Hakim at-Termiziy dahmasi — o`rta asrda Termiz atrofi mustahkam devor bilan o`ralgan bo`lib, saroylar va masjidlar qurilgan. Hunarmandlar va savdogarlar guzarlari barpo etilib, obodonlashtirilgan. Qal`aning etak tomonida Hakim at-Termiziy ansambli bunyod etilgan. XIII asrda CHingizxon qo`shinlari bostirib kirib, shaxarni vayron etganda shu ansambl’ omon qolgan.
SHayx Abu Abdulloh ibn Ali ibn Muhammad Hakim at-Termiziy IX asrning oxirida Termizda yashagan. U bir qancha ilmiy asarlar yaratgan (lekin ular bizgacha etib kelmagan). Arab tarixchilari va geograflarining ba`zi asarlarini ham tarjima qilgan. Hakim at-Termiziy 869 yilda vafot etgan. X — XI asrlarga kelib uning qabri ustiga uncha katta bo`lmagan dahma qurilgan. Dahmaga turli xil rangda jilo berilgan. XII asrda dahma tamoman qaytadan qurilib, murakkab bezaklar bilan bezatilgan. Qabr ustiga oq marmartosh yotqizilib unga Qur`on oyatlari va biografik ma`lumotlar yozib qo`yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |