Jahon tarixi “eng yangi tarix” fani bo`yicha I qism (1918-1945-yillar) kirish
-§. Qisman stabillashuv yillarida Fransiya
Download 1.71 Mb.
|
JAHON TARIXI eng yangi ma\'ruza matni
2-§. Qisman stabillashuv yillarida Fransiya
1924 yildan boshlab boshqa kapitalistik mamlakatlardagi singari Fransiyada ham stabillashuv boshlandi. Urushda zarar ko‘rgan mamlakat xalq xo‘jaligini tiklash, mashina uskunalarini yangilash va ayrim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qurilishlar boshlandi. 1924-1925 yillarda Fransiya sanoat mahsuloti urushdan oldingi darajadan uzib keta boshladi. 1925 yilda ko‘mir qazib chiqarish urushdan ilgarigi darajaga nisbatan 107 % ga, po‘lat eritish bo‘yicha 102 % ga yetdi. Ishlab chiqarish va kapitalning konsetratsiyalashuvi kuchaydi. Monopolistlarning foydasi ko‘paydi. 1924 yil mayida navbatdagi parlament saylovi arafasida radikal va radikal-sotsialistlar partiyasi boshqa mayda va o‘rta burjua partiyalaridan (respublikachi sotsialistlar, mo‘tadil antiklerikallardan), sotsialistik partiyadan iborat, “So‘l blok” tuzildi. So‘l ittifoq o‘z dasturida ijtimoiy sohada ijobiy o‘zgarishlar qilish, Milliy ittifoqning xalqqa qarshi qaratilgan tadbirlarini bekor qilish, Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish, Germaniyadan qo‘shinlarni olib chiqish va u bilan yarashish, Angliya va AQSH bilan mustahkam aloqalarni tiklashni va’da qilgan edi. Saylovda bu blok g‘alaba qozondi, “milliy blok” esa mag‘lubiyatga uchradi. Mamlakatda “so‘l blok”ning Eduard Errio boshliq hukumati tuzildi. “So‘l blok” mamlakatni 1924 yil iyunidan 1925 yil apreligacha boshqardi. Avval boshda Eduard Errio boshchiligidagi radikallardan iborat tuzilgan so‘l burjua hukumati xalq ommasining qat’iy talablarini hisobga olib, “so‘l blok” programmasining ba’zi moddalarini amalga oshirishga majbur bo‘ldi. Chunonchi, qisman siyosiy amnistiya e’lon qilindi, 1920 yilda ish tashlashda qatnashganligi uchun ishdan bo‘shatilgan temir yo‘lchilar qaytadan ishga olindi, uy-joy qurilishiga bir oz mablag‘ ajratildi. Rurdan fransuz qo‘shinlari olib chiqildi, frankning qadrini oshirish maqsadida majburiy zayomlar chiqarish to‘g‘risidagi qonun loyihasi parlamentga kiritildi. 1924 yil oktabrida o‘ng partiyalarning qarshiligiga qaramay Fransiya bilan Sovet Ittifoqi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Lekin Errio hukumatining mehnatkashlarga ba’zi yon berishlik siyosati monopolistik burjuaziyaning moliya oligarxiyasiga mutlaqo yoqmadi. Moliya oligarxiyasi frankni qadrsizlanishidan manfaatdor edi. Senat majburiy zayomlar haqidagi loyihani rad etdi. Bunday ommaviy norozilik va kurash sharoitida sotsialistik partiya “so‘l blok”dan chiqishga majbur bo‘ldi. “So‘l blok” tarqalib ketdi. 1925 yil aprelida Puankare boshchiligida yirik burjuaziyaning “Milliy birlik” hukumati tuzildi. Hukumatda radikallar ishtirok etdi. “Milliy birlik” hukumati mamlakatni uch yil idora qildi. O‘ng sotsialistlar blokdan tashqarida bo‘lsada, Puankare hukumatini qo‘llab-quvvatladi. Puankare inflyatsiyaga qarshi kurash, frankni barqarorlashtirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashni o‘z ichki siyosatining muhim vazifasi deb e’lon qildi. Hukumat davlat xarajatlarini qisqartirdi, yangi soliqlar joriy etdi va sanoat korxonalariga imtiyozlar berdi. AQSH va Angliyadan olingan yirik kreditlar hisobiga frank kursi barqarorlashtirildi. 1926 yilga kelib davlat daromadlari urushdan keyin birinchi marta xarajatlardan ortiq bo‘ldi. Frank barqaror valyutaga aylandi. Valyuta-moliya munosabatlarining barqarorlashuvi fransuz iqtisodiyotining umumiy yuksalishi boshlanganidan dalolat edi. Tabiiyki, bu urushdan keyingi inqirozni bartaraf etgan jahon iqtisodiyoti ravnaqining umumiy jarayonlari bilan ham uzviy bog‘liq edi. 1925 yilda Fransiya sanoati mahsuloti hajmi birinchi marta urushdan oldingi darajadan ortiq bo‘ldi. Oradan besh yil o‘tgach, 1930 yilda Fransiyada urushlar oralig‘idagi eng yuksak sanoat ishlab chiqarishi va savdo hajmi qayd etildi. Fransiya sanoat taraqqiyoti sur’atlari bo‘yicha (yiliga o‘rtacha 5%) Angliya va Germaniyani ortda qoldirib, AQShga yaqinlashdi. O‘nlab yangi yirik zavodlar, elektr stansiyalari, temir yo‘llar qurildi. 1924 yildan 1932 yilgacha mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish davri bo‘ldi. Bu davr aholi turmushiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Narxlar barqarorlashib, pulning qadrsizlanishi barham topdi. Bu esa hukumatga aholining bir qator qatlamlari ijtimoiy ahvolini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirish imkonini berdi. 1926 yilda ishsizlik nafaqasi joriy etildi, keksalik nafaqasi, kasallik, nogironlik va homiladorlikda yordam puli beriladigan bo‘ldi. Tashqi siyosatda Puankare hukumati mustamlakachilik tadbirlarini kuchaytirdi. 1926-1927 yillarda Marokash va Suriyadagi milliy ozodlik harakati yovuzlarcha bostirildi. Shovinistik va fashistik tashkilotlar aktivlashdi va polkovnik De Lya Rok boshchiligida 1927 yilda “Jangavor krestlar” nomli yangi harbiy-fashistik tashkilot tuzildi. (Peten va De Goll fashistik tashkilotning yashirin a’zolari bo‘lganlar). Burjua parlamentarizmining inqirozi kuchaydi. Monopolistik burjuaziya mehnatkashlar ommasiga qarshi o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun kurashdi. O‘ng burjua partiyalari 1928 yil aprelida bo‘lgan navbatdagi parlament saylovlarida ko‘pchilik o‘rinni egalladi. Saylovda kam o‘rinni egallagan radikallar hukumatdan chetlashib bordi va oppozitsiyaga o‘tishga majbur bo‘ldilar. Puankare hukumati tarkibida o‘ta ketgan reaksionerlar mamlakatni idora qildi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling