Jahon tarixi “eng yangi tarix” fani bo`yicha I qism (1918-1945-yillar) kirish


Sovet davlati va uning parchalanishi


Download 1.71 Mb.
bet69/79
Sana04.11.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1745360
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79
Bog'liq
JAHON TARIXI eng yangi ma\'ruza matni

Sovet davlati va uning parchalanishi

SSSR fashistlar Germaniyasini mag‘lubiyatga uchrashida asosiy rol o‘ynadi. Biroq g‘alaba katta talofatlar xisobiga qo‘lga kiritildi. Chunonchi, SSSR ning 27 mln fuqarosi xalok bo‘ldi. Xalok bo‘lganlarning 11,5 mln ga yaqin askarlar edi.


Bundan tashqari SSSR milliy boyligining uchdan bir qismini yo‘qotdi. Sanoatning xalq istemoli maxsulotli ishlab chiqarish soxasi keskin kamaydi. Qishloq xo‘jalik maxslotlari ishlab chiqarish xajmi urushdan avvalgi darajaga nisbatan 40% foizga kamaydi.
Endi Sovet davlati oldida mamlakat xo‘jaligini tiklash vazifasi turar edi. Shu maqsadda SSSR Oliy Sovet xalq xo‘jaligini rivojlantirishning to‘rtinchi besh yillik ish rejasini qabul qildi. Qattiq markazlashtirilgan raxbarlik xamda SSSR tarkibidagi xalqlarning fidokorona mexnati tufayli sanoat ishlab chiqarish xajmi 1950 – yilda urushdan oldingi darajadan oshib ketdi (73 foizga).
Ayni paytda sanoatning tez suratlar bilan rivojlanishi mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan ko‘p millionli sovet tutqinlarining xamda 1,5 mln. Nemis, 0,5 mln yapon xarbiy asirlarining tekin mexnati, Germaniyadan undirilgan 4,3 mlrd dollar xajimdagi tovon, shuningdek kapital mablag‘ asosiy qismining sanoatga yo‘naltirganligi xam katta rol o‘ynadi.
Urushdan keyingi yillarda yana o‘zgacha o‘zgacha fikrlovchi kishilarni qatag‘on qilish boshlandi. O‘zgacha fikrlovchilarni qatag‘on qilish – totalitar sotsializimning yo‘ldoshidir. Chunki totalitar sotsializm – kuchga xamda yolg‘on aqidalarga asoslangan jamiyat. Biroq xar bir davrda totalitar sotsializm ximoyachilari qatag‘on boshlash uchun baxona sifatida nimanidir asos qilib oladilar. Urushdan keyingi qatag‘onlarda xam shunday qilindi.
Xo‘sh, bu safargi qatag‘onga nimalar asos qilib olindi? Sovet ziyolilari urushdan keyin chuqur iqtisodiy va siyosiy isloxotlar o‘tkazilishiga umid qildilar. Ularning malum qismi CCCR da xam, G‘arbdagi kabi, erkin jamiyat qaror topishini istadilar. Ayni paytda bunday chuqur o‘zgarishlarga isloxotlar yo‘li bilan erishishni taklif xam etganlar. BMT ning 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Inson xuquqlari umumjaxon deklaratsiyasi” ni SSSR xam imzolagani ularda bunday umidni paydo qilgan edi.
Iqtisodiy isloxotlar borasida ziyolilarning bir qismi korxonalar o‘rtasida raqobat sharoitini vujudga keltirishni, xissadorlik jamiyatlarini tuzishni, davlat taminotini bekor qilishni, xususiy savdoni yo‘lga qo‘yishni, erkin narx joriy etilishini, kolxozlar mol-mulkini va ularga berilgan yerlarni oilalarga bo‘lib berish yo‘li bilan kolxozllarni amalda tugatilishini taklif etdilar. Siyosiy soxada esa muqobil saylov, raxbarlikga saylanuvchilarning vakolat muddati cheklanishi, milliy (aslida mustamlaka) rkspublikalarga esa ularning xuquqlarini kengaytirish xaqidagi takliflarni ilgari surdilar.
Biroq SSSR raxbariyati bu taklifni sotsializmni ichdan qo‘porish taklif mualliflarini esa sotsializmga qarshi unsurlar deb baxoladi. Bu esa yangi qatag‘onlar kompaniyasining boshlanishiga turtki bo‘ldi. Natijada ziyolilarning minglab ilg‘or qismi partiya–sovet xodimlari , respublikalarning milliy kadrlari qatag‘onga uchradi.
O‘zbekistonliklar xam qatag‘ondan chetda qolmadi. Xususan 1951–yilda mustabid tuzumning tayanchi bo‘lmish xavafszlik xizmati go‘yo respublika “Yozuvchilar yushmasi” da ayrim matbuot organlariga “uya qurgan” 12 kishidan iborat “sovetlarga qarshi millatchi gurux”ni “fosh” etdi.
Davlat xavfsizlik xizmatining ushbu “faoliyati” natijasida yozuvchi va shoirlar Shukurullo, Shuxrat, Shayxzoda, adabiyotshunos olim X.Sulaymon qamoqqa olindi va sovetlarga qarshi millatchilik faoliyatida ayblanib, 25 yilga xukm qilindilar.
SSSR da 1930 – 1953 yillar oralig‘ida jami 3.8 mln ga, yaqin kishi qatag‘on etildi. Ulardan 800 minga yaqini otib tashlandi. O‘zbekistonda 1937-1953 – yillarda 100 ming kishi qatag‘on etildi. Ularning 15 mingi otib tashlandi. Islom Karimov Toshkentdagi “Shaxidlar Xotirasi” yodgorlik majmuasining ochilishi marosimida bu daxshatli xolatni tariflab “zulm va zo‘ravonlikga qurilgan mustabid beshafqat tuzum davrida o‘zligini, millat qadr–qimmatini teran anglagan ijtimoiy–siyosiy ongi yuksak, xalqni uyg‘otishgga xalqni boshqarishga qodir bo‘lgan, marifat va manaviyat yo‘lida fidoiylik ko‘rsatgan barcha aql–zakovat soxiblarining ... ” qancha – qanchalari jismonan yo‘q qilingaligini takidlagandi.
To‘g‘ri 1953 yilda I.Stalin vafot etgach, turli yillarda qatag‘on etilganlar oqlandi. Biroq mustaqil fikrlovchi shaxslarni qatag‘on qilish I.Stalin davridagidek ommaviy va qonli tusda bo‘lmagan bo‘lsa-da 70-80–yillarda xam davom etdi. Ular yakka Ular yakka-yakka tartibda ta’qib etildi. Ular ustidan turli jinoiy ishlar uyushtirildi va majburan ruxiy kasalliklar kasalxonalariga yotqizildi. Dunyo jamoatchiligiga taniqli bo‘lganlar uy qamog‘ida yoki badarg‘ada saqlandi. Ba’zilar mamlakatdan chiqarib yuborildi.
I.Stalin vafotidan so‘ng raxbarlik lavozimini N.Xrushyov egalladi. U 1956-yilda bo‘lib o‘tgan KPSS ning XX sezdida I.Stalin shaxsiga sig‘inish va uning oqibatlarini qattiq qoraladi. Mamlakatning ilg‘or qismi chuqur iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar amalga oshadi, deb yana bir bor umid bilan qaray boshladi. Biroq ularning umidlari oqlanmadi. Mamlakatda stalinizm yangi ko‘rinishda davom etaverdi.
KPSS ning 1959-yilda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari XXI sezdi SSSR da sotsializm «to‘la va uzil-kesil g‘alaba qozondi», degan xulosaga keldi. Bunga mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida ro‘y bergan sezilarli ijobiy yutuqlar asos qilib olindi.
Aslida bu kommunitslarning navbatdagi xomxayoliari edi. Sovet davlatining keyingi butun taraqqiyoti buni tasdiqladi. Biroq 1959-yildan boshlab bu xomxayol xodisa ulkan tarixiy g‘alaba, deb talqin etildi. Bu jozibador xulosa sovet raxbariyati tomonidan yanada xomxayol bo‘lgan boshqa xulosa ilgari surilishiga asos bo‘ldi. Bu — SSSR ning endi kommunitsik jamiyat qurilishi keng avj oldirilgan davrga qadam qo‘yganligi xaqidagi xulosa edi.
Va, nixoyat, KPSS ning XXII sezdida (1961-yil) KPSS ning yangi dasturi — Kommunizm qurish dasturi qabul qilindi. Xo‘sh, kommunistlar fikricha, kommunizm qanday jamiyat edi?
Birinchidan, bu - ishlab chiqarish vositalari to‘la umumxalq (aslida davlat) mulki bo‘lgan jamiyat edi.
Ikkinchidan, bu — jamiyatning barcha a’zolari ijtimoiy jixatdan batamom teng bo‘lgan sinfsiz jamiyat edi.
Uchinchidan, bu — ijtimoiy boylikning barcha manbalar mo‘l-ko‘l bo‘lgan, to‘lib-toshib turadigan va, natijada, xar kim qobiliyatiga yarasha ishlaydigan, lekin jamiyat boyligidan xar kim extiyojiga yarasha ulush oladigan jamiyat edi.
To‘rtinchidan, bu — mexnat qilish xamma uchun birinchi xayotiy extiyoj, anglangan zaruriyat bo‘lib qoladigan jamiyat edi.
Dasturda kommunizm qurish uchun quyidagi 3 ta ulkan vazifani bajarish zarurligi ta’kidlandi:
-kommunizmning moddiy-texnika bazasini yaratish;
-yangi ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirish;
-yangi kishini tarbiyalash.
KPSS dasturida bundanda battarroq xomxayol orzular ilgari surildi. Chunonchi: a) 1960—1970-yillar oralig‘idagi o‘n yil ichida iqtisodiy taraqqiyotda AQSH ga yetib olish va undan o‘zib ketish; b) 1970—1980-yillar oralig‘idagi o‘n yil ichida kommunizmning moddiy-texnika bazasini yaratish. Vaqt tez orada KPSS va sovet davlati raxbariyati ilgari surgan yuqoridagi vazifalar xomxayol ekanligini tasdiqlay boshladi. Bu esa oliy raxbariyat o‘rtasida ziddiyatlarni kuchaytirdi. Buning oqibatida 1964-yilda N.Xrushyov vazifasidan olib tashlandi.
Xokimiyat L. I. Brejnev qo‘liga o‘tdi. Uning davrida iqtisodiy isloxot o‘tkazilishiga urinildi. Biroq bu isloxot mamlakat iqtisodiyotini tubdan qayta qurishni anglatmas edi. Mafkura iqtisodiyotni chulg‘ab olgan bir sharoitda bu tabiiy xol edi. Chunki qotib qolgan, xayotdan orqada qolgan kommunistik mafkura xar qanday tub isloxotni sotsializm asoslariga zarba deb baxolardi.
KPSS ning kommunizm qurish rejasi barbod bo‘lgach, L.I.Brejnev KPSS ning XXIV sezdida (1971-yil) «rivojlangan sotsializm nazariyasini ilgari surdi. Bu nazariyada kommunizm uzoq kelajakda quriladigan jamiyat, deb izoxlandi. Ungacha jamiyat sotsializm va kommunizm oralig‘ida rivojlangan sotsializm bosqichini bosib o‘tishi lozimligi «asoslandi». Xayot, vaqt bu nazariyaning xam soxta ekanligini tasdiqladi.
SSSR ning iqtisodiy taraqqiyoti borgan sari pasaya boshladi va unda turg‘unlik xolati vujudga keldi. Buning asosiy sababi ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotning ilmiy-texnika inqilobi natijalarini qabul qila olmaganligi bo‘ldi. Natijada bu iqtisodiyot katta xarajat talab etadigan va kam samara keltiradigan iqtisodiyotga aylanib qoldi.
1982-yilda L. Brejnev vafot etgach, qisqa vaqt ichida yana ikki raxbar almashdi. Bular
Y. Andropov va N. Chernenko edilar. Ularning xar ikkisi xam og‘ir kasal edilar. Biroq davlat qonunga bo‘ysunmaydigan jamiyatda og‘ir kasal kishilarning xokimiyat tepasiga kelib qolishi tabiiy xoldir.
Nixoyat, 1985-yil mart oyida M.S.Gorbachyov KPSS ning Bosh kotibi lavozimini egalladi. Shu yilning aprel oyida u qayta qurish va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish dasturini ilgari surdi. Unga ko‘ra, 15 yil ichida (1985-2000) SSSR ning iqtisodiy qudrati 2 baravar ortishi, ya’ni 15 yil ichida sovet davlati yashab kelayotgan 70 yil davomida erishilgan darajaga teng iqtisodiy qudrat yaratilishi kerak edi.
Jadallashtirish dasturining amalga oshishi 3 omilga tayanar edi. Bular:
- korxonalar mustaqilligini kengaytirib, ularni xo‘jalik xisobiga va o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlashga o‘tkazish;
- mexnatning mazmuni va xarakterida, odamlarning moddiy va ma’naviy turmush sharoitlarida chuqur o‘zgarishlar qilish, samaradorlikka qarab xaq to‘lash;
- oshkoralik, ya’ni siyosat, ijtimoiy va mafkuraviy muassasalar tizimini faollashtirish.
Aslida jadallashtirish dasturi xam KPSS va Sovet davlati raxbariyatining yana bir xomxayol, orzusi bo‘lib chiqdi. Chunki iqtisodiyotda bozor munosabatlarisiz bu vazifalarni amalga oshirib bo‘lmas edi. Buning ustiga SSSR axolisi ongi yangi — bozor iqtisodiyotini qabul qilishga tayyor emas edi. 1988-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi, 1990-yildan boshlab esa sanoat ishlab chiqarishi pasaya boshladi.
Budjet taqchilligi 100 mlrd. so‘mdan ortdi. Davlatning oltin zaxirasi 6 yilda (1985—1991) 10 baravar kamaydi va u atiga 240 tonnaga tushib qoldi. Axolining turmush darajasi shiddat bilan pasaya boshladi. Shunday sharoitda M.S.Gorbachyov «insonparvar, demokratik sotsializm» qurilishini e’lon qildi. Biroq endi uning cho‘pchaklariga deyarli xech kim ishonmay qo‘ydi. Ittifoq davlati oliy raxbariyati va organlari axoli ko‘z o‘ngida obro‘ etiborini, ishonchni yoqotib qo‘ydi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling