«jahon tarixi va manbashunoslik»
YAngi mavzuning konspekti
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
YAngi mavzuning konspektiI. XIII asrning oxiri — XIV asrning birinchi yarmida O`rta Osiyodagi ahvol. O`zbekiston hududiga kelib qolgan Mo`g`ullar asta-sekin o`troq hayotga ko`chib, islom dinini qabul qila boshlaydilar. Bu esa, o`z navbatida, Mo`g`ullarni borgan sari mahalliy, ayniqsa turkiy xalqlarning madaniyatini, urf-odatlarini, tilini qabul qilishga va bularga singib ketishga olib keladi. SHu jatuman mahalliy, o`troq xalq hayotiga ham ta`sir ko`rsatadi. Mo`g`ul harbiy oqsuyaklarining unumdor erlarga ko`chib kelishi maxalliy aholining xo`jaligiga zarba berdi. Ayrim xo`jaliklar o`z joyidan siqib chiqariladi. Hukmron doiralar hayotida ro`y bergan bu o`zgarishlar ularning davlat hokimiyatini ham qo`lga olishlariga imkon beradi. Movarounnahrday madaniy o`lka bilan mustahkam aloqa o`rnatishga intilgan Mo`g`ul xoni Kepakxon (1309— 1326) o`troq hayotga ko`chib, hokimiyatni bevosita o`z qo`liga oladi. O` Qashqadaryo vohasidagi qadimgi Nasaf shahri yonida o`ziga saroy qurdiradi va shu joydan turib mamlakatni idora qiladi. Keyinchalik bu saroy yonida shahar bunyod etiladi va «Qarshi» deb ataladi. SHunday qilib, Temir 1370 yildan 1405 yilgacha bo`lgan 35 yillik hukmronligi davrida birmuncha mamlakatlarni o`z tarafiga o`tkazdi va Hindiston hamda Xitoydan to Qora dengizga qadar va Fors qo`ltig`idan to Orol dengiziga qadar cho`zilgan g`oyat katta hududni o`z ichiga olgan ulkan davlatni vujudga keltirdi. U erlarda ko`plab masjid va madrasalar qurdirdi. SHaharlarni obod qildi, ilm-ma`rifatga homiylik qildi. IV. Temur davlatidagi ichki xayot. Uzoq davom etgan fotihlik yurishlari natijasida Temur katta bir qudratli davlatni vujudga keltirdi. Temur o`z davlatidagi (Movarounnahrdan boshqa) ko`pgina viloyat va mamlakatlarni o`g`il va nabiralariga xizmat ko`rsatgan ayrim amirlariga suyurg`ol tarzida in`om qildi. Suyurg`ol egalari o`ziga in`om etilgan viloyatlar va mamlakatlarda deyarli mustaqil hukmron edilar. Barcha soliq va daromadning katta qismi ularning xazinasiga kelib tushar edi. SHunday qilib, Temur davlati feodal uluslar birlashmasidan iborat bo`lib, unda chinakam markazlashish uchun etarli iqtisodiy zamin hali yo`q edi. Lekin ichki urushlarga barham berilishi natijasida mamlakatning xo`jalik va madaniy hayoti ma`lum darajada yaxshilana bordi. Mamlakatda ichki urushlarning to`xtatilishi, bo`ysundirilgan o`lkalardan ko`plab boylik va turli hunar-mandlar olib kelinishi tufayli Movarounnahrda dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo va madaniyat, ayniqsa shahar qurilishi rivojlana boshladi. Temur mamlakat poytaxti Samarqandga alohida ahamiyat berdi. Bu shaharda masjid, madrasa, xonaqoh, yangi bozorlar va savdo rystalari barpo qildi. U Samarqand atrofida bir qancha go`zal bog`lar barpo qildirdi. O`sha vaqtda Temur saroyida bo`lgan ispan elchisi Klavixoning yozishicha, «Samarqand hamma narsaga boy: noni, musallasi, shirin-shakar mevalari, parrandayu-darrandalari, barra va sur go`shtlari tahsinga sazovor». Uning shoyi-atlaslari, «gulnor baxmallari» va boshqa har xil to`qimachilik matolari ham g`oyat ko`p edi. Samarqandda turli asl bo`yoqlar ishlab chiqarildi. Uning qog`ozi jahon bozorida mashhur edi. Rim, Xitoy, Hindiston va boshqa katta davlatlar bilan bo`lgan tashqi savdoda Samarqand katta o`rin tutardi. Movarounnahrda iqtisodiy hayotning rivojlanishi Samarqand. SHerdor madrasasinish yonboshi bilan birga harbiy-feodal doiralar, ruhoniylar va savdogarlar boyidi. Ammo mehnatkashlarning ahvoli engillashmadi. Dehqon va hunarmandlarning feodallarga qaramligi kuchaya bordi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling