Jahon tarixi “eng yangi tarix” fani bo`yicha I qism (1918-1945-yillar) kirish


-§. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Fransiya


Download 1.71 Mb.
bet8/79
Sana04.11.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1745360
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79
Bog'liq
JAHON TARIXI eng yangi ma\'ruza matni

3-§. Jahon iqtisodiy inqirozi yillarida Fransiya
Fransiya 1929 yilda boshlangan jahon iqtisodiy krizisiga kechroq, 1930 yildan kirdi. Chunki bu mamlakatda jahon urushida xarob bo‘lgan xo‘jalikni tiklash, strategik qurilish-sanoat mashina uskunalarini yangilash davom etmoqda edi. Krizis Fransiyada bir necha yillarga cho‘zilib ketdi ishlab chiqarishning ba’zi tarmoqlari esa ikkinchi jahon urushigacha krizisdan qutila olmadi, mahsulot ishlab chiqarish hajmi qisqardi sanoat mahsulotining uchdan biri, qishloq xo‘jalik mahsuloti va tashqi savdoning beshdan ikkisi, Milliy daromadning uchdan biri qisqarib ketdi. Ishchilarning ish haqi 40% ga kamaytirildi. Ishchilar ish haqining umumiy fondi 23 mlrd frankka kamayib ketdi. Shtraflar olish avjiga chiqib ketdi. Ishlab chiqarish tobora ixchamlashtirilib, mehnat jarayoni jadallashtirildi va ish kuni 10-12 soatga uzaytirildi. Xotin-qizlar va bolalar haddan tashqari ekspluatatsiya qilindi. Narx-navo ko‘tarildi. Egri soliqlar oshdi. Ishsizlar ko‘payib ularning soni 1,5 mln kishidan oshdi, ishchilarning 50% butunlay va qisman ishsiz qoldi.
Inqiroz mamlakatdagi siyosiy beqarorlikni kuchaytirdi va hukumatdagi guruhlar o‘rtasidagi kurashning avj olishiga olib keldi. Faqat 1937 yildagina Fransiya sanoati va tashqi savdosi inqirozdan oldingi darajaga qaytdi, biroq 1938 yilda yangi tanazzul boshlandi va u deyarli ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar davom etdi. Fransiya iqtisodiy rivojlanishning normal o‘zaniga qaytib tusha olmadi. Fransiyadagi siyosiy vaziyat keskin o‘zgardi, keng ommaning noroziligi kuchaydi. Bu, jumladan, fransuz burjuaziyasining an’anaviy yirik partiyalari obro‘sining tushishida aks etdi. Ma’lumki, moliyaviy oligarxiya va yirik sanoat monopoliyalarining manfaatlarini himoya qiluvchi bu partiyalar Fransiyada hokimiyat tepasiga 1926 yilda kelgan edi. 1929 yil noyabridan 1932 yil maygacha mamlakatda 8 ta hukumat almashdi.
1932 yil mayidagi saylovlar Fransiyada inqirozning ikki yili davomida so‘lga qarab burilganini ko‘rsatdi. Saylovlar sotsialistlar va radikal-sotsialistlar blokiga g‘alaba keltirdi. Yangi hukumatni yana Eduard Errio boshqardi. Deputatlar palatasidagi 594 o‘rindan 386 tasini so‘l blok vakillari olib, o‘z dasturlarini amalga oshirish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar. Biroq, ular bu imkoniyatni boy berdilar. O‘ng doiralar so‘l hukumatga qarshi kuchli hujumni avj oldirdilar va bu hukumatning normal faoliyat ko‘rsatishiga imkon bermadi. E.Errio hukumati bor-yo‘g‘i 6 oy ishlab, iste’fo berishga majbur bo‘ldi. 1932 yil dekabridan 1934 yil yanvariga qadar Fransiyada so‘llarning 5 ta hukumati almashdi va ularning har biri uch oydan oz hukmronlik qildi. Ularning eng so‘nggisi Eduard Daladye (1884-1970) hukumati bo‘ldi.
Ishchilar sinfi va mehnatkash dehqonlarning ommaviy inqilobiy chiqishlari monopolistik burjuaziyaning Laval va Tardye hukumatlarini (1931-1932) g‘oyat zo‘r tashvishga soldi. Monopolistik burjuaziyaning parlament metodlaridan ko‘ra fashizmga moyilligi oshib bordi. 1932-1933 yillarda “Fransuz birdamligi”, “fransistlar” degan yangi fashistik partiya va soyuz tuzildi. Ilgari tuzilgan “Jangovar krestlar”, “fransuz harakati” kabi fashist tashkilotlari aktivlashdi. Bu tashkilotlar bir necha 10 ming (keyinroq esa bir necha yuz ming) a’zoga ega bo‘ldi, hamda to‘p va pulemyotlar bilan qurollanib oldilar. Ularning ixtiyorida yuzdan oshiq samolyot ham bor edi. Fashistik tashkilotlarning boshliqlari (De Lya Rok) va boshqalar Gitler va Mussolini bilan aloqada bo‘ldilar. Buning ustiga, Fransiya hukmron doiralari xalqaro vaziyat keskinlashib borayotganiga va Germaniyadan reparatsiya olish to‘xtaganligiga qaramay, German fashizmini qo‘llab-quvvatladilar.



Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling