«jahon tarixi va manbashunoslik»
- dars. Qadimgi zamonda o`lkamiz
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
6- dars. Qadimgi zamonda o`lkamiz
O`quvchi darsda jonajon o`lkaning qadimgi tarixi bilan tanishadi. Mavzuning ilgari o`rganilgan asosiy dalil va tushunchalari mana shu dars materiallari asosida aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. O`quv qo`llanmasidagi birinchi bobga doir xulosada keltirilgan eng muhim umumlashtiruvchi xulosalarga alohida e`tibor berish zarur. Bundagi eng asosiy xulosalar: a) mehnat qurollarining takomillashuvi va xo`jalikning rivojlana borishi ijtimoiy tuzumda ham muayyan o`zgarishlarga sabab bo`lgan (bu xulosa ibtidoiy jamoa tuzumining rivojlanishi ma`lumotlari asosida o`quvchilarga aniq va ishonarli qilib ochib beriladi); b) sinflar paydo bo`lishi bilan davlat — mehnatkash xalq ustidan zulm o`tkazadigan alohida tashkilot vujudga keladi; v) quldorlik tuzumi shunday bir ijtimoiy tuzumki, unda ikki asosiy dushman sinf — mutlaqo huquqsiz va xususiy mulkdan mahrum qullar sinfi bilan boy-badavlat quldorlar sinfi mavjud bo`lib, asosiy boylikgina emas, balki qullarning o`zlari ham quldorlarga qarashli bo`lgan. Bu darsni turli xil uslubiy variantlarda o`tish mumkin. Biror variantni tanlash ko`p jihatdan o`lka materialining xususiyatlari va materialning o`qituvchi qo`lida mavjud bo`lishi bilan belgilanadi. Avarianti Mahdlliy material mavzuning so`nggi darsida yaxlit holda mavzuning asosiy mazmunini takrorlash va umumlashtirish bilan birga o`rganiladi. Darsning quyidagi taxminiy rejasini tavsiya qilish mumkin: 1. Vatan xaritasida eng qadim zamondagi bizning o`lka. 2. O`lka hududida eng qadimgi odamlarning manzilgohlari va urug` jamoalarining makonlari. 3. O`lka hududida ibtidoiy jamoa tuzumining emirilishi. 4. Qadim zamonda qo`shni mamlakatlar va o`lkamiz rivojlanishidagi umumiy xususiyatlar. O`quvchilarni mahalliy o`lka Tarixi bilan tanishtirishga kirishilar ekan, yangi arxeologiyaga oid qazishlar o`tkazilishi, hozircha er bag`rida yashirinib yotgan yangi sirlarning ochilishi mumkinligi to`g`risidasi g`oyani amalga oshirish muhimdir. — Sizlar mana shu erda turibsizlar, — deydi o`qituvchi o`z shogirdlariga,— oyoqlaringiz ostidagi erda esa, ehtimol, hali kashf qilinmagan narsalar bordir. Hali qilinmagan ko`pgina ishlar sizlarning zimmangizga tushadi. Arxeologiyaga oid qazishlar o`tkazish uchun alohida bilim va mahorat talab etiladi. Biz tarix darslarida arxeologlarning ishlari bilan tanishgan edik. Bu haqda o`lkashunoslik to`garagi mashg`ulotlarida ham ayrim muhim masalalarni muhokama etganmiz, to`g`rimi? Mana endi sizlar o`lkamiz hududida arxeologlar o`tkazgan qazishlarni ham bilib olasizlar. Lekin arxeologiya bilan shug`ullanish birdan esga kelib qolgan erni kovlay berish, degan gap emas. Bunda ham maxsus ruxsat, ham bilim va tajriba bo`lishi zarur. Kimki arxeologiyaga qiziqadigan bo`lsa, bundan buyon o`lkashunoslik to`garagimizga ishtirok etsin, shunda o`zi ham arxeologiyaga oid qazishlarda qatnasha oladi. Xo`sh, o`lkamizning eng qadimgi tarixi haqida bizga nimalar ma`lum?» — deb savol beradi o`qituvchi. Keyin esa eng qadimgi zamondagi Vatanimiz xaritasida bo`lgan mahalliy o`lka xdqidagi tegishli ma`lumotlarni keltiradi. Ayrim savollarni ko`rib chiqish davomida ilgari o`tilgan material xdm takrorlanadi: ayni bir vaqtda o`quvchilarning bilimi tekshiriladi va unga baho qo`yiladi. Masalan, ikkinchi mavzuchani o`rganishda o`quvchilar ibtidoiy jamoa tuzumining umumiy tavsifini va uning asosiy davrlarini esga oladilar. So`ngra o`qituvchi o`quvchilarni o`lka hududidagi arxeologiyaga oid qazishmalarning natijalari bilan (agar shunday qazishlar o`tkazilgan bo`lsa) tanishtiradi, tegishli arxeologiyaga oid ob`ektlarning qaysi davrga taalluqli ekanligini mustaqil aniqlashni ularga taklif qiladi. O`qituvchi uchinchi mavzuchani tahlil etishda ibtidoiy jamoa tuzumining emirilish shart-sharoitlari haqida, sinflarning vujudga kelishi va mamlakatimiz tarixida dastlabki davlatlarning tashkil topishi to`g`risida gapirib beradi. Darsning oxirida insoniyat ijtimoiy taraqqiyotidagi dastlabki ikki bosqichga umumiy tavsif beriladi, ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiy jamiyatga va davlatga o`tishning progressivligi ko`rsatib beriladi (agar tegishli ma`lumotlar mavjud bo`lsa, buni jonajon o`lka tarixi asosida ko`rsatib berish maqsadga muvofiq bo`lur edi). B varianti Dars jonajon o`lkaning arxeologiyaga oid yodgorliklari mavjud bo`lgan maktab yoki shahar o`lkashunoslik muzeyida o`tkaziladi. Andijon viloyati, Xo`jaobod tumanidagi 6-o`rta maktab tarix fani o`qituvchisi Qorash Ahmedov rahbarligida 1967 yilda tarix va o`lkashunoslik muzeyi bunyodga keldi. Bir qancha darslar, shu jumladan, «Mamlakatimiz hududidagi ibtidoiy jamoa tuzumi» mavzusidagi dars ham shu muzeyda o`tkaziladi. O`quvchilar bir necha yil avval Oyim posyolkasi yaqinidagi Dalvarzindan topilgan jez davriga oid ma`lumotlarni maktab muzeyida taxlil qilishadi. V varianti Butun mavzuni o`rganish jatumanida ayrim darslarda esa har bir darsning o`rganilayotgan masalalari munosabati bilan mahalliy ma`lumotdan foydalaniladi. Masalan, o`qituvchi «Mamlakatimizning eng qadimgi aholisi» mavzusini o`tadigan darsida o`quvchilarni o`lka hududidagi ibtidoiy odamlarning manzilgohlari, arxeologiyaga oid qazishmalarning ma`lumotlari bilan tanishtiradi. «Urug`chilik jamoalarining manzilgohlari» darsida qadimgi dehqonlar va chorvadorlar xayot kechirgan chaylalari hamda manzilgohlarining arxeologlar tomonidan topilib, aniqlangan va qazishmalar natijasida topilgan arxeologiyaga oid ma`lumotlar bilan tanishib chiqadilar. Xulosa matnidan foydalanib ishlashda turli variantlar: a) takrorlash-umumlashtirish mashg`ulotida xulosalar matnini analiz qilish; b) takrorlash-umumlashtirish darsining mazmunini uyda bajariladigan ish jatumanida xulosalar matni bo`yicha mustahkamlash; v) takrorlash-umumlashtirish darsiga tayyorlanish jatumanida o`quvchilarning o`lka materiallaridan mustaqil foydalanishi kabi ishlarning samaradorligini tajriba jihatdan tekshirishni davom ettirish. Darsning taxminiy rejasi 1. Eng qadimgi odamlar hayotida mehnat qanday rol’ o`ynagan? 2. Nima sababdan ibtidoiy jamoa tuzumi dunyodagi barcha xalqlar taraqqiyotida mavjud bo`lgan asosiy bosqich hisoblanadi? Ibtidoiy jamoa tuzumi o`z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib o`tgan? 3. Ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy xususiyatlari qanday? Bu asosiy xususiyatlarni o`lkamiz (tuman, viloyat, shahar) xududidagi arxeologiyaga oid qazishmalar haqidagi ma`lumotlar bilan isbotlab bering. 4. Diniy e`tiqodlar qachon va nima uchun vujudga Kelgan? Bu e`tiqodlarning mohiyati nimada? Qadimgi e`tiqodlarning qanday sarqitlari hanuzgacha uchrab turadi? 5. Nima sababdan ibtidoiy jamoa tuzumi emirilgan, nima uchun sinflar va davlat vujudga kelgan? Mamlakatimiz hududida bo`lgan eng qadimgi quldorlik davlatlarini xaritada ko`rsating. Bizning o`lkada qanday qadimiy davlatlar bo`lgan? 6. Quldorlik tuzumi ibtidoiy jamoa tuzumidan nima bilan farq qiladi? Nima sababdan bu tuzum insoniyat jamiyati tarixida olg`a qarab qo`yilgan qadam hisoblanadi? Buni mamlakatimiz tarixidan olingan ma`lumotlar bilan isbotlab bering. Uy vazifasi: o`quv qo`llanmasi. 1-bobga doir xulosa: «qadimgi zamonda O`rta Osiyo xalqlari» hamda o`z o`lkangiz hududidan qadimgi xalqlar haqidagi ma`lumotlarni o`rganib keling. Demak, yuqoridagi darslardan ko`rinib turibdiki, qolgan barcha mavzuni o`tishda o`lka materiallaridan unumli va o`rinli foydalanish mumkin ekan.
Arxeologiya Afrosiyob Ibidoiy jamoa tuzumi Paleolit Mezolit Neolit Eneolit Ibtidoiy Poda Ashel’ SHel’ Must’e Pitekantrop Sinantrop Geydelberg Neandertal’ Neolit inqilobi Ona urug`i davri Naus Ossuariy Dexqon CHopper Kadivarlar Ota urug`i davri Mavzu yuzasidan nazorat savolar. Arxeologiya qanday fan va uni o`lka tarixini o`rganishdagi axamiyati? Arxeologiya deganda nimani tushunasiz? Arxeologiya fani qanday rivojlanish bosqichlariga ega? Farg`ona vodiysidagi ibtidoiy jamoaga oid qanday arxeologik yodgorliklarni bilasiz? O`zbekistonda arxeologiya fanini rivojlanishiga xissa qo`shgan olimlar kimlar? O`rta Osiyo arxeologlaridan kimlarni bilasiz? Ashel’ davriga oid bo`lgan yodgorliklarni aniqlang. Professor S. P. Tosltov boshlik Xorazm arxeologik ekspedi-tsiyasining faoliyatiga baxo bering. Teshiktosh gori topildiklari xaqida gapirib bering. O`zbekistondagi neolit davri topildiklari va ularning o`lkashunoslikdagi axamiyati? O`zingiz yashayotgan xududda arxeologik topildiklar bormi? Bor bo`lsa ular xaqida ma`lumot bering. O`rta Osiyoda ibtidoiy tuzum necha davrga bo`linadi? O`zbekistondagi mezolit davriga oid arxeologik yodgorliklarni sanang. Tosh davri nechaga bo`linadi? Arxeologik tadqiqotlarning o`lkashunoslik fanini o`rganishga boglik tomonlarini ayting. O`zbekiston o`lkashunosligini o`rganishga katta xissa qo`shgan rus arxeologlaridan kimlarni bilasiz? Arxeologiya qanday fanlar bilan aloqada bo`ladi? Arxeologiyaga oid materiallar maktab muzeyingizda mavjudmi, mavjud bo`lsa gapirib bering? Arxeologiyaga oid yodgorliklar qanday o`rganiladi? Arxeologiyaga oid yodgorliklar qanday o`rganida ishtirok etganmisiz? Foydalanilgan adabiyotlar. Karimov.I.A"Tarixiy xotirasiz kеlajak yo`q."-T.Sharq.1998 yil Karimov I.A. Vatan sajdagox kabi muqaddasdir. Toshkent «1996 yil. Nabiev A. «Tarixiy o’lkashunoslik» Toshkent «O’qituvchi» !996 yil. Sullaymonova F. G’arb va sharq. T. "O’zbekiston" 1997 yil G’ulomov A.G. «O’zbekiston arxeologiya" Toshkent 1958 yil. Artsixovskiy A B.«Arxeololgiya asoslari» Toshkent «O`qituvchi» 1970yil. Sagdullaеv S.A. "Kadimgi O`zbеkiston yozma manbalarda» 1996 yil, Toshkеnt. Jabborov I.M. «O`zbеk etnografiyasi», T., 1994. Annaеv T., .Shaydullaеv Sh. ,»Surxondaryo tarixidan lavhalar»., Samarkand, 1997. Shoniyozov K. O`zbеk xalqining shallanishi. T., 2001. Mirzaеv J.Z. Tеrmiz tarixi. T., "Sharq", 2001. Tursunov S.N. va boshqalar. Surxondaryo tarix ko`zgusida.T., Sharq, 2001. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling