- kichik orolchalardan iborat bo’lib, bu jannatmakon orolchalar suvosti sayohatida muhim rol o’ynaydi. Dunyodagi eng achchiq, kishi organizmini o’tdek kuydiruvchi qalampirlar ham aynan shu orolda etishtiriladi. Mamlakatning janubiy qismlari «Mayya» tog’lari va Kokoskomb landshaft tizimlari bilan o’ralgan bo’lib, bu tizimlarning eng baland nuqtasi Viktoriya (1120 metrni tashkil etadi) cho’qqisidir. Mamlakatning umumiy er maydoni (orollari bilan birga qo’shib hisoblanganda 22923 kv.km.ni tashkil etib, janubdan shimolgacha bo’lgan uzunligi 280 km.ni, sharqdan g’arbgacha bo’lgan uzunligi esa 109 km.ni tashkil etadi. 1970 yilda Beliz davlatining poytaxti Belmapon shahri barpo etildi. Poytaxt asosan 1961 yilda bo’lib o’tgan Xetti dovuli oqibatida vayron bo’lgan Beliz-Siti shahridan 80 km. janubi-g’arbda qad ko’targan bo’lib, uning aholisi 5000dan ortiqroq kishini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda mamlakatda Beliz-Siti, San-Ignasio, Benk- Viexo, Del Karmen, Manki-River, Punta, Gorda kabi yirik shaharlar mavjud. Mamlakat iqlimi doimo subtropik-passat shamollari bilan yumshab turadi. Qirg’oq bo’ylarida temperatura + 10,0 gradusdan to + 30-31 gradusgacha o’zgarib, issiqlik harorati mamlakatning ichki qismlariga borgan sari ko’tarilib boradi. Yog’ingarchilik miqdori esa shimolda o’rtacha 1.295 mm.ni tashkil etsa, janubiy rayonlarda 4.445 mm.ni tashkil etadi. Yog’ingarchilik miqdori kam bo’ladigan oylar asosan fevraldan may oyigacha qadar bo’lib, ba’zi hollarda bu holat avgust oyigacha ham cho’zilishi mumkin. Mamlakatning umumiy aholisining soni 216000 kishini (1995 yil) tashkil etadi. Aholining 23-24 %i Beliz-Siti shahrida yashaydi. Mamlakat aholisining 48 %i shaharliklarni tashkil etsa, qolgan 52 %i qishloq joylarida istiqomat qiladi. Aholining etnik tarkibi asosan kreollar (Afrikadan kelganlar), metislar (ispanlar va mayyaliklar) va garifunlardan (karibliklar) iborat. Bundan tashqari mamlakatda ispanlar va boshqa evropaliklar, shuningdek hindlar, xitoyliklar, arablar ham yashaydi. Mamlakat 3 aholisining umumiy zichligi 1kv.km. maydonga 9 kishi to’g’ri keladi. Aholining 80 %i oliy va o’rta ma’lumotga ega bo’lib, mehnatga layoqatli aholi soni 69720 kishini (1995 y.) tashkil etadi. Davlat tili bo’lib ingliz tili hisoblanadi. Mahalliy aholining bir qismi garifun, mayya, ketchi va kreol tillarida ham gaplashishadi. Mamlakat Konstitutsiyasida din erkinligi berilgan bo’lib, aholining 62 %ini katoliklar, 28 %ini xristianlar, qolgan 10 %ini esa iudizm va islom diniga e’tiqod qiluvchilar tashkil etadi. Mamlakatning davlat qurilishi Vestminstr tizimidagi parlament tamoyillariga asoslanadi. Davlatning ijroiya mahkamasi – Bosh Vazir va uning Mahkamasidan iborat bo’lib, qonun chiqaruvchi organ esa 28ta saylanuvchi va 8ta tayinlanuvchi a’zosiga ega bo’lgan Umumiy palata hisoblanadi (ya’ni quyi va yuqori palatalardan iboratdir). Davlat boshlig’i bo’lib qirolicha janobi oliylari Elizaveta II hisoblanib, uning bu erdagi vakili esa General gubernatordir. Tayinlangan General gubernator Beliz fuqarosi bo’lishi talab etiladi.
Download 279.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling