«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet106/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

4. Maktab muzeyi fondlari

Maktab muzeyi fondiga quyidagilar: tarixiy va madaniy yodgorliklarning yoki topilmalarning asl nusxalari, moddiy topilmalar, yozma tarixiy manbalar, tasviriy san`at yodgorliklari, koddiy va ma`naviy, etnografiya va toponimikaga oid materiallar kiradi. SHuningdek tuman yoki viloyat o`lkashunoslik muzeylaridagi mavjud eksponatlardan ko`chirmalar, fotosuratlar, har xil materiallardan o`shanga o`xshatib yasalgan maketlar ham kiradi.

Maktab muzeyini doimo materiallar bilan boyitib borish maqsadida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: o`rganilayotgan soha bo`yicha muntazam ravishda material yig`ib borish; buning uchun tartibli ravishda sayohat va ylmiy safarlar uyushtirib borish; muzey materiallarini boyitish maqsadida aholi qo`lidagi mavjud to pilmalarni yig`ib olish va ularni ham bu ishga jalb qilish.

Maktab muzey fondi quyidagicha bo`limlarga bo`lib qo`yilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Asosiy bo`limlardan oldin maktab muzeyi tarixi haqida va uni tashkil etuvchilar to`g`risida, undagi eksponatlarning soni va undan o`quvchilar va o`qituvchilar o`z faoliyatlarida qanday foydalanayotganliklari haqida qisqacha ta`rif beriladi, so`ng asosiy bo`limlarga va ularda joylashtirilgan materiallarga ta`rif berish boshlanadi. Masalan, birinchi bo`limni «Ibtidoiy jamoa va quldorlik jamiyati» deb nomlash mumkin. Bu bo`limga asosan o`z o`lkasidan yoki o`rganayotgan hududidan (agar shunday manbalar bo`lsa) topilgan arxeologiyaga oid materiallar, masalan, Teshiktosh g`orining yasama ko`rinishi, M. M. Gerasimov tomonidan rekonstruktsiya qilingan 8 — 9 yashar neandertal’ bolaning darslikdagi haykalining tasviri, «Ibtidoiy odam — sinantrop ovda» degan rasmdan ko`chirma yoki yasama ko`rinishi, arxeologiyaga oid qazilmalar natijasida topilgan tosh davriga oid turli xil mehnat qurollari, sopol idishlarning siniqlari, xullas, paleolit, neolit, eneolit, mis, bronza va temir davriga oid qurollardan namunalar, asl nusxalari bo`lmagan holda ularning yasama ko`rinishlarini yoki ko`chirma nusxalar qo`yish mumkin.

Muzey uchun yig`ilgan materiallar hajmiga qarab ikkinchi bo`limni «Feodalizm davri» deb nomlash va bu bo`limga feodalizm davrida yaratilgan tarixiy va madaniyat yodgorliklaridan Samarqand, Buxoro va Xivadagi me`morchilik yodgorliklarini aks ettiruvchi foto-suratlar va Bolaliktepa (V — VI asr), Panjakent, Varaxsha, Afrosiyob, Dalvarzin va Axsikentlardan topilgan arxeologiyaga oid har xil topilmalar va sopol idish-tovoqlar (asl nusxasi bo`lmasa rasmlari yoki-yasama ko`rinishlarini qo`ysa ham bo`ladi), o`sha davrga doir tanga-chaqa pullardan namunalar qo`yish mumkin. Uchinchi bo`limni «Ulkamiz chor Rossiyasi qaramligida» deb nomlash ham mumkin. Bunda chor Rossiyasi zulmidan mahdlliy omma va jafokash, to`rt devor ichida tutqunlikda huquqsiz kun kechirgan SHarq xotin-qizlari, jumladan, o`z o`lkasi xotin-qizlari hayotiga taalluqli bo`lgan materiallardan qo`yilsa, Buxoro amiri, Xiva xoni qahridan azob chekayotgan mehnatkashlar, Qo`qon xoni o`rniga kelgan chor hukumati zulmidan huvillab qolgan qishloqlar haqidagi ma`lumotlar muzey materiallarida aks ettirilsa o`quvchilar ko`z o`ngida o`tmish aniq tasvirlanadi va chorizm siyosatiga nisbatan qahr-g`azab, mehnatkash ommaga nisbatan mehr-muxabbat uyg`otadi.

To`rtinchi bo`lim «Hozirgi davrda jonajon o`lkam» deb nomlansa va bu bo`limda Ozbekistonning 20-yyllardan to shu kungacha, ya`ni mustaqil jumhuriyatlar tashkil topayotgan, shuningdek O`zbekiston ham mustaqillikni qo`lga kiritib, unda yashayotgan xalqlar o`z tarixi, madaniyati o`zligini anglayotgan, xorijiy davlatlar bilan ham iqtisodiy, ham madaniy aloqalar kun sayin yaxshilanayotgan hozirgi davrgacha bo`lgan o`z o`lkasining iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini isbotlovchi dalillar muzey eksponatlari qatoridan joy olsa, muzey o`shandagina maktabning haqiqiy muzeyiga aylanadi va uning ta`lim-tarbiya ishlariga qo`shayotgan hissasi yanada oshadi.

Masalan, Toshkent shahridagi 73- o`rta maktab tarix o`qituvchisi marhuma Lola Rahimova o`z maktabida Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika instituti qadimgi dunyo, o`rta asrlar va o`lkashunoslik kafedrasi otalig`ida namunali o`lkashunszslik muzeyi tashkil qildilar. Muzeyda insoniyat paydo bo`lgan paleolit — qadimgi tosh davri, mezolit — o`rtatosh davri, neolit — yangi tosh davri, eneolit — mis-tosh davri, bronza jez davri, temir davri hamda ibtidoiy jamoa davri buzilib, quldorlik davri paydo bo`lgan vaqtga qadar o`sha davr mehnat qurollarini Oybek nomli respublika muzeyi xodimlari yordamida namoyish qilishga erishildi. Keyingi davrlar ham xronologik asosda tashkil etildi. Bu maktab muzeyida bo`lgan yoshlar respublikamizning ma`lum darajada haqiqiy vatanparvari bo`lib etishishiga ishonch hosil qiladi.

SHuni ta`kidlab o`tish lozimki, respublikamizning ko`pgina viloyat va tuman markazlarida o`lkashunoslik muzsylari mavjud. Ularda shunday nodir, qimmatbaho materiallar saqlanmoqdaki, bu materiallardan haligacha foydalanilgani yo`q. Andijon, Farg`ona, TERMIZ, Samarqand viloyatlari, o`lkashunoslik muzeylaridagi materiallar, ayniqsa dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq, u erlarda yashagan xalqlarning urf-odatlarini aniq ashyoviy dalillar bilan isbotlab beruvchi materiallar, shular jumlasidandir. CHunonchi, Farg`ona viloyati o`lkashunoslik muzeyida qadimgi Farg`ona sugorma dehqonchilik madaniyatining qadimgi Misr, qadimgi Hindiston, Ikki daryo oralig`i davlatlari sugorma dehqonchilik madaniyatidan ustun ekanligini isbotlovchi fond materiallari bor. Samarqand viloyati o`lkashunoslik muzsyida XIX asr oxirlarida yashab ijod etgan mushhur sharqshunos olimlar tomonidan yaratilgan, xalqiminning juda ko`plab asori-atiqalari, kiyim-kechaklari, to`y va motam marosimlariga doir 96 tomdan iborat «Spravochnik Samarkandskoy oblasti» deb nomlangai to`mlam mavjudki, bundan «O`zbekiston tarixi»ni yozishda foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`lur

Xulosa qilib aitganda, viloyat va raion o`lkashunoslik muzeylarida saqlanayotgan materiallardan foydalanmay turib respublikamiz tarixini ro`y-rost yaratish mumkii yamas. SHuning uchun «Maktab muzeyi» deb nomlangan mazkur bobni o`rganishda tarih inson va jamiyagdan dars berayotgan o`qituvchilar o`z viloyat yoki tumanidagi o`lkashunoslik muzeylarida- saqlanayotgan materiallardan o`riili va unumli foydalanishlarini tavsiya etamiz. SHundagina biz maktab muzeyi materiallaridan foydalanishni yo`lga qo`ygan xamda o`quvchilarning bu materiallardan o`z vaqtida samarali foydalanishlariga erishgan bo`lur edik.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling