«jahon tarixi va manbashunoslik»
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qashqadaryo
Havzak dorisozlar — Buxoro viloyati G`ijduvon tumanidagi qishloq. Bu toponim tojikcha va o`zbekcha til qoidalari asosida yasalgan; hovuzni tojiklar havz deyishadi («ak» esa kichraytiruvchi affiks), dori-darmon tayyorlab kun ko`rgan kishi dorisoz deyilgan. Hdvzak dorisozlar «dorisozlar hovuzchasi» demakdir, ikki so`z orasidagi izafet esa tushib qolgan, tojikcha Havzaki dorusozon bo`lishi kerak.
? degan savolga quyidagicha javob olish mumkin; Qashqadaryo — daryoning nomidan olingan. U Qarshi vohasini suv bilan ta`minlaydi. Daryo qadimgi vaqtda Koshkirud deb atalgan. Ayrim tadqiqotchilarning (masalan, V. V. Bartol’dning) fikricha, Qashqadaryo Keshkirudning fonetik o`zgargan variantidir. Ba`zi olimlar toponimning asosini «qashqa» so`zi tashkil etadi, qashqa «qaqshamoq, qurib qolmoq» degan ma`noni bildirishini aytadi (A. Ishaev). H. Hasanov daryoning tabiiy xususiyatida ham qashqalik bor, Qarshidan keyin daryoning suvi kamayib o`zani olachalpoq «qashqa holiga keladi», deb yozadi. S. Qoraev «qashqa» so`zining bir necha ma`nosini keltiradi. etnik nom: tiniq, tez oqar, yoqasida o`simlik o`smaydigan yalang, yolg`iz tepa va hokazo. Daryo nomidan viloyat nomi vujudga kelgan, hozir ham shu nom bilan yuritiladi. Qarshi — shahar nomi. Qashqadaryo viloyatining ma`muriy markazi. Qarshi O`zbekistonning eng ko`hna shaharlaridan biri. U Grek — Baqtriya davlati davridan beri mavjud. SHahar XIV asrgacha Naxshab deb atalgan. Arablar bu maxdlliy nomni buzib Nasaf deb ishlatgan bo`lsa kerak. Hozirgi Qarshi XIV asrning birinchi yarmida voha o`rtasida Samarqand, Buxoro, Afg`oniston, Hindiston va SHarqdagi boshqa qo`shni mamlakatlardan keladigan yo`llar ustida qurilgan. CHig`atoy naslidan bo`lgan Kepakxon (1309 —1326) Qashqadaryo vodiysiga o`rnashgan eski Naxshabdan ikki farsax narida o`ziga saroy qurgan. Saroy Mo`g`ul tilida Qarshi deb ataladi. Qarshi «SHoh qal`asi» degan ma`noni ham bildiradi, deyishadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling