«jahon tarixi va manbashunoslik»


Download 0.7 Mb.
bet112/122
Sana09.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#264337
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   122
Bog'liq
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011

Ismoil Somoniy maqbarasi

(IX — X asrlar)

O`rta Osiyo me`morchiligi o`ziga xos aniq va muayyan xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu me`morchilik o`z xalqi va uning g`oyasi, did-farosati bilatchambarchas bog`langan xalq ustalarining ijodidan iborat.

Avvalo IX — X asrlarda qurilgan Somoniylar maqbarasi o`sha davr binokorlarining mahorati va yuksak badiiy dididan dalolat beradi. Bu yodgorlik 892 — 907 yillarda qurilgan deb taxmin qilinadi. Maqbara shahardagi madaniyat va istirohat bog`ida joylashgan. U kub shaklida bo`lib, yarim sharsimon qubba bilan yopilgan. Unga husn bo`lsin uchun burchaklariga to`rtta kichkina qubba o`rnatilgan. Devori qalin (1,8 metrgacha) bo`lganligi tufayli bu yodgorlik ming yildan beri yaxshi saqlanib kelmoqda.

Maqbaraning fasadi yo`q, to`rt tomoni ham bir xil. Bunday inshootlar tsentrik kompozitsiya deb ataladi. Maqbara kvadrat shaklida bo`lib, pishiq g`ishtdan qurilgan. Rivoyatlarga ko`ra, bu maqbara Ismoil Somoniy tomonidan otasi Ahmad ibn Asad uchun qurilgan. Keyinroq bu maqbara Somoniylar xonadonining dahmasi bo`lib qoldi. Unga 907 yilda vafot etgan Ismoil, keyinroq maqbaraga kiraverishdagi yozuvga ko`ra, Ismoilning nabirasi — 914 yildan 943 yilgacha hukmro» bo`lgan Nasr ibn Ahmad dafn qilingan. Bino hozirga qadar saqlanib turibdi. Bu yodgorlikni Vatanimizdan tashqari joylarda xam yaxshi biladilar.

Somoniylar maqbarasi sodda, ajoyib ziynati va asrlar davomida sinovdan o`tgan obida sifatida murakkab gumbaz tomli konstruktsiyani qo`llagan binokorlarning muhandislik mahorati jihatidan jahon me`morchiligining eng mukammal asarlaridan biri hisoblanadi.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling