Jahon tajribasi
Malta erkin iqtisodiy hududi
Download 279.11 Kb. Pdf ko'rish
|
investitsiyad
17.6. Malta erkin iqtisodiy hududi Malta davlati O’rta er dengizining markaziy qismida joylashgan orollardan biri bo’lib, barcha dengiz yo’llarining kesishgan qismida joylashgan. Uning geografik jihatdan qulay joyda joylashganligi orolni yirik xalqaro savdo markazlaridan biriga aylanishiga olib keldi. Malta orolida hunarmandchilik tashkil topdi, dengiz flotlarga keng ko’lamda xizmat ko’rsatish ishlari rivojlandi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, Malta chet ellik kemalarni ro’yhatdan o’tkazish borasida jahonda birinchi o’nlikka kiradi. Ortib jo’natilgan tovarlarning umumiy miqdori 2007 yilda 1987 yilga nisbatan 8-9 barobar o’sgan. Bu ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, Malta hukumati dengiz tovaraylanmasida o’z obro’sini saqlab turish uchun kemalarga servis xizmatlarini ko’rsatish, ekspluatatsiya qilish va qayd etishni o’z vaqtida va hech bir qiyinchiliklarsiz tashkil etishni to’g’ri yo’lga qo’ygan. Maltaning dengizda ko’rsatadigan faoliyati asosan dengiz mahkamalari tomonidan muvofiqlashtirib turiladi. Bu mahkamalar dengiz markazlari ham hisoblanib, o’z tarkibiga ma’muriy, huquqiy, soliq va infratuzilma faoliyatini boshqarish xizmatlarini ham qo’shib olgan. Chet ellik kema korxonalarini ro’yhatdan o’tkazishning tartib qoidalari asosan 1973 yilda qabul qilingan «Buyuk Britaniya» qonunchiligiga asoslangan «Malta» offshor zonasi to’g’risidagi qonunning 234-moddasida o’z aksini topgan, ushbu modda tijorat kema faoliyati to’g’risidagi dalolatnoma asosida nazorat qilib turiladi. Har qanday kema, ya’ni oddiy yaxtalardan tortib, neft tashuvchi tankerlarga qadar 12 Malta bayrog’i ostida ro’yhatdan o’tkaziladi, agar bu savdo Maltada huquqiy yoki jismoniy shaxsning mulki bo’lib hisoblansa. Kema birnchi marotaba 6 oyga, keyinchalik bu muddat yana 6 oyga cho’zilib to’liq hujjatlar asosida ro’yhatdan o’tkaziladi. Bundan tashqari kemalar “berbout-charter” ko’rinishida ham ro’yhatdan o’tkazilishi mumkin. Bu holda kema Malta bayrog’i ostida chet ellarda ham faoliyat ko’rsatish huquqiga ega bo’ladi. “Malta” offshor hududida faoliyat ko’rsatayotgan ikki hissador va bitta kompaniyani millati va fuqaroligidan qatiy nazar tayinlangan direktor boshqarishi mumkin. Kompaniyani vaqtinchalik ro’yhatdan o’tkazish uchun quyidagi hujjatlar, ya’ni kompaniyani ro’yhatdan o’tkazish to’g’risidagi ariza, kema maltalik fuqaroga yoki huquqiy shaxsga tegishli ekanligini tasdiklovchi hujjat, mulkdorning deklaratsiyasi, kemaning sifat ko’rsatkichlari to’g’risidagi ma’lumotnoma va hokazolar talab etiladi. Kompaniyani doimiy ro’yhatdan o’tkazish uchun esa kemaning sertifikati va oxirgi marta ro’yhatdan o’tgan mamlakat to’g’risidagi ma’lumotnoma talab etiladi. Quyida berilgan jadvalda ko’rinib turibdiki, taqqoslash uchun uchta aktsiyador tanlab olingan. Birinchi aktsiyadorni shartli ravishda biz A deb belgilaymiz. A- aktsiyador Malta davlatining rezidenti hisoblanib, 10 % aktsiya paketiga ega. Ikkinchi aktsiyadorni shartli ravishda biz B deb belgilaymiz, bu aktsiyador norezident hisoblanib, u 40 % aktsiya paketiga ega. Uchinchi aktsiyadorni shartli ravishda biz V deb belgilaymiz, bu aktsiyador Malta davlatining kompaniyasini to’lig’icha sotib olgan norezident hisoblanib, u 50 % aktsiya paketiga ega (10-jadval).
Download 279.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling