«jahon tarixi va manbashunoslik»


O`lkashunoslik to`garagini tashkil etish


Download 0.7 Mb.
bet109/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

1. O`lkashunoslik to`garagini tashkil etish

O`lkashunoslik to`garagini tashkil etishdan oldin ana shu muhim va murakkab ishga rahbarlik qila oladigan, o`lkashunoslik ishini chin ko`ngildan sevadigan va bu sohada etarli bilim va malakaga ega bo`lgan mutaxassisdan rahbar tanlash va uni maktab o`qituvchilar Kengashida tasdiqlab olish zarur. Bu ancha qiyin masala. O`lkashunoslik to`garagining bo`lg`usi rahbari nimalarni yaxshi bilishi kerak? eng avvalo, u o`lkashunoslik nima va u nimalarni o`rganadi va nimadan bahs etadi, o`lkashunoslikning manbalari, ob`ektlari qaysilar, 1917 yilgacha undan keyin o`lkashunoslikning rivojlanish bosqichlari, turlari, tarixiy o`lkashunoslikning ilmiy-nazariy va uslubiy asoslari va boshqalarni juda yaxshi bilgan va tushunib olgan bo`lishi kerak.

Binobarin, ana shularni o`rganib olmasdan turib o`lkashunoslik soxdsida ma`lum bir natijaga erishib bo`lmaydi.

O`lkashunoslik to`garagi ishi uning quyidagi asosiy manbalarini o`rganishdan boshlanadi. Darslikda bayon qilinganidek, dastavval o`lkashunoslik haqida qisqacha ma`lumot beriladi; o`lkashunoslikda arxeologiya, etnografiya, toponimikaning roli va ahamiyati ochib beriladi; o`lkashunoslikning asosiy manbalaridan biri arxivshunoslik, muzey eksponatlari xaqida batafsil tushuncha hosil qilinadi. XO`sh, bu manbalarning har biri qanday masalalar bilan shug`ullanadi? Demak, ish o`lkashunoslikning birinchi manbai arxeologiya nima degan savoldan boshlanadi.

«Arxeologiya» so`zi lotin tilidan olingan bo`lib «arxayos» — qadimgi, «logsk» — fan degani, ya`ni qadimiylikni o`rganadigan fan ma`nosini anglatadi. Dastlab bu atamani milodimizdan avvalgi IV asrda Platon (Aflotun) o`zining «Gippiy» dialogida qadimgi zamon haqidagi fan sifatida tilga olgan. Bu fan Evropada ancha qadimdan rivojlanib kelayotganligi, rus arxeologiyasi haqida qisqacha so`z aytish bilan birga, O`rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingach, O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston hududida ham sharqshunos olimlar, havaskor arxeologlarning olib borgan bu sohadagi ishlari bilan tanishtiriladi. SO`ng boshqa fanlar qatori arxeologiya fani ham keyingi davrda rivoj topgani, O`zbekistonda arxeologiyaning vujudga kelishida, rivojlanishida rus sharqshunoslarining ko`rsatgan beqiyos xizmatlari, mahalliy arxeologlarning olib borgan ishlari, hozirgi kunda o`zbek arxeologlarining ulkan yutuqlari to`g`risida to`garak rahbari batafsil gapirib berishi kerak.

To`garak rahbari arxeologiya — qazish yo`li bilan topilgan tarixiy manbalar asosida insoniyatning uzoq o`tmishi o`rganilishini aytib berish bilan birga, u qanday olib boriladi? Arxeologiya qidiruv ishlarining qanday turlari bor? Qazish ishlarini tashkil etish tartiblari qanday? degan savollarga javob beradi. Arxeologlar o`rganadigan predmet, ob`ektlar haqida tushuncha beradi. SO`ng arxeologiyaga yaqin va uni aniqlashda bevosita ishtirok etadigan fanlar ustida to`xtaladi. Masalan, tosh, metall, sopol va yog`ochdagi yozuvlarni o`rganuvchi soha epigrafika, tanga pullarni o`rganadigan soha numizmatika, muhrlarni o`rganadigan soxa sfragistika, gerblarni o`rganadigan geraldika kabi arxeologiyaning bir qancha soxdlarini dalillar bilan tushuntirib berishi lozim.

Arxeologiya tarixga oid fan bo`lishi bilan birga to`garak rahbari izohlab bermoq uchun geologiya, botanika, zoologiya va antropologiya ma`lumotlaridan foydalanadi va shu bilan birga o`zi ham o`sha tabiiyot fanlariga qimmatli materiallar beradi, topilgan materiallarning ayniqsa «yoshini» aniqlashga yordam beradi.

O`lkashunoslikning ikkinchi manbai entografiyaga kelsak u o`tmishda va hozirda xalqlarimizning milliy xususiyatlari, urf-odatlari, madaniyatiga doir ma`lumotlarni xdmda millatlarning kelib chiqishlariga, ularning moddiy va ma`naviy madaniyatining o`sib borishiga doir materiallarni o`rganadi.

Etnografiya so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, «etnos» — xalq, «grafeyn» — yozmoq yoki yozaman degan ma`noni anglatadi. Bu fan xalqshunoslik fani deb ham yuritiladi. Demak, etnografiya fani xalqimizning o`tmishidan boshlab to hozirgi kungacha saqlanib kelayotgan urf-odatlari, moddiy va ma`naviy madaniyat, turmush tarzi va millatlarning kelib chiqishi muammosi (etnogenez), ularning o`zro aloqalari va boshqalarni o`rganadi.

O`lka tirixini o`rganishning asosiy manbai bo`lgan toponimikachi? U nima degani? Qanday masalani o`rganadi? Bu so`z xam lotin tilidan olingan bo`lib, ikki so`zning birikmasidan tashkil topgan, ya`ni «topos» — joy, «onoma» yoki «onima» — nom, demak joyning nomi o`rganiladigan fan degan ma`noni bildiradi. Greklar. bu, fanni «er tili» deb ham ataydilar. Masalan: Sariosiyo — bosh tegirmon, Taxta-pul — taxta ko`prik, Jizzax — diz (jiz) — qal`a, ak kichraytirish affiksicha, ya`ni qal`acha demakdir. Har qanday til leksikasi qator manbalar hisobiga boyib boradi. Ana shunday manbalardan biri yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek toponimikadir.

Toponimlardan nom olgan buyumlar, o`simlik, xayvonlar shu qadar ko`pki, ba`zan xatto ularning etimologiyasi to`g`risida o`ylab ham o`tirmaymiz. Qo`qon arava, buxori qovun, chust do`ppisi yoki pichog`i kabi so`zlarda o`sha joyning nomlari esga kelishi mumkin.

Demak, toponimika qishloq, tuman, shaharlarning nomlarini iqtisodiy, sotsial, siyosiy hayotdagi o`zgarishlar zaminida o`rganadi. O`qituvchi-rahbar toponimlar xaqida gapirayotganida uning bevosita tilshunoslikka oid bo`lgan va toponimlar deb hisoblangan quyidagi terminlari haqida ham to`xtalib o`tishi zarur, chunki o`quvchilar material yig`ish jatumanida mana shunday terminlarga ham e`tibor beradigan bo`ladilar. Masalan, antroponim so`zi — lotin tilidan olingan bo`lib, «antropo» — odam, «onoma» — nom, kishi ismi, laqabi, familiyasi demakdir; antroponimika — kishi ismlarini o`rganadigan fan. Gidronim — grekcha — «gidro» — suv, «onoma» — nom, suv ob`ektlarining, masalan, kanal, ariq, anhor, daryo, soy, jilg`a, irmoq, buloq, quduq, dengiz, ko`l va qo`ltiq, bo`g`oz, sharsharalarning nomlarini o`rganadi.

Diminutiv — lotin tilidan olingan so`z bo`lib, kichraytirilgan shakldan toponim yasalishi demakdir. O`zbekistonda -cha va -ak ba`zan -ik affikslari diminutiv shakldagi toponimlar yasaydi; bunday toponimlar otlardan (-Hisorak, Xumdonak, Rudak), sifatlardan (Ko`kcha, Oqcha, Qoracha, Saricha), etnonimlardan (DO`rmoncha, Naymancha) yasalishi mumkin. Ba`zi hollarda esa biron toponimga taqlid qilib nom qo`yilganda ham diminutiv shakldagi toponimlar yasaladi, chunonchi Buxorocha, Samarqandak, Bag`dodik, Registonak va boshqalar.

Metateza — lotin tilyda metatesis — joy almashtirish — so`zdagi tovushlarning o`rin almashishi (Beshog`och — Bechog`osh, Sayram — Saryom).

M e tafara (grekcha — «ko`chirish») — so`zning ko`chma ma`noda ishlatilishi (Tuyatosh — katta qoya, Mingbuloq — ko`p buloq), etak — daryoning, tog`ning, soyning yoki odamning etagi, burun — odamniki, qayiqniki va boshqalar.

Metonimiya (grekcha — «qayta nom qo`yish») — toponimikada joy nomining qo`shni ob`ekt nomyga o`tishi, masalan, daryo nomining shahar nomiga aylanishi (Zarafshon daryosi — Zarafshon shahri, CHirchiq daryosi — CHirchiq shahri), daryo nomining tag` nomiga ko`chishi (Ko`ksuv daryosi, Ko`ksuv tizmasi, Vaxsh daryosi — Vaxsh tizmasi). O`zbekistonda metonimiya hodisasi juda keng tarqalgan.

Mikrotoponimiya (grekcha «mikro» — kichkina, «onoma» — nom) — kichik ob`ektlar: buloqlar quduqlar, dalalar, o`tloqlar, jarlar, yo`llar, kichik tepalar, ko`chalar va hatto atoqli otga ega bo`lgan ayrim daraxtlarning nomlari; mikrotoponimiya bilan makrotoponimiya orasida muayyan chegara yo`q, masalan, ba`zi bir tadqiqotchilar ko`chalarni makrotoponimlar desalar, boshqa birovlar makrotoponim deb hisoblaydilar. (Masalan, Siob arig`ini ayrim tadqiqotchilar siyoh ob, ya`ni qorasun desalar, ba`zilari o`ttiz, ob — suv so`zidan olingan deydilar.)

Oronimiya (grekcha «oros» — shahar, «onoma» — nom) — er yuzining rel’ef shakllari — tog`lar, cho`qqilar, qirlar, daralar, tekisliklar, jarlar nomlarini o`rganadi.

P olinimiya (grekcha — «polis» — shahar, «onoma» — nom). Urbonimiya so`zi ham lotin tilidan olingan bo`lib, «urbs» — shahar, aholi punktlari; xutor, ovul, qishloq, shaharcha, stantsiya, shahdrlarning nomlarini o`rgatadigan maxsus fandir.

O`lkashunoslik to`garagining asosiy manbalaridan biri — arxiv hujjatlaridan foydalanish ekanligini o`qituvchi yana bir anyq dalillar bilan tushuntiradi.


Maktabda o`lkashunoslik ishlarini olib borish chizmasi


O`lkashunoslik


Maktab



Bolalar sayo?at stantsiyasi

Darsda


Ilmiy safarlar

Darsdan tashqarida


O`lkashunoslik to`garagi



Sayoqatga chiqish

YUqorida keltirilgan chizma masalaga ma`lum darajada aniqlik kiritadi. Demak, o`lkashunoslik o`z navbatida ikkiga, ya`ni maktab o`lkashunosligi va bolalar turistik ekskursiya stantsiyasiga bo`linadi. Maktab o`lkashunosligi darsda va darsdan tashqarida amalga oshiriladi. Bolalar turistik ekskursiya stantsiyasi ekspeditsiyalar hamda turistik poxodlar uyushtiradi. Natijada darsdan tashqari olib borilgan hamda bolalar turistik ekskursiya stantsiyalari tomonidan uyushtirilgan ekspeditsiyalar va turistik poxodlarda to`plangan materiallar maktab o`lkashunoslik to`garagida muhokama qilinadi.

Demak, rahbar-O`qituvchi o`lkashunoslikning barcha manbalari bilan o`z a`zolarini batafsil tanishtirib chiqishi shart.

O`lkashunoslik to`garagida qatnashadigan o`quvchilarni tanlashga alohida e`tibor berish zarur.

To`garakka shu ishga astoydil qiziqadigan, tarih inson va jamiyat, geografiya, adabiyot va boshqa fanlardan puxta bilimga ega bo`lgan, sinchkov, qidiruvchan, a`lochi o`quvchilar tanlab olinishi kerak.

To`garak a`zolari bilan birgalikda maqsad-rejalar haqida obdon maslahatlashib, maktabning o`lkashunoslik ishlariga bevosita yoki bilvosita aloqasi bo`lgan o`qituvchilar bilan fikrlashib chiqqandan so`ng to`garakning ish rejasi tuzilib u o`quvchilarning umumiy yig`ilishida muhokama qilinadi va bildirilgan fikr-mulohazalar hisobga olinadi.

O`lkashunoslik to`garagining ish rejasi o`quvchilar umumiy yig`ilishida muhokama qilyngach, bolalar sayohat stantsiyasi xodimlari bilan ham fikr almashiniladi.

YUqoridagi to`garak rejasi maktab o`quvchilar yig`ilishida va o`qituvchilar kengashida uzil-kesil tasdiqlangandan keyin to`garak rahbari o`z a`zolarini har bir soha bo`yicha qilinadigan ishlar xarakteri bilan tanishtirib chiqishi, yo`l-yo`riqlar va maslahatlar berishi lozim. O`lkashunoslik masalalarini aniq misollar keltirish, sayohat, suhbatlar uyushtirish yo`li bilan o`rganish kerak.

O`lkashunoslik to`garagining ish rejasi taxminan quyidagicha bo`lishi mumkin;


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling