«jahon tarixi va manbashunoslik»
Download 0.7 Mb.
|
Тарихий улкашунослик 2-курс 2011
2. O`zbek etnografiyasi
O`z ilmiy faoliyatini juda yoshligidan boshlagan va 1920 yilda tashkil etilgan O`rta Osiyo Davlat universitetiga kelib ishlagan etnograf professor N. G. Mallitskiy, mashxur olimlar M. S. Andreev, A. A. Semyonov, A. A. Dinaevlar keyingi yillarda xdm ilmiy ishlarini davom ettirdilar va O`rta Osiyo xalqlari haqida ko`pgina tarixiy-etnografik asarlar yaratdilar. . Asrimizning dastlabki yillaridayoq fan va ma`rifat organlari Turkiston respublikasi xududida etnografiyaga oid tadqiqotlarni o`tkazishga katta e`tibor berdi. 1918 yilda ochilgan Turkiston xalq dorilfununida o`zbek etnografiyasidan maxsus kurs o`qitila boshlashi va bu kurs bo`yicha dasturning bosilib chiqishi mazkur fikrimizga dalil bo`la oladi. O`rta Osiyoda 1920—1924 yillarda o`tkazilgan aholi ro`yxatining tashkilotchisi va faol qatnashchisi I.P.Magidovich diqqatga sazovor ish qildi. U o`zining aholi o`rtasida to`plagan tarixiy etnografiyaga oid ma`lumotlariga asoslanib, o`zbek xalqi qabilalarining ro`yxati hamda ularning qisqacha etnografiyaga oid tavsifini berdi. Mamlakatimiz aholisining qabilaviy tarkibini o`rganish komissiyasining a`zosi I.I.Zarubin ham o`zbek etnografiyasi haqida materiallar to`plab, ba`zi maqolalar chop etgan edi. SHu yillari ajoyib geograf va etnograf professor N.G.Mallitskiy o`zining ma`ruzalari va ilmiy geografik asarlarida o`zbeklarning urug`-aymog`i va ularning etnografiyaga oid tavsifini berdi. Butun umrini O`rta Osiyoda o`tkazgan, mahalliy tillarni to`liq egallagan va nihoyatda ko`p asarlar yaratgan iste`dodli tadqiqotchilar M.S.Andreev va A.A.Semyonovlar ham o`zbek etnografiyasini o`rganishda muhim hissa qo`shdilar. 1920 va 1921 yillarda M.S.Andreev boshchiligida shimoliy Farg`ona va Samarqand viloyatida o`tkazilgan etnografiyaga oid ilmiy safar nihoyatda boy ma`lumotlar to`plagan edi. 30-yillarga kelib atoqli rus olimlaridan S.P.Tolstov va L.P.Potapov o`zbek xalqi va O`rta Osiyodagi boshqa xalqlarning etnografiyasini o`rganish ishlarini jonlantirib yubordi. Bu olimlar o`tmishning ijtimoiy tuzum shakllari va sarqitlari masalasini ilmiy nuqtai nazardan yoritib, kapitalizmgacha bo`lgan ishlab chiqarish munosabatlariga doir yoritilmay kelgan ko`pgina masalalarni oydinlashtirdilar. Mazkur tadqiqotchilar O`rta Osiyo xalqlari etnografiyasini o`rganishga mahalliy sharoitni hisobga olgan holda yondashdilar. Hukumatimizning fanni har tomonlama rivojlantirish haqida ko`rsatayotgan doimiy g`amxo`rligi tufayli eski etnografiya markazlari tashkiliy jihatdan mustahkamlanibgina qolmay balki yangi etnografiya markazlari ham barpo etildi. Bu markazlar oliy o`quv yurtlarida hozirgi zamon talablariga javob beradigan darajada ta`lim olgan yangi etnograf kadrlar bilan ta`minlandi. O`zbekiston hududida urushdan avvalgi yillarda katta etnografiya ishlarini o`tkazish dastlab O`rta Osiyo davlat dorilfununida hamda qadimgi yodgorliklar va san`atni muhofaza qilish qo`mitasida, shuningdek, Toshkent, Samarqand va Buxoro muzeylarida markazlashgan edi. Keyinchalik, 1943 yilda tashkil topgan O`zbekiston fanlar akademiyasi, chunonchi, tarix va arxeologiya institutining etnografiya bo`limi kelajakda etnografiyaga oid tadqiqotlarning markazi bo`lib qoldi. Hamdo`stlikda istiqomat qiluvchi barcha xalqlarning, shu jumladan, o`zbeklarning moddiy va ma`naviy madaniyati, xalq san`ati va fol’klorining xususiyatlarini aniqlash uchun ularning etnografiyasini o`rganish 1917 yildan keyingi dastlabki yillarda, ayniqsa urushdan keyingi davrlarda juda keng avj oldi. O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarix va arxeologiya institutining 1950 yildan boshlangan Farg`ona etnografiya ilmiy safari keyinroq Toshkent vohasi va boshqa viloyatlarda o`tkazgan ilmiy safarlari bunga misol bo`la oladi. O`zbek xalqining etnografiyasini o`rganish sohasida markaziy etnografiyaga oid muassasalar xdm keng miqyosda ish olib bormoqdalar. Bu muassasalar xdr yili yirik ilmiy safarlar tashkil etib, mahalliy etnograflar bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar. Moskva va Sankt-Peterburg etnograflari tomonidan tashkil qilingan ilmiy safarlar bir necha yillardan buyon Janubiy O`zbekiston va Zarafshon vodiysida o`tmishda yarim ko`chmanchi bo`lgan o`zbeklar qabilasini ularning ilgarigi va hozirgi turmush tarzini o`rganish ustida ish olib bormoqda. Bu ilmiy safarlarning ishlarida o`zbek etnograflari ham ishtirok etmoqdalar. Xorazmda chorak asrdan ko`p vaqtdan beri ish olib borgan. S.P.Tolstov rahbarligidagi arxeolog — etnograflarning ilmiy safari O`zbekiston xalqlarining turmush va madaniyatini o`rganishda yangi sahifa ochdi. Bu ilmiy safar asosan, qadimgi Xorazm madaniyati yodgorliklarini o`rganish bilan birga Xorazm vohasidagi o`zbeklarning etnografiyasini ham tekshirdi. Urushdan keyingi davrda ilmiy safar tarkibida ikki o`zbek etnografiya guruhi shimoliy va janubiy O`zbekiston etnografiya guruhlari tuzildi. Bu guruhlar oldiga voxddagi hozirgi o`zbek aholisining moddiy va ma`naviy madaniyatini mufassal o`rganish qo`yildi. Ilmiy safar ko`p yillar davomida olib borgan ishlarining ajoyib samaralarini bir necha jilddan iborat kitoblarda yoritib berdi. Xorazm ilmiy safari O`zbekiston hududida yashovchi, lekin o`sha vaqtga qadar butunlay unutib qo`yilgan qoraqalpoq xalqi etnografiyasini o`rganish sohasida ham katta ishlar qildi. Ilmiy safarning Qoraqalpog`iston guruhiga atoqli etnograf T. A. Jdanko rahbarlik qildi. Olima qoraqalpoqlarning tarixiy etnografiyasiga oid ajoyib asar yaratdi. Guruh ishida mahalliy etnograflardan S. Kamolov, Qo`sbergenov va U. A. SHelekenovlar ishtirok etdilar. Ular tomonidan yozilgan kichik maqolalar Xorazm ilmiy safari asarlari to`plamining uchinchi jildida nashr etildi. Mazkur yirik ilmiy safarlarda bevosita ishtirok qilish mahalliy o`zbek etnograf mutaxassislari uchun ajoyib bir maktab bo`ldi. Bundan tashqari, mahalliy millat vakillaridan bir guruhi Moskva va Sankt-Peterburg shaharlaridagi peshqadam etnograflar raxbarligi ostida maxsus ta`lim olib qaytdilar. Etnografiya faniga xos kompleks masalalarni bir-biriga bog`lab tadqiq qilish xususiyati o`zbek xalqi etnografiyasini har tomonlama o`rganishga imkon tug`dirdi. Bu imkoniyat tadqiqotchilar oldiga yangi muhim vazifalar qo`ydi. 1917—1990 yillarda paydo bo`lgan xilma-xil va mazmunli ilmiy tadqiqotlar o`zbek xalqining kelib chiqishi, xo`jalik faoliyati, moddiy va ma`naviy madaniyati, ijtimoiy va oilaviy turmushini mukammal ravishda umumiylashtirishga imkon beradi. Atoqli tarixchi — sharqshunoslar A.YU.YAkubovskiy, A.A.Semyonov va P.P.Ivanovlar o`zbek xalqining kelib chiqishi va etnik tarkibi masalalariga o`zlarining mazmunli asarlarida ancha o`rin berganlar. Bu muhim masalalarni yoritishda R. G. Muqminova va B. A. Ahmedovlar ham ma`lum hissa qo`shganlar. Zamonamizning eng murakkab va muhim muammolaridan biri milliy masaladir. Har bir xalqniyg milliy shakllanishi, etnik tarkibi va xususiyatlari, o`zaro yaqinlashuvi kabi masalalarni chuqur tushunish uchun ayrim etnografik guruhlarni har tomonlama o`rgapit zarur. O`zbeklarning ayrim qabila va urug`larini tadqin; qilish va ularning o`zbek millatiga singib ketish jatumanini o`rganishda etnograflardan V.G.Moshkiva, K.L.Zadixina, B.X.Karmisheva, K.SHoniyozov, T.Fayzievlarning ilmiy ishlari ham diqqatga sazovordir. Millatlarning yaqinlashuvi masalasini falsafiy jihatdan yoritishda Q.Honazarov ham ba`zi tadqiqotlar o`tkazgan edi. O`zbek etnografiya guruhlaridan loqay, qorliq, qurama, SHimoliy Xorazm va Zarafshon vodiysida yashovchi ayrim qabilalar ancha mukammal o`rganilgan. etnografiya guruhlarini, asosan, tarixiy-qiyosiy uslub, etnografiyaga oid xaritalar yordamida o`rganish muhim ahamiyatga ega. Jamiyatda ro`y berayotgan har bir voqea negizida moddiy ne`matlar ishlab chiqarish yotganligini e`tiborga olib, xalqlarning xo`jalik faoliyatini o`rganish xam muhimdir. Hunarmandchilik o`zbeklarning eng qadimgi va asosiy xo`jalik kasblaridan biri bo`lib hisoblanadi. Hunarmandchilikni o`rganishda xalq ijodkorligiga zo`r e`tibor qilinishi tabiiy miskarlik, zargarlik, kulolchilik, yog`och, ganch va marmar o`ymakorligi, gilamchilik, kashtachilik singari an`anaviy nozik san`at faqag etnograflarnigina emas, balki shu bilan birga juda ko`p san`atshunos tadqiqotchilarning ham diqqatini ko`pdan beri jalb qilib kelmoqda. Hamdo`stlik davlatlarida, shu jumladan, O`rta Osiyoda olib borilgan arxeologiyaga oid qazishlar nafis zargarlik ishlari bilan milodimizdan avvalgi III-II ming yilliklarda shug`ullanganliklari ma`lum bo`ldi. Zargarlik, ayniqsa, Grek Baqtriya podsholigida, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo`qon, SHahrisabz va boshqa hududlarda rivojlangan. Zargarlikda quyish, bolg`alab (zarb berib) ishlash, hallash (oltin va kumush suvi berish), uyib, bo`rttirib naqsh yasash, bosib (siqib) naqsh solish kabi usullardan foydalanganlar. Farg`ona shevalarining kasb-hunar leksikasiga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar ham o`zbek hunarmandchiligini etnografik jihatdan o`rganishda muhim manba bo`la oladi. Bu tadqiqotlarda xususan Sobirjon Ibrohimovning asarlarida kulolchilik, tandirchilik, shuvoqchilik, degrezchilik, ijtimoiy sohalaridagi ish jatumani juda ko`p maxsus atamalar ancha batafsil tahlil qilingan. O`zbek xalqining eng qadimiy va an`anaviy kasb-korlaridan biri dehqonchilikdir. Dehqonlarning xo`jalik faoliyati, ijtimoiy iqtisodiy munosabatlari, dehqonchilik bilan bog`liq urf-odatlarini o`rganish ularning rivojlanish bosqichlarini tasavvur qilishga yordam beradi. Xalqlarning milliy xususiyatlari ularning uyi, uy-ro`zg`ori va jihozlari, kiyim-kechak va taomlarida ayniqsa yorqin ifodalanadi. SHuning uchun ham moddiy madaniyat etnograflarning diqqat markazida turadi. Ayniqsa, o`zbek xalqining kiyim-kechaklarini o`rganish etnografiya jihatidan ancha muhim ahamiyatga. ega. Ular asosida o`zbek xalqining madaniy saviyasini, u yashagan geografik muhitni bir qadar belgilash mumkin. O`zbek an`anaviy moddiy madaniyati tobora chuqur o`rganilmoqda. Ayniqsa, respublika viloyatlari aholisining o`ziga xos milliy kiyim-kechaklarining etnografiya atlas xaritasi tuzilgan. Bu atlaslar o`zbek etnografiyasini o`rganishda muhim qo`llanma bo`lib xizmat qiladi. Bu o`rinda Rossiya Fanlar Akademiyasining tashabbusi bilan «O`rta Osiyo va Qozog`istonning tarixiy-etnografik atlasi»ning yaratilishi juda katta ahamiyat kasb etdi. O`zbek xalqining ma`naviy turmushini tadqiq qilishda etnograflardan tashqari fol’klorchilar va san`atshunoslarning ham xizmatlari bor. O`zbek xalq teatri, ayniqsa drama teatri hamda origyogaal janrlardan biri bo`lgan qo`g`irchoq teatri haqida asarlar yaratildi. o`zbek xalq musiqasi xalq o`yinlari ko`p tadqiqotchilar diqqatini o`ziga jalb qildi. O`zbek xalqining juda boy va rang-barang og`zaki ijodini o`rganish uning etnografiyasi bilan bevosita bog`liq bo`lgani tufayli fol’klor materiallarida ham muhim etnografiyaga oid lavhalar to`plandi. O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti fol’klor bo`limi hujjatxonasida ko`p yillik ilmiy safarlar natijasida to`plangan xalq ijodining boy merosi etnografiyaga oid muhim manba bula oladi. O`zbek etnograflari so`nggi yillarda respublikamizda yashovchi kolxozchi dehqonlar va ishchilarning hozirgi turmushi va madaniyatini jamoa ravishda o`rganishga katta e`tibor berdilar. 1950 — 1953 yillar davomida O`zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti tomonidan Surhondaryo viloyati YAngiqo`rg`on (CHortoq) tumani kolxozlarida o`tkazilgan etnografiyaga oid ilmiy safarlarda muhim ma`lumotlar to`plandi. Bu ma`lumotlar asosida yozilgan O.A.Suxareva va M.A.Bekjonovaning «Oyqiron qishlog`ining o`tmishi va hozirgi turmushi» degan asarida Oyqiron qishlog`ining qisqacha tarixi, aholisining o`tmishidagi etnik tavsifi, kasb-hunari, er egaligi va tavsifi munosabatlari, 1917 yildan keyingi tarixiy o`zgarishlar, kolxozchilarning madaniy-maishiy turmushi aks ettirilgan. Kitobda jamoa xo`jaligidagi oilalarning shakllanishi, oilaviy munosabatlar va turmushiga alohida e`tibor berilgan. Bunday ilmiy safarlar respublikaning ko`pgina viloyatlarida o`tkazildi. O`zbekiston etnograflari qishloq xo`jaligi mashinasozligi sanoatida band bo`lgan o`zbek ishchilari turmushini bir necha yil davomida kuzatib qimmatli ma`lumotlar to`pladilar. Bu ma`lumotlar asosida yozilgan etnografiyaga oid maqola va sanoat ishchilarining shakllanishi tarixiga bag`ishlangan muhim ilmiy ishlar diqqatga sazovordir. So`nggi yillarda o`zbek ishchilar sinfining maishiy va madaniy hayotini aks ettiruvchi bir qator ilmiy ishlar maydonga keldi. O`zbekistonda yashayotgan boshqa qardosh xadqlar etnografiyasini o`rganishga ham katta ahamiyat berilmoqda. O`zbekiston taryxiga oid ko`p jildlik yirik ilmiy asarning etnografiyaga bag`ishlangan bo`limlari fanning so`nggi yutuqlari asosida mutaxassis tadqiqotchilar tomonidan yozilgan «Jahon xalqlari» turkumida bosilib chiqqan ikki jildlik «O`rta Osiyo va Qozog`iston halqlari» nomli mukammal ilmiy asar deyarli butun etnografiyaga oid tadqiqotlarning yutuqlarini o`zida mujassamlashtirgan. etnografiya sohasida bunday yirik tarixiy asarlarni yaratishda mahalliy tadqiqotchilar faol ishtirok qilgan edilar. Asarning «O`zbeklar» nomli bobini yozish va tahrir qilishda mahalliy etnograflardan O.A.Suxareva, M.A.Bekjonova, I. Jabborov va boshqalar qatnashganlar. O`zbek xalqi etnografiyasini o`rganish sohasida erishilgan yutuqlar — mahalliy tadqiqotchilarni yangi, umumiylashtirilgan yirik ilmiy asar yozishga undadi. Mahalliy mualliflar tomonidan tayyorlangan ma`lumotlar 1972 yildan boshlab O`zbekiston etnograflarining ilmiy to`plamida yoritila boshlandi. 1917 yildan ilgari va undan keyin o`tkazilgan ko`p sonli ma`lumotlar ilmiy safarlar etnografiyalarga oid har xil buyumlarning to`planishiga imkon tug`dirdi. Hozirgi kungacha to`plangan bu boy ashyolar respublikaning muzeylarida, ayniqsa, Toshkent, Samarqand, Xiva, shuningdek, Moskva va Sankt-Peterburg muzeylarida saqlanib kelinmoqda. SHunday qilib o`zbek xalqining etnografiyasini o`rganish yuqori bosqichga ko`tarildi va ajoyib yutuqlarni qo`lga kiritdi. 3. «XVI asrda O`zbekistonda madaniyatning rivojlanishi» mavzusini o`rganishda etnogra-fiyaga oid ma`lumotlardan foydalanish uslublari. O`qituvchi bu mavzu uslublarini bayon qilishdan avval o`zbek etnografiyasi tarixi o`zbek millatining tarkib topishi, shakllanishi va taraqqiyoti 1917 yilga qadar o`zbek etnografiyasini o`rganishda rus sharqshunos olimlarining xizmatlari, 20 —30-yillarda o`zbek etnografiyasining ravnaqi va kelgusi istiqbollari haqidagi ma`lumotlar bilan yaxshi tanishib chiqishi, shundan so`nggina o`tiladigan mavzuning ta`lim va tarbiyaviy vazifasi ustida to`xtalib o`tishi kerak. Darsning ta`lim-tarbiyaviy vazifasi XVI asrdagi o`zbek madaniyatining ajoyib yodgorliklari bilan o`quvchilarni tanishtirishdan, bu yodgorliklarning yaratilishi xalqning buyuk jasorati ekanligini ko`rsatishdan iboratdir. Ikki madaniyat: hokim sinf madaniyati bilan mehnatkash xalq ommasi madaniyati mavjud ekanligi va bu ikki madaniyatning kurashini (xuddi o`sha davrga oid bo`lgan, shakllanib kelayotgan o`zbek madaniyatini) misollar bilan ko`rsatish mumkin. 1. Temuriylar davlatida qishloq xo`jaligi, hunarmandchilikning yanada rivojlanishi va uning ayrim qismlari o`rtasida iqtisodiy va siyosiy aloqalarning o`sishi (iqtisodiy va siyosiy aloqalarning rivojlanishi madaniy aloqalarni ham kuchaytirdi: asta-sekin umumo`zbek madaniyati tarkib topa bordi). 2. Markazlashgan Temuriylar davlatining tashkil topishi va mustaxkamlanishi; mustabid hokimiyatning (Amir Temur zamonida) o`rnatilishi. 3. Mo`g`ul-tatar xonlarining 240 yillik istibdodidan O`rta Osiyoning uzil-kesil xalos bo`lishi (bu esa mamlakatning va uning madaniyatining bundan keyingi taraqqiyoti yo`lidagi kuchli g`ovni tugatdi). 4. Dehqonchilikning rivojlanishi tarxonlikning kuchayishi, xo`jalikning rivojlanishi, ajoyib saroy masjidlar, arxitektura yodgorliklarining yaratilishi, degrezlik — quyuvchilik hunarining ravnaq topishi-bularning hammasi dehqonlar bilan hunarmandlarni ezish hisobiga bo`lgan. 5. Feodallar bilan dehqonlar o`rtasidagi sinfiy kurashning o`sha zamon og`zaki xalq ijodiyoti va adabiy yodgorliklarda aks etishi. 6. Hindiston, Kavkazoldi, eron, Turkiya kabi bir qancha erlarning o`z davlatiga qo`shib olinishi, turli xalqlar o`rtasidagi aloqalarning kuchayishi. So`ng XVI asrdagi Amir Temur davlati madaniyatining ravnaqini aniq misollarda o`rganishga o`tiladi. YAngi material quyidagicha bayon qilinadi: YAngi materialni o`rganish rejasi 1- Samarqand — o`zbek madaniyati markazi. 2. o`rta Osiyo rassomchiligi (Kamoliddin Behzod miniatyurasi). 3. Me`morchilik. 4. Degrezlik hunarining rivoj topishi. 5. Kitob chop qilishning boshlanishi (Ulug`bek rasadxonasi). 6. Xalq og`zaki ijodiyoti, unda xalq hayoti voqealarining feodal zulmga qarshi norozilikning aks etishi. 7. Mehnatkashlarning va hokim sinfning turmushi. Dars materialining ko`pligini hamda qo`llanmada tushunarli bayon qilinganligini e`tiborga olib, ba`zi bir mavzuchalarni o`quvchilarning uy topshirig`iga o`tkazsa bo`ladi. Bu esa o`qituvchining qo`shimcha tushuntirib berishi zarur bo`lgan murakkabroq mavzularni darsda atroflicha tahlil qilish imkonini beradi. Darsning turlicha uslubiy variantlari bo`lishi mumkin. A varianti Kinofil’m bo`lmaganligidan o`qituvchi darsni suhbat elementlarini aralashtirib, asosan og`zaki so`zlab berish (hikoya formasida) usuli bilan olib boradi. Bunda o`quv qo`llanmasidagi rasmlardan va maktabdagi ko`rgazmali qurollardan, maktab o`lkashunosligi muzeyining (burchagining) materiallaridan foydalaniladi. Ba`zi mavzuchalarni (masalan, kitob bosishning boshlanishini) o`quvchilar mustaqil o`rganishlari mumkin. Rivojlanib borayotgan o`zbek madaniyatining markazi bo`lgan Samarqand poytaxti shahar ekanligini aytib, o`qituvchi bizning kunlarimizgacha saqlanib kelayotgan Registondagi SHerdor madrasasining rangdor g`isht devrrlar bilan qachon aylantirib to`silganligini esga olishni o`quvchilarga taklif etadi. Registonning yangi devorlarini qurish uzoq yillar davom etgan. Samarqand ichkarisida ajoyib saroylar va masjidlar qurilgan. Birinchi marta kitob bosishning boshlanishi va Samarqand qog`ozi haqida gapirilganda taxminan quyidagicha rejaga amal qilinadi: a) qo`lyozma kitoblarning chiroyli bo`lganligi: b) Amir Temur zamonida Samarqandda kitobni chiroyli rangli qilib yaratilishi v) Amir Temurning Siob bo`yida qog`oz juvozlarini tashkil etishi va uning SHahrisabzdagi Oqsaroy, Samarqanddagi Bibixonim, Turkistondagi Xo`ja Ahmad YAssaviy kabi betakror inshootlar, masjid va madrasalarni qurdirishi. Sinfda yoki uyda o`quv qo`llanmasidan rangli kitob yaratilishining boshlanishi haqidagi joyni mustaqil suratda o`qib chiqib, quyidagi savollarga javob tayyorlashni o`quvchilarga topshirish mumkin. 1. Dastlabki bosma kitoblar chop etilishining qanday ahamiyati bo`lgan? 2. Samarqandda birinchi matbaachilar kimlar? 3. Ulardan biriga qo`yilgan hdykal qaerga o`rnatilgan? Agar vaqt qolsa, Amir Temur o`z faoliyatini qanday davom qildirganligi haqida qo`shimcha suratda hikoya qilib berish mumkin. U o`z umrining so`nggi yillarini Samarqand atrofida barpo etgan Bog`i CHinor, Bog`i Dilkusho, Bog`i Behisht, Bog`i Baland, Bog`i SHamol, CHinni xona kabi bog`lari haqida so`zlab berish kerak. Temuriylar davriga oid Ulug`bekning «Ziji jadidi Ko`ragoniy», A.Navoiyning «Xamsa», Boburning «Bo burnoma», A.Jomiy kabi o`nlab allomalarning asarlari va ularga musavvir Kamoliddin Behzodning chizgan benihoyat go`zal suratlari to`g`risida so`zlanadi, ular halol o`zbek xalqiga bag`ishlangan. Kitoblarda o`zbek xalqining yuksak madaniyati haqida qomusiy fikrlar bayon etiladi. Zahiriddin Muhammad Bobur grammatikasining birinchi sahifasi to`g`ridan-to`g`ri alifbodan boshlanadi. Ikkinchi sahifada alifbo teskari tartibda, yuqoridan pastga qarab bosilgan (aftidan, harflarni o`rganuvchi bolalar bu harflarning qanday joylashuvidan qat`i nazar ularning yozilishini oson bilib olsin uchun shunday qilingan bo`lsa kerak). So`ngra imlo, turlash va turlanishdagi xilma-xil mashqlar berilgan. Alifbo adabiy parchalar bilan tamom bo`ladi. Bu erda mehnatkash xalqni izzat-hurmat qilish, uni sevishga doir parchalar berilgan. Bu kitob bizning zamonamizgacha atigi bir nusxada etib kelganki, u ham Parijda saqlanmoqda. XVI asrdagi siyosiy publitsistika bilan tanishish o`quvchilarga feodal ideologiyasining muhim xususiyatlarini tushunib olishga yordam beradi. O`z tayyorgarligi jihatidan kuchli bo`lgan sinfda o`quv qo`llanmasiga qo`shimcha ravishda Temurning «Temur tuzuklari» to`g`risida, Temurning Boyazid bilan olib borgan «YOzishmasi» to`g`risida «Zafarnoma» to`g`risida garchi qisqacha bo`lsada, hikoya qilib berish tavsiya atiladi: SHarofiddin Ali YAzdiy kimlarning siyosiy qarashlarini ifoda etganligini o`quvchilarning o`zlari aniqlaganlar, uning maslahatlari feodallar keng doiralarining manfaatini ko`zda tutganligi haqida o`zlari umumiy xulsxga chiqarganlari ma`qul. XVI asrga taalluqli «Zafarnoma» kitobi to`g`risidagi o`qituvchining gaplarini o`quvchilar maroq bilan tinglaydi. Bu asar qo`llanmada ko`rsatilishicha, XVI asrdagi shahar aholisi boy tabaqalarining axloqiy va hayotiy qoidalari majmuasidan iborat bo`lgan. «Zafarnoma» ning asosiy g`oyalari nimalardan iborat bo`lgan? Xudoi taologa ishonilgani kabi — deyilgan bu kitobda, podshoga ham itoat etmoq zarur. Kimda-kim podshoga qarshilik ko`rsatsa, o`sha odam xudoning amriga ham itoat qilmagan bo`ladi. Bu kitobda Temur MovarouNnaxrning yagona hukmdori bo`lib olgach, o`z davlatini siyosiy va iqtisodiy jihatdan mustahkamlash maqsadida qator qurultoylar o`tkazgani, shuningdek Temur tomonidan qarshi, qorabog`, Samarqand va boshqa joylarda o`tkazilgan qurultoylarda shahzodalar, bosh amaldorlar, ma`muriy rahbarlar, harbiy boshliqlar va^zodagonlarning boshqa vakillari ishtirok etgan, bu qurultoylarda mamlakat va davlatning xo`jalik sohasidagi hamda harbiy axvol haqidagi eng muhim masalalari muhokama etilganligi, mamlakat va davlat uchun zaruriy hisoblangan ishlarni bajarish to`g`risida qarorlar qabul qilingani va muhim tadbirlar belgilanganligini ham batafsil yozgan. Bu kitobda Temur tuzuklari haqida ham fikr yuritilgan. Kitobda ro`zg`or tutish haqida, uy tutish bozordan u-bu narsalar sotib olish va boshqalar haqida ham maslahatlar berilgan. So`ngra o`qituvchi eng yirik tarixiy voqealar o`sha yillarning xalq ijodida qanday aks etganini va feodal zulmga qarshi norozilik bildirilganini (o`quv qo`llanmasi, 8-mavzu gapirib beradi). Darsda o`rganilgan materialni mustahkamlash uchun dars jatumanida yoki uning oxirida reja tuzish maqsadga muvofiqdir. Oxirida o`quvchilar rejaga kiradigan savollarni tuzadilar, kerak bo`lsa o`qituvchi o`quvchilarga taklif qilingan savollarni mahalliy ma`lumotlarga suyangan holda aniqlashtirib beradi. Natijada o`quvchilar quyidagi taxminiy yozma rejaga ega bo`ladilar: XVI asrda madaniyatning taraqqiy etishi 1. Samarqand - o`zbek madaniyatining markazi: a) Rasadxonaning qurilishi; 2. o`zbek tasviriy san`ati (Kamoliddin Behzod). 3. o`zbek me`morchiligi: a) Turkistondagi Ahmad YAssaviy maqbarasi, Samarqanddagi Bibixonim masjidining qurilishi; b) Samarqanddagi SHohizinda ansamblining ajoyib bezaklari; v) SHu davrda o`z o`lkangizda qurilgan qanday hashamatli binolarni bilasiz?; g) SHunday go`zal minoralar Buxoro va Xivada ham bormi? (Bu ko`rkam va hashamatli binolarning qaysi davrda qurilganligini aniqlang); d) 1365 yilgi CHinoz bilan Toshkent o`rtasida bo`lgan Xusayn bilan Temur to`qnashgan jangni nima uchun «Jangchiloy» deb atashgan? 4. Degrezlik (quyuvchilik) kasbining rivoj topishi. a) devor teshar to`plar: 5. Kitob chop qilishning boshlanishi. 6. Xalq og`zaki ijodida xalq hayoti voqealarining va feodal zulmga qarshi norozilikning aks etishi. Uyga topgiiriq: o`quv qo`llanmasi, 8-mavzusini qaytarish uchun yuqoridagi savollarning h.ar biriga namunada berilganidek javob topib o`z haqidagi ma`lumotlar qo`llanmada ta`riflangan bu ajoyib nozik san`at asarlari yodgorliklari tasviriy san`at, me`morchilik, degrezlik, kitob chop etish kabi hunarlarning hammasi mehnatkash xalq qo`li bilan yaratilganligini, ularning zo`r mahoratini o`quvchilarga yorqin misollar yordamida uqtirish zarur. Qolgan mavzularni xdm shu tarzda etnografiyaga oid ma`lumotlardan foydalangan holda bayon etish tavsiya etiladi. Mavzuga oid tayanch so`z va iboralar: Etnografiya 9. Qang`li - qipchok Etnologiya 10. Nukus- mang`it. San`at 11. Fol’klorit Etnik va oilaviy tuzum 12. Leksikograf. Etnogenez 13. Diplomatik missiya. Antropologiya 14. Farg`ona etnografik ekspeditiya. CHigil qabilalari 15. Qiyot-qo`ng`irot, “Xudud ul-olam” 16. Moskva kompaniyasi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling