«jahon tarixi va manbashunoslik»
«Ibtidoiy jamoa tuzumi» mavzuini o`rganishda arxeologiyaga oid ma`lumotlardan foydalanish
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
. «Ibtidoiy jamoa tuzumi» mavzuini o`rganishda arxeologiyaga oid ma`lumotlardan foydalanish
Bu mavzuni o`rganish jatumanida o`quvchilar O`zbekiston tarixidagi ibtidoiy jamoa tuzumi bilan, shuningdek qadim zamonlardagi sharqiy slavyanlar hayoti bilan tanishadilar. Ibtidoiy jamoa tuzumi dunyodagi barcha xalqlar taraqqiyotida mavjud bo`lgan asosiy, boshlang`ich davrdir. Bu hamma ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlardan ko`ra eng uzoqqa cho`zilgan tuzum bo`lib, u yuz ming yillar davom etgan. Ibtidoiy jamoa tuzumining boshlanishi odamning paydo bo`lish vaqtiga (taxminan miloddan 700 ming yil ilgarigi davrga oid), uning oxiri (sinflar va davlatning paydo bo`lishi) esa turli xalqlarda turlicha kechgan bo`lib, ularning har qaysisining rivojlanishi sharoitlarga qarab belgilanadi. Bu mavzuni faqat arxeologiyaga oid manbalar asosidagina o`quvchilarga muvaffaqiyatli tushuntirish mumkin. CHunki ibtidoiy jamoa tuzumi hamdo`stlikning turli viloyatlarida turlycha kechgan. Masalan, Zakavkaz’e, O`rta Osiyo, SHimoliy, qora dengiz bo`ylari hududida miloddan avvalgi 1-ming yillikdayoq quldorlik davlatlari vujudga kelgan. Rossiyaning bir qancha xalqlarida (SHimol, Uzoq SHarq xalqlarida) esa ibtidoiy jamoa munosabatlarining qoldiqlari to asrimizning boshlarigacha saqlanib qolgan. O`quvchilar jamoa munosabatlaridagi o`zgarishlarga qarab, ibtidoiy jamoa tuzumining davrlagatirilishi bilan tanishadilar. O`zbekiston tarixida dunyodagi barcha xalqlarning tarixiy o`tmishida birinchi va eng uzoq davom etgan bosqich — ibtidoiy jamoa tuzumining asosiy xususiyatlari haqida, ibtidoiy jamoa tuzumining quldorlik tuzumi bilan almashinishi (O`rta Osiyoda Xorazm va mamlakatimiz janubi — vodiy va vohalarida yoki feodal tuzumi bilan almashuvi so`g`d, sak, maesaget va boshqa bir qancha xalqlarda) qonuniyatlari va uning progressivligi to`g`risida tushuncha x.osil qilish ishi tugallanadi. «Ibtidoiy jamoa tuzumi» mavzusini o`rganish natijasida o`quvchilarda Vatanimiz qadimgi tarixga ega ekan, degan tushuncha aniq arxeologiyaga oid dalillar bilan mustahkamlanadi. Bu o`rinda o`lka materialidan foydalanish — qadrdou qishloq, shahar, rayoy, kolxoz, sovxoz hududlarida bo`lgan arxeologiyaga oid qazishmalar xaqida juda qadimgi zamonda uning o`rnida nimalar bo`lganligi tug`risida gapirib berish yoki jonli dalillar keltirish juda muhim rol o`ynaydi. SHu tariqa o`quvchilar ongida qadrdon o`lka-ovul, qishloq, tuman, shahar (jamoa va davlat xo`jaliklari)ning yangi qiyofasi yaratiladi, o`lkaning uzoq o`tmishi xaqidagi bilim ularning bugungi tasavvurlariga qo`shiladi. “Ibtidoiy jamoa tuzumi” mavzusini o`rganish uchun maktab tarix dasturida 6 soat ajratilgan. Biz buni quyidagicha tartibda o`rganishni maqsadga muvofiq deb bilamiz: 1-dars. Mamlakatimizning eng qadimgi aholisi. 2-dars. Urug` jamoalarning makonlari. 3-dars. O`rta Osiyodagi quldorlik davlatlari. 4-dars. Qadimgi Xorazm xalqlari. 5-dars. Qadimgi zamonda O`rta Osiyo xalqlari. 6-dars. Qadimgi zamonda o`lkamiz. Biz yuqoridagi 6 soat darsdan namuna uchun birinchi va oltinchi darslar bilan tanishtirib o`tamiz. 1-dars. Mamlakatimizning eng qadimgi aholisi. Dasrda o`quvchilarning eng qadimgi odamlarning xayvonlardan asosiy farqlari xaqidagi, mehnatining ibtidoiy odamlarning kamol toptirishdagi roli, ularning asta-sekin takomillasha borish jatumanlari to`g`risida olgan bilimlari takrorlanadi va mustahkamlanadi; o`quvchilar O`zbekiston xududidagi eng qadimgi odamlar xayotining izlari bilan tanishadilar. Dars boshlanishida uning o`quv vazifasi o`quvchilarga tushunarli qilib ifodalab beriladi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, o`quv vazifasining aniq ifodalab berilishi o`quvchilar diqqatini to`playdi va yangi materialni yaxshiroq o`zlashtirib olishni ta`minlaydi. Mana shu darsda o`quv vazifasini bir necha savol vositasi bilan ifodalash mumkin, o`quvchilar bu savollarga dars davomida yoki mashg`ulot oxirida javob berishlari kerak. So`raladigan savollar quyidagicha bo`lishi mumkin: arxeolog-olimlar mamlakatimiz hududining qaysi joylarida eng qadimgi odamlarning izlarini topganlar? O`zbekistonning qaysi joylarida bunday izlar ko`p topilgan? Ibtidoiy odamlar hayvonlardan nima bilan farq qiladi? Nima uchun eng qadimgi odamlar to`da-to`da bo`lib, keyinroq urug` bo`lib yashaganlar? Nima uchun ibtidoiy odamlar hayotida tabiiy sharoit ayniqsa katta ahamiyatga ega bo`lgan? o`quvchining javoblaridan so`ng o`qituvchi bu savollarga kimlar qanday javob berganligini izohlaydi, o`zi o`tgan shu mavzu yuzasidan qisqacha xulosa qiladi va uni yangi mavzuga bog`laydi. YAngi materialni o`rganish rejasi 1. O`lkamiz hududidagi ibtidoiy odamlar 2. Ulkan muzlik va odamlar hayotining yangi sharoitlari. 3. Ibtidoiy odamlarning manzillari. 4. Urug`chilik tuzumining paydo bo`lishi. Birinchi mavzuning asosiy mazmuni qadimgi dunyo tarixi kursidan o`quvchilarga ma`lum bo`lganligi sababli uni suhbat uslubi bilan hal qilish mumkin. Suhbat quyidagi rejaga muvofiq o`tkaziladi: eng qadimgi odamlarning hayvonlardan asosiy farqi nimadan iborat? eng qadimgi odamlarning mehnat qurollari qanaqa bo`lgan? Tosh qurollar deganda nimani tushunasiz? Nima uchun eng qadimgi odamlar yakka-yakka holda yashamay, balki to`da-to`da bo`lib yashaganlar? Odamlarning o`sib, kamol topa borishida mehnat hal qiluvchi rol’ o`ynaganligini nima bilan isbot qilish mumkin? YUqoridagi savollarga o`quvchilar to`g`ri javob bersalar, o`tgan mavzularni yaxshi o`zlashtirgan bo`ladilar. Ikkinchi mavzu, ya`ni ulkan muzlik haqida, tabiiy sharoitlar, uning ta`sirida hayvonlar dunyosining o`zgarishlari to`g`risida, bu o`zgarishlarning odamga qanday ta`sir ko`rsatganligi xususida o`qituvchi hikoya qilib berishi zarur. Muzlik davridan ilgarigi zamonda ko`pgina hayvonlar o`zgarib ketgan hayot sharoitlariga moslasha olmay, qirilib ketgan. Mehnat sabab bo`lgan u, odam omon qolgan, mehnat esa qurollar yasashdan boshlangan. Mehnat natijasida odam o`sib, kamolga etgan. qiyinchiliklar bilan kurashish uni chiniqtirgan va o`stirgan. Odamlarning muzlik davridagi sovuq, tabiiy sharoit bilan kurashuvida qozongan g`alabasining asosiy sababi — odamlarning mehnat qilish va mehnat qurollari yasash qobiliyatiga ega bo`lishidir. Olovdan foydalanishni bilib olish g`oyat katta axamiyatga ega bo`lgan. Xo`sh, olovdan foydalanishni bilib olishning eng qadimgi odamlarga qanday nafi tekkan? Bu savolga o`quvchilarning o`zlari javob be-rishlari lumkin. Uchinchi mavzuchani ko`rib chiqishda o`qituvchi tabiiy kartadan foydalanib, mamlakatimiz hududidagi-eng qadimgi odamlar yashagan manzillarni (taxminan 500 — 100 ming yillar ilgarigi) ko`rsatadi. Hamdo`stlikka a`zo davlatlar hududida naridan-beri yo`nilgan tosh qurollarga ega bo`lgan (yuqori paleolit davri) eng qadimgi odamlarning manzillari mavjud bo`lgan hudud juda keng (Armaniston, Abxaziya, O`zbekiston, Turkmaniston, Qirg`iziston hamda janubiy va markaziy mintaqadagi boshqa tumanlar — Don, Janubiy Dnepr, Volga, Ob’, Enisey, Lena daryolarining oqimlari, Baykal ko`li atroflari). O`quv qo`llanmasida gap boradigan ibtidoiy odamlarning manzillari haqida o`quvchilarga so`zlab berish bilan birga, ularni mahalliy o`lka hududidagi eng qadimgi odamlarga oid, ularning manzillarini aniqlashga doir o`tkazilayotgan arxeologiyaga oid qazishmalarning materiallari bilan (agar shunday qazilmalar o`tkazilgan yoki o`tkazilayotgan bo`lsa) tanishtirish maqsadga muvofiq bo`lur edi. Bu o`rinda o`qituvchi quyidagi arxeologiyaga oid materiallarga murojaat qilishi lozim. 1938 yili arxeologlar O`rta Osiyoda qadimgi tosh, ya`ni must’e davridagi odamlar manzilini birinchi marta kashf etdilar. Bu manzil tog`larda, chuqur darada, Teshiktosh g`orida, Surxondaryo viloyatining Boysun tog`lari atrofidan 400 m balandlikda edi. Keng g`orda (20X21 m) erning turli qatlamlarida juda ko`p mehnat qurollari va hayvonlarning suyaklari, 300 dan ortiq toshdan ishlangan buyumlar, 2,5 mingdan ko`proq chaqmoqtosh parchalari, o`n mingdan ortiq suyak siniqlari, ko`pincha ilik suyaklari topilgan. SHu topilmalarga qarab odamlarning yuzlarcha yillar g`orda yashaganliklarini, ularning ayiq, bug`u, quyon, tog` echkisi va boshqa hayvonlarni ovlaganliklarini aniqlashga muvaffaq bo`lindi. Darsning to`rtinchi mavzuchasi qisqacha yoritiladi. O`qituvchi o`quv qo`llanmasining mazmuniga muvofiq ravishda mehnat qurollarining takomillashuvi va yangi urug` jamoalarining paydo bo`lishi to`g`risida gapirib beradi. O`qituvchi o`quv qo`llanmasi matniga qarab o`quvchilarga uy vazifasi berar ekan, xuddi shu joyda ularga o`quv qo`llanmasida bayon etilgan savol va topshiriqlarni o`qib chiqishni buyuradi. Kerak bo`lganda esa (masalan, xaritadan foydalanib ishlash, mahalliy materiallardan, ya`ni arxeologiyaga, etnografiyaga, toponimikaga oid va arxiv hujjatlaridan foydalanish va shu kabilardan) qo`shimcha ravishda ba`zi maslahatlar ham beradi. O`quvchilarga Ohangarondagi Ko`lbuloq, SHaytontepadagi odamlar manzili taxminan qaysi davrga va Teshiktosh g`oridagi manzil qaysi zamonga oid ekanligini aniqlashni taklif etadigan qo`shimcha topshiriq ularda ma`lum qiyinchiliklar tug`dirishi mumkin. Xo`sh, topshiriqni bajarishga qanday yondashish mumkin? Dastavval bu manzillardan qanday mehnat qurollari topilganligini aniqlash zarur (o`quv qo`llanmasiga qaralsin). Har uchala manzil ibtidoiy odamlarning to`da-to`da bo`lib yashagan davrini aniqlashga imkon beradi. SHu bilan birga, SHaytontepadagi manzil ancha ilgarigi zamonga, Ko`lbuloq va Teshiktosh g`oridagi manzil esa bir qadar so`nggi zamonga, ya`ni must’e davriga oiddir, chunki o`quv qo`llanmasida ko`rsatib o`tilganidek, shu joyda ancha takomillashgan va xilma-xil toshdan yasalgan qurollar topilgan. Keyingi darsda bu masalani tahlil etish vaqtida o`qituvchi arxeologiyaga oid qazish ishlari o`tkazilganda SHaytontepada topilgan muz davridan burun (500— 1000 yillar avval), Teshiktosh g`orida esa eng katta muzlik zamonida (100 — 40 ming yillar ilgari) yashagan hayvon suyaklaridagi farqlarga ham diqqatni jalb etadi.
Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling