Sho`riston — Buxoro viloyati SHofirkon tumanidagi Qishloqning nomi. Sho`riston — «sho`r bosgan joy», «sho`rxok» ma`nolarini bildiradi.
Qulonxona — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq Bir zamonlar qulon ko`p bo`lganligidan shuiday nom olgan bo`lishi mumkin. Lekin qulon (qulontik) urug`i vakillari yashaydigan qishloq ham Qulonxona deb atalgan bo`lsa ajab emas.
Qo`tir buloq — Vobkent tumanidagi qishloq. Qishloq qo`tir kasalligiga davo bo`ladigan buloq yonida joylashganligidan shunday nom olgan.
G`ijduvon — Buxoro viloyatidagi shaxdr. Dastlab Narshaxiy asarida tilga olingan. Boshqa tarixiy manbalarda G`ijduvon shaklida ham qayd qilingan. Xalq og`zida Gijduvon so`zini G`uji devon — devlar, ins-jinslar ko`p ma`nosida deyilsa, ayrimlar G`uji dehkon — «Bir to`p qishloq» demakdir, deb taxmin qiladilar. To`p qishloq degani to`g`ri bo`lsa kerak. Har holda etimologiyasi aniq emas. Baxovuddin Naqshbandning ustozi Abdulxoliq G`ijduvoniy nomiga qo`yilgan degan fikrlar xam bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |