Jahon tarixi “eng yangi tarix” fani bo`yicha I qism (1918-1945-yillar) kirish
Download 1.71 Mb.
|
JAHON TARIXI eng yangi ma\'ruza matni
Imperiya merosini taqsimlash
Tanazzulga yuz tutgan ideokratik imperiyaning merosi mamlakat, jamiyat, mafkuralar «real sotsializm» iqtisodiyoti va davlatining xarobalaridan iborat bo‘ldi. Bu xarobalar Yevrosiyo shimoli-sharqidagi 22403,2 ming kvadrat kilometrga yoyilgan edi. Bu hududda qisman o‘zlashtirilgan dunyo tabiiy resurslarining 27%i joylashgan, ammo uning hududining 70%ini muzloq yerlar va ekologik ofat o‘choqlari qamrab olgan edi. Aholisi 280 million, 130 millatni o‘z ichiga olgan va umuman yuqori darajadagi umumiy savodxonlikka ega bo‘lgan mamlakat edi. Ammo bu savodxonlikni sog‘lom edi deyish qiyin. Deyarli hamma joyda sanoat ishchilari yetarli bo‘lsada, ammo yuqori texnologiya xodimlari juda tanqis edi. Eng asosiysi ulardagi mehnatga munosabat axloqi past darajada edi: mehnat unumdorligi va mahsulot sifatiga javobgarlik yo‘q edi. Ko‘pchilik ongida o‘n yillab davomida tarbiyalangan «tekischilik», huquq va mulkka e’tibor bermaslikka moyillik ustunlik qilardi. Bu hokimiyatni ilohiylashtirish va ijtimoiy boqimandalik, mas’uliyatsizlik, bardoshsizlik va zo‘ravonlik bilan uyg‘unlashtirilgan edi. O‘zgarishdan keyin ham juda oz kishilar o‘z manfaatlarini anglab, vaziyatga to‘g‘ri baho bera olishdi. Fuqarolardagi ichki erkinlik allaqachon erishilgan tashqi erkinlikdan ancha orqada edi. Respublikalardagi turli millat vakillari bo‘lgan fuqarolar o‘zlarini yagona xalq deb anglamay ular, qaysi millatga mansublikka ko‘proq e’tibor berishardi. Ko‘plab sondagi elatlar taraqqiyotning turli bosqichlarida turardi, ular turli ijtimoiy shaklda edilar. Ularning ba’zilari yo‘qolib borayotgan edi. Elatlararo munosabatlar oddiy masala emas edi va bir qator mintaqalarda to‘qnashuvlar oqibatida anchagina murakkablashgan edi. Sovet mafkurasining tanazzulga yuz tutganidan so‘ng yuzaga kelgan va faollashgan turli xildagi mafkuraviy-siyosiy yo‘nalishlarning hech biri gegemonlik qilishga qodir emas edi. Omma «real sotsializm» kamchiliklari va tuzum jinoyatlarini, sovuq urushda va eng rivojlangan mamlakatlar bilan bellashuvda SSSRning mag‘lubiyatini to‘la tushunib yetmagan edi. Bunday holat imkoniyatlarga to‘g‘ri baho berish va noto‘g‘ri da’volardan voz kechishga xalaqit berdi. Ko‘pchilik oligarxiya va kompartiyalar o‘rtasidagi farqni, shuningdek, partiyalar va xalqlarning har birining javobgarligi nimadaligini tushunmas va parchalangan tuzum jinoyatlarini odil jazolashni eplay olmas edi. Sobiq sovet respublikalarida kommunistlar faoliyati davom etdi, ro‘znoma va teatrlarning «kommunistcha» nomlari, sobiq tuzum bayramlari (inqilob, birinchi may, komsamol, chekistlar va boshqalar), «sovet vatanparvarligi» yodgorliklari va tuyg‘ulari saqlandi. «Real sotsializm» davrida voyaga yetgan yoshlardan tortib keksalarning xotiralarida avlodlarda, yoshlikdan A.Chexov aytganidek, «o‘tmish qanday bo‘lgan bo‘lishidan qatiy nazar, xotiralarda faqat jonli, ta’sirli va shodli lahzalargina qoladi»... Markazlashgan boshqaruvdan mahrum bo‘lgan barcha aylanma vositalar, strategik xom ashyoni qazib olish, qurol va harbiy materiallarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan va yuqori texnologiyalar o‘choqlariga ega bo‘lgan qudratli sanoat butunlay to‘xtab qoldi va respublikalar hududlari bo‘ylab parchalanib qoldi. Biron bir respublikada yagona, yaxlit va yirik ishlab chiqaruvchi kompleks qolmadi. Faqatgina parchalanib ketgan harbiy-iqtisodiy obyektlar va fuqarolik ishlab chiqarish elementlari bor edi, xolos. O‘zaro kam bog‘langan yoki umuman bog‘lanmagan korxonalarni yagona milliy iqtisodiyotga birlashtirish uchun respublikalardan jiddiy sa’yi-harakat va vaqt talab qilinar edi. Bu sanoat dastgohlarining ko‘pchiligi eskirganligi, harbiy ishlab chiqarishni fuqarolik ishlab chiqarishiga o‘tkazish uchun vositalarning yo‘qligi bilan yanada og‘irlashdi. Qishloq xo‘jaligi hamma joyda samarasiz bo‘lib qolgan edi. Respublika va muxtoriyatlar bo‘ylab parchalangan va yagona partiyaviy markazdan mahrum bo‘lgan sovetlar tizimi mazmunsiz sarqitga aylanib qoldi. Respublikalarda suverenitetga mos bo‘lgan davlat apparati o‘rnida ilgarigi idoralarning xarobalari bor edi. 1988-1991 yillardagi «real sotsializm» tanazzuli va SSSRning parchalanishi natijasida Yevrosiyoning shimoli-sharqidagi ulkan hududda 15 ta mustaqil davlat paydo bo‘ldi. SSSRning rang-barang hududi, aholisi va ishlab chiqarishini meros qilib olgan respublikalar o‘z yo‘llarini izlashni ularga meros sifatida berilgan muammolarni hal etishdan boshlashlari, «real sotsializm» xarobalari ustida o‘z kelajaklarini qurishlari kerak edi. Har bir respublikaga o‘z hududi va undagi tabiiy boyliklar, aholi, ishlab chiqarish korxonalari va turli darajadagi aholi jon boshiga YAIM ko‘rsatkichi nasib etdi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling