Jahon tarixi “eng yangi tarix” fani bo`yicha I qism (1918-1945-yillar) kirish
-§. Stabillashuv yillarida Avstriya
Download 1.71 Mb.
|
JAHON TARIXI eng yangi ma\'ruza matni
2-§. Stabillashuv yillarida Avstriya
Avstriyada beqaror stabillashuv 1925 yildan boshlandi. Lekin inqiroz davom etdi. Hukumat inqirozdan qutulish maqsadida chet el davlatlariga Millatlar ittifoqiga yordam so‘rab murojaat qildi. 1924 yil 4 oktabrda Jenevada Avstriya bilan Angliya, Fransiya, Italiya va Chexoslovakiya o‘rtasida bitimlar imzolandi. Jeneva bitimlariga muvofiq Avstriyaga iqtisodiy va moliyaviy jihatdan yordam berish uchun oltin bahosida 650 mln kron uzoq muddatli zayom berildi, reparatsiya to‘lash muddati 20 yilga uzaytirildi. 1923 yilda Rurning Fransiya tomonidan okkupatsiya qilinishi natijasida G‘arbiy Germaniya sanoatining og‘ir ahvolda qolishi munosabati bilan Avstriyadan temir va metal buyumlari ko‘p eksport qilindi. Natijada mamlakatning xo‘jalik ahvoli bir muncha yaxshilandi. Biroq, Rur okkupatsiyasi tamom bo‘lishi bilan Avstriya eksportining qisqarishi orqasida 1924 yilda yangi iqtisodiy inqirozi so‘ngra depressiya boshlandi. 1927 yili Avstriya sanoat ishchilarining 1|3 qismi ishsiz qoldi. Faqat 1928 yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi rivojlanib, urushdan oldingi darajaga yetdi. Sotsial-demokratik partiya siyosati va taktikasi Avstriya burjua reaksiyasiga juda ham qo‘l keldi. Mamlakatda fashistik tendensiya va fashistik tashkilotlari kuchaya bordi. Hukmron doiralar ishchilar harakatiga qarshi kurash olib borish uchun fashist tashkilotlarining o‘sishiga yo‘l ochib berdi. German fashizmining to‘g‘ridan-to‘g‘ri agentlari bo‘lgan natsist gruppalar va partiya rasmiylashdi va aktivlasha bordi. Buning ustiga xeymver va frontaviklar (jahon urushi qatnashchilarining qolgan qismlari) ko‘plab qurollantirildi, fashistik xeynver natsistlarning terrori kuchaya bordi. Sotsial demokratiya esa fashizmga qarshi kurash niqobi ostida 1923 yilda yangi harbiylashtirilgan tashkilot Shutsbund (himoya qilish soyuzi) tuzdi. Fashizmga qarshi kurash maqsadida unga juda ko‘p ishchilar va kommunistlar kirdilar. Shutsbund a’zolarining soni tezda yuz ming kishidan oshdi. Lekin sotsial demokratiya liderlari 1925 yilda Shutsbenddan kommunistlarni chiqarib yubordilar. Shutsbund amalda burjuaziya reaksiyasiga xizmat qildi va inqilobiy harakatga qarshi qaratildi. Shober 1929 yil sentabrda hokimiyat tepasiga keldi u sotsial demokratiyaning qo‘llab-quvvatlashi bilan konstitutsiyani ochiqdan-ochiq fashistik ruxda o‘zlashtirilishiga erishdi. 1929 yil dekabrida yangi konstitutsiya qabul qilindi: saylovchilar soni cheklandi, prezidentning huquqlari oshirildi. U parlamentni tarqatish va hukumatni tayinlash huquqiga ega bo‘ldi, parlament muassasalariga fashistik korparativ elementlar kiritildi. Toifalar (sanoatchilar, yer egalari va hokazo) soveti degan uchinchi palata tuzildi. 1929 yilda konstitutsiya Avstriya burjua davlatini fashistlashtirish yo‘lida katta bir qadam bo‘ldi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling