Abdulazizxon madrasasi (1652 yil)
Bu madrasa badiiy bezaklarga boy bo`lib, o`z ahamiyati jihatidan O`rta Osiyo me`morchiligida alohida o`rin tutadi. Bu bino Ulug`bek madrasasi ro`parasida qurilgan bo`lib, nafas me`moriyligi va bezatilishi jihatidan ular go`yo bir-biriga raqobat qilayotgandek ko`rinadi, Holbuki, har ikki yodgorlik qurilishi (1417 va 1652 yillarda) o`rtasida ikki asrdan ortiq vaqt o`tgan.
Abdulazizxon madrasasida oddiy geometrik, yulduzsimon va o`simliklarni tasvirlaydigan bezaklar o`rniga ancha murakkab va xilma-xil qilib ishlangan naqshlar ko`zga tashlanadi. Bu erda ajdar va semurg` qushning surati bor. Madrasada ikki masjid bor: yozgisi hovlida, darvoza yo`lagining g`arbiy burchagida esa qishki masjid bor. Ikkala masjidning ham devor va shiplari juda serhasham qilib bezatilgan.
Madrasa xalq me`mori usta SHirin Murodov ishtirokida ta`minlangan (1930 yil).
Bolohovuz masjidi (1712 yilda qurilgan)
U ark qarshisida qurilgan. Masjidning hujralari va 20 ta baland yog`och ustunli ayvoni bor. U bir vaqtlar shaharning juma namozi o`qiladigan masjidi bo`lgan va amir Buxoroga kelgan paytlarda shu masjidda namoz o`qigan. Amir kelganda Arkdan masjidgacha gilamlar to`shalgan. Bolohovuz masjidiga Registon maydoni tomonidan qaralsa, uning peshayvoni, maydon yonboshidagi kichkina minorasi va o`rtasidagi chuqur hovuz kishida ajoyib taassurot qoldiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |