Jahon tarixi “eng yangi tarix” fani bo`yicha I qism (1918-1945-yillar) kirish
G‘ayriixtiyoriy inqilob va butunlay qulash
Download 1.71 Mb.
|
JAHON TARIXI eng yangi ma\'ruza matni
G‘ayriixtiyoriy inqilob va butunlay qulash
Sotsializm himoyachilari bilan liberalizm tarafdorlari o‘rtasida unitar (mamlakat bir butunligini saqlab qolmoqchi bo‘lgan kuchlar bilan) milliy suverenitet kurashchilari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar tobora keskinlashib borar va hukumat nazoratidan chiqa boshlagan edi. Bir necha muvaffaqiyatsizliklar va Rossiyadagi yirik mag‘lubiyatga qaramasdan Gorbachev sotsializmni qayta qurish uchun kurashni davom ettirdi va SSSRni yangilash shiorini o‘rtaga tashladi. 1990 yil oxirida tajovuzkor konservatorlarning ishonchsizligi va malomatlariga qaramasdan u faollashgan sotsializm va SSSR yagonaligini liberallar va millatchilardan himoya qiluvchilarning «sog‘lom konservatizmi»ga ijobiy baho berdi. Bu konservatorlar va «demokratik sotsializm» tarafdorlarini birlashtirish maqsadida Gorbachev o‘zini «sentrist» deb, qayta qurish muvaffaqiyatini esa Ittifoqni yangilashning maqsadi deb e’lon qiddi. 1990 yil oxiri-1991 yil boshida u SSSR xalq deputatlari syezdidan favqulodda vakolatlar olishga, Vazirlar mahkamasiga aylangan Sovet hukumatini qayta tuzib o‘ziga bo‘ysundirishga erishdi. «Sentristlar» va konservatorlar natsionalizm va liberalizmga qarshi kurashni kuchaytirishdi. 13 yanvar 1991 yilda Vilnyusda ommaviy axborot vositalari markazlariga desantchilar bilan hujum qilinishi, kommunistlarning Litva, Latviya va Estoniyada hukumatni qaytarib olishga urinishlari vatanparvarlarning qarshiligiga duch kelib mag‘lubiyatga uchradi va SSSR aholisining katta qismining nafratini uyg‘otdi. RSFSR hukumati Boltiqbo‘yi vatanparvarlariga yon bosdi. Millatchi va liberal-demokratik kuchlar barcha respublikalarda faollashdi. Ularni bostirishga tayyorlanib Ittifoq hokimiyatlari turli xil harbiy idoralarning qurolli kuchlari ustidan yagona rahbariyat tashkil qildi. «Rivojlanishning safarbarlik modeli» - avtoritar tuzumning «boshqariluvchi demokratiya» sari yo‘naltirilgan konsepsiyasi va favqulodda holatni joriy qilish rejalari ishlab chiqildi. KPSSning parchalanishini to‘xtatish, XXVIII syezd qarorlari asosida partiya tashkilotlarini birlashtirish va ularni millatchilar va liberal-demokratlarga qarshi xujumga safarbar qilish choralari ko‘rildi. 1991 yil mart oyida 15 respublikadan 9 tasida referendum o‘tkazildi. Unda fuqarolarning katta qismini haqiqatga xilof tarzda mamlakat buyukligini o‘z farovonligi garovi deb hisoblab, ammo uning yangilanishini istagan holda, yangilangan Ittifoqning saqlab qolishi uchun ovoz berdi. Bu Gorbachev va uning ittifoqchilarining Rossiya mustaqilligini talab qiluvchilarga qarshi kurashda faollashishiga yordam berdi. 1991 yil mart oyining oxirida ittifoq hukumati Rossiya deputatlari syezdi bo‘layotgan paytda Moskvaga qo‘shin kiritib Yelsinni og‘darishga va chetlatishga urinib ko‘rdi. Ammo uning liberal-demokratik o‘zgarishlar bilan aholi ahvolini yaxshilash haqidagi va’dalariga ishongan ko‘pgina shaharliklar ko‘chalarga chiqib Yelsinni himoya qildi. Syezd talabiga ko‘ra qo‘shinlar Moskvadan olib chiqildi, syezdda esa kommunistlarning chiqishlari biror bir natija bermadi. Bu muvaffaqiyatsizlik konservatorlarni Gorbachevdan liberal-demokratik kuchlarga nisbatan qat’iyroq choralar ko‘rishni talab etishga undadi. «Biz-degan edi o‘zining tashabbusga, faollikka bo‘lgan huquqini isbotlayotgan O‘zbekiston rahbari I.Karimov - Bu yerda (Moskvada) qabul qilingan qarorlarning asiri bo‘la olmaymiz». MKning aprel Plenumidagi konservatorlarning ta’na-malomati Gorbachevni bosh kotiblik lavozimidan iste’foga chiqishga majbur qildi. Majlis a’zolarining ko‘pchiligi buni qabul qilmadi, ammo Gorbachevning o‘z obro‘sini yo‘qotganligi yaqqol ko‘rinib qolgan edi. Sotsializm himoyachilarining liberallarga qarshi kurashi Rossiya prezidentligiga umumxalq saylovlar vaqtida yanada kuchaydi. Gorbachev va Yelsinning o‘zaro shaxsiy adovati nimadaligidan qat’iy nazar, ulardagi ziddiyatning mohiyati mamlakatni taraqqiy ettirishning turli yo‘llari, sotsialistik va liberal yo‘llar uchun kurashdan iborat edi. Ularning respublikalar mustaqilligiga turli munosabatda bo‘lishi va hokimiyat uchun kurashi ham shu bilan belgilanar edi. Gorbachev va uning ittifoqchilari tomonidan barcha kuchlarni Yelsinning raqiblarini qo‘llab-quvvatlashga safar etganlariga qaramasdan 1991 yilning iyun oyida saylovchilarning 57%i islohotlar o‘tkazishga va’da bergan Yelsin uchun ovoz berdi. Yelsin Rossiyaning prezidenti bo‘ldi. Shunday qilib, ko‘pchilik Rossiyaliklar kelajak haqida hech qanday tasavvurlarsiz liberal-demokratik yo‘lni tanladi. Eng yirik ittifoqchi respublika - Rossiyada kommunistlar hokimiyatni qo‘ldan boy berdilar. 1991 yil yoziga kelib, Siyosiy Byuro aniqlashicha, «ko‘pgina partiya qo‘mitalari va tashkilotlarning faol siyosiy ishga tayyor emasliklari aniq bo‘ldi», «mamlakatnint ko‘pgina mintaqalaridagi» sovetlarga esa «tarqatib yuborilish taxdidi solinar edi». Joylardan xabar berilishicha «aholi va kommunistlarning o‘zi KPSS rahbariyati siyosatini tushunmay qoldilar» va «xalq qayta qurish siyosatiga nisbatan o‘zining ishonchsizligini bayon qildi». V.Pavlov rahbarligidagi SSSR ministrlar kabineti ishlab chiqarishni o‘stirish, aholi ta’minotini tartibga solish, qishloq xo‘jaligi va sanoat mollarining ananaviy narxlari nisbatini bartaraf etishga bo‘lgan harakatlarni faollashtirdi. Mudofaa xarajatlarini ministrlar kabineti raisi «xalq xo‘jaligi uchun og‘ir yuk» deb atadi. Harbiy ishlab chiqarishni besh yil ichida atigi 10% ga qisqartirish rejalashtirildi, ammo davlat buyurtmalarini bajarish uchun vositalarning yo‘qligi sovet iqtisodiyotining bu asosiy qismini falajlashtirgan edi. Gorbachev o‘z investitsion siyosatida «ekologik muammolarni samaradorlikning garovi sifatida birinchi o‘ringa qo‘yishga» chaqirdi. Ammo mablag‘ ajratish (investitsiya) uchun mamlakat fondlari yetmas edi va hukumat uni topishga ham qodir emas edi. KPSS rahbariyatining izohlashicha «partiya mulkchilikning barcha turlari teng huquqligini yoqlagan holda uning jamoaviy shakllarini ma’qullaydi». Hukumat tomonidan davlat mulki bir qismini xususiylashtirish, arenda (ijara)ga ko‘p e’tibor berish, xorijiylarning mamlakat boyliklariga egalik qilishlariga yo‘l qo‘ymaslikni ko‘zda tutuvchi xususiylashtirish loyihasi tayyorlandi. Ammo yakka tartibdagi va kooperativ faoliyat, kichik tadbirkorlikning alanga olishi va hissadorlik jamiyatlarini tuzish, direktorlar va ishlab chiqarish kollektivlari tomonidan korxonalarning ijaraga yoki sotib olinishining avj olishi bu rejalar doirasidan chiqib ulgurgan edi. Biroq iste’mol mollarini ishlab chiqarish o‘smadi. «Butun mamlakat bo‘yicha tovar ayirboshlash va o‘z mahsulotlarini sotish xajmi savdo vazirligining Siyosiy Byuroga xabar berishicha - 1990 yil aprel oyiga nisbatan yarimga, bir qator respublikalarda (Armaniston, Ozarbayjoi, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston) esa bundan ham ko‘proq qisqardi». Aholi uchun zarur mollar tanqisligi sababli, ularni tarqatishni talon tizimini joriy etish orqali tartibga solishga harakat qilinayotganligidan qat’iy nazar, narxlar va navbatlar, olib-sotarlik va jinoyatchilik o‘sayotgan edi. Ittifoq markazidan zarur vosita va mollarning kelishidan umidini uzgan respublikalar hokimiyatlari oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning o‘z respublikalari hududidan olib chiqilishini va markaz uchun mo‘ljallangan daromadlarni cheklay boshladi. Bu o‘z navbatida moliyalashtirishning idoraviy yagonaligi «ildiziga bolta urar edi». Shu bilan birga ishlab chiqarnsh vositalarining tanqisligi va rublning qadrsizlanishi korxonalarni hech kim tomonidan nazorat qilinmaydigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tovar ayirboshlash – barter usuliga o‘tishga majbur qildi. Davom etayotgan ommaviy norozilik va elatlararo to‘qnashuvlar xalq xo‘jaligiga katta zarar (o‘nlab milliard rubl) yetkazdi. Natijada faqatgina 1991 yilning dastlabki oylarida 650 ming kishi zarar ko‘rdi. Buning oqibatida 1991 yil natijasiga ko‘ra ishlab chiqarish 8% ga, YAMM-17%ga pasaydi, iste’mol mollari narxlari qariyb 2 baravar o‘sdi, davlat budjeti kamomadi YAIMning 20%i gacha o‘sdi, mamlakat oltin zahirasi esa 1,5 ming tonnaga tushib qoldi. Hukumat inqirozga qarshi iqtisodiyot va siyosatni barqarorlashtirishga qaratilgan choralarni rejalashtirdi. Ularni amalga oshirish uchun unga respublikalar iqtisodiyoti va moliyasini bo‘ysundiruvchi keng vakolatlar kerak edi. Ammo markaz bu hokimiyatni qo‘ldan boy bergan edi. Konservatorlar qo‘llab-quvvatlashiga qaramay Gorbachev Ittifoqni yangilash va favqulodda choralarsiz sotsialistik yo‘nalishni saqlab qolishga umid qilardi. Ammo bu umidlarning muvaffaqiyati kafolatlanmagan edi. Prezident Ittifoqni 6 respublika tark etganligining asosiy sababi ularning sotsialistik yo‘nalishdan voz kechishi va boshqa qadriyatlarga yuz tutishida ekanligini tan olmas edi. U hali ittifoqni tark etmagan bir qator respublikalarda turli xil nosotsialistik yo‘nalishlarga bo‘lgan moyillikka ham e’tibor bermas edi. Aftidan, u Ittifoqning saqlanib qolishi bunday holatlarni bartaraf etadi deb umid qilardi. Gorbachev 8-9 respublika rahbarlari bilan ko‘p marotaba uchrashdi. Iyul oyining oxiriga kelib ular o‘rtasida yangi Ittifoq shartnomasi-markaz vakolatlarini cheklovchi va aralash mafkuraviy-siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lgan federatsiya tuzish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasi kelishib olindi. Ittifoq haqidagi yangi shartnomaning imzolanish kuni 20 avgust qilib belgilandi. Vaziyat nihoyatda keskinlashgan edi. g‘azablangan konservatorlar, Itgifoq to‘g‘risidagi yangi shartnomaning imzolanishi markaziy hokimiyatning nihoyatda cheklab qo‘yilishiga, mamlakatni sotsialistik taraqqiyot yo‘lidan mahrum qilinishiga va bir qator respublikalarning undan chiqib ketishiga olib keladi, deb hisoblashardi. Vaziyatga baho bergan KGB (DXK.) rahbari V.Kryuchkov «bizning vatanimiz falokat yoqasida turibdi» degan edi. U SSSRni va «real sotsializm»ni saqlab qolish tarafdorlarini va xalqni birlashishga chaqiruvchi «Xalqqa so‘z» nomli xujjatni e’lon qildi. Yangi ittifoq shartnomasi SSSR Oliy Kengashi raisi A.Lukyanov va ko‘pgina deputatlar tomonidan tanqidga uchradi. RSFSRda kommunistlarning hokimiyatni qo‘ldan boy berishlari va korxona va tashkilotlarda KPSS tashkilotlarining tarqatib yuborilishi bilan vaziyat yanada og‘irlashdi. Noyabr oyida yangi dastur qabul qilish uchun KPSSning syezdini chaqirishga qaror qilgan M.Gorbachev MK Plenumining ko‘pchilik a’zolari tomonidan tanqid qilindn. Gorbachev Qrimda dam olayotgan paytida Kryuchkov va uning atrofida to‘plangan boshqa mansabdor shaxslar vaziyatdan foydalanib, mamlakatda favqulodda holat joriy etish rejasini tayyorlashdi. Moskva va Boltiqbo‘yida ular o‘z tarafdorlari va qo‘shinlarni hal qiluvchi hujumga qaratishdi. Ular Qrimda dam olayotgan Gorbachevga bu rejalar haqida xabar berishdi. U bu rejaga qarshi edi, ammo ularga halaqit berishga urinib ko‘rmadi. 18 avgust kuni SSSR va KPSSning bir guruh oliy martabali kishilari, jumladan, vitse-prezident, prezident ma’muriyati rahbari, hukumat boshlig‘i, KPSS MKning ba’zi kotiblari va ba’zi vazirlar prezidentning betobligi haqida xabar berib mamlakat birligi va sotsialistik tuzumni saqlab qolish uchun Favqulodda Holat Davlat qo‘mitasi (FXDQ) tashkil etilganligini ma’lum qildi. Aholining eng zarur ehtiyojlarini qondirishni va’da qilib, qo‘mita mamlakatning bir qator mintaqalarida favqulodda holat joriy etilganligini e’lon qildi va Ittifoq shartnomasining imzolanishini bekor qildi. U KPSS tasarrufida bo‘lgan ommaviy axborot vositalaridan boshqa hamma ommaviy axborot vositalarini taqiqladi, liberalizm va demokratiya tarafdorlariga qarshi choralar ko‘ra boshladi. Moskvaga qo‘shin kiritib, RSFSR hukumat organlari joylashgan Oq uyga tanklarni yo‘naltirdi va shturm qilishga qaror qilishdi. O.SHenin tomonidan chaqirilgan KPSS MK kotibiyati barcha partiya tashkilotlaridan FXDQni vaqtincha qo‘llashni talab qildi va siyosiy byuroning bunga mos bo‘lgan qarorini tayyorladi. Ammo davlat apparati xodimlari, jumladan harbiylar ham FXDQ farmonlarini bajarishga shoshilmadilar. Hatto FHDQni qo‘llagan KPSS tarkibidagi kompartiyalar va ba’zi respublika rahbarlari ham bunga mos choralarni ko‘rishmadi. Qozog‘iston rahbari Nazarboyev FXDQni qo‘llab-quvvatlamadi, Boltiqbo‘yi respublikalari rahbarlari esa uni qoralashdi. Deyarli hamma joyda kommunistlar turli kayfiyatda edi va hatto FXDQga norozilik bildirishdi. Bu KPSSning to‘la layoqatsizligini namoyish etdi. Rossiya va boshqa respublikalarda aholining faol qismi, hatto yangilangan Itgifoqning saqlanishi uchun ovoz berganlar ham ochiqchasiga yangilanishga qarshi turgan putgacha qarshi edi, qonun buzilganligini, ayniqsa qurolli kuchlarning ishga solinishini keskin qoraladi. Moskvada davlat to‘ntarishiga qarshi bo‘lganlar «Demokratik Rossiya» bloki va RSFSR Oliy Kengashi atrofida to‘plandn. B.Yelsin tank ustida turib demokratik va erkinlik dushmanlariga qarshi kurashga da’vat etdi. U GKCHP (FHDQ) ishlarini qoraladi, SSSR prezidentini himoya qildi, RSFSR hududida joylashgan barcha qo‘shinlardan unga bo‘ysinishlarini talab qildi. FXDQga qarshi Oq uy qarshisida to‘plangan o‘n minglab kishilar norozilik bildirdi. Ular barrikada qurdilar, qurol olishga va hujumni qaytarishga harakat qildi. 20 avgust kuni FXDQ tomonidan jo‘natilgan bronetexnika (zirhli mashinalar)ga qarshilik ko‘rsatish chog‘ida uch kishi halok bo‘ldi. Sank-Peterburg va Rossiyaning boshqa shaharlarida mitinglar va norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. FXDQ Oq uyni shturm qilish va omma qarshiligini sindirishga mavaffaq bo‘lmadi. U parchalana boshladi, barcha respublikalar hukumatlari va hattoki ba’zi respublika kompartiyalari rahbarlari undan uzoqlasha boshladi. To‘rtinchi kuni uning a’zolari qochib ketishdi va hibsga olindi. FXDQning mag‘lubiyati va Rossiyada liberal-demokratik kuchlarning‘ faol himoya qilinishi natijasida ittifoqqa qarashli organlar o‘z faoliyatlarini to‘xtatdilar va ularni boshqarayotgan kommunistlar hokimiyatni qo‘ldan boy berdi, respublikalar esa haqqoniy mustaqillikka ega bo‘ldi. Liberal demokratlarning kutilmagan g‘alabasi ularning Rossiyadagi hokimiyatini mustahkamladi. Shunday qilib 19-23 avgustda SSSRda ixtiyorsiz inqilob ro‘y berdi va yagona davlat endi mavjud bo‘lmay qoldi. Moskvaga kelgan Gorbachev «butunlay boshqa mamlakatga kelganligini», rahbarlari boshqa Plenumni chaqirishga ham qodir bo‘lmagan KPSS bosh kotibi lavozimidan mahrum bo‘lganini fahmladi. U vazirlarni ishdan bo‘shatdi, ittifoq hukumati o‘rniga respublikalararo iqtisodiy qo‘mita tuzdi. SSSR xalq deputatlarining 2 sentabrdagi navbatdan tashqari syezdida e’lon qilingan 10 ittifoqdosh respublika rahbarlarining yangi davlat-respublikalar konfederatsiyasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi oldingi davlat, ya’ni SSSR parchalanganining e’tirof etilgani edi. Syezd SSSR Oliy Kengashini tuzmadi, balki o‘z vakolatlarini prezident boshchiligidagi Davlat Kengashiga topshirdi. SSSR davlat apparati butunlay parchalandi. Yel’sin qaroriga ko‘ra 1991 yil noyabrda Rossiyada KPSS faoliyati ta’qiqlandi va uning mol-mulki davlat hisobiga o‘tdi. Respublikalar hukumatlari endi o‘z suverenitet va mustaqilliklarini mustaqkamlash uchun qayg‘urishlari kerak edi, chunki ba’zilari Rossiya rahbariyatidagi ittifoq markazi funksiyalarini o‘z qo‘liga olishga bo‘lgan moyillikdan tashvishda edilar. Bolva (Putcha)dan keyin tezda Moldaviya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Ozarbayjon, kuzda Tojikiston va Belorussiya, dekabrda Qozog‘iston o‘z mustaqilliklarini e’lon qilishdi. Referendumlar sentabrda-Armaniston, oktabrda-Turkmaniston, 1-dekabrda-Ukraina mustaqilligini tasdiqlashdi. 1991 yil kuziga kelib, xujjatlarda aks ettirilmagan bo‘lsa-da, SSSR amalda mavjud emas edi. Hattoki Bolqariya va Checheniston respublikasi (keyinchalik, Ichkeriya) ham mustaqil deb e’lon qilingan edi. SSSR parchalanganligining xalq ommasi va hattoki siyosiy arboblar tomonidan anglab yetilishi haqiqatdan ancha orqada qolayottan edi. SSSR davlat qo‘mitasi raisi prezident Gorbachev Iqtisodiy qo‘mita tomonidan taklif qilingan respublikalarning iqtisodiy integratsiyasi rejasini ma’qulladi. Uning asosida 8 ta mustaqil respublika rahbarlari Gorbachev bilan birgalikda iqtisodiy hamjamiyat to‘g‘risidagi Shartnomani imzolashdi. Uni amalga oshirish va tasdiqlash parchalangan xo‘jalik va respublikalarning aniq xo‘jalik manfaatlari mavhumligiga duch keldi. Ammo Gorbachev bundan ko‘proq narsani talab qila boshladi. O‘z maslahatchilariga tayanib, B.Yelsin, N.Nazarbayev va bir qator boshqa respublika rahbarlari ma’qullagan konfederensiya shaklidagi suveren davlatlar ittifoqi to‘g‘risidagi shartnomani ishlab chiqishga e’tibor qaratdi. Mohiyatan, gap sobiq davlatni, bor-yo‘g‘i prezidenti va uning idoralari va ramziy belgilarigina saqlanib qolgan SSSRni tiklash haqida emas, balki yangi davlat tuzish to‘g‘risida borayotgan edi. Ammo shu bilan birga, Novo-Ogaryovodagi yig‘ilishlarda qatnashib turgan respublikalardagi turli siyosiy holatni hisobga olmasdan, sotsialistik yo‘nalishni saqlab qolishni ta’kidlar edi. Tabiiyki respublikalar rahbarlari o‘z qonun chiqaruvchi organlari tomonidan qarab chiqmasdan bu shartnomaga imzo qo‘ya olmas edilar. Gorbachevning 7 ta respublika rahbarlari bilan olib borgan uzoq va og‘ir muzokoralariga Ukrainadagi referendum qaqshatqich zarba berdi. Bu davlatda qabul qilingan mustaqillik konfederatsiyada qatnashishni inkor qilar edi. Albatta, qaysiki, 2-3 respublika yangi ittifoq tuzishlari mumkin edi, ammo u ham mohiyat, ham shakl jihatdan 1988-1991 yillarda parchalanib ketgan ilgarigi ittifoqqa tenglasha olmas edi. Turlicha va unchalik aniq bo‘lmagan siyosiy yo‘nalishlarda bo‘lgan respublikalarning sotsialistik yo‘nalishdagi markaz bilan konfederatsiya tuzishi amri mahol edi. Bir hafta o‘tgandan so‘ng 8-dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari Viskuli (Belovej puha)da SSSR ning tugatilganligi to‘g‘risidagi hujjatni imzolashdi, unga «o‘lganlik haqida guvohnoma» berishdi. 1988 yilda boshlangan va 1991 yil kuzida yakunlangan jarayonning kechikkan qayd etilishi ro‘y berdi. Bu ularning motivlari va kayfiyatlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar mustaqil davlatlar qonuniy rahbarlarining siyosiy qarori edi. SSSR parchalanganligi to‘g‘risidagi qarorning mohiyati va oqibatlarini to‘la tushunib yetmagan bo‘lsalar-da parchalangan sobiq imperiya hududidagi barcha respublika rahbarlari va parlamentlari ma’qullashdi. Ittifoqning oxirgi idoralari, jumladan, prezident lavozimi tarqatildi va bekor qilindi. Bu hujjatning mavjud bo‘lgan qonunlarga muvofiqligini muhokama qilish ortiqchadir, chunki siyosiy qarorlar kuchlar nisbatiga ko‘ra qabul qilinadi va amalga oshiriladi. Bu qaror Viskulida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ni yaratish to‘g‘risidagi kelishuvga imzo chekishga imkon berdi. Unda MDHning bo‘lajak a’zolariga kam talab qo‘yilgan edi, va dekabr oyi oxirigacha unga umid bog‘lab, ko‘pchilik sobiq Sovet respublikalar hukumatlari qo‘shilishdi. Bundan ortig‘iga erishish mumkin emas edi. Bu hujjatlar o‘sha paytda yangi mustaqil davlatlar o‘rtasida erishilgan kelishuvning eng yuqori darajasi edi. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling