Jahon tarixi “eng yangi tarix” fani bo`yicha I qism (1918-1945-yillar) kirish
-§. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Avstriya
Download 1.71 Mb.
|
JAHON TARIXI eng yangi ma\'ruza matni
3-§. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Avstriya
Avstriya-kapitalizmning zaif bo‘g‘inlaridan biri edi. Avstriyaning iqtisodi chet el monopolistlariga qaram bo‘lganligi va Janubi Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan savdo aloqalari susayib ketganligi sababli jahon iqtisodiy inqirozi Avstriyaga qattiq ta’sir qildi. Fabrika va zavodlar ko‘plab yopildi. 1931 yilda temir va po‘lat mahsulotlari inqirozdan oldingi mahsulotning faqat 17,8 % ni tashkil etdi. 1932 yilda yog‘och tilish zavodlarining 60% i to‘xtadi. Ishsizlar soni 1934 yil boshida 600 ming kishiga yetdi. Bundan tashqari mamlakatda 100 ming kishidan ortiq qisman ishsiz bor edi. Qishloq xo‘jaligining ham hamma tarmoqlari inqirozga uchradi. Mahsulot narxlari ancha pasayib ketdi. Ko‘p minglab dehqonlar yer va mulkdan mahrum bo‘ldilar. Savdodan keladigan foyda kamayib qoldi. Tashqi savdo 1934 yilda 1929 yildagiga nisbatan 66% kamaydi. Mamlakatning moliyaviy ahvoli yanada yomonlashdi. Ishchilar sinfi va mehnatkashlar ommasining turmush darajasi tag‘in ham og‘irlashdi. 1930-1931 yillarda Avstriya reaksion burjuaziyasining Germaniyaga tayanuvchi qismi bilan Angliya va Fransiya ta’siridagi qismi o‘rtasida kurash keskinlashib ketgan edi. Bu kurash «anshlyus» tarafdorlari gruppasi, ya’ni germanparastlar (nemis natsional partiyasi, natsist va boshqalar) bilan «anshlyus»ga qarshi bo‘lgan gruppa, ya’ni italyanparastlar (xeymver, xristian sotsial partiya) o‘rtasidagi kurash edi. Avstriya fashizmining Germaniya va Italiyadagi fashizmga nisbatan o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, u bir-biriga qarama-qarshi turgan ikki asosiy oqimdan: Xeymverchilar va natsistlardan iborat edi. 1931 yil 19 martda Germaniya bilan Avstriya o‘rtasida bojxona ittifoqi tuzildi. Lekin «Anshlyus»ga qarshi bo‘lgan gruppaning noroziligi hamda Angliya va Fransiyaning aralashuvi natijasida bu ittifoq bekor qilindi. 1932 yil mayida Shober hukumati iste’fo berdi. Xristian sotsial partiya o‘ng qismining lideri Dolfus boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Dolfus hukumati Xeynverga tayanib ish ko‘rdi. Bu hukumat Italiya fashizmi bilan yaqinlashish siyosatini yurgizdi. Iqtisodiy inqirozdan qutilish qiyin bo‘lganligi sababli 1932 yil 15 iyulda Lozanno shahri (Shvetsariyada)da Italiya, Fransiya va Angliya bilan maxsus protokollar tuzildi. Shunga muvofiq, Avstriyaga 300 mln. shilling miqdorida zayom berildi. Buning evaziga Avstriya «anshlyus» rejasini amalga oshirmaslikga va’da berdi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling