Jahon tarixi “eng yangi tarix” fani bo`yicha I qism (1918-1945-yillar) kirish


-§. Ikkinchi jahon urushi arafasida Avstriya


Download 1.71 Mb.
bet17/79
Sana04.11.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1745360
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79
Bog'liq
JAHON TARIXI eng yangi ma\'ruza matni

4-§. Ikkinchi jahon urushi arafasida Avstriya
1933 yil yanvarida Germaniyada Gitlerchilarning hokimiyat tepasiga kelishi va terroristik siyosati Avstriya hukumatini rag‘batlantirib yubordi. 1933 yil 15 martda Dolfus parlamentni tarqatib fashistik diktatura o‘rnatdi. Xeymver rasmiy suratda tanilib, yordamchi politsiyaga aylantirildi, uning soni 100 ming kishiga yetkazildi. Dolfus hukumati Italiya fashist hukumati bilan yaqin aloqa o‘rnatdi. 1933 yilda Dolfus Mussolini bilan uch marta uchrashdi. Italiya-Avstriya-Vengriya ittifoqi tuzildi. Fashistik diktaturani mustahkamlash maqsadida hukmron sinflar 1934 yil 1 mayda yangi konstitutsiyani qabul qildilar. Avstriyada Italiyadagidek fashistik korporativ tuzum o‘rnatildi. Avstriya avtoritor davlat deb e’lon qilindi. Bu davlat hokimiyatga ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishga asoslangan davlat edi. Qonun chiqarish deyarli prezident ixtiyoriga topshirildi. Ishchilar siyosiy huquqlardan butunlay mahrum qilindi. Fashistik «vatan fronti» birdan-bir siyosiy partiya deb tanildi. Dolfus hukumatining Mamlakatda mustahkam tayanchi yo‘q edi. U asosan Avstriya fashistlarining italiyanparast qismiga suyanar edi. 1934 yil 17 martda Italiya-Avstriya-Vengriya o‘rtasida aloqa va maslahatlashib turish maqsadida ahdnoma-Rim protokoli imzolandi. Avstriya hukmron, doiralari mamlakatning milliy manfaatlariga xiyonat qildilar. Avstriya fashistik Italiyaga qaram bo‘lib qoldi. Shunday vaziyatda «anshlyus» tarafdorlari bo‘lgan germanparastlar, Avstriyadagi gitlerchilari tarafdorlari bo‘lgan natsistlar isyon ko‘tarib, Avstriyani Germaniyaga qo‘shib olish rejasini amalga oshirishga urindilar. Germaniya fashizmining ko‘rsatmasiga muvofiq 1934 yil 25 iyulda Avstriya natsistlarining qurolli guruhi isyon ko‘tardi. Natsistlar radiostansiyaga va hukumat binolariga hujum qildilar. Isyonchilar kansler Dolfusni o‘ldirdilar va hokimiyatni qo‘lga olishga urindilar. Shtiriya va Karintiyada ham shunday isyonlar ko‘tarildi. Germaniya qo‘shinlari anshlyussni amalga oshirish maqsadida Avstriyaga bostirib kirishga tayyorlandilar. Lekin Avstriya gitlerchilari va Germaniya o‘z maqsadlariga erisha olmadilar. Avstriya hukumat qo‘shinlari isyonni bostirdi. Avstriya Italiyaning roziligisiz atrofdagi mamlakatlar bilan muzokoralar olib bormaslik majburiyatini oldi. Lekin keyinchalik Musollinining Gitler bilan yaqinlasha boshlagani sababli Shushning hukmati germanparast elementlar bilan yaqinlasha boshladi. Italiyaning Habashiston urushida (1935-1936 yillar) zaiflanib qolganligi va Germaniyaning harbiy jihatdan kuchayib borayotganligi sababli Shushning hukumati uzil-kesil Germaniya tomon burildi. 1936 yil 11 iyulda Avstriya bilan Germaniya o‘rtasida «Normal va do‘stlik aloqalarini tiklash to‘g‘risida» shartnoma imzolandi. Gitler hukumati Avstriya suverenitetini tan oldi. Shunga binoan, Avstriya rasman mustaqil davlat bo‘lib qolsada, amalda u Germaniya ta’siridagi mamlakatga aylandi. Shushning hukumati Avstriya natsional sotsialistlariga yana legal ishlash huquqini berdi. Gitler agentlari Avstriya davlat organlariga va armiyaga ko‘plab suqilib kirdilar. Avstriya siyosati Germaniya manfaatlariga bo‘ysundirildi. 1938 yil boshidan e’tiboran nemis fashist matbuoti Avstriyani Germaniyaga qo‘shib olish kompaniyasini kuchaytirib yubordilar. 1938 yil 12 fevralda Shushning Gitler huzuriga chaqirildi va unga ultimatum topshirildi. Gitler Shushningdan qamoqqa olingan barcha natsistlarni ozod qilishni, natsist Zeys Inkvartni ijtimoiy tartib va xavfsizlik ministri qilib tayinlashni, natsistlarning agitatsiyasiga to‘la erkinlik berishni talab qildi. Shushning oldida Gitler Keytelni chaqirib uning Avstriyaga bostirib kirishga tayyor turgan qo‘shinlar haqidagi axborotini tingladi. Shushning Gitler talablarini qabul qildi. Venada va boshqa shaharlarda ish tashlashlar, namoyishlar va mitinglar bo‘lib turdi, 1 mln 600 ming kishi Shushning siyosatiga qarshi yozilgan xujjat memorandumga qo‘l qo‘yib, mamlakat mustaqilligini saqlab qolishga tayyor ekanligini bildirdilar. Shushning xalq ommasining qat’iy talabiga muvofiq Avstriyaning mustaqilligi masalasida 13 martda plebissit o‘tkazishni e’lon qilishga majbur bo‘ldi. Shushning Gitlerning talablarini qabul qilib, iste’fo berdi va radio orqali so‘zlab, armiya bilan xalqni nemis qo‘shinlariga qarshilik ko‘rsatmaslikka da’vat etdi. Natsist Zeys Inkvart Avstriyaning yangi kansleri qilib tayinlandi. 11 mart kuniyoq 250 ming kishilik nemis armiyasi Avstriya chegarasidan o‘tib uni ishg‘ol qildi. 13 martda Zeys Inkvart hukumati chiqargan qonunda Avstriya Germaniyaning bir qismi deb e’lon qilindi. O‘sha kuni Gitler Avstriyani Germaniya tarkibiga qo‘shdi. 10-aprelda esa Gitler terror va shovinistik kayfiyat avj oldirilgan bir sharoitda Avstriya va Germaniyada plebissit o‘tkazib, Avstriyaning Germaniyaga qo‘shib olinganligini «qonunlashtirdi». Shu tariqa butun bir davlat Yevropa xaritasidan yo‘qotildi, hatto Avstriya nomi ham o‘chirildi. Avstriya 7-oblast (GAU)ga bo‘lindi. «Ostmark» (Sharqiy marka) nomini oldi. Ostmark hududi Gitler bosqinining muhim strategik rayoni bo‘lib qoldi. Avstriya boyligi, harbiy sanoat potensiali va armiyasi Gitler Germaniyasi ixtiyoriga o‘tdi.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling