Jahon tajribasi


 Bermud, Britan-Virgin va Nauru erkin iqtisodiy hududlarining rivojlanish


Download 279.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana18.11.2021
Hajmi279.11 Kb.
#175482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
investitsiyad

 

17.3. Bermud, Britan-Virgin va Nauru erkin iqtisodiy hududlarining rivojlanish 

xususiyatlari 

 

Bermud  erkin  o’z-o’zini  iqtisodiy  boshqarish  hududi  Atlantika  okeanining 

shimoli-g’arbiy  qismida  joylashgan  bo’lib,  7ta    yirik  va  150dan  ortiq  mayda 

orolchalardan  tashkil  topgan.  Umumiy  maydoni  54  kv.km.ni  tashkil  etib,  aholisi  60 

ming  kishidan  ortiqdir.  Mamlakatning  pul  birligi  bo’lib  Bermud  dollari  (BD$) 

hisoblanadi  (ushbu  dollar  kursi  mamlakatda  AQSh  dollari  bilan  baravar  kursda 

yuritiladi). Bermud orollari jaxonning eng so’lim  va sirli oromgohlardan biri bo’lib, 

bu  erda  tashkil  etilgan  offshor  zonalar  o’zining  ishonchliligi  bilan  dunyo 

hamjamiyatining hurmatiga sazovordir.  

Bermud  orollarida  faoliyat  ko’rsatayotgan  tadbirkorlar  foyda  va  daromad 

solig’ini,  dividendlardan  olinadigan  soliqni,  ko’chmas  mulk  va  meros  soliqlarini 

to’lashmaydi.  Erkin  iqtisodiy  hududda  faoliyat  ko’rsatayotgan  kompaniyalar  ta’sis 

shartnomalar  asosida  ro’yhatga  olinib,  ularning  shaxsi,  moliyaviy  barqarorligi  va 

faoliyat yo’nalishlari  o’z vaqtida nazorat qilib turiladi. 

Bermud  EIHda  faoliyat  ko’rsatayotgan  kompaniyalarga  nisbatan  ba’zi-bir 

cheklanishlar  ham  qo’llaniladi.  Masalan,  offshor  kompaniyalarga  depozitlar 

qo’yishga  ruhsat  etilmaydi.  Chunki,  bu odat  Bermud  orolining  milliy  urf-odatlariga 

zid  bo’lib,  uning  ustidan  nazoratni  Moliya  vazirligining  ko’rsatmasi  bilan  Bermud 

orolining g’aznachiligi amalga oshiradi.  

Bermud  orollarida  kompaniyani  tashkil  etishning  dastlabki  bosqichida 

kompaniyaning  nomi  ro’yhatga  olish  tashkilotlari  bilan  kelishib  olinadi.  So’ng 

kompaniyaning  shug’ullanishi  mumkin  bo’lgan  yo’nalishlarini    to’laligicha  aks 

ettiruvchi ma’lumotlar orol ro’znomalarining birida e’lon qilinadi. Shundan so’ng esa 

ta’sis  shartnomasiga    Moliya  vazirining  ruhsatnomasini  olish  uchun    Bermud 

orolining  g’aznachiligiga  ariza  beriladi.  Arizaga  ta’sischining  ismi-sharifi,  yashash 

joyi,  kompaniyaning  har  bir  a’zosining  yashash  joyi  ko’rsatiladi.  Bundan  tashqari 

ularning daromadlari to’g’risidagi deklaratsiya ham qo’shib topshiriladi. 

Bermud  orollarida  kompaniyani  ro’yhatdan  o’tkazish  uchun  12000 




 

BD$  miqdoridagi  minimal  ustav  kapitali  talab  etiladi.  Biroq,  bu  orolda  ro’yhatdan 

o’tkazilgan kompaniyalarning asosiy qismi Gongkong rezidentlari bo’lganligi uchun 

ulardan 100000 NK$ miqdoridagi minimal  ustav kapitali talab etiladi. Aktsiyadorlar 

kompaniyalariga faqatgina o’zlarining nomlari yozilgan aktsiyalar  chiqarishga ruhsat 

etiladi. 

Bermud orollarida tashkil etilgan kompaniya xususiy “trast”ga tegishli bo’lsa, 

u holda moliya vaziri uchun g’aznachilikka quyidagi ma’lumotlarni topshirish lozim 

bo’ladi: 

  Kompaniyaning  nomi,  manzili  va  uning  faoliyatini  tartibga  soluvchi 



huquqiy asoslar. 

  Kompaniyani  tashkil  etuvchining  ismi-sharifi,  familiyasi  va  fuqaroligini 



ko’rsatuvchi hujjat. 

 



Kompaniyaning  ijrochi  “ishonchli  vakili”ning  ismi-sharifi,  familiyasi  va 

fuqaroligini ko’rsatuvchi hujjat. 

  Ikkala mulkdor tomonidan imzolangan ta’sis shartnomasi. 



Bermud  orollarida  jismoniy  shaxsdan  har  doim  ham  deklaratsiya  talab 

qilinavermaydi.  Faqatgina  ta’sis  etuvchining  shaxsiy  deklaratsiyasi  yoki  naf 

oluvchiga  tavsiya  berish  bilan  kifoyalanishi  mumkin.  Agar  naf  ko’ruvchiga  ishonib 

topshirilgan  mulkning  tuzilishi  murakkab  bo’lsa,  u  holda  muassis  xolding 

kompaniyalar  zanjirida faoliyat ko’rsatishi mumkin. 

Bermud  orollarida  ishonchli  boshqaruv  asosida  mulkni  boshqarish 

kompaniyalarini tashkil etish uchun  ruhsat etilgan. Bunday korxonalarni tashkil etish 

1991  yilda  qabul  qilingan  “Ishonchli  mulklarni  boshqarish  kompaniyalari 

to’g’risida”gi  qonunga  asosan  tashkil  etilib,  faoliyat  ko’rsatish  uchun  litsenziya 

berilishi talab etiladi. Litsenziya olish davrida kompaniya rahbariyati kompaniyaning 

faoliyat    ko’rsatishi  uchun  barcha  shart-sharoitlar  mavjudligini  va  bu  xizmatlar 

ko’rsatishning samaradorligi  yuqori darajada bo’lishligini isbot qilib berishi lozim.  

Bermud  orollarida  sug’urta  va  qayta  sug’urta  qilish  kompaniyalarini    tashkil 

etish  esa  xizmat  ko’rsatish  hajmi  va  sifati  bilan  baholanadi.  Bu  kompaniyalarni 

tashkil  etish  1978  yilda  qabul  qilingan  “Sug’urta  to’g’risida”gi  qonunga    asosan 

amalga  oshiriladi.  Kompaniyalar  ustavi  va  ta’sis  hujjatlari  esa  ushbu  qonunning 

talablari  asosida  ishlab  chiqiladi.  Asosiy  faoliyatning  boshqa  turlari  bilan 

shug’ullanish  uchun  esa  kompaniya  ruhsatnoma  olishi  zarur.  Ruhsatnomani  olish 

davrida  kompaniya  faoliyati  to’liq  tekshiruvdan  o’tkaziladi.  Kompaniya  o’z  ta’sis 

hujjatlarini  Bermud  oroli g’aznachiligiga topshirishdan oldin  tajribali mutaxassislar 

bilan    maslaxatlashib  olishi  lozim.  Chunki,  Moliya  vaziri  kompaniya  faoliyatining 

asosiy yo’nalishlari milliy an’analarga zid bo’lsa, kompaniyani  ro’yhatdan o’tkazish 

uchun  ruhsat  bermaydi.  Kompaniyaning  ta’sis  hujjati  ro’yhatdan  o’tkazilgandan 

so’ng  kompaniya  o’z  faoliyatini  boshlashi  mumkin.  Kompaniya  faoliyatini 

boshlashidan  oldin    ichki  boshqaruv  tuzilmalarini  shakllantirib  olishi  lozim. 

Kompaniyaning  birinchi  yig’ilishi  odatda  vaqtinchalik  direktorlar  kengashi  

vazifasini  bajaruvchi  yig’ilish  hisoblanib,  unda  ta’sischilar  tomonidan  tavsiya  

qilingan vakillar ishtirok etadi. Yig’ilishda vakillar birinchidan kompaniyaning nizom 

loyixasini  va  kompaniyaning  ichki  boshqaruv  tuzilmalariga  oid  me’yoriy-huquqiy  

hujjatlarni imzolaydi, ikkinchidan aktsiyalarni taksimlaydi, uchinchidan aktsiyadorlar 




 

yig’ilishining  bayonnomasini  va  yig’ilishda  qabul  qilingan  kompaniyaning  nomini 

ko’rsatuvchi hujjatlarni hukumat organlariga topshirish uchun qabul qiladi. 

Bermud  orollarida  Xalqaro  biznes  kompaniyalar  (International  business 

companies)  ham  faoliyat  ko’rsatib  kelmoqda.  Orollarda    faoliyat  ko’rsatayotgan 

sug’urta kompaniyalar sifatli va ishonchli ish yuritishlari bilan London, Nyu-Yorkda 

faoliyat ko’rsatayotgan sug’urta kompaniyalaridan so’ng 3 o’rinda turadi. Orollarda 

kompaniyalarni  soliq  to’lashdan  ozod  etish  Moliya  vaziri  tomonidan  amalga 

oshiriladi.  Kompaniyalar  foyda  solig’ini  kamaytirilgan  miqdorda  to’lashi  bilan  bir 

qatorda  kapitalning  o’sishidan  olinadigan  daromad  solig’ini  va  shuningdek 

aktsiyadorlar daromadidan olinadigan soliqlarni ham to’laydi. 

Britan  –  Virgin    orollari    Karib  dengizi  basseynida  joylashgan  bo’lib,  Buyuk 

Britaniya  hukumati  tomonidan  tayinlangan  gubernator  tomonidan  boshqariladi. 

Ushbu davlat jahon xo’jaligida ijtimoiy-siyosiy jihatdan tinch davlatlardir. Pul birligi 

bo’lib  AQSh  dollari  hisoblanadi.  Britan-Virgin  orollarida  butun  dunyoga  mashhur 

bo’lgan    moliya  korporatsiyalarining  (Barglays,  Deloitte  d  Touche,  KPMG,  Chase 

Manhatten)  ofislari    joylashgan.  Shuningdek  ushbu  orollarda  200  mingdan  ortiq  

kompaniyalar  ro’yxatdan o’tgan  bo’lib, ular imtiyozli soliq tizimlari asosida faoliyat 

ko’rsatadi.  Bu  kompaniyalar  ichida  sug’urta  va  keptiv  sug’urta  faoliyati  bilan 

shug’ullanuvchilar,  o’zaro  yordam  fondlari,  xolding  va  trast  kompaniyalari  va 

shuningdek  jahonning  boshqa  turli  xil  kompaniyalarining  vakolatxonalari    o’zlari 

uchun  mustaxkam  sharoitni  yaratgan  holda  faoliyat  ko’rsatib  kelmoqda.  Shuni 

unutmaslik lozimki, «offshor» biznes faoliyati shunday nozik tadbirkorlik  faoliyatki, 

bunda  faqatgina    soliq  tizimi  imtiyozlarini    emas,  balki  bu  kompaniyalarning 

faoliyatini nazorat qilib turish ham muhim  ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham 

orol ma’muriyati turli xil  mablag’larning orolga kirib kelishini nazorat qilib, oroldagi 

boshqaruv usullarni yildan-yilga takomillashtirib kelmoqda. Orol davlatining gerbida  

tasvirlangan  Buyuk Britaniya  bayrogi chet el investorlarini  turli nopok yo’llardan 

(jinoiy ishlardan) saqlab turuvchi gerb sifatida tasvirlangan. 

Britan-Virgin  orollarida  soliq  stavkalari  past  bo’lib,  aholi  jon  boshiga  to’g’ri 

keladigan  daromad  miqdori  esa  yuqoridir.  Orollarda  1  akra  (1  akra  –  0,405  ga.) 

erning    bahosi  esa  100  ming  AQSh  dollariga  to’g’ri  keladi.  Shu  bilan  birga  aholi 

ma’lumotliligining  yuqoriligi  jihatdan  ham  Karib  basseynidagi    boshqa  orollardan  

farq  qiladi.  Chunki  bu  erda    AQSh  va  Buyuk  Britaniyaning  obro’li  oliygohlarini 

bitirib  chiqkan  tajribali  mutaxassislar  xizmat  qilishadi.  Orollarda  immigrant  aholi 

yuqori bo’lib (umumiy aholining 51-52 %ini tashkil etadi) asosan Karib basseynining 

sharqiy  rayonlaridan  kelgan  Dominikan  Respublikasining  fuqarolaridir.  Agar  shu 

tendentsiyalar  orollarda  davom  etaversa,  tez  orada  mahalliy    aholining 

assimilyatsiyasi,  ya’ni  urf-odatlari  mutlaqo  yo’qolib  ketishi  ham  mumkin.  Shuning 

uchun ham mamlakatda hozirgi kunda immigratsiyaning qonun- qoidalariga bir qator 

o’zgartirishlar kiritilmoqda. 

Britan-Virgin    orollari  davlati  moliya  va  turizm  sohalari  bo’yicha    xizmatlar 

ko’rsatishdan  yiliga  200  mln.  AQSh  dollari    miqdorida  daromad  ko’radi.  80-90-

yillarda orolning offshor mexanizmini  shakllantiruvchi xalqaro biznes kompaniyalari 

garchi qisqa muddatli inqirozlarni boshdan kechirgan  bo’lsada, jahon davlatlari bilan 

iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirib kelmoqda. 




 

Nauru  davlati  Tinch  okeani  havzasining  markazida,  ya’ni  ekvatordan  42  km. 

janubda  va  167  gradus  sharqiy  uzunlikda  joylashgan.  Nauru  oroliga  eng  yaqin  

joylashgan  orol  Oshen  hisoblanib,  ushbu  orollar  o’rtasidagi    masofa  300  km.ni, 

Avstraliyaning  Melburn shahridan  esa 4000 km.ni tashkil etadi.  Bu orolga birinchi 

bo’lib  kelgan  evropaliklar  Nauru  orolining  guzal  tabiati  va  iqlimini,  aholisining 

mehmondo’stligini juda yoqtirib qolishgan edi. Shuning uchun ham Nauru oroliga kit 

ovlovchilar va savdo kemalari tez-tez kirib turishadi. 

Nauru  dunyodagi yagona poytaxtsiz davlat bo’lib, uning umumiy maydoni  21 

kv.km.ni,  orol  aylanasining  uzunligi    esa  19,3  km.ni  tashkil  etadi.  Shuning  uchun 

ham  bu  orol  Buyuk  Britaniya  qo’shma  qirolligining  eng  kichik    a’zo-davlatlaridan 

biri hisoblanadi. Bu mamlakatda ishsizlar sinfi deyarli yo’q, chunki  1907 yildan  beri 

faoliyat ko’rsatib kelayotgan fosfor konlari  deyarli barcha aholini ish bilan ta’minlab 

buribdi.  Ushbu  konlarda  ishlayotgan  ishchilarning  jon  boshiga  to’g’ri  keladigan 

daromadlari garchi yuqori bo’lsada, biroq Katta Erdan uzoqda joylashganligi sababli 

aholining turmush darajasi birmuncha past. Aholining transport vositasi bo’lib asosan 

mototsikl hisoblanadi, chunki unda butun bir orolni aylanib chiqish mumkin. 

Nauru mamlakatida erga to’laligicha egalik qilish huquqi faqatgina tub aholiga 

ruhsat  etilgan.  Qishloq  xo’jaligi  va  sanoat  sohalarini    rivojlantirish  uchun  Nauru 

mamlakatiga  kapital  kiritish  unchalik  samara  bermaydi.  Chunki  bu  erda 

makroiqtisodiyotning ushbu sohalarini rivojlantirish  uchun imkoniyatlar etarli emas. 

Shuning  uchun  ham  Nauru  mamlakatida  faqat  savdo  va  xolding  kompaniyalari, 

banklar,  sug’urta  kompaniyalarini  tashkil  etish  va  faoliyat  ko’rsatishi  maqsadga 

muvofiqdir. 




Download 279.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling