Baroqxon madrasasi (XVI asr)
Bu yodgorlik Zarqaynar ko`chasida qurilgan bo`lib, bir necha imoratlardan iborat. Dastlab binoning sharqiy burchagidagi mo``jaz maqbara (kimga mansub ekanligi noma`lum) qurilgan. SO`ng 1530 yili shayboniylar sulolasining Toshkentdagi hokimi Suyunchxo`jaxon (1525 yili vafet etgan) maqbarasi qad ko`targan. Bu maqbara hovli to`ridagi peshtoqli xonaqoxdan iborat. Qo`shqavat gumbazi bo`lgan. Tashqi — ko`k gumbaz (moviy rang koshin bilan qoplanganligi uchun shunday atalgan) 1868 yilgi zilzila natijasida buzilib ketgan. Baroqxon madrasasi memorial kompleksining 3- bosqichini XVI asr o`rtalarida Baroqxon qurdirgan.
Jome` masjidi
Bu bino Uyg`ur ko`chasi Haqiqat tor ko`chasi 22- uyda joylashgan. Bu arxitektura yodgorligi XV — XIX asrlarda bunyod etilgan. Jome masjidini 1451 yilda Xo`ja Axror Vale qurdirgan. CHorsuda shakllashgan Registon ansambli tarkibiga kirgan. Unda juma va hayit nomozlari, hutbalar o`qilgan. SHarq tomonidagi bezaksiz darvozadan kirilgan. Hovlining ikki yoni bir qavatli, old tomoni rovoqsimon ayvonlardan iborat, XVIII asrda hovli atrofidagi ayvonlar buzilib ketgan, keyin hujralarga aylantirilib, qayta tiklangan, 1886 — 88 yillarda asosiy bino (xonakoh) ham qayta tiklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |