«jahon tarixi va manbashunoslik»
O`quvchilarni arxeologiyaga oid ma`lumotlar to`plashga o`rgatish
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
1. O`quvchilarni arxeologiyaga oid ma`lumotlar to`plashga o`rgatish
O`lkashunoslikni o`rganish uchun o`qituvchi o`lka va o`lkashunoslik nima, uni qaysi ilmiy va ommaviy adabiyotlardan o`qib o`rganish mumkin, o`lka muzey ekspozitsiyalarida, arxiv hujjatlarida o`z o`lkasiga oid qanday ma`lumotlar bor va nihoyat, o`lkashunoslikning birinchi manbai bo`lgan arxeologiya haqida batafsil ma`lumotga ega bo`lishi lozim. O. To`garak mashg`ulotlarida: 1) tarixiy, moddiy yodgorlikning joyi va geografik sharoiti; 2) yodgorlikning nomi va turlari (qo`rg`on, shaharcha, makon va boshqalar); 3) yodgorlikning umumiy ta`rifi (uning hdjmi, saqlanish holati va boshqalar); 4) yodgorliklarni kvadratlarga bo`lib, o`sha joylardan, ya`ni er ustidan topilgan topilmalarni daftarga batafsil qayd qilish va tosh qurollar, sopol siniqlari rasmlarini daftarga tushirish ishlari muhokama qilinadi. Bulardan tashqari yana: a) mahalliy aholi shu yodgorlik haqida nimalarni bilishi, bu haqda afsonalar borligini aniqlang. Bo`lsa, so`zlab berishlari iltimos qilinadi va ular yozib olinadi; b) agar yodgorlik o`sha mahalliy xalqlarning avlod-ajdodlariga tegishli bo`l£a, u holda biror madaniy qatlami qolganmi, uning chuqurligi, eni va bo`yi, qidirish jatumanida topilgan topilmalar yon daftarga yozib boriladi; v) topilgan ma`lumotlarning davrsh aniqlanadi; g) topilmalar yangimi yoki oldingi topilmalarni to`ldirish uchun xizmat qilishini aniqlash (bu yodgorlik arxeologiyaga oid kartaning qaysi nuqtasida joylashgan). Agar yangi bo`lsa, viloyat muzeyi yoki tarixiy obidalarni saqlash va muhofaza qilish qo`mitasiga xabar qilish vazifalari hdm yuklatiladi. O`quvchilarga yangi arxeologiyaga oid yodgorliklarni qidirib topish ishlarida ishtirok etish juda qiziqarlidir. Bu o`quvchilarni mustaqil ishlash va ijod qilishga o`rgatadi. Demak, qish bo`yi olib borilgan tayyorgarlik ishlari birinchi marta mustaqil ravishda o`z o`lkasidagi ko`l va daryo bo`ylarida arxeologiyaga oid tadqiqot o`tkazishga imkon beradi. O`qituvchi bu ishni muntazam olib borishi kerak. Viloyat muzeylarida arxeologiyaga oid kataloglar mavjud. SHunga qarab o`qituvchi qaysi yodgorlikni ko`rish va kuzatish mumkinligini aniqlaydi va kuzatish rejasini ishlab chiqadi. Arxeologiyaga oid yodgorliklar haqidagi adabiyotlardan, muzey ekspozitsiyalaridan o`rganilgan ma`lumotlarni boshqa manbalar bilan, ya`ni toponimik, yozma manbalar, arxiv hujjatlari bilan solishtirish yangi arxeologiyaga oid yodgorliklarni qidirib topishga imkon beradi. O`rganish manbai qilib olingan tumanning, ovul, qishloq, shaharchalarning toponimikasi o`rganilib, ularning ma`nolarini anglatuvchi lug`at tuzilsa, keyin u nomlar arxeologiyaga oid kartalarga tushirilsa, o`psh joy tarixini o`rganish juda qulay bo`ladi. Bu lug`at «O`zbekiston xalqlari tarixi»dagi madaniyatga tegishli mavzulardagi qishloq, shaxarlarga qo`shimcha qilib, o`z o`lkasidagi joy nomlari keltirilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Arxeologiyaga oid yangi yodgorliklarni qidirib topishda qadimgi aholi yashagan shahar va qishloqlar haqidagi yirik asarlar ham qimmatli manba bo`la oladi. O`rta Osiyoning deyarli barcha joylarida mavjud bo`lgan «oqtepalar» haqida ma`lumotlar to`plash ham arxeologiyaga oid yodgorliklarni qidirib topishga kiradi. Bu baland-past «oqtepalar»ning hammasi xom g`ishtdan solingan feodal ko`shklarining xarobalaridan iborat bo`lib (sun`iy sug`orish ishlari rivojlanib, er egaligi paydo bo`la boshlagach, «dehqon» «deh» — er, «qon» yoki «hoqon» — egasi, ya`ni katta er egasi ma`nosida ishlatila boshlagan vaqtlar — davrlar o`tishi bilan bu so`z oddiy, er bilan ishlovchi kishilarga nisbatan aytiladigan so`zga aylangan), «dehqonlar» yashab o`tgan joylarning qoldiqlari ekanligini ko`rsatadi. Qidirishda ibtidoiy odamlar qaerlarda va qanday sharoitlarda hayot kechirganliklari ham hisobga olinadi. Ular ov qilish qulay, suvga yaqin bo`lgan erlarda, xususan, buloq, ko`l va daryo bo`ylarida hamda g`orlarda yashaganliklari uchun o`sha joylar tekshirilib ko`riladi. Agar shunday joylardan paleolit, mezolit, neolit va bronza davrlariga oid ma`lumotlar topilsa, demak, bu erlarda ibtidoiy odamlar hayot kechirgan degan xulosaga kelinadi va shu joyda arxeologiyaga oid qazishmalar o`tkaziladi. Bu joylarning tuproqlari ham tabiiy tuproqdan ajralib turadi. U erda kuygansimon tuproq, kuygan o`tinlarning ko`mirga aylangan qoldiqlari, kul va kuygan suyak qoldiqlari va x.ar xil mehnat qurollari topildi. Masalan, 1938 yili Surxondaryo viloyati Boysun tog`idagi Teshiktosh g`ori tekshirilganda bu joy must’e davrida yashagan odamlarning makoni ekanligi aniqlandi. G`orning qatlamlarida toshdan qilingan o`choqning o`rni, kul qatlamlari, ko`mir, turli hayvon va qushlarning suyaklari, must’e davriga xos qurollar ko`p topildi. Topilmalardan u davr odamlari ko`pincha ov bilan kun ko`rganligi ma`lum bo`ldi. SHunga o`xshash tosh qurollar Urgut tumanidagi Omonqo`ton g`oridan ham topildi. Mezolit davri odamlari ko`proq daryo va ko`l bo`ylarida istiqomat qilganlar. Masalan, CHirchiq daryosi bo`ylarida, So`x vohasi atrofida, Bo`zsuv bo`ylarida hamda Ohangaron vohasidagi Ko`lbuloq atrofida shu davr odamlari yashaganlar. Ayniqsa, jamoa xo`jaliklari xududlarida katta-katta binolar qurish maqsadida kotlovan (O`qituvchi rahbarligida o`tkazilgan turli xildagi ilmiy safarlar va ekskursiya hamda sayohatlar natijasida topilgan arxeologiyaga oid topilmalar maktabga qo`yilgach umumlashtiriladi, o`lkashunoslik to`garagida o`rganiladi, uning materiallaridan maktabda ko`rgazmalar tashkil qilinadi va maktab o`lkashunoslik muzeyi fondiga ekspozitsiya sifatida o`tkaziladi. O`quv jatumanida esa unumli daliliy ma`lumotlar sifatida foydalaniladi. Keyingi yillarda Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika institutining tarix fakul’teti talabalari O`zbekiston Fanlar akademiyasi tarix va arxeologiya ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari bilan hamkorlikda bir necha marta arxeologiyaga oid ilmiy safarlarda bo`lib, qazishmalarda faol ishtirok etdilar. Bu qazish ishlari talabalarda arxeologiya faniga bo`lgan juda katta qiziqish uyg`otdi. Ularning bevosita yordami bilan tarix inson va jamiyat fanlarini o`qitish uslubiyati kafedrasi qoshida o`lkashunoslik muzeyi tashkil qilindi. Hozir fakul’tetdagi (kunduzgi, kechki va sirtqi bo`limlar bo`yicha) 2000 dan ortiq talaba o`z o`lkalarining tarixi bo`yicha referat yozmoqdalar. To`plangan bu referat materiallari umumlashtirilib, jonajon o`lqamiz tarixini o`2rganish, tarix va inson va jamiyat fanlarini o`qitishda samarali foydalanib kelinmoqda. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling