Jahon tarixi fanidan «xix asr oxiri XX asr boshlarida Osiyodagi arab davlatlari


II BOB. XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA IROQDA SIYOSIY JARAYONLAR


Download 326.81 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi326.81 Kb.
#1565252
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
arab davlatlari

II BOB. XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA IROQDA SIYOSIY JARAYONLAR
1802 yili Buyuk Sulaymon vafot etgandan sung Iroqda feodal zodagonlar o’rtasida hokimiyat uchun kurash boshlanib, unga fors xukmdorlari, kurd beklari va ko’chmanchi qabilalarnish boshliqlari ham faol aralashdilar. Natijada 1812 yili xokimnyatni Buyuk Sulaymonning o’g’li Said posho egalladi va 1817 yilgacha Iroqni boshqardi. Bu davrda Porta Iroqdagi ayirmachilarni tugatish, kulemenlarning1 O’zboshimchaligiga barham berish uchun harakat olib bordi. Ammo bu harakatlar natija bermadi6.
1817 yili Said posho o’rniga Daud posho kelib, u Iroqni 14 yil amalda mustaqil boshqardi. Daud poshoning millati gruzin bo’lib (David Manvelashvili), u taxminan 1774 yili GrO’ziyaning janubida tug’ilgan. 5-6 yoshligida ug’irlangan va qul qilib sotilgai, 12 yoshida Buyuk Sulaymonga sovga qilingan. Islom dinini qabul qilgan. Ta’lim olishda katta muvaffakiyatlarga erishib, Buyuk Sulaymonning qiziga uylangan va yuqori lavozimlarga tayinlangan. Daud posho Buyuk Sulaymonning o’limidan so’ng qo’vginga uchrab, Ab­dul Qodir masjidida domlalik ham qildi. 1807 yildan siyosiy faoliyatga qaytadi7.
Daud posho siyosati Iroqda mustakil quchli davlatni tuzushga qaratilgan edi. Misr poshosi Muhammad Ali singari u ham qator islohotlarni amalga oshirdi. U eng avvalo Iroqdagi Chet el savdo kompaniyalari va ular vakillarining imtiyozlarini bekor qildi. Import tovarlarga yuqori boj soliqlari o’rnatdi. Bu biriichi navbatda, Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi manfaatlariga putur yetkazdi. Natijada kompaniya Iroqka qarshi savdo qamaliii e’lon qildi va Daud posho kompaniya vakillarining imtiyozlarini tiklashga, keltirilgan zararni qoplashga majbur bo’ldi. Shu tariqa mahalliy savdogarlarning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan dastlabki urinish muvaffakiyatsiz yakunlandi.
Iroqni O’z hokimiyati ostida birlashtirishga axd kilgan Daud posho mahalliy feodallar va qabilalarning separatizmiga qarshi kurash olib bordi. Ayniqsa, Kurdistonni bo’ysundirish jarayonida katta qiyinchiliklarga uchradi.
Kurd beklarining usmoniylarga qarshi kurashi Eron Shohi tomonidan qullab-quvvatlanar edi. 1821 yili Daud posho forslar tomonidan Kurdiston hukmdori qilib tayinlangan bekka qarshi urush boshladi, ammo kurdlar va forslarning birlashgan qo’shinidan mag’lubiyatga uchradi. Shundan so’ng Daud posho Iroqning boshqa qismlarida yashaydigan forslarni katagon qila boshladi, ularning mol-mulklarini tortib oldi, Karbalo va Najafning shia ruxoniylariga qarashli boyliklarni ham olib qo’ydi. Bu tadbirlar Eron va Turkiya o’rtasidagi munosabatlarni murakkablashtirdi va 1821-1823 yillardagi Eron - Turkiya urushining sabablaridan biri bo’ldi. 1823 yili Porta bilan Eron urtasida Erzurumda imzolangan keliShuvga binoan Iroq Kurdistoni yana usmoniy posholar qo’lida qoldi.
Daud posho Iroqdagi barqaror siyosiy holatdan foydalanib, O’z boshqaruvidagi hududlarda iqtisodni tiklashga kirishdi. Iroqda sug’orish tizimlari, kanallar va artezian quduqlar qurilishi boshlandi. Zarur mashina va uskunalar Angliyadan buyurtma asosida keltirilar edi. Bu tadbirlar natijasida qishloq xo’jaligi yuqori sur’atlar bilan rivojlanib, yangi yerlarni O’zlashtirish jarayoni tezlashdi. Boshoqli ekinlardan yuqori xosil olishga erishildi. Yangi texnik ekinlar: tamaki, nil buyogi, paxta va shakarkamish yetishtirish O’zlashtirildi. Daud posho xuddi Misrdagi Muhammad Ali singari, Iroqning asosiy maxsulotlari - buhdoy, arpa, xurmo, tuz va Shu kabilarni sotib olish va eksport qilish ustidan monopoliya o’rnatdi. Bu maxsulotlarni tashish uchun dengiz va daryo kemalari sotib olindi. Daud posho tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar Iroq xazinasining daromadini ancha oshirdi. Mablagning katta qismi qurilishga, xarbiy va madaniy tadbirlarga yo’naltirildi. Bag’dod, Basra va boshqa shaharlarda ko’priklar, bozorlar, jamoat maktablari va kutubxonalar qurildi. Daud posho tashabbusi bi­lan Bag’dodda bosmaxona tashkil qilindi.
Eron bilan bo’lgan urush tajribasi Daud poshoni yevropacha tipdagi muntazam armiyani tashkil qilish lozimligiga ishontirdi. Yangi xarbiy qismlarda askarlarni o’qitish yevropalik, asosan ingliz instruktorlari tomonidan olib borildi. Daud posho Turkiyaning 1828-1829 yillardagi rus-turk urushida maglubiyatga uchraganidan foydalanib, O’zi boshqarayotgan mamlakatni mustaqil qilishga harakat qildi. U 1829 yilgi Adrianopol sulhi bo’yicha Portaga yuklatilgan kontributsiyani to’lashdan bosh tortdi va bu bilan sulton xukumatiga nisbatan xurmatsizlik qildi. Porta Daud poshoni isyonchi deb e’lon qildi va 1830 yili Xalab poshosi qo’shinlari Iroqka bostirib kirdi. Daud posho bu to’qnaShuvga jiddiy tayyorlangan edi, ammo to’qnashuv natijasini sharoit xal qildi. Xalokatli suv toshkini, undan keyingi kurg’okchilik va epidemiya Iroqning sillasini quritdi. 1831 yilgi o’lat epidemiyasi Daud posho armiyasini deyarli to’liq xalok qildi . Xalab poshosi kushinlari xoldan toygan va bushab kolgan mamlakatni xech kanday karshiliklarsiz egallab oldi. Daud posho hokimiyatdan tushirilib, Iroqdan chiqarib yuborildi. Biroq u yana 20 yil hukumat xizmatida yuqori lavozimlarni egallab turdi va 1851 yili Madinada vafot etdi.
Shunday qilib, 1831 yili Iroqda kulemenlar hokimiyati tugatildi. Posholarni Istambuldan tayinlash amaliyoti qayta tiklandi. Usmoniylar imperiyasida 1839 yili e’lon qilingan Tanzimat Iroqda imperiyaning boshqa viloyatlariga nisbatan ancha sust joriy qilindi. Bunga asosiy sabablardan biri 1830-yillarning boshidagi kurg’okchilik, o’lat oqibatlarining ta’siri hamon sezilayotganligida edi. Umuman Iroqda Tanzimat printsiplarini joriy qilish va aniq qonunlar ishlab chiqish jarayoni qariyb uttiz yilga cho’zildi.
Islohotchilar inson hayoti, mulki, sha’nining to’liq daxlsizligini, kelib chiqishi va dinidan qatьi nazar Usmoniylar imperiyasi barcha fuqarolarining qonun oldida tengligini e’lon qildilar. Bu printsiplar jamiyatda turli millat va konfessiyadagi kishilar o’rtasida hamkorlikning yo’lga qo’yilishida muhim rol o’ynadi.
Musulmonlar bilan musulmon bo’lmaganlarning xuquqlari amalda tenglashtirilib, jiz’ya solig’i davlat amaldorlari qaramog’idan chiqarildi, uni yig’ish va xazinaga topshirish mu­sulmon bo’lmaganlar jamoalarining oqsoqollariga topshirildi. Xazina tuShumlarini tartibga solishda xalaqit berayotgan otkup tizimi bekor qilindi. Ammo dastlabki tajribalardan so’ng, xazina tuShumlarini ko’paytirish maqsadida Iroqda otkup tizimi qayta joriy qilindi va to XX asrgacha o’zgarishsiz amalda bo’ldi Isloxotchilar vaqf yerlarining maqomini O’zgartirishga ham jur’at qilmadilar.
Harbiy sohada ham muhim islohotlar amalga oshirildi. 1826 yili yanicharlar korpusini tarqatish to’g’risida qonun qabul qilingan bo’lsada, u oxiriga yetkazilmadi. 1843 yili jo­riy qilingan 5 yillik umumiy xarbiy majburiyat Iroqning bir qismida faqat 1870 yili tatbiq qilindi.
1864 yilgi viloyatlar tugrisidagi qonun ham usmoniylar markaziy hokimiyatini mustaxkamlashga qaratilgan bo’lib, joylarda ancha qiyinchiliklar bilan joriy qilindi. Porta tomonidan tayinlanadigan viloyat boshlig’i - vali ushbu qonunga ko’ra sud hokimiyatidan va soliq tuShumlarini tasarruf etishdan maxrum qilindi. Soliq tuShumlarini boshqarish uchun Porta tomonidan maxsus amaldor - daftardor (xazinachi) tayinlanadigan bo’ldi.
1861 yili ichki bojxonalar bekor qilinib, bu imperiyaning turli o’lkalari o’rtasida savdoning rivojlanishi va iqtisodiy aloqalarining jadallaShuviga xizmat qildi .
1864 yilgi qonun buyicha sud hokimiyati ijro hokimiyatidan aj- ratildi, bIroq sud isloxoti fakat tijorat va jinoyat xuquqlariga taalluqli bo’lib, fuqarolik ishlari shariat sudlari ixtiyorida qoldi.
Iroqda birinchi tashkil qilingan viloyat Bag’dod bo’lib, uning valisi etib Axmed Midxat posho tayinlandi. Midxat posho (1822— 1883) Usmoniylar imperiyasining yirik davlat arbobi, turk konstitutsiyachilik harakatining yetakchisi, 1876 yilgi Usmoniylar konstitutsiyasining muallifi edi. Turkiya xukumati 1869 yili Midxat poshoga favqulodda vakolatlar berib, uni Bag’dod valisi va bir paytda oltinchi xarbiy korpusning qo’mondoni ham etib tayinladi. Tanzimat qonunlariga binoan xarbiy hokimiyat fuqarolik hokimiyatidan ajratilgan bo’lsada, Iroqda Midxat posho qo’lida katta xarbiy va fukarolik hokimiyati jamlangan edi.
Midxat posho bir qator ma’muriy va madaniy isloxotlarni amalga oshirdi. U 1864 yilgi qonun buyicha yangi sudlarni tash­kil qildi , shahar larda munitsipal kengashlar («baladiya») joriy qildi , yangi maktablar ochdi. Midxat posho davrida o’g’il bolalar uchun birinchi o’rta maktab, xarbiy bilim yurti va birinchi kasalxona ochildi. 1869 yili Midxat posho tashabbusi bilan Bag’dodda turk va arab tillarida birinchi rasmiy gazeta chiqa boshladi. Iroqda xurmo daraxti, donli va texnik ekinlar maydonlarini kengaytirish, sug’orish inshootlarini ta’mirlash poshoning alohida e’tiborida bo’ldi.
Midxat poshoning turklar xukmronligini mustaxkamlashga yunaltirilgan eng yirik tadbiri 1871 yili Quvayt va al- Xosaning zabt etilishi bo’ldi. Bu xududlar Iroqdagi turk xukmdorlariga buysunadigan aloxida ma’muriy birlik - sanjaklikka ajratildi.
Midxat posho isloxotlari Iroqda boshqaruv tizimini islox qilishga, kushni viloyatlar va imperiya markazi bilan yaqin aloqalar o’rnatishga qaratilgan edi. 1871 yili Midxat posho Adrianopolga o’tkazilgandan keyin o’rniga kelganlar dastlab uning ishlarini davom ettirishga harakat qildilar, ammo mablag’ yetishmasligi va boshqa sabablar tufayli Midxat posho muljallagap ko’pgina isloxotlar faqat qog’ozdagina qolib ketdi.
Tanzimat isloxotlari arafasida Iroqda xozirgi zamon tushunchasidagi sanoat yo’k edi. Xunarmandchilik o’trok va yarim ko’chmanchi aholining eng asosiy extiyojlarini kondirar edi, xolos. Bu yerda asosan paxta va jun matolar, gilamlar to’kish, term buyumlari ishlab chikarish yo’lga qo’yilgan edi. Ba’zi manufaktura tipidagi nisbatan yirik korxonalar eksportga maxsulot tayyorlat bilan Shugullanar edi. Bundaylar katoriga Bag’doddagi teri oshlash zavodlarini, Mosuldagi papirus kogozi tayyorlovchi ustaxonalarni, Basradagi xususiy verflarni, ingliz kompaniyalariga karaimsh jun tozalaydigan korxonalarni kiritish mumkin. Xar yili xurmolarni Chetga jo’natish uchun kadokdash mavsumida 25 mish kishi Shu ish bilan band bo’lardi.
Bag’dod va Mosulda mudofaa vazirligiga karashli yirik korxonalar ishlab turardi. Biroq Yevropadan fabrika tovarlarining oqib kelishi maxalliy ishlab chikarishning keskin ka mayishiga olib keldi. Iroqda ko’lbola usul bilan neftь, tuch, achchiktosh va boshqa minerallar kazib olish ancha rivojlanadi Neftdan uylarni isitish va yoritishda foydalanilar edi. Mid xat posho davrida neftь yordamida yo’llarni yoritish ham yo’l qo’yilgan edi.
XIX asr 60-yillarida Iroq iktisodiyotida ma’lum jonlanish kuzatiladi. 1861 yili ichki bojxonalarning bekor qilinishi ichьi va tapqi savdoning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatdi. Xuddi Shu davrda jahon bozorida qishloq xo’jalik mahsulotlariga talab oshdi. Shu sababli Iroq eqiladigan yerlarning hajmini kengaytirib, meliorativ holatini yaxshilashga e’tibor karatdi. Qishloq xo’jaligi eksportga yo’naltirilib, 1886 yildan 1896 yil- gacha, o’i yil ichida xurmo eqiladigan maydonlar xdjmi besh mar­ta oshirildi. XX asrning boshlariga kelib xurmo yetishtirish XIX asr 60-yillariga nisbatan uch marta ko’paydi.
Savdoning rivojlanishi transport va aloka vositalarining xdm rivojlanishiga olib keldi. XIX asrning oxirgi choragi va asrning boshlarida Iroqka Chet el kapitalining jadal kirib kelishi kuzatiladi. Ayniksa, ingliz kompaniyalari ko’pgina soxalarni monopollashtirib olishgan edi. Masalan, XX asr boshiga kelib Dajla daryosida transport harakati inglizlar tomo­nidan to’liq monopollashtirilgan edi. XX asr boshlariga kelib Iroqda Frantsiya, Belьgiya va Italiya kapitalistlari inglizlar bilan rakobatlasha boshladi. Ammo asosiy rakobatchi nemis imperialistlari bo’ldi. Germaniyaning Usmoniylar imperiyasi bilan do’stona munosabatlari ularga XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Bag’dod, Basra va Mosulda konsullik idoralarini ochish imkonini berdi. Inglizlar bilan doimiy raqobatda nemislar Iroq neftь konlarining imkoniyatlarini o’rganish bilan shug’ullandi, 1903 yili Bag’dod temir yo’lini qurish bo’yicha shartnoma imzoladi. Bu shartnomaga binoan Germaniya temir yo’lning ikki tomonidan 20 km xududdagi qazilma boyliklardan foydalanish xukukini oldi. Bu nemis kapitalining yirik galabasi edi. Chet el olimlarining ta’kidlashicha, mamlakat rivoji uchun neftning axdmiyatini xali ko’pchilik anglab yetmagan edi8.
Shunga karamasdan Iroq eksporti va importida birinchi urinni inglizlar egallaydi. XX asr boshlarida Basra portiga kelgan ke- malarning 77% i Angliyaga, 14% i boshqa Yevropa davlatlariga va fakat 6% i usmoniylarga karashli edi. Shu davrda Iroq importining 2/3 qismi, eksportining 1/3 qismi inglizlarga tegishli edi. Ular narx-navoni belgilab, bundan katta foyda olardilar. Masa­lan, XX asr boshlarida Angliya ko’miri Iroqda Angliyadagiga nis­batan 6 marta qimmatga sotilardi.
Evropaliklarning Iroqqa siyosiy va mafkuraviy kirib kelishida missionerlik tashkilotlarining roli katta bo’ldi.
Iroq xududida iezuitlar, lazaritlar, karmelitlar, dominikanlar, kapusinlar, avgustinlar va boshqa bir qator xristiailik missioner tashkilotlari faoliyat yuritardi.
XX asr boshlarida. zamonaviy Iroq hududi bir butunning uyi edi bir qator etnik jamoalar, ularning eng ko'plari arablar, kurdlar, cherkeslar, turkmanlar. Iroq zaminida joylashgan etnik guruhlarning har biri bu yerda keng tarqalgan uchta konfessiyadan biriga mansub edi: islom, yahudiy yoki nasroniy. Ba'zi diniy jamoalar edi o'z e'tiqodlarining pravoslav versiyalari tarafdorlari, boshqalari vakillari diniy missiyalar ta'siriga tushib qolgan diniy sharq bid'atlari, boshqalar. Yevropa davlatlari isloh qilingan xristianlikning variantlarini qabul qildilar. Arab va kurd etnik guruhlarining bir qismi dunyodan uzoqda rivojlangan e'tiqod dinlari va diniy tashqarida bo'lgan jamoalardan tashkil topgan, ularga bizning fikrimizcha, mandaiylar, yezidiylar va karaitlar yoki karaitlarga tegishli bo'lishi mumkin. Natijada, etnik xilma-xillik konfessional mozaikalar bilan to'ldirildi. Iroq jamiyatini juda xilma-xil qildi9.



Download 326.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling