CHor minor (1807 yil)
CHor minorni boshqacha aytganda xalifa Niyozqul madrasasi deb ham ataladi. Bu yodgorlik so`nggi vaqtlarda qurilgan obidalar qatoriga kiradi. U 1807 yilda qurilgan va shaharning shimoli-g`arbiy qismida joylashgan. YOdgorlik murakkab me`morchilik kompleksi bo`lib, peshayvon sifat masjid, bir qavatli madrasa hovuz va ajoyib peshtoqdan iborat.
To`rtta baland mezanasi bor. Ular minoraga o`xshaydi, shuning uchun ham CHor minor madrasasi deb ataladi. Aslida esa bu mezanalar bo`lmay, faqat binoning badiiy bezagidir. Ular Hindiston masjidlari me`morchilikning ta`siri borligini ko`rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |