«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet60/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

Zarautsoy qo`riqxonasi — Termizdan yuz kilometr narida KO`hitog` oralig`ida Zarautsoy nomli manzarali joy bor. Er osti suvlari, yomg`ir va shamol natijasida qoyalarda juda ko`p shalolalar, g`orlar paydo bo`lgan. 1932 yilda ovchi va o`lkashunos I. F. Lomaev tog`li qishloq aholisidan zaraut — kamar nomi bilan mashhur bo`lgan «Qizil suratli g`orlar» to`g`risidagi afsonani eshitib qoladi va bu sirli rasmlar hiqidagi ma`lumotni Surxondaryo viloyati o`lkashunoslik muzeyiga ma`lum qiladi. Toshlarga tushirilgan rasmlar olimlar e`tiborini o`ziga tortadi. Arxeologlar va rassomlar barcha g`orlarni o`rganishadi. Tekshirishlar natijasida toshlarga solingan 200 dan ortiq rasm aniqlandi. Lekin ulardan faqat o`ttiztasigina yaxshi saqlanib qolgan bo`lib, ibtidoiy jamiyat kishilari ovchilik bilan shug`ullanganliklaridan dalolat beradi.

Zarautsoy toshlaridagi rasmlarning nusxasi olingan bo`lib, ular viloyat o`lkashunoslik muzeyi fondida saqlanmoqda. Zarautsoydagi rasmlar tosh davriga, ya`ni paleolit, mezolit, neolit davrlariga mansubdir. Ba`zi rasmlar mezolit davrining oxirlarida yaratilgan bo`lsa, ba`zilari milodimizdan oldingi III II asrlarda kashf etilgan, ayrimlari milodimizning boshlanishiga yaqin bunyod etilgan bo`lsa ajab emas. Ming yillar o`tishi bilan rasmlar o`z rangi va sayqalini yo`qotgan bo`lsa-da, uzoq o`tmishdan saqlanib qolgan yodgorlik sifatida qimmatlidir.




Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling