«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet103/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

5-MAVZU: MAKTAB MUZEYI.
REJA:


  1. Maktab muzeyining vazifalari

  2. Maktab muzeyi soxasini tanlash

  3. Maktab muzeyini tashkil etish

  4. Maktab muzeyi fondlari


1. Maktab muzeyining vazifalari

O`lkani va unda mavjud bo`lgan tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish, o`rganish va ulardan foydalanish har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Tarixchilauga bu qonun muqaddas dasturilamal bo`lib xizmat qiladi. Biz yoshlarni tarixiy yodgorliklarni avaylab saqlashga, tarixiy obidalarga mehr-muhabbat bilan qarashga o`rgatib, bu yodgorliklar faqat o`tmishni o`rganish uchungina emas, shu bilan birga ilm-fanni, xalq maorifi va madaniyatni yanada rivojlantirish uchun ham bebaho durdona ekanligini singdirish ruhida tarbiyalashimiz kerak.

Maktab muzeyy yoshlar oldiga quyidagi vazifalarni: birinchidan, jamiyat hayoti va xalq turmushidagi eng muhim tarixiy voqealarni, davlat va harbiy arboblarning, xalq qahramonlarining hayoti va faoliyati bilan bog`liq bo`lgan binolar, inshootlar, esdalik joylarni o`z o`lkasiga bog`lab o`rganishni. ikkinchidan. arxeologiya yodgorliklari: ko`hna shaharlar, qo`rg`onlar qal`alar, qadimiy manzilgohlar, istehkomlar, korxonalar, kanallar, yo`llarning qoldiqlari, qadimiy dafn joylar — mozoratlarni, tosh xaykallar, qoyalardagi tasvirlarni, qadimiy buyumlarni o`z joyiga bog`lab o`rganishni; uchinchidan, me`morchilik obidalari, tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, ko`chalar, shahar va boshqa aholi yashaydigan manzillarning qadimiy tuzilishi, qurilishi va qoldiqlarini; grajdan, sanoat, harbiy, diniy, xalq me`morchiligi inshootlarini, tabiat landshaftlarini o`z hududiga moslab o`rganishni; turtinchidan, san`at yodgorliklari — monumental, tasviriy, amaliy dekorativ va boshqa turdagi san`at asarlarini; beshinchidan, yodgorlik hujjatlari — davlat hokimiyat organlari va davlat boshqaruv organlarining aktlari, boshqa yozma va grafik hujjatlar, kino-foto hujjatlar va tovush yozuvlari, shuningdek, qadimiy va boshqa qo`lyozmalar hamda arxivlar, fol’klor va muzika yozuvlari va shu kabi nodir matyoriallarni izlab topish, o`rganish va umumlashtirish vazifalarini qo`yadi.

Maktab muzeyi oldiga juda katta va ulkan vazifalar qo`yilgan bo`lsada, xalq va davlat muzeylaridan o`ziga xos xususiyatlari bilan tubdan farq qiladi. Birinchidan, maktab muzeyi o`quvchilar uchun mo`ljallangan. Ikkinchidan, bu muzey maktab o`qituvchilar jamoasi hamda yoshlar tashkilotlari tomonidan yig`ilgan materiallar asosida tashkil etilgan. Uchinchidan, muzeydan faqat yuksak tarbiyaviy maqsaddagina emas, balki ta`lim jatumanida ham unumli foydalanish mumkin. Politexnika ta`limida kichik muzeyni tashkil etish benihoya katta ahamiyatga egadir.

Maktab muzeyi tashkil qilingan maktablarda o`quvchilarning ijtimoiy fanlardan olayotgan bilimlari, mustaqil ishga va mehnatga, o`tmish tarixi va madaniyatiga qiziqishlari o`sib borayotganligi aniqlanmoqda. SHuningdek, yuqori sinf o`quvchilarining bilim doirasi kun sayin kengayib, dastlabki ilmiy-tadqiqot ishlariga bo`lgan qiziqishi sezilarli darajada o`smoqda. Davlat muzeylari bo`lmagan tumanlarda maktab muzeyining vazifasi yanada murakkabroq bo`ladi. Bunday hollarda maktab muzeyi mahalliy aholini xam o`ziga jalb qiladi va tarixiy yodgorliklarni saqlash va ulardan foydalanishga bo`lgan qiziqishini orttiradi.

Maktab muzeyi qanday bo`lishi kerak? U qanday tashkil etiladi. Undagi ishlar qanday uyushtiriladi?

Maktab muzeyi ilmiy tizimga solingan, barcha materiallar to`planib, namoyish qilishga tayyorlangan, tarix va madaniyat yodgorliklarining imkoni boricha asl nusxasini yoki har xil vositalar yordamida ko`chirma (nusxa) olib, o`lkashunoslikning manbalari bo`yicha davrlashtirilib qo`yiladigan, maktab jamoasi, o`quvchilar hamda o`sha hududda istiqomat qiluvchi mahalliy aholiga mo`ljallangan kichik bir boshlang`ich ilmiy, madaniy muassasadir.

Muzeyga materiallar joylashtirilayotganda, albatta tuman yoki viloyat o`lkashunoslik muzeylari xodimlaridan maslahat olish zarur. CHunki materiallarni xronologik asosda joylashtirish davlat va xalq muzeylaridan farq qilmasligi kerak. Maktab muzeyi tushunchasi ko`pincha uning tanlab olgan sohasiga qarab aniqlanadi.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling