Jahon tarixi “eng yangi tarix” fani bo`yicha I qism (1918-1945-yillar) kirish
-§. Kapitalizmning qisman stabillashuvi yillarida Angliya
Download 1.71 Mb.
|
JAHON TARIXI eng yangi ma\'ruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ramzey Makdonaldga
- Tred-yunionlar Bosh kengashi
2-§. Kapitalizmning qisman stabillashuvi yillarida Angliya
1924 yildan boshlab ko‘pgina kapitalistik mamlakatlarda, shu jumladan Angliya xalq xo‘jaligida ham qisman stabillashuv davri boshlandi. Lekin Angliyadagi stabillashuv juda bo‘sh va qisqa stabillashuv edi. Uning iqtisodiyoti asosan turg‘unlik holati bilan xarakterlandi; u AQSH va hatto Fransiyadan ham ancha orqada qolib ketgan edi. Turg‘unlik holati ko‘proq metallurgiya, ko‘mir, to‘qimachilik va kemasozlik sanoatlarida ro‘y berdi. Hatto 1929 yilga kelganda ham Angliyaning sanoat mahsuloti 1913 yildagi darajaning 99,1% ini tashkil etdi. Ishsizlar 1 mln. kishidan ortiq edi, tashqi savdoda ham Angliya hissasi kamaya bordi, jahon bozori uchun kurashda AQSH va Yaponiyadan tashqari, tiklanib kelayotgan Germaniya ham Angliyaga raqobatchi bo‘lib qolmoqda edi. Angliya hukmron doiralari xo‘jalikdagi turg‘unlik holatidan chiqish va iqtisodiyotda barqaror stabillashuvga erishishga barcha choralar bilan urindilar. Bolduin Buyuk Britaniya sanoatini surunkali xastalik-ishsizlik va korxonalarning to‘la quvvat bilan ishlamasligidan xolos etmoqchi bo‘ldi. Shu maqsadda erkin tijoratni bekor qildi va milliy iqtisodiyotni himoya qilish maqsadida bir qator boj soliqlari joriy etdi. Ammo bu choralar foyda bermadi va ingliz iqtisodiyotidagi turg‘unlik 1929 yilgacha davom etdi. Buning ustiga Angliya 1923 yil oxiriga kelib yana iqtisodiy jihatdan boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Birorta ham partiya undan chiqish yo‘lini topa olmadi. Konservatorlarning boj siyosati ham ko‘pchilik siyosiy arboblar tomonidan rad etildi. Britaniya saylovchilari ham bu siyosatni rad etdilar va 1923 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan saylovlarda konservatorlar parlamentdagi nisbatan ko‘pchilik mavqeini boy berdilar. Liberal partiya endilikda muxolif partiya rolini bajara olmas edi. Ikki partiyali tizimda uning o‘rnini egallaydigan yangi kuch zarur edi. Qirol Georg Beshinchi 1923 yil 23 dekabrda Leyborist partiyasi rahbari Ramzey Makdonaldga Angliya tarixida birinchi marta leyboristlar hukumatini tuzishni topshirdi. 1924 yil yanvarida leyboristlar rahbari Ramzey Makdonald boshchiligida yangi, birinchi leyboristlar hukumati “ishchilar hukumati” tuzildi. Bu hukumat “ishchilar hukumati” deb atalgan bo‘lsada, haqiqatda hukmron burjuaziya manfaatini ko‘zlab siyosat yuritdi. Leyboristlar hukumati ochiqdan-ochiq korxona egalarini yoqlab chiqdi, mustamlakachilik tarafdori bo‘lib ish ko‘rdi. “Ishchilar hukumati”ning siyosati amalda konservatorlar hukumatining siyosatidan farq qilmadi. Ishchilarning noroziligi kuchaya bordi. O‘ziga-o‘zi isnod keltirgan “ishchilar hukumati” 1924 yil oktabr oxiridayoq (hukumatning tuzilganiga bir yil to‘lmay turib) iste’fo berishga majbur bo‘ldi. 1924 yil 29 oktabrda yangi parlament saylovlarini o‘tkazdi. Konservatorlar parlamentda 413 ta leyboristlar 151 ta va liberallar 40 ta deputatlik mandatiga ega bo‘ldilar. 1924 yil noyabr boshida Bolduin boshchiligida konservatorlar hukumati tuzildi va mamlakatni 1929 yilgacha boshqardi. Iqtisodiyotdagi turg‘unlik hamon bosh muammo bo‘lib qolmoqda edi. Ishbilarmonlar va siyosiy arboblar qachonlardir jahon bozorida Britaniya hukumronligining asosi bo‘lgan, hamda Britaniya sanoatining yuksak foyda olishini ta’minlagan tijorat erkinligini tiklashni talab eta boshladilar. Ammo buning uchun, eng avvalo, ingliz valyutasining (funt sterling) oltin asosini yaratish lozim edi. Faqat shunday tadbirgina ingliz pul tizimining oldingi barqarorligini tiklashi mumkin edi. Ammo hukumat boshqa mamlakatlarning pul birliklariga nisbatan funtning qiymatini yuksak darajada belgilaganligi tufayli ingliz mahsulotlarining narxlari keskin oshib ketdi, natijada ingliz mahsulotlari raqobatga bardosh berolmaydigan bo‘lib qoldi. Bu esa turg‘unlikni yanada kuchaytirdi va ishsizlikni keskinlashtirdi. Ingliz sanoatchilari ko‘pgina salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi choraga qo‘l urdilar-ishchilarning usiz ham past darajada bo‘lgan ish haqini qisqartirishga qaror qildilar. Bunga javoban Tred-yunionlar Bosh kengashi (ingliz kasaba uyushmalarining rahbar organi) barcha ishchilarni yalpi ish tashlashga chaqirdi. 1926 yil 4 mayda Angliyada ishchilarning yalpi ish tashlashi boshlandi. Sanoatning ish tashlagan sohalarida faoliyat tamomila to‘xtadi. Ishchilar o‘z harakatlarini g‘alabaga qadar davom ettirishga rozi edilar. Ammo ularning yetakchilari - Leyboristlar partiyasi ijroiya qo‘mitasi va Tred-yunionlar Bosh kengashi kurash eng qizigan paytda-1926 yil 12 mayda uni to‘xtatishga qaror qildilar. Ishchi tashkilotlarining rahbarlari ishchilarning mag‘lub bo‘lishidan ko‘ra, ularning g‘alaba qozonishidan ko‘proq qo‘rqardilar. Chunki bunday kurashning siyosiy nizoga aylanib ketishidan nihoyatda cho‘chirdilar. Kasaba uyushmalari rahbarlari Britaniya ijtimoiy-siyosiy tizimining tarkibiy qismiga aylangan va bu tizimni saqlash, Britaniya iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlash borasida ko‘proq tashvishlanardilar. Bolduin hukumati tomonidan 1925 yilda moliya reformasi o‘tkazilib qadrsizlanib ketgan pul (funt sterling)ning oltin standarti (banknotni oltinga tenglashtirish va oltinga almashtira olish) tiklandi. Konservatorlar hukumati 1925 yil oktabrida Lokarno bitimlarini tuzishda, Germaniya agressiyasini Sharqqa qaratish uchun zamin hozirlashda faol qatnashdi. Angliya “Daues plani”ga ko‘ra, Germaniya harbiy sanoatining tiklanishiga katta yordam qilib turdi va yangi “Yung plani”ni qabul qilishda ishtirok etdi. Jahon bozori, xom ashyo manbalari va chetga kapital chiqarish obyektlari uchun kurashda, ayniqsa Angliya-Amerika ziddiyati keskinlashdi. Iqtisodiy va siyosiy jihatdan ancha rivojlangan Buyuk Britaniya dominionlari Kanada, Avstraliya va boshqalar o‘zlariga Angliya bilan teng iqtisodiy huquqlar berilishini talab qildilar. Ingliz burjuaziyasi yon berishga majbur bo‘ldi. 1926 yili imperiya konferensiyasida dominionlar Britaniya imperiyasi tarkibida qolgani holda ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka erishdilar va Angliya bilan yuridik jihatdan tenglashdilar. 1931 yilda parlament akti (Vestministr statuti) bilan kuchga kiritildi va Britaniya mustamlaka imperiyasi “Britaniya millatlar hamkorligi” degan nom oldi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling