«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet110/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

To`garakning ish rejasi


t.r



Bajariladigan ishning maemuni

Bajarish vaqti

Bajaruvchi shaxs

I

1


Jamoa va davlat xo`jaligi, qishlots, ovul va tuman tarixini o`rganish Jamoa va davlat xo`jaligi, ovul, qishloq, tuman, hududidagi joy nomlarining ma`nosi, kelib chiqishini o`rganish.

yil davo-mida






2

Jamoa va davlat xo`jaligi, ovul qishloq va tumandagi veteranlar hahida ma`lumot yigish va o`rganish







3

Jamoa va davlat xo`jaligi, ovul, qishloq va tuman hududidagi tarixiy yodgorliklarni saqlash, topish, o`rganish va ulardav foydalanish







4

Jamoa va davlat xo`jaligi, ovul, qishloh va tuman tarixiga oid qo`lyozmalar, yozma hujjatlarni to`plash







II

Jamoa va davlat xo`jaligi, ovul, qishloq, tuman tarixini yoritadigan fotoal’bom, fotopitrina, stend va pannolar tashkil qilish







III

To`plangan materiallar asosida jamoa va davlat xo`jaligi, ovul, qishloq, tuman, shahar tarixini ommalashtiruvchi mahalliy matbuotdan foydalanish







IV

Barcha to`plangai materiallarni umumlashtirib, o`z o`lkasining tarixini yaratish







To`garak a`zolarining hdr biri muayyan topshiriq olishlari kerak. Topshiriq berish vaqtida to`garak a`zolarini yuqorida ko`rsatib o`tilgan to`rt soha bo`yicha gruhlarga bo`lish ma`qul. Har bir guruh, o`z navbatida, shu sohd bo`yicha aniq ish rejasini tuzib chiqishi kerak. To`garak a`zolarining o`z sohalari bo`yicha tuzgan ish rejalari o`lkashunoslik to`garagining maxsus kengashida tasdiqlanadi. Sohalar bo`yicha topilgan ish rejasi




T. R.



Birkitilgan sohaning nomi

Qaysi gruhga birkitilgan

Bajarish vaqti




1



Arxeologayaga oid materiallar to`plash


Birinchi gruh









2

etnografiyaga oid ma`lumotlar to`plash

Ikkinchi gruh







3

Toponimikaga oid materiallar to`plash va umumlashtirish

Uchinchi gruh




4

Mahalliy hujjatlar yoki arxivshunoslik bo`yicha yozma manbalar to`plash va o`rganish

To`rtinchi gruh




5

Viloyat respublika tarix muzeylari eksponatlaridan ko`chirmalar, fotosuratlar yoki maketlar olish

BeshInchi gruh




YUqoridagi guruhlar o`zlariga birkitilgan soha bo`yicha materiallar to`plashga kirishadilar. Har besh soha bo`yicha ish olib boradigan guruhlar «Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida»gi Qonunga asoslanishlari kerak.

O`lkashunoslik to`garagi ishi ham g`oyaviy ishning ta`sirchan vositalaridan biridir. To`garak tomonidan o`rganilayotgan yoki uning a`zolari tomonidan topilgan har bir tarixiy yodgorlik hududdagi aholining ko`z o`ngida bo`lishi, istalgan vaqtda uni borib ko`rishi, bu yodgorliklar ustida doimo g`amxo`rlik qilinishi, u yaxshi saqlanishi va shu bilan birga ta`lim-tarbiya ishida o`z aksini topa olishi lozim.

«Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida»gi Qonunning I moddasiga muvofiq quyidagilar tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradi.

Tarixiy yodgorliklarga — xalq turmushidagi eng muhim tarixiy voqealar bilan, jamiyat va davlatning rivoji, inqilobiy harakat bilan, fuqarolar urushi, Ulug` Vatan urushi bilan, ijtimoiy va texnikaviy qurilish bilan, xalqlar madaniyati va turmushining rivoji bilan, atoqli siyosiy, davlat, harbiy arboblarning, xalq qahramonlarining, fan va san`at arboblarining hayoti bilan aloqador bo`lgan imoratlar, inshootlar, esdalik joylar va boshqalar kiradi,

Arxeologiyaga oid yodgorliklarga — ko`hna shaharlar, qal`alar, qo`rg`onlar, qadimiy manzilgohlar, istehkomlar, korxonalar, kanallar, yo`llarning qoldiqlari, qadimiy dafn joylari, tosh xdykallar, qoyalardagi tasvirlar, qadimiy narsalar, qadimiy aholi punktlaridagi tarixiy madaniyat qatlamlari uchastkalari kiradi.

SHahar qurilishi va me`morchilik yodgorliklariga me`morchilik ansambllari va komplekslari, tarixiy markazlar, kvartallar, maydonlar, ko`chalar, shaharlar va boshqa aholi punktlarining qadimiy tuzilishi va qurilishi qoldiqlari, grajdan, sanoat, xarbiy, diniy arxitektura, xalq me`morchiligi inshootlari tabiat landshaftlari kiradi.

San`at yodgorliklariga — monumental, tasviriy, amaliy-dekorativ va boshqa turdagi san`at asarlari kiradi.

YOdgorlik hujjatlariga — davlat va davlat boshqaruv organlarining aktlari, boshqa yozma jadval hujjatlar, kino — fotohujjatlar va tovush yozuvlari, shuningdek, qadimiy va boshqa qo`lyozmalar hamda arxivlar, fol’klor va muzika yozuvlari, nodir bosma nashrlar kiradi.

Bu yodgorliklar jumlasiga tarixiy, ilmiy, badiiy qimmatga ega bo`lgan yoki boshqa xil madaniy qimmatga ega bo`lgan ob`ektlar xam kiritilishi mumkin. Mana shu materiallar tartibi bilan o`lkashunoslik to`garagi yig`ilishlarida muhokama qilinadi.

Sohalar bo`yicha ishlar qanday bajarilayotganligi to`garak mashg`ulotlarida muntazam ravishda muhokama qilib boriladi. YUqorida ta`kidlab o`tilganidek, avvalo arxeologiyaga oid materiallar juda uzoq davrlarni o`z ichiga olganligi, topilmalarni hali to`garak a`zolari yaxshi o`zlashtirib olmaganligi sababli ish mana shularni o`rnatishdan boshlanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumining eng uzoq davrini kechirgan quyi paleolit, o`rta paleolit, yuqori paleolit (bu so`z lotin tilidan olingan bo`lib, «paloyos» qadimgi «litos» — tosh, ya`ni qadimiy tosh demakdir) davri tosh qurollarining o`ziga xos xususiyatlari, ularning hali qo`pol ishlanganligi, bunday tosh qurollar oddiy toshdan emas, balki eng qattiq chaqmoq toshlardan yasalganligi tushuntiriladi. Mezolit — o`rta tosh davridagi qurollarning paleolit davridagi tosh qurollaridan anchagina farq qilishi, neolit — yangi tosh davriga kelib esa tosh qurollarning murakkablasha boshlaganligi muzeylardagi mavjud materiallar asosida tushuntirilsa, bolalar ekspeditsiya va sayohatlarga chiqqanlarida bunday tosh qurollarni oddiy yoki tabiiy toshlardan tez ajratadigan bo`ladilar.

SO`ngra o`qituvchi — rahbar eneolit — mis-tosh davri va uning qurollari haqida tushuncha beradi va ulardan namunalar ko`rsatadi. Keyin milodimizdan avvalgi III minginchi yillarga xos bo`lgan va O`rta Osiyoda keng tarqalgan bronza davriga doir materiallar bilan, asta-sekin sun`iy sug`orishga, dehqonchilikka o`tilishi munosabati tufayli shu davrga doir materiallar bilan tanishtiradi. Hunarmandchilikning kelib chiqishi, sopol idishlar davrma-davr o`rgatiladi. Natijada o`lkashunoslik to`garagi a`zolari arxeologiyaga oid materiallarni juda yaxshi ajrata oladigan yosh arxeologlar bo`lib etishadilar.

O`tmishdan to hozirgi kunga qadar hayot kechirib, mehnat qilib, o`z madaniyatini yaratgan xalqimizning moddiy va ma`naviy madaniyatini, xalqlarning kelib chiqishini, ularning tillari, urf-odatlarini o`rganadigan etnografiya haqida materiallar yig`ish va unts o`rganish juda qiziq ekanligi daliliy ashyolar asosida tushuntirilsa, student va o`quvchilar etnografiyaga oid materiallar to`plashda ham qiynalmaydilar.

O`lkashunoslik to`garagi ivdiga iloji boricha qishloq yoki maktab hududidagi ko`pchilik ommani jalb etish maqsadga muvofiqdir.

Ayniqsa, etnografiya, toponimikaga oid va qadimiy qo`lyozma kitoblar va hujjatlar to`plashda o`sha hududda istiqomat qiluvchi qariyalardan ko`proq foydalaiit lozim. To`garakda muhokama etilgan har bir masala maktabda o`qitilayotgan tarih inson va jamiyat fanlari oldiga qo`yilgan yuksak talablarni amalga oshirishda katta hissa qo`shadi. Ularning shu fanlardan oladigan bilimlarini mustaxkamlashga va kengaytirishga yordam beradi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling